YANGI TARJIMA KITOBLAR
1.24K subscribers
398 photos
22 videos
3 files
390 links
"Yangi Tarjima Kitoblar ruknining rasmiy telegram sahifasi

📚 Badiiy adabiyotlar;
📚 Bolalar adabiyoti;
📚 O'quv qo'llanmalar;
📚 Husnixatlar.

🖨 Barcha turdagi chop etish xizmatlari

📌 Toshkent sh., Langar k-si, 78-uy
Download Telegram
#Tanlovga #Guruh6 #Ishtirokchi1

Mavzu: OAV (radio-televideniya, gazeta-jurnallar, internet saytlari) orqali kitobxonlik madaniyatini shakllantirish uchun amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar.

Elektr simlari jon tomirlarimizga tutashib ketay deb turgan zamonda kitobxonlik madaniyatini virtual olam orqali targ'ib etish, jamiyatning eng salmoqli va o'z vaqtini eng ko'p zangori ekran va mobil qurilmalar hamrohligida kechirayotgan yoshlar qatlamini saviyali kitobxon sifatida tarbiyalash uchun samarali vositaga aylanib bormoqda. Hozirgi kunda turli ijtimoiy tarmoqlarda o'z blogiga ega bo'lgan, yuzlab, kerak bo'lsa, minglab kuzatuvchilarni kitob haqida taqrizlar o'qishga "majbur" qilayotgan yoshlar borligi quvonarli hol. Demak, yoshlar qalbida adabiyotga, kitobga, ilm olishga bo'lgan ishtiyoqni shakllantirish, shakllanganlarini esa yanada mustahkamlash yo'lida harakatdan to'xtamaslik kerak.

Fikri ojizimcha, shu kungacha amalga oshirilgan sa'y-harakatlarda kitobxonlikning ba'zi jihatlari biroz nazardan chetda qolgan va ularning kam-ko'stini to'ldirishda bizga yana mass-media yordamga kelsa, ajab emas.

• Avvalo, she'riyat mavzusiga to'xtalamiz. Kitobxonlik faqatgina nasriy adabiyotni o'z ichiga olmaydi. Haqiqiy nasriy asardan zavq ola bilganimizdek, nazm ham ko'ngil torlarimizni cherta oladi va bizga bir olam estetik zavq beradi. Faqatgina biz ularni gazeta sahifalarida sarg'aytirib, kitob do'konlari peshtaxtasida changga botirib qo'ymasligimiz, turli sahifalar yoki ko'rsatuvlar orqali nasr ishqibozlari qalbida ham nazmga mehr uyg'otishimiz kerak. Turli xil kitobxonlik uchrashuvlarini tashkil etish, ularda nasriy asarlar bilan bir qatorda she'riyat kechalarini ham yo'lga qo'yish zarur. Televideniyeda ham har xil faqatgina "yondim-kul bo'ldim" dan iborat seriallardan ozroq chetlashib shoirlarning o'z tillaridan "jivoy" she'r eshitganning gashti bo'lak.

• Oxirgi paytlarda deyarli faqatgina filologiya fakultetlaridagina o'qitiladigan asarga aylanib qolgan antik adabiyot durdonalarini boshqa kitobxon do'stlarimizga ulashish orqali adabiyot qay tariqa rivoj topganidan ularni boxabar etish ham foydadan holi bo'lmaydi. Buning uchun esa OAV da namoyish etiladigan "Troya", "Prometey", "Iliada" kabi antik davrning yorqin namunalarini efirga uzatishdan avval film qaysi asar asosida suratga olinganligi haqidagi hamda tomoshabinlarni asar variantini ham o'qib ko'rishga undovchi anonslar ham tashkil etish lozim.

• Mutolaasi yakunlangan asarlarni yozma, audio yoki video ko'rinishida kreativ holatda o'quvchiga taqdim etish ham samara beradi. Faqatgina bu masalada hammasini aralashtirib yuborgandan ko'ra yuqorida usullarning qay birini yaxshiroq uddalash mumkin bo'lsa, shu yo'nalishda faoliyatini mustahkamlashni tavsiya etaman. Chunki kimdir taqriz orqali kitobga muhabbat uyg'otsa, boshqa bir kitobxon sahifa egasi og'zaki tahlilni juda boplaydi, yana birlari olgan kitoblar ishtirokidagi suratlar esa go'yoki "meni o'qimasang bo'lmaydi" deyotgandek bo'ladi. Yo'nalishni tanlash ixtiyoriy, maqsad esa bitta - saviyali hamda madaniyatli kitobxonni shakllantirish.

• Shu masalalar davomida televideniyeda har kunlik mutolaa soatlarini efirga taqdim qilish va kitob yakunida adabiyotshunos yoki asar muallifi ishtirokida adabiy kecha tashkil etish ham foydadan holi bo'lmaydi.

• Janrlar xilma-xilligini barqaror saqlash ham muhim. Faqat bir tipdagi asarlar mutolaasi bilan mashg'ul bo'lish kitobxonni boshqa janr namunalari bilan kelisha olmay qolishiga sabab bo'ladi. Biz shunday asarlar o'qiylikki, ular ham dinimiz, ham dunyoyimizni to'ldirsin, bizga ma'naviy ozuqa hamda qo'shimcha umr vazifasini bajarsin.

Nihoyada shuni aytishim kerakki, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi kontent bizni boshqarishiga yo'l qo'ymasligimiz, aksincha, ularni o'z maqsadimiz yo'lidagi vositaga aylantirishimiz kerak!
#Tanlovga #Guruh6 #Ishtirokchi2

Mavzu: OAV (radio-televideniya, gazeta-jurnallar, internet saytlari) orqali kitobxonlik madaniyatini shakllantirish uchun amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar.

Har bir zamonning oʻziga xos taʼsir quroli boʻlgani kabi bugungi biz yashayotgan globallashuv davri — XXI asrning "yadro" quroli boʻlmish ommaviy axborot vositalari hayotimizning har jabhasini toʻlaqonli egallab bormoqda. Har qanday quroldan qandaydir maqsadga erishish uchun foydalanilganidek, bugungi kunda OAV ham turli maqsadlar uchun xizmat qilmoqda. Shuning uchun oʻz oldiga kitobxonlikni rivojlantirish maqsadini qoʻygan millat uchun OAV eng yaxshi yordamchi bo'la oladi. Bu maqola orqali aynan shu yoʻl bilan kitobxonlar safini kengaytirish uchun bir kitobxon sifatida oʻz tajribalarimdan kelib chiqib tavsiyalarimni berib oʻtaman.

1. Kitob va kitobxonlikka doir maxsus telekanal tashkil etish.
Milliy telekanallarimiz orasida maxsus sohalarga yoʻnaltirilgan telekanallar ham oʻz faoliyatini yuritayotgani hech birimizga sir emas. Bunga misol tariqasida "Dunyo boʻylab" , "Foreign languags" , "Oʻzbekiston tarixi" va boshqalarni keltirish mumkin. Xuddi shular kabi kitobxonlikka doir telekanal tashkil etish va ularga yozuvchi, shoir, adabiyotshunos va kitob blogerlarini jalb etib turli teledasturlar (kitob taqdimoti, kutubxonalarga, nashriyotlarga sayohat va ularning ish jarayoni bilan tanishtirish, intervyular, muhokamalar va boshqalar)ni efirga uzatish hozirgi kundagi kitobxonlar uchun qiziqarli va boʻlajak kitobxonlar uchun yaxshigina motivatsiya boʻla oladi.

2. Oʻquv muassasalarida tashkil etilgan radio orqali audio kitoblar oʻqib eshittirish.
Bugungi kunda koʻplab oʻquv muassasalari (maktab, litsey, universitet, institut) oʻzlaring oʻquvchilar uchun moʻljallangan shaxsiy radiolariga ega va bu radiolarda oʻquvchi va talabalar uchun asosan koʻngilochar musiqalar eshittiriladi. Ushbu radiolarda koʻngilochar musiqalar oʻrniga audio kitoblar oʻqib eshittirish va bunga tinglovchilarning oʻzlarining orasidan chiqqan koʻngilli suxandonlarni jalb qilish orqali talabalarning vaqtini unumli oʻtkazish va yosh oʻquvchilar orasida muntazam kitob oʻqishga boʻlgan shijoatni oshirish mumkin.

3. "Youtube" da oʻzbek tilida kitoblarga doir kontentlarni koʻpaytirish.
Hozirda Telegram, Instagram ijtimoiy tarmoqlari orqali yuzlab bloggerlar kitob bloglarini yuritmoqdalar va koʻzlagan maqsadga erishmoqdalar deb bemalol ayta olaman. Afsuski har birimiz har kuni murojaat qiladigan Youtube platformasida oʻzbek tilida sifatli kontent tayyorlab blog yuritadiganlar soni ancha kam. YouTube tarmogʻida blog yuritishni boshlaganiga uzoq muddat boʻlmagan boʻlsada "Mahin reads" kanali oʻz atrofida mingdan ortiq kuzatuvchi va muxlislarni yigʻa oldi. Bundan koʻrinib turibdiki, boshqa tarmoqlardan koʻra Youtube tarmogʻida koʻp sonli auditoriyaga maʼlumotni yetkazish va taʼsir etish nisbatan oson va samaraliroqdir. Demak bunday kontentlarni koʻpaytirish va tavsiya etish orqali platformaga koʻngilochar videolar koʻrish uchun kirgan aholi orasida kitobxonlar sonini kengaytirish mumkin.
4. Radiolarda kitob mutolaasiga doir efirlarni koʻpaytirish va sovrini viktorinalar tashkil etish.
Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari orasida radiolar ham oʻz oʻrniga va muxlislariga ega. Mahalliy radiolarimizda asosan musiqiy eshittirishlar va turli zavq ulashuvchi dasturlar oʻz faoliyatini olib boradi. Shu kabi efirlar orasiga kitobxonlikka doir dasturlar ya'ni yozuvchilar bilan suhbatlar, yangi nashrdagi kitoblar taqdimoti yoki ''Bir haftada bir kitob" kabi haftalik savol-javob dasturlari ishlab chiqish va sovrin tariqasida kitoblar ulashish radio tinglovchilari sonini va ular orasida kitobxonlikni rivojlantirishga katta hissa qoʻshadi.

Sitseron aytganidek "Kitobsiz uy — jonsiz tanaday gap". Lekin bugungi kun nazari bilan qaraydigan boʻlsak, kitobsiz emas balki, ommaviy axborot vositalari kirib bormagan xonadon jonsiz tanadek degan mulohazaga kelib ulgurganmiz. Aslini olib qaraydigan boʻlsak, bularning biz uchun ziyoni emas, foydali tomonlari koʻproq. Shunga qaramay, ulardagi kitobga ajratilgan eʼtiborning kamligi bizni biroz ranjitadi. Ammo ularni ham tuganmas bilim beruvchi manbaaga aylantirish oʻzimizning qoʻlimizda!
#Tanlovga #Guruh6 #Ishtirokchi3

Mavzu: OAV (radio-televideniya, gazeta-jurnallar, internet saytlari) orqali kitobxonlik madaniyatini shakllantirish uchun amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar.

Bugungi kitoblar o'rnini onlayn gadjetlar tobora kengroq egallayotgan global zamonda muvozanatni ortga qaytarish uchun aynan mana shu gadjetlardan foydalanish manfaatli va foydali bo'lishi shubhasiz. Ijtimoy tarmoqlarning, umuman, bugun inson aqliy faoliyati "yordamchilari"ning turlari kundan kunga ortib bormoqda. Ommaviy axborot vositalari nomi bilan yuritilayotgan radio-televideniya, gazeta - jurnal, turli ijtimoiy saytlarning turi ham , soni ham juda ko'p ( sifat esa alohida masala). Mana shu ijtimoiy tarmoqlardan kitoblarni , kitobxonlikni targ'ib qilshda unumli foydalanish esa bugungi kun talabi sifatida muhum rol o’ynamoqda. Turli yo’llar va usullar orqali bu maqsadni amalga oshirish mumkin. Keling, biroz tahliliy va tanqidiy mushohada orqali takliflarimni namoyon qilishga harakat qilaman .

1. Televideniya va radio orqali kitobxonlikni targ’ib qilishda asosiy e’tiborni kitoblarni namoyishiga qaratish kerak, nazarimda. Qanday qilib namoyish qilish kerak? Yangi tahrirdan chiqayotgan kitoblarning dastlibki nashr vaqtida asosiy mazmuni tanishtirilgan video lavhalar tayyorlansa va reklamalar ko’rinishida efirga uzatilsa, odamlarda kitobga qiziqish o’sadi. Vaholanki , bu so’nggi nashrdan chiqqan kitoblardan kitobxonlarnmi xabardor qilish uchun yaxshi usul bo’lib xizmat qiladi. Agar o’zbek adabiyotiga doir kitoblar videolari muallifning bevosita o’zi bilan tayyorlansa va yozilish tarixi ozgina yotirilisa yana ham kitobxonda qiziqish ortgan bo’lardi.

2. Moddiylik hozir insonlar uchun asosiy zaruratga aylanib qoldi. Kitoblar insonlarga faqatgina ma’naviy emas moddiy foyda keltirishini ko’rsata olish zarur. Televideniya va ijtimoiy tarmoq bu borada juda yaxshi yordam beradi. Ijtimoiy tarmoqlarda yaxshigina kitobxon auditoriyasiga ega bo’lgan blogerlar faoliyat yuritishadi. Ularning katta auditoriya yig’ishi o’z o’zidan bo’lmagan. Avval o’zlari kitob o’qishgan, kitoblarga berilgan mehr orqali boshqalar e’tiborini qozonishgan, odamlar ularga ergashmoqda. Ko’p sonli kuzatuvchilarga ega bo’lgan kitobxon blogerlar marketing, reklama orqali ham yaxshigina daromad qilishadi. Yoki bo’lmasa avval kitobxon bo’lgan blogerlarning aksariyatida hozir onlayn kitob savdosi bilan shug’ullanadi. Mana shunday faoliyatlarini yaxshi yo’lga qo’ygan blogerlar bilan suhbat uyushtirilsa , ularning kitobga qiziqishlari va aynan kitoblar orqali qanday daromad olayotganlari kitobxonga tanishtirilsa ancha manfaatli bo’lardi. Buni televideniya orqali ham , ijtimoiy tarmoq orqali ham amalga oshirish mumkin.

3. Kutubxonalar haqida haftaning bir kunida emas, balki har kuni efirga uzatiladigan ko’rsatuvlar tayyorlanishi kerak. Nimaga har kuni? Inson bir marta ko’rgan narsasiga emas , har kuni ko’radigan narsasiga nisbatan refleks hosil qiladi. Kutubxonadagi muhit va undagi kitoblar bilan har kuni 10 – 15 minut vaqt o’tkazish o’sha insonni yakunda kutubxonaga borishga majbur qila oladi. Ko’rsatuv qanday tayyorlanishi kerak? Yana mashxurlarga murojaat qilamiz. Hafta davomida bitta mashhur aktyor yoki bloger kutubxonalarda, e’tibor bering bittagina kuutbxonada emas, balki har kuni har xil kutubxonada sayohat qilsa yana ham e’tiborga molikroq bo’ladi. Bu orqali biz nafaqat kitobxonlarni , kutubxonalarning sonini ham oshishiga erishishimiz mumkin.

Gazeta va jurnallarda kitobxonlikni targ’ib qilish haqida biron nima deyish qiyin. Sababi hozirgi kunda gazeta va jurnallar huddi kitoblar targ’ibi singari targ’ibga muhtoj. Odamlar gazetalardan ko’ra onlayn ma’lumot olishni afzal ko’rishmoqda. Buni ham alohida o’ylab ko’rish kerakdir balki)

Taklif bildirish oson, lekin ijro bu boshqa masala. Faqatgina amalga oshishi ehtimoli yuqori bo’lgan va natija kutsa bo’ladigan takliflarim bilan o’rtoqlashishga harakat qildim.
#OminaShenlikogli #MenKimningQurboniman #YangiNashr

Аsar voqeasi voyaga yetmagan, 13 yoshli Gulshan ismli bir qizning qishloqdan shaharga — qarindoshinikiga mehmon boʼlib kelgan kundan boshlanadi. Аsarni oʼqir ekansiz, shaharchasiga kiyinib, qarindoshi bilan istirohat bogʼi tomoshasi uchun chiqqan va shu bogʼda qarindoshi tomonidan unutilib qoldirilgan bu qishloq qizining achchiq va ayanchli qismatini goʼyoki birga-birga boshdan kechirasiz.

"Men kimning qurboniman"... muallif oʼzi taʼkidlaganidek, hayotiy voqealar asosida yaratgan ushbu asarida u insonlarni loqaydlik, firibgarlik, johillik va ilmsizlik kabi illatlardan pok boʼlishga, jamiyatda uygʼoq yashashga chaqiradi.

Yuzlab, minglab Gulshanlar, aybsiz aybdor boʼlib, nohaq jabr chekkan, adolatsizlik qurboni boʼlgan insonlar tomonidan haqli ravishda berilgan "Men kimning qurboniman" degan savolga Omina Shenlikoʼgʼli keng va asosli fikrlar bilan javob berishga bel bogʼlaydi va buning uddasidan chiqadi.

📕 Kitob qattiq muqovali, 256 sahifadan iborat.

🚚 Kitobni butun O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud!
📮 Qo'shimcha ma'lumotlar va yetkazib berish shartlari uchun: @Xujakeldiyev_235

🤓 @zukkokitobxon | 958005500
08. Qalbingiz sof bo'lsa, hikoyangiz baxtli yakunlanar
Zukko Kitobxon
#audiomutolaa

📕 Kitob: Qalbingiz sof bo'lsa, hikoyangiz baxtli yakunlanar (8-qism)
✍️ Muallif: Hakan Mengyuch
🗣 Notiq: Baxtiyor Mo'minov

🎧 1-qism
🎧 2-qism
🎧 3-qism
🎧 4-qism
🎧 5-qism
🎧 6-qism
🎧 7-qism

Kitob narxi - 35 000 so'm

Yetkazib berish xizmati mavjud!

📮 Muroajaat uchun: @Xujakeldiyev_235

📖
Hech bir uchrashuv tasodif emas

📚 "Zukko Kitobxon" - kitobsevarlar uchun!
#KunFotosi

© Surat muallifi: Zaynab Roʻzimova

@zukkokitobxon
Biznesni kimdan o'rganish kerak?

🎞 "Subyektiv"
loyihasining infoqalloblarga bag'ishlanagan bu galgi soni o'zbek internet segmentini portlatdi, deb aytish mumkin!

Agar siz tanlagan trener haqiqatdan ham nimanidir qoyillatib qo'ymay turib, osmondagi oyga qanday qilib oson yetish mumkinligi haqida ma'ruza o'qiyotgan bo'lsa, demak katta ehtimol bilan u sizni aldayapti!

👌 Biznes va shaxsiy rivojlanishga doir eng sara maslahat va yo'l-yo'riqlarni million-million dollarlik startaplar, korxona va fabrikalarni "0"dan ko'tarib chiqqan eng yaxshi ma'ruzachilardan olishga nima deysiz ?

Bugun nashryotimiz tomonidan chop etilgan eng yaxshi biznes va motivatsion kitoblar ro'yxatini ulashishga qaror qildik:

▫️Robin Sharma. "200 hayot darsi"
▫️Maksim Kotin. "Botaniklar ham biznes qiladi"
▫️Karl Syuel va Pol Braun. "Bir umrlik mijozlar"
▫️Genrix Altshulter. "G'oyani izlab topish"
▫️Skot Gellouey. "Katta to'rtlik"
▫️Eliyahu Goldrat. "Maqsad"
▫️Uilyam Danko va Tomas Stenli. "Mening qo'shnim millioner"
▫️Xarv Eker. "Millioner kabi fikrlang"
▫️Li Myon Bak. "Mo'jiza sodir bo'lmaydi"
▫️Pavel Annenkov. "Million dollarlik xatolar"
▫️Anastasiya Zaloga. "O'zingni qadrla"
▫️Endryu Metyus. "Oson yashang"
▫️Barri Neylbaf va Avinash Diksit. "O'yin nazariyasi"
▫️Dennis Bakke. "Quvonch baxsh etadigan ish"
▫️Jeyson Freyd va Devid Henson. "Rework"
▫️Robin Sharma. "O'z ferrarisini sotgan rohib"
▫️Jo Jirard. "Har qanday narsani istalgan odamga qanday sotish mumkin?"
▫️Maksim Batirov. "Sotuvchining 45 qoidasi"
▫️Erik Ris. "Tejamkorlik startapi"
▫️Radislab Gandapas. "To'laqonli X"
▫️Donald Tramp. "Chempiondek o'ylang"
▫️Sem Uolton. "Men "Walmart"ni qanday yaratdim"

📚 Ushbu bestsellarning barchasi sizning biznes va shaxsiy rivojlanishga doir bilimlaringizni o'stirishda eng ishonchli do'st bo'ladi deb qo'rqmay ayta olamiz!

🚚 Kitoblarni butun O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud!
Batafsil ma'lumot uchun: @Xujakeldiyev_235

🤓 @zukkokitobxon | 958005500
Forwarded from Mahin's World
#reading

Men hozirda mutolaa qilayotgan “O’yinlar nazariyasi” kitobida qiziq bir satrlarga duch keldim:

“Qit’ada ko’p odamlar hayot - bu o’yin deb o’ylashadi; inglizlar kriketni o’yin deb o’ylashadi. Barcha o’yinlar ham turli ko’nikmalarni talab qiladi. Basketbolda to’pni savatga tushurish, pokerda xotirjam ko’rinishni saqlab turish kabi asosiy ko’nikmalar - bu mahorat toifasi”...

Ha, o’zim shu kunlarda inson lafzi, qarori va hislarini mahorat bilan strategik bo’lmasa-da o’yin qilinishiga guvoh bo’lmoqdaman. Satrlarda demakki haqiqat bor. Mutolada davom etaylikchi, qani.

@mahinsworld
🏆 Bukblogerlar tanlovi final oldi bosqichining so'nggi raundiga marhamat!

7️⃣ - jamoa:

@bookllover
@menbilganhaqiqatlar
@booksworld_BY_GO

📃 Mavzu: Noshirga bir so'zim bor...

📅 Ijodiy ishni topshirish muddati: 20-may, 16:00
✍️ Ijodiy ish eng kamida 300 so'zdan iborat bo'lishi lozim!

6️⃣ - jamoa g'olibi: Ushbu post

🤓 @zukkokitobxon | 958005500
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📕 "Men kimning qurboniman?"

© Video muallifi:
@qamarbooks
🎆 Sizlarga ajoyib yangiligimiz bor!

🛒 Endi sizda nashriyotimiz tomonidan chop etilgan kitoblarni eng arzon narxlarda sotib olish imkoni mavjud.

Shunchaki @ZukkoKitobxonAdmin orqali buyurtma berasiz. Biz esa buyurtmalaringizni "Fargo", "BTS", "DPD", "O'zbekiston Pochtasi" kabi kuryerlar orqali tezkor yetkazib beramiz! 🚚

☺️ Uyalmay yozavering. Doimiy mijozlarimiz uchun, albatta, sovg'alarimiz bisyor!
Qancha vaqt qoldi deb o'ylaysiz?

🤓
@zukkokitobxon | 958005500
09. Qalbingiz sof bo'lsa, hikoyangiz baxtli yakunlanar
Zukko Kitobxon
#audiomutolaa

📕 Kitob: Qalbingiz sof bo'lsa, hikoyangiz baxtli yakunlanar (9-qism)
✍️ Muallif: Hakan Mengyuch
🗣 Notiq: Baxtiyor Mo'minov

🎧 1-qism
🎧 2-qism
🎧 3-qism
🎧 4-qism
🎧 5-qism
🎧 6-qism
🎧 7-qism
🎧 8-qism

Kitob narxi - 30 000 so'm

Yetkazib berish xizmati mavjud!

📮 Muroajaat uchun: @ZukkoKitobxonAdmin

📖
Hech bir uchrashuv tasodif emas

📚 "Zukko Kitobxon" - kitobsevarlar uchun!
Forwarded from Golden Books
🦢 "Qora oqqush" yo'lda!

Toshkennda do'konimizda "Ochiq eshiklar kuni"da ko'plab bizni tanigan kitobxonlarimiz va do'stlarimiz qatori Nazarbek ham mehmon bo'ldilar. Bir-birimizni qiziqtirgan mavzularda suhbat qurdik. Xabaringiz bo'lsa Nazarbek Tolib Nasimning "Чёрний лебеди"(qora oqqush) kitobini tarjima qilayotgan edi. Ayni kunlarda tarjimani yakunlab, tahrir uchun nashriyotga topshiribdilar. Yaqin vaqtlar ichida nashrdan chiqib, kitobxonlar etiboriga xavola etilsa ajab emas. Xar xolda ko'pchilik bu kitobni nashrdan chiqishini intizorlik bilan kutmoqda. Shu o'rinda bu kitobni tarjima qilish jarayoni murakkab kechganini takidlab o'tdi.

Undan tashqari Nazarbek bizni @book_talks_uz loyihasini keyingi soniga barchani taklif qilib qoldilar.
Book Talks 22-may kuni Yoshlar ishlari agentligi Yoshlar press klubida bo'lib o'tadi.Tadbir haqida batafsil ma'lumot olish va ro'yxat dan o'tish uchun 👉https://t.me/book_talks_uz/42
#KitobdanParcha

📖 Avinash Diksit, Bari Neylbaf. "O'yinlar nazariyasi"

Biznesmenlar va korporatsiyalar omon qolish uchun samarali raqobat strategiyasini ishlab chiqishi va "Pirogni kattalashtirish" uchun hamkorlik imkoniyatlarini topishi kerak. Siyosatchilar saylanish maqsadida kompaniya strategiyasini va oʼz qarashlarini haqiqatga aylantirish uchun qonunchilik strategiyasini oʼylab topishi kerak. Futbol murabbiylari futbolchilar maydonda qoʼllashi kerak boʼlgan strategiyalarni ishlab chiqishadi.

Farzandlaridan yaxshi xulq-atvorni kutayotgan ota-onalar ham havaskor strateg boʼlishi shart, chunki bolalar allaqachon bu masalada yaxshigina mutaxassisga aylanib ulgurishgan!

🤓 @zukkokitobxon | 958005500
#Tanlovga #Guruh7 #Ishtirokchi1

Noshirga bir so'zim bor...

Agar yolg’iz esang, hamdam kitobdur,
Bilim subhidagi nur ham kitobdur.
(Abduraxmon Jomiy)

Ayni damda kitoblarga talab ko'paymoqda. Nashriyotlarda, kichik yoshdagi bolalardan tortib, katta yoshdagi nuroniylar uchun ham kitoblar chop etilyapti. Kundan-kun kitobxonlik rivojlanib bormoqda desak, adashmagan bo'lamiz. Kitoblarga e'tibor qanchalik kuchaygani sari, nashriyotlarning ham soni oshib boryapti. Bu bir tarafdan bizni hursand qilsa, boshqa tarafdan o'ylantirib qo'yadi. Ularning hammasi ham, ishlarini to'laqonli bajarishyaptimi?
Va shu mavzuda noshirlarga iltimosim va takliflarimni aytib o'tmoqchiman.

1. Bolalar uchun kitoblar. Ular o'z olamiga egadirlar. Bolalarning e'tiborlarini tortish uchun, kitoblarni aynan ularning olamiga mos qilib chop etish zarur. Tassavvur qilishga oson, va qiziqarliroq bo'lishi uchun, asardagi bosh qahramonlarning suratlari bo'lishi maqsadga muvofiq. Shuningdek, asar juda uzun bo'lmasligi ham talab etiladi.
Har bir xalqning o'z ertaklari bor. Kichik avlod, shunday asarlarni o'qib ham yaxshilik va yomonlik, savob va gunoh orasidagi farqlarni bilishadi. "Ertaklar- yaxshilikga yetaklar", deb bejizga aytilmagan .Bolalar hayvonlar bilan tasvirlangan ertaklarni ko'proq yoqtirishadi. Multfilm qahramonlarini qatnashtirib ham, ertakni yanada qiziqarli qilish mumkin. Muhimi har bir ertakning oxiri yaxshilik bilan tugashi shart, deb o'ylayman.

2. Maktabdagi darsliklar. Darslikdagi muammolar haqida ko'p gapirilgan. Ulardagi ma'lumotlarning bir-biriga zid kelishi, o'qituvchining rejasi bilan tog'ri kelmasligi, hozirda eskirgan faktlar mavjudligi, ulardagi imloviy xatolar nafaqat o'quvchi balkim, o'qituvchilar orasida ham tushunmovchiliklar keltirib chiqarmoqda.
Bu muammo Senatda ham ko'rib chiqilgan. Va "Darsliklarni birgalikda takomillashtiramiz" shiori ostida tanlovlar e'lon qilingan. Haqiqatdan ham, bu muhokamalardan so'ng ko'plab darsliklar tekshirilib, ulardagi kamchiliklar aniqlanib, yangittan darsliklar chop etildi. Yaqin kelajakda umuman darsliklarda hato va kamchiliklar qolmasligiga umid qilib, noshirlarga murojaat qilaman: "Davlatning kelajagi yoshlar qo'lida, yoshlarning qanday bilim olishi o'qiyotgan kitobi qo'lida, kitobning kamchiliklarsiz chop etilishi esa, sizlarning qo'lingizda. Yurtimiz kelajagi uchun, o'z ishingizni sidqidildan bajaring!"

3. O'smirlar uchun kitoblar. Hozirgi kunda, yoshlar orasida diniy yoki biznesga oid kitoblar keng tarqalmoqda. Shunga yarasha nashriyotlar ham shu mavzudagi kitoblarni ko'proq chop etishyapti. Noshirlardan iltimos qilib qolardimki, kitobni chop etishdan oldin yaxshilab e'tibor bering, sifati mijozlarning pulini oqlarmikin? Afsuski, ba'zida sifatsiz kitoblar ham uchrab turibti. Imlo xatolar, varoqlarning tekis emasligi, kitobning ba'zi betlari yo'qligi, o'qib bo'lmas darajada hiraligi va hokazo kitobxonlarning e'tiroziga sabab bo'lmoqda. Kitoblarning narhlari haqida gapirsak, to'g'ri ilm olish uchun bu arzimagan pullar, ammo, sifatsiz kitoblarni qo'lga olganingizdan so'ng, sarflagan pulingizga achinmay ilojingiz yo'q. Kelajakda bu xatolar bartaraf bo'lib, hamma nashriyot kitoblarning soniga emas, sifatiga ko'proq e'tibor berib chiqarishlaridan umidvorman.

4. Yoshi ulug' insonlar uchun kitoblar. Yoshlarga qancha kitob o'qigani sharoit yaratilib berilayotgan bo'lsa, nuroniy buvi-bobojonlarimiz uchun ham ularga qulay bo'lgan kitoblar yaratish zarur. Hammamizga ayon, yosh o'tgani sari sog'liklarida o'zgarishlar bo'lib, ko'p yoshi ulug' inosonlarning ko'rish qobiliyati pasayadi. Shu sababdan, gazeta yoki boshqa asarlar o'qish, ularga qiyinchilik keltirishi mumkin. Shuning uchun, kitoblarni ularga mos qilib kattaroq shriftlar bilan yozish, maqsadga muvofiq.

Aytiladigan gaplar ko'p, bularning barini amalda ko'rishimizga umid qilib qolamiz.

🤓 @zukkokitobxon
#Tanlovga #Guruh7 #Ishtirokchi3

Noshirga bir so'zim bor

Assalomu alaykum ushbu postni o'qiyotgan barcha kitobsevarlar.

Bu postni nashriyotlardagi noshirlarga rahmat va tashakkur tariqasida hamda, tanqid va o'zgarish qilishlariga umid qilgan holda yozdim.

Hozirgi globallashuv zamonida kitobxonlarga o'zlari istaganidek kitoblarni yetkazib berish ham albatta o'ziga yarasha qiyinchiliklarni talab etadi. Shukrki nashriyotlarimizda talabga yarasha kitoblar soni ham ortib bormoqda. Ayrim qo'pol kamchilik va qo'l uchidagi mehnatlarni aytmasa sezilarli darajada o'zgarishlar bor. Bu kamchiliklarga esa sal keyin to'xtalib noshirlarni po'stagini qoqish niyatidaman.😉 Bundan bir necha yillar avval izlagan kitoblaringizni topish hozirgi vaqtdagidek qulay emas edi. Kitob sanoqli chiqarilgan keyingilari chiqarilguncha esa ancha vaqt o'tib ketgan bo'lardi. Hozir esa izlagan kitobingiz istalgan vaqtda, bir necha nashriyot taqdim etgan holda mavjud.

Xurmatli noshirlar sizlarga aytiladigan bir emas ko'plab gaplar bor. Xato hammada bo'ladi. Lekin bir xatoni qayta-qayta takrorlayverish axmoqgarchilikdan boshqa narsa emas. Etibor berib ko'rganmisiz nashriyotlarimizda so'ngi vaqtlarda nashrdan chiqarilayotgan kitoblarning deyarli 70-80% Turk adabiyoti yozuvchilarining asarlari. Shu o'rinda sizlarga savol "xurmatli, aqlli noshirlar" "yashab turgan dunyoimizda qancha davlatlar bor? Qancha boshqa yurt adabiyoti bor?" Yoki bu dunyo Turk adabiyoti bilan cheklanganmi sizlar uchun? Bu gaplar bilan Turk adabiyotini yerga urish, yomon ko'rsatish niyatida emasman. Tan olish kerak yaxshi, salmoqli asarlari bisyor (bir tiyinga qimmatlari ham, qog'ozlar hayf bo'lgan bunaqalariga essiz). Lekin faqat shu bilan cheklanib qolish qanchalar to'g'ri? Axir hali qo'l urilmagan asarlar, tarjimasini va kitobsevarlari o'qishini kutayotgan durdona kitoblar juda ko'pku. Hayron qolaman nashriyotlarda fors, hind, arab,urdu tilini tarjima qiladiganlar nahot topilmasa. Axir sharq olamida eng mashxur olimlar va yozuvchilar aynan shu yurtlardan chiqqan va chiqmoqda. Ko'rinishi diqqatni tortadigan, lekin ichida oldi qochdi narsalardan boshqa hechnarsa bo'lmagan kitoblarni katta miqdorda ishlab chiqarishadi. Lekin bu kitobdan hech kimga manaviy ozuqa bo'ladigan biror tayinli narsa yo'q. Shu o'rinda noshirlarga savol "nashrdan chiqqan kitoblaringizni opa-singlingiz, aka-ukangiz rafiqangiz yoki farzandingiz o'qiydigan darajada manfaatli va ibratli deb hisoblaysizmi? Chiqargan kitoblaringizni ularga ravo ko'rasizmi barchasini?" Shu savollarni kitob bosmaga tayorlanayotganida o'zingizga berib ko'rasizlarmi? Bu gaplar va savollarni berishga yetarlicha asoslarim bor. Kezi kelganda aytib o'tish kerakki 20- asrda ijod qilgan va o'sha davrda kitoblari chiqqan o'zbek yozuvchilarining ayrim asarlari hozirgidek taraqqiy davrda qayta chiqarilmagan. Ana o'sha 20-asrda chiqarilgani bo'yicha qolib ketgan asarlar borligi achinarli. O'zbek bo'la turib bular sizni qiynamaydimi, o'ylantirmaydimi? Yoki maqsad faqat pulni qurtdek sanashmi?