🍂Zulmatdagi Yorug'lik🍂
52 subscribers
207 photos
37 videos
17 files
169 links
Assalomu alaykum
Siz bu kanalda
#Sanjarbek_Akbarov
#Iroda_Qosimova lar ijodini kuzatib borishingiz mumkin
Irodaxon Qosimovaning rasmiy kanali: T.me/Irodaxon_Qosimova
Murojat uchun: @Omadbek_Iroda
Download Telegram
Forwarded from IRODAXON QOSIMOVA IJODI (Toxirjon)
Assalomu alaykum qalbga yaqin qadrdonlarim. Sizlarni kirib kelayotgan yangi 2022-yil bilan tabriklayman.
Ushbu yil omad, baxt, quvonch, shodlik hamda yaxshiliklarga boy bólsin. Eski yilda ushalmagan barcha orzu istaklar yangi yilda albatta ijobat bólsin.
Yurtimiz tinchligiga hech qachon kóz tegmasin.
Oilaviy totuvlik, hamjihatlik tilayman barchangizga.
Yuzlardan tabassum hech qachon arimasin.
Kózlar faqat quvonch yoshlardan yoshlansin.
Dunyodagi eng eng yaxshi tilaklarim sizlar uchun qadrdonlarim. ☺️☺️😊😊😘😊☺️🌺🌹🌷🌸🌼🌺

Cheksiz hurmat ila IRODAXON QOSIMOVA.
SOĞINCH SÕROĞI
GULI
Sog'inch so'rog'i

Yana bir qancha kun, birgamiz holos,
O'tarman qaxraton qishlardan yolg'iz,
Sen esa o'zganing bag'rida bu kech,
Men esa nikohli kechada ojiz.

Mayli, unutaqol o'tmishni tezroq,
Unutgin men senga bergan ko'ngilni.
Qolib ketsin dilda yaralar ozroq,
O'tmish bilan tig'lay, gohida dilni.

Azob.
Qo'lingga taqilgan uzuklar menga,
Yurakni tilkalar, yor yor sadosi.
Abadiy ahdlashuv, so'ng hayrlashuv,
So'ngida bir bahtning bo'ldim gadosi.

So'zlarim chalkash, tushunmoq mushkul,
O'ylarim hanuz bir sening o'zingda.
Yengilib bo'ldimmi, taqdirga butkul,
Endi ko'rinmaydi aksim ko'zingda.

Siyratda, namoyon barcha dardlarim,
Nafasga to'ymaydi go'yo lolalar.
Termulsam, yomg'irga oynadan asta,
Go'yoki unda ham shunday nolalar.

Kuzni sog'inaymi bundan buyog'i,
Yo esga olaymi senla kunlarim.
Yurakda o'tmishning, sog'inch so'rog'i,
Sog'inchda o'tarmi, har bir tunlarim.

Sanjarbek Akbarov
#Срочно

Кореяда бир ватандошимиз вафот этди. Ким таниса +71082661414 тел қилилар.
Яқинлари топилмаса жасадни ёқиб юборишар экан.

Канал ва Группалага тарқатворила, Савоб бўлади
Ey Solih va Soliha dindoshim siz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Hazratlarining qaysi bir kitobini mutoalaa qilgansiz yoki hozirda mutoalaa qilmoqdasiz?
Anonymous Poll
13%
Oltin silsila
14%
Odoblar hazinasi
8%
Ruhiy tarbiya
6%
Hislatli hikmatlar
21%
Bahtiyor oila
5%
Ijtimoiy odoblar
4%
Mo'minning qalqoni
2%
Mo'minning najoti
10%
Iymon
17%
Ro'yhatda yo'q bo'lsa "comment" da kutamiz😊
Forwarded from IRODAXON QOSIMOVA IJODI (Toxirjon)
Sog'indim.
Do'ppi kiysa boshiga yarashgan,
Surma tortsa qoshiga qarashgan.
Jamalaklar sochini talashgan,
Go'zal sanam qizlarni sog'indim.

Egnida cho'ponidir
mustahkam,
Or nomusi, g'ururidir mahkam,
Menga ham inimdir ham akam,
Alpomish, Beklarni sog'indim.

Qo'llaridan urchug'i tushmagan,
Nomahram yorlarni hech quchmagan,
Boshidan oq ro'molin yechmagan,
Hayoli momoni sog'indim.


Kurashda yerga yelka tegmagan,
Nomard kimsaga boshin egmagan,
Ko'chalardan quruq qo'l kelmagan,
Duogo'y boboni sog'indim.

To'y qilsalar uzatar yurtga osh,
Deyishar omon bo'lsin oltin bosh,
Hizmatida charchamas keksa yosh,
Tong otar to'ylarni sog'indim.

Yelka ochiq kiyimlar kiymagan,
Yigit bilan qo'l ushlab yurmagan.
To'ygacha "love story" qilmagan
Toxirlarni,Zuhrolarni sog'indim.

Birovning dil yoriga boqmagan,
Do'stlarini nomardga sotmagan.
Sirini internetda ochmagan,
"Net" siz damlarni sog'indim.

📝 Irodaxon Qosimova.
Forwarded from IRODAXON QOSIMOVA IJODI (Toxirjon)
DILIM...

Suyib suyib ohir kuydi hasta dilim,
Biror soʻzni aytmoqqa ham ojiz tilim.
Bekor ekan ishqning goʻzal ertaklari,
Muhabbatning boʻylariga yetmas qoʻlim.

Uzun uzun argʻimchoqqa boylab dilim,
Hijronlardan boʻldi qalbim tilim tilim.
Sarob ekan sevgi deya kuyganlari,
Ayriliqqa tutashdimi borar yoʻlim.

Kabutarlar uchar sevgi makoniga,
Qani iloj boʻlsa borsamda yoniga.
Topsam magar baxtning oʻshal kalitini,
Chidar edim baxtning shirin ozoriga.

Suyib suyib oxir kuydi hasta dilim,
Armonlarga tutashmasin aslo yoʻlim.


IRODAXON QOSIMOVA.
08.01.2022.
Forwarded from IRODAXON QOSIMOVA IJODI (Toxirjon)
KUYGAN YURAK.

Kuygan yurak kuyib ohir kul boʻldimi,
Sarson sevgi arzimas bir pul boʻldimi.
Koʻchalarda yigʻlab ketar sevgi ma'yus,
Ishq daryosi alam gʻamlardan toʻldimi.

Hijronlarga berib bagʻring yondi yurak,
Azob berar yetolmagan ajib tilak.
Yopay desam sevgi degan darvozasin,
Yor vasliga yetay deya yurak halak.

Devona dil sabolarga aytar sirin,
Ma'yus boqar koʻzchalarda ne yashirin.
Ikki yurak talpinsalar bir biriga,
Ishqla oʻtar hayot hamki boʻlar shirin.

IRODAXON QOSIMOVA
Forwarded from IRODAXON QOSIMOVA IJODI (Toxirjon)
UYLANING.
(Yarim hazil,yarim chin.)

Qizlar ko'p vafoli,ho'p sanam,
Sochlari uzundir,qosh qalam.
Chekmang ko'p qayg'udan siz alam,
Uylaning yoshingiz o'tyapti.

Ortizdan go'zallar poylaydi,
Yurakka sevgini joylaydi.
Qalblarda jarohat qolmaydi,
Uylaning yoshingiz o'tyapti.

Kir yoqa,ko'ylakda bo'lmaysiz,
Tong sahar uyqudan turmaysiz.
Ko'chada och nahor yurmaysiz,
Uylaning yoshingiz o'tyapti.

Sochingiz taraysiz yoqay deb,
Bir go'zal ko'nglini topay deb.
Onangiz aldamang keyin deb,
Uylaning yoshingiz o'tyapti.

Bo'ydoqlik yoqadi,g'amlar yo'q,
Ro'zg'or g'or emasda kami yo'q.
Yuribsiz yalloda ko'ngil to'q,
Uylaning yoshingiz o'tyapti.

Kuyovga yarashar go'zal yor,
To'y qiling,aytishsin bir alyor.
Qalbingiz bekasi shul dildor,
Uylaning yoshingiz o'tyapti.

Tashlamang orqaga bu ishni,
Onangiz so'zingiz kutyapti.
Ortga surmang shirin tashvishni,
Uylaning yoshingiz o'tyapti.

Irodaxon Qosimova

https://t.me/Irodaxon_Qosimova
Forwarded from IRODAXON QOSIMOVA IJODI (Toxirjon)
MEHR IZLAMA...

Qachongacha o'zni aldaysan,
Qo'y,yolg'onla bag'ring tig'lama.
Bevafo dunyoni bilmaysan,
O'tkinchidan mehr izlama.

Til uchida holing so'raydi,
Kelsang agar qo'lga qaraydi.
O'ylamagin menga yaraydi,
O'tkinchidan mehr izlama.

Darding tinglab,ustingdan kular,
Mansabingga qarab,so'ng suyar,
Jonin berib bir onang kuyar,
O'tkinchidan mehr izlama.

Haqdan so'ra,udir berguvchi
Sabr qilsang,chindan suyguvchi
Seni yolg'on do'stim deguvchi,
O'tkinchidan mehr izlama.

IRODAXON QOSIMOVA.

https://t.me/Irodaxon_Qosimova
Forwarded from IRODAXON QOSIMOVA IJODI (Toxirjon)
Yurt posponlar.
Yurt tinch,hotirjam, sizlar bor sabab,
Mustahkam irodangiz bor nechuk ajab,
Sizlar bahodirsiz yot sizga g'azab,
Yurtim posponlari,mard o'g'lonlari,

Uhlaymizda osuda,chunki sizlar bor,
Tinch kunlarga yetolmay yurganlar bor zor,
Qadringiz balanddir,chekmangiz ozor,
Yurtim posponlari,mard o'g'lonlari.

Joningiz tikkansiz shu Vatan uchun
Ko'zlardan porlaydi,bir yorqin uchqun,
Ta'zimdadir yurt ham hizmatingiz chun,
Yurtim posponlari, mard o'g'lonlari.

📝Irodaxon Qosimova.

https://t.me/Irodaxon_Qosimova
Yurak yigʻlar...

Yurak yigʻlar, dilni tirnar,
Netay bugun sogʻinch qiynar.
Tunlar kelmas koʻzga uyqu,
Topib ber deb tinmay yigʻlar.

Yurak yigʻlar, koʻzda yoshlar,
Hijron gʻalat oʻyin boshlar.
Devonadek sarson izlab,
Ayriliqqa bizni tashlar.

Yurak yigʻlar, sogʻinchdan zor,
Men, sen ayro,ishq intizor.
Yoʻllar olis boray desam
Sogʻinch yomon berar ozor.

Yurak yigʻlar,koʻnmas netay,
Baxt manzili qayda ketay.
Sogʻinchlarni berib koʻkka,
Orzularga butkul yetay.

Yurak yigʻlar, sogʻinchdan zor...

IRODAXON QOSIMOVA.
16.01.2022. 19:30.
Forwarded from IRODAXON QOSIMOVA IJODI (Toxirjon)
TASHLAB KET...

Ketarsan bagʻrim tilib,
Kuydirding kulib kulib.
Iltimos bergin yulib
Yuragimni tashlab ket.

Faqat isming aytguvchi
Seni eslab kutguvchi.
Yigʻlab alam yutguvchi,
Yuragimni tashlab ket.

Ogʻrisa ham dod demas,
Hijron joylarga kelmas.
Sensiz dildan hech kulmas,
Yuragimni tashlab ket.

Sogʻinchdan boʻlgan tilim,
Otashday yonar dilim.
Shu bilar borki sirim
Yuragimni tashlab ket.

Uyqusiz tunlar dildosh,
Senga boʻlmaydi sirdosh.
Koʻzdan oqizmayin yosh,
Yuragimni tashlab ket.

Samoga sirin aytgan,
Ne sinovlardan oʻtgan.
Sitamlar jonga tekkan,
Yuragimni tashlab ket.

Sokinlik kerak unga,
Joylay chiqmas tugunga,
Qabr tayyorlay shunga,
Yuragimni tashlab ket.

Yongani yetar shuncha,
Chekdi azob yetguncha.
To baxt uyga yetguncha
Yuragimni tashlab ket.

IRODAXON QOSIMOVA.
18.01.2022. 18:30.
@Irodaxon_Qosimova
Forwarded from IRODAXON QOSIMOVA IJODI (Toxirjon)
KETAYLIK...

Ketaylik muhabbat yulduzlar sari,
Ortda qolsin qaygʻu, gʻamlarni bari.
Boqmaylik bir bora ortga qayrilib,
Yurakni qilaylik hijrondan nari.

Ketaylik muhabbat, baland togʻlarga,
Shodlik ulashaylik goʻzal bogʻlarga.
Hiyonat ogʻritar netay yurakni,
Boraylik baxtiyor yoshlik chogʻlarga.

Ketaylik muhabbat, daryolar kechib,
Sarmast boʻlaylik bir sharoblar ichib.
Yetar qancha yutdik zahar ogʻular,
Yo yurgin ketaylik dunyodan kechib.

Ketaylik muhabbat, dashtu choʻllarga,
Baxt gulin toʻshaymiz yurar yoʻllarga.
Hazonga bermaymiz baxt uyimizni,
Mangu joylanamiz oʻtli dillarga.

Ketaylik muhabbat, yurak qa'riga,
Mayli qoʻl siltaylik bari bariga.
Saboga aylanib uchamiz bir zum,
Ketamiz armonlar bormas joyiga.

Ketaylik muhabbat...

IRODAXON QOSIMOVA.
19.01.2022. 21:00

@Irodaxon_Qosimova
Forwarded from IRODAXON QOSIMOVA IJODI (Toxirjon)
YOMG'IR...

Yuragimni tutsam yomg'ir yuvarmikin,
Borki hasrat alamlarim quvarmikin.
Yoki dilim vayron qilib tomchilari,
Kuygan dilni tilka pora qilarmikin.

Yomg'ir yog'sa ko'z yoshlarim yuvib yuvib,
Yolg'on ishqni o'chirsaydim zum unutib.
Oqsam chinor bo'ylariga tomchi bo'lib,
Shabnamdayin to'kilsaydim nurni kutib.

Jilolanib yog'ib ketar yomg'ir ajab,
Tabiatni yangilashga aytib sabab.
Nechun yig'lab umr o'tar bilolmasman,
Yomg'irlarga havas qildim bir zum qarab.

Yuragimni tutsam yomg'ir yuvarmikin...

IRODAXON QOSIMOVA.
01.09.2021. 00:20
@Irodaxon_Qosimova
Forwarded from IRODAXON QOSIMOVA IJODI (Toxirjon)
ALBAT YENGAMAN.
(Hastalik bilan kurashayotganlar nomidan.)

Derazadan mo'ralab asta,
Insonlarga havas qilaman.
Onajon,ko'rasiz tez kunda
Hastalikni albat yengaman.

Jilolanar hayot o'shanda
Ko'zlarimga kamalak misol.
Baxtdan masrur shunda kezaman.
Hastalikni albat yengaman.

Koinot ham o'zgacha kular,
Quyosh taftin yana sezaman.
Yulduzlarga sirlarim aytib,
Hastalikni albat yengaman.

Do'stlarimni quchoqlab, o'pib,
Dushmanlarim bag'rin ezaman.
Yana ko'pni hayron qoldirib,
Hastalikni albat yengaman.

Yuz o'girar kasallik mendan
Nafratini andak sezaman.
Allohimdan so'rab najotlar,
Hastalikni albat yengaman.

Budir sinov, bu ham o'tkinchi,
Bir mehmondir buni bilaman.
Bemorlarga tilab sihatni
Hastalikni albat yengaman.

IRODAXON QOSIMOVA
09.08.2021. 19:00
Forwarded from IRODAXON QOSIMOVA IJODI (Toxirjon)
URIB TURSA...

Urib tursa yana yuragim,
Aytar edim ishq a'shorlarin.
Boʻlib faqat unga keragim
Sochar edim gul iforlarin.

Urib tursa hasta yuragim,
Yulduzlarga termulardim jim.
Asta borib oy quchogʻiga,
Aytar edim dildagi sirim.

Hayqiyardim koinot uzra,
Muhabbatim baralla aytib.
Yomgʻirlarga aylanib soʻngra,
Ona yerga kelardim qaytib.

Urib tursa yana yuragim,
Gʻuborlarni quvardim dildan.
Ishqqa boʻlsa agar keragim,
Saroy qurar edim mehrdan.

Urib tursa yana yuragim
Yuragim...

IRODAXON QOSIMOVA.
24.01.2022. 20:00

https://t.me/Irodaxon_Qosimova
Forwarded from IRODAXON QOSIMOVA IJODI (Toxirjon)
Baxt qaydasan quchsam seni toʻyib toʻyib,
Hasta dilni bilmay qancha oʻydim qoʻyib.
Bir qoʻgʻirchoq asli ekanman hayotda
Osmonlarga chiqsam uzun narvon qoʻyib.

Baxt qaydasan, yetmas nega qoʻllarim hech,
Kutaverib koʻzim toldi ertayu kech.
Azoblardan yurak ahir charchamoqda
Kel goʻzal baxt, armonlarni chigalin yech.

Baxt qaydasan, yulduzlardan soʻray seni,
Tillolarday qalb qoʻrimda asray seni.
Senga yetmak armonmikin oʻlgunimcha,
Kelgin, borki quvonchlarga eltgin meni.

Baxt qaydasan, bormi shakl yo siymoying,
Hurlar havas qilgudekmi bor chiroying.
Havas qilib umr yoshim oʻtmoqdadir,
Qayda oʻshal koshonayu ishq saroying.

Baxt qaydasan, qoʻllarimdan yetaklab ket
Istagim shu olislarga uloqtir elt.
Bildim dunyo rahm etmas men ojizga,
Ajib goʻzal ertaklarga men bilan yet.

Baxt qaydasan...

IRODAXON QOSIMOVA.
27.01.2022. 18:30

https://t.me/Irodaxon_Qosimova
Forwarded from IRODAXON QOSIMOVA IJODI (Toxirjon)
HADYA ET...

Yoʻq ediku yurakda mador,
Sevishga, sevilishga zinhor.
Har kun senga bir talabim bor,
Bir kuningni menga hadya et.

Aytib qoʻyay, qalb xaridorim,
Qalbim lim toʻla dard omborim.
Xaloskorima, dard darmonim,
Bir kuningni menga hadya et.

Mayli, tunlar bilmayin uyqu,
Sevgi emish bir ajib tuygʻu.
Hayotimga kirmasdan qaygʻu,
Bir kuningni menga hadya et.

Hadyang sabab armonlar ketar,
Baxtdan boshim samoga yetar.
Oy ham menga ashʼorlar bitar,
Bir kuningni menga hadya et.

Dilda qolmas armon-istaklar,
Baxtli hayot sari yetaklar.
Ishqim elda boʻlar ertaklar
Bir kuningni menga hadya et.

Bir umringni menga hadya et...

IRODAXON QOSIMOVA.
29.01.2022.

https://t.me/Irodaxon_Qosimova
Forwarded from IRODAXON QOSIMOVA IJODI (Toxirjon)
Singlimga...

Yugurib ba'zan ish, ba'zan tashvish deb,
Yuribman oʻzimcha dunyo gʻamin yeb.
Bahonam qoʻngʻiroq qilmayin hadeb,
Singlim bir bor holing soʻray olmadim.

Ertaga soʻrayman ahvolin, holin,
Men uchun tikadi hayotin jonin.
Shunchalar bemehr, toshmanmi zolim,
Singlim bir bor holing soʻray olmadim.

Koʻz koʻzga tushganda quvongan oʻzi,
Jonimga jon berar har aytar soʻzi.
Eshikka umidvor termular koʻzi,
Singlim bir bor holing soʻray olmadim.

Ortmaydi roʻzgʻori gʻor tashvishidan
Ba'zan kir qidirar qilgan har ishdan.
Hech boshim chiqmaydi bitmas yumushdan,
Singlim bir bor holing soʻray olmadim.

Gʻam tilsa bildiradirmas jilmayar mayin,
Oqibat oʻlmoqda netay kun sayin.
U ham bir onadir, unga ham qiyin,
Singlim bir bor holing soʻray olmadim.

Sogʻinchdan koʻzlar ham namlanar yana,
Umr oʻtib bormoqda, ketmoqda mana.
Kutmayin endi bas biror tantana,
Singlim bir bor holing soʻrab boraman.

IRODAXON QOSIMOVA.
03.02.2022. 18:00

https://t.me/Irodaxon_Qosimova