#Final #Taqriz #Sharaf
"Qahva xuddi sevgi kabidir, qancha sabr qilsang, shuncha mazali ta'mga ega bo'ladi"
Xolid Husayniyning"Ming quyosh shu'la" sidagi Maryam va Laylo esingizdami? Ularning ming azob va qiyinchiliklarga to'la hayoti, shafqatsiz taqdiri-chi?
Elif Shafaqning "Sharaf"idagi ayol qahramonlar obrazi ham nogoh aynan shu asarni yodimga soldi.
Jamila va Pimbi. Tashqi ko'rinishi o'xshash bo'lsa-da, taqdir yo'li o'xshamagan egizak opa-singillar.
Ularning hayot yo'li yuqorida aytib o'tilgan sevgi haqidagi jumladek, borgan sari mazali emas, balki achchiq bo'lishini tasavvur ham qilishmagan edi.
Roman juda ham achinarli, xuddi undagi ayollar taqdiri kabi.
Unda oila, sadoqat, ratsizm, emigratsiya kabi muammolar yaqqol ochib berilgan. Ammo asosiy mavzu - ota-ona va farzand o'rtasidagi munosabatlar, Sharq ayollarining oiladagi o'rni haqida.
Voqealar xronologik tartibda berilmagan. Har bir bo'limda oila hayotining turli qismlaridan parchalar keltirib o'tilgan. Asosiy voqealarni o'qish biroz og'ir, negaki xayolingiz qahramonlarning tuyg'ularini, kechinmalarini to'laligicha his qila olish to'g'risida bo'ladi.
Hammasi bir tekisda ketayotgan va ayni shu yerda "tugadi" degan paytingizda esa bari qaytadan boshlanadi...
"Qo'shnilarimizdan biri qo'li gul chevar erkak xotinini tez-tez urardi.
Ertalab biz hech narsa bo'lmagandek, odatdagidek, ishlarimizga kirishardik. Barcha o'zimi hech narsa ko'rmagan va eshitmagandek tutar edi"
Erkaklar tomonidan tahqirlangan, ichib olsa so'kinish, kaltaklashdan ham toymaydigan, farzandlarini tashlab boshqa ayol quchog'iga ketsa-da, bariga jim ko'nikib yashaydigan ayollar, oila sha'niga dog' tushirib qo'ysa suitsidga yagona yechim sifatida qaraydigan, kamida buni "sharaf" deb hisoblaydigan jamiyat haqida o'ylash og'ir. Undan ham og'iri mana shu azoblarga chidashga mahkum, nohaqlikka qarshi kurashuvchi, o'zini himoya qiluvchi ayollarning harakatini esa "feministlik" deb hisoblaydiganlarning haligacha mavjudligi.
Umuman bu kabi muammolar va qarashlar sizning ham atrofingizda qaysidir ma'noda uchrab turgan bo'lsa, asarni o'qishni tavsiya qilaman.
O'qing.
Xulosa qiling.
Ammo yakun siz kutgandek bo'lmasligi va quvontirmasligi mumkin)
©️ @mohimsbooks

"Sharaf" - Elif Shafaq
Odatda menga notanish yoki shu vaqtgacha kitoblarini oʻqimagan muallifga duch kelsam, u haqida "Google amaki" dan soʻrab koʻraman. Elif Shafaq haqida anchagina qiziqarli ma'lumotlar bor, mashhur jurnallardagi chiqishlar. Demak oʻqib koʻramiz (tanlov uchun oʻqiysanda 😉).
Kitobga keladigan boʻlsak nomini oʻzi nimadir aytadi va asar boshida voqealarni deyarli sezib qolasiz, faqat har bir voqea toʻliq qanday boʻlganini oʻqish kerak. Boshlanishida ozgina chalgʻidim, sababi voqealar har turli joydan, turli qahramondan yozilgan va ular bitta oiladan.
Kitobning mazmuni qorongʻu qoldi, bilmadim nimaga. Toʻgʻri qiyin sharoitdan, tor dunyoqarashdan chiqqan insonlar hayoti va kelajagi mazmunan berilgan. Ular oʻz sharaflari uchun hattoki qotillikka ham qoʻl urushdan qaytishmaydi. Sen sharaflisan oilang va or-nomusing uchun hech narsani ayab oʻtirma. Lekin bir savol bu "Sharaf" qanchalik sharafli, u koʻr-koʻrana deb oʻyladim. Insonga berilmagan hislat yoki tarbiyani hayotda juda koʻp soʻralishi va uni "Sharaf" deb bilish.
"Barcha buyuk jangchilar birinchi navbatda ruhiy jihatdan kuchlidirlar. Faqat haqiqiy qadriyatlarni himoya qiladiganlar yengilmas boʻlib qoladilar."
"Hamma odamlar bir xil. Faqat tashqi tomondan farq qiladi. Teri, kiyim, pasport. Hammasi tashqarida. Yurak ham xuddi shunday. Har doim. Har joyda."
"Nomusini yoʻqotgan odam oʻlikka oʻxshaydi."
Kitobni turk seriallarini xush koʻruvchilar uchun tavsiya qilardim. Serial qilish uchun yaxshi kitob.
Tanlovda gʻalaba uchun maqtovlar yozishdan yiroqman, kitobdan topganimni yozdim.
©️ @kitob_house

"Dunyo - bir lahzalikdir,
Men ham undagi bir lahzaman.
Bir lahzada qancha nafas olish menga taqdir qilib bitilgan?
Quvnoq va jonli boʻl".
Umar Hayyom ijodidan olingan shu birgina jumla biz "taqdir" deb ataydigan, yaxshilig-u yomonliklarga, xursandchilig-u xafagarchiliklarga, qiyinchilig-u osonchiliklarga limmo-lim toʻlgan, Yaratgan Robbimiz tomonidan bizga ato etilgan borliq hayotimizni mukammal ifodalab bergan. Har birimiz bu dunyoda oʻz oʻrnimizga, chiroyli hayotimizga ega boʻlish uchun doimo harakatda boʻlamiz, lekin bizni bir lahzadan keyin nima kutayotganini bilamizmi?! Albatta, yerning xalifasi darajasiga koʻtarilgan inson bunga qodir emas. Biz faqatgina bir narsaga qodirmiz: quvnoq, jonli va toʻgʻri hayot kechirish uchun harakat qilishga.
Kitobxonlar ommasiga taqdim etilgan Elif Shafaqning "Sharaf" romani ham turli qahramonlar taqdiridagi kutilmagan oʻzgarishlar haqida hikoya qiladi. Asar bosh qahramonlari egizak opa singillar, Pushti Taqdir va Chiroyli Kifoya butun umrlari davomida oʻz ismlariga mos ravishda hayot kechiradilar, ya'ni opasi Pimbining taqdiri uchun singlisi Jamilaning qurbonliklari doimo Kifoya qiladi. Asarga bunday nom tanlanishiga kelsak, asarda Sharq oilalarining yozilmagan qonuni boʻlmish, ayol kishining sharafi, nomusi va erkak kishining gʻururi asar voqealar rivojining asosiy sababchisi etib belgilanadi. Bu romanni oʻqish davomida turli ayollarning, muslimalarning taqdiri bilan tanishishga muvaffaq boʻlasiz, va bir narsaga amin boʻlasizki, ayol bu oilaning toji, uning sharafi esa undagi eng qimmatbaho olmosdir. Bu olmosni himoya qilish, uni asrash esa oila erkagining qoʻlidadir, xoh u turmush oʻrtoq boʻlsin, xoh u farzand. Asarda oilasi sharafini, ya'ni onasining nomusini saqlash maqsadida oʻz onasining qotiliga aylangan Iskander Toprak ismli oʻsmir yigit kimningdir nazdida qahramon boʻlsa, kimningdir nazdida eng jirkanch jinoyatchi sifatida taassurot qoldiradi. Asar syujeti Elif Shafaqning oʻz uslubiga xos sirli va chalkash yoʻsinda yoritiladi. Asar soʻnggida barcha chigalliklar oʻz yechimini hech kutilmagan tarzda topishi, kitobxonni hayratlantiradi.
Bu roman turli mavzularni hech qanday notekisliklarsiz oʻzida qamrab ola olgan asardir, ya'ni oila munosabatlari, doʻstlik, va oʻz oʻrnida muhabbat ham asarga samimiy ruh baxsh etgan.
©️ @booklandia_uz (instagram)

Elif Shafaqning 2011-yilda ingliz tilida yozilgan bu asari "Iskander" nomida chop etilgan. Asardagi voqealar aynan Iskanderning va uning yaqinlari hayoti tafsilotidir va muqovasi va nomidanoq ko'plab shov-shuvlarga sabab bo'lgan. Chunki Turkiyada nashr etilgan kitob muqovasida aynan Elif Shafaq grimlar, erkak kastyumida Iskander qiyofasini yoritmoqchi bo'ladi. Asarning ingliz tilida yozilganligi sabab esa ko'plab turklar uni keskin tanqidlar ostiga oladilar. Nafaqat til jihatidan balki Elif Shafaq asarlaridagi voqea, Xudo haqidagi tushunchalar Islomiy Turkiya asarlaridan keskin farq qiladi. Kitob sotuvga chiqarilganidan so'ng esa uning nomi muhokamalar markazidan o'rin egalladi. Asarning "Iskander" deya nomlanishi, lekin unda Pimbi va Jamila taqdirlari yorqinroq tasvirlanganligi qiziq tortishuvlarga sabab bo‘ldi. Kimdir asar nomi "Jamila" bo‘lishi kerak edi, kitobning eng yaxshi qahramoni uning eng baxtsiz shaxsi desa, yana kimdir Pimbi va Elyosning go‘zal sevgisi va ayriliqli hijron azobiga mos nom qo‘yish kerak edi deydi. Bizning Zukko kitobxon nashriyoti tomonidan esa uni inson o‘lganda u bilan qoladigan boyliklardan biri, aynan Iskanderning shu narsani himoya qilishi ortidan "onasini" o‘ldirishi tufayli asarni "Sharaf" nomi ostida tarjima qildilar.
Asardagi voqealar Turkiya va Suriya chegarasidagi kurd qishlog‘ida, London va Abu-Dabi kabi shaxarlarda sodir bo‘lgan. Olis kurd qishlog‘ida ikki egizak qizlar dunyoga keladi. Onaning o‘g‘il farzand ko‘rish umidi olti qizdan keyin yana bir bor so‘nganidan so‘ng u umuman gapirmay qo‘yadi. Qirq kundan so‘ng qishloq otaxonlari kelib, ayolga bu ishi Allohning xohish irodasiga qarshi chiqish ekanligini uqtirishadi. Ayolning ilk so‘zlari esa qizaloqlarga ism topgani ya‘ni Qadar(Taqdir) va Yeter(Kifoya qilguvchi). Ona bu ismlar orqali taqdirga tan berganini va qizlari unga kifoya ekanini bildirgan. Ota kelganidan so‘ng bu ismlarni eshitib bu farzdandlarni xavf ostida qoldiradigan ismlar, yaxshisi ularga Pimbi(Pushti) va Jamila(Chiroyli) ismlarini qo‘yishligini aytadi. Shunday qilib, qizlarning ismi Pimbi Qadar(Pushti taqdir) va Jamila Yeter(Chiroyi Kifoya) deya qo‘yiladi. Egizaklardan Pimbi boshqa davlatlarda bo‘lishni yoshligidan orzu qilgan ayoldir. Uning egizagi Jamila uchun esa hech qachon notanish joylar, odamlar, ufqdan tashqarida joylashgan noma'lum mamlakatlar qiziq bo‘lmagan. Istaklar amalga oshgan- Pimbi turmush qurib, Londonga ketgan, Jamila esa o‘z qishlog‘ida doyalik qilar edi. Muammolar bilan to‘lib toshgan hayotda yashovchi Pimbi va xavotirli yolg‘izlikda yashovchi Jamilani ruhlari har xil bo‘lgan bir xil ko‘rinishdagilardir deyishimiz mumkin.
Pimbi Londonda ko‘plab qiyinchiliklarga duch keladi. Eri Edim tashlab ketganidan so‘ng moddiy muammolar, farzandlari Iskander, Esma va Yunus fe‘l-atvorlarining turliligi uni qiynaydi. Mana shunday kunlarning birida Pimbi tasodifan uchrashib qolgan Elyos ismli oshpaz bilan bo‘ladigan beg‘ubor, hech qanday sharmandachilikka sabab bo‘ladigan xatti-harakat yo‘q bo‘lgan munosabatlaridan Iskanderning amakisi Tariq xabar topadi va Tariq tomonidan Iskanderga oila bulg‘angan sharafini yuvishni uqtirishi, 16yoshli hali o‘smir, jahlini boshqara olmaydigan Iskanderning g‘azabiga sabab bo‘ladi. Kalta ko‘ylak kiyishni, uydan chiqishni ta‘qiqlagan bo‘lsada, "onasining" ko‘chada xarid qilib yurganini ko‘rgan Iskander uni o‘z ko‘chasigacha ta‘qib qilib boradi va o‘ng ko‘ksiga pichoq sanchadi. Uni o‘ladi deb o‘ylamaydi. Faqatgina ikki kun o‘tib, politsiya tergoviga olib kelinib, so‘roq qilinayotganda uning vafot etganini eshitadi. Unga 14yil qamoq jazosi beriladi. Bu vaqtda Londonda oila sha'ni bilan bog‘liq 150ta qotilliklarni tergov qilayotgani va bu ko‘rsatgich aslida ko‘p ekanligi asarda ta‘kidlanadi. Barcha qotilliklar politsiya e‘tiboriga tushmay, oilalar ko‘pincha jinoyatni yashirishga erishishadi. Vafot etgan insonni noma‘lum yerga ketdi deb, barcha dalillarni yo‘q qilib yuboraverishadi. Demak, biz ko‘rgan Pimbi fojiasi faqatgina bir misol holos.