YANGI TARJIMA KITOBLAR
1.24K subscribers
398 photos
22 videos
3 files
390 links
"Yangi Tarjima Kitoblar ruknining rasmiy telegram sahifasi

📚 Badiiy adabiyotlar;
📚 Bolalar adabiyoti;
📚 O'quv qo'llanmalar;
📚 Husnixatlar.

🖨 Barcha turdagi chop etish xizmatlari

📌 Toshkent sh., Langar k-si, 78-uy
Download Telegram
Shuning uchun har bir yigit, erkak oʻzini bir rahbar, oila boshligʻi ekanligini his qilgan holatda har kuni kamida 4-5 bet boʻlsa ham foyda beradigan rivojlanishiga yordam beradigan kitoblarni mutolaa qilib borishi foydadan holi boʻlmaydi.

Fikrlarim shulardan iborat edi. E'tiboringiz uchun rahmat!


📚 @zukkokitobxon
#tanlovga #guruh5 #ishtirokchi2

Erkaklar va oʻgʻil bolalar orasida kitobxonlikni rivojlantirish. Ularni ayol va qizlardan-da koʻproq kitob oʻqishga undash

•Aksariyat holatlarda farzandlarga oilada ota mehri kamdek tuyiladi. Sababi ota oila boquvchisi, kunining ko'p qismi oiladan tashqarida o'tadi. Farzand (xoh o'g'il, xoh qiz) tarbiyasida o'z - o'zidan otalarning hissasi ham onalarning bo'yniga tushadi. Kunning ko'p qismi onalar bilan o'tadi. Tarbiya onaning zimmasiga tushyapti ekan, bundan kelib chiqadiki, ota avval boshidan hali tug'ilmagan farzandlari oldida ado etadigan burchi - ularga munosib ona tanlay bilishida. Ota o'z farzandlari tarbiyasini umr yo'ldoshiga ishonishi bilan bir qatorda, bir chekkada qo'l qovushtirib turmasdan unga ko'mak berishi ham zarur. Axir ular birgalikda bir niholni ko'kka bo'y cho'zdirishlari kerak. Xalqimizda "Qiz otaga, o'g'il onaga o'xshaydi" degan gap bor. O'z-o'zidan kelib chiqadiki, o'g'il bolaning kitobga qiziqishida, eng avvalo, onaning kitobxonlik savodi bo'lishi kerak. Xalq tili bilan aytganda, kitobxonlik ham "gen suradi". Farzand hali dunyoga kelishidan avval, ya'ni ona qornida ekanligidan boshlab, bolaga kitob o'qib berishi ham keyinchalik o'z ta'sirini o'tkazmay qo'ymaydi.

•Farzandlarga uxlashlaridan oldin kitob o'qib berishlari ham yaxshi natijalarga olib keladi. Bu odatni bolaliklaridan boshlab amalga oshirishlari kerak. Ya'ni qaqajon yoshdaliklarida ularga ertak kitoblar, sal ulg'ayganlaridan so'ng badiiy kitob: ibratli katta-kichik hikoya va qissalardan o'qib berishlari kerak. Bola yoshligida egiluvchan bo'ladi. Shu fursatdan foydalanib, ularni to'g'ri yo'lga yo'naltirishlari ota-onalarning zimmasida bo'ladi. Xoh qo'liga telefon ushlatib qo'ysin, xoh kitob, bunday holatda tanlov o'z qo'llarida. Niholni qay tarafga egsa, o'sha egilgan tarafiga qarab o'sib boradi.

• Har bir oilada kichik yoki katta bo'lishidan qat'iy nazar, kitoblarga to'ldirilgan kitobjavon bo'lishi kerak. Kitobjavoni farzandning har kuni ko'zi tushadigan joyda joylashtirilsa, nur ustiga a'lo nur. Insonning miyasida shunday xususiyat borki, har kuni ko'z oldida ko'radigan narsalarini odatga aylantirish ehtimoli yuqoriroq. Kitobga qiziqmaydigan odam ham stol ustida turgan kitobni hech bo'lmaganda ushlab ko'rgisi keladi. Qiziqishga bo'lgan ushbu uchqunni olovlatish ota va onaning mahoratiga bog'liq. Shu bilan birga, bolalar xonasida ham ular uchun mo'ljallangan kitobjavonchasi bo'lishligi kerak. Ertalab uyg'onganlarida ham, tunda uyquga yotishlaridan oldin ham ko'zlari kitoblarga tushadi. Kitoblar ichida ulg'aygan bolaning qalbida kitobga mehr tobora ortadi.

• Har qanday insonga biror narsani o'rgatish uchun unga dastlab, ko'rsatib berishingiz kerak. Shuningdek, farzandlarni ham kitobga mehr qo'yishlari uchun o'rnak bo'lishlik asosiy vazifa sanaladi. Ota-ona har kuni farzandlari oldida kitob o'qib, uni birga muhokama qilib mazmunli suhbat qurishsa, farzandlar ham ularni ko'rib ularga o'xshagilari keladi va kitobga mehri uchqunlashiga sabab bo'ladi. Bu ham farzandlarning kitobga bo'lgan mehrini mustahkamlaydi. Ota-ona farzandlar uchun ilk hayot ustozlari sanaladi.

• Endi mavzumizning ikkinchi bandiga kelsak, o'g'il bolalar va erkaklarning qizlar va ayollardan-da ko'proq kitobxonlik savodini oshirish uchun ularning o'rtasida beg'araz raqobatni yo'lga qo'yishlik kerak. Buni oilada ota va o'g'il birgalikda qiz va onaga qarshi ko'p kitob o'qish yoki kitob muhokamasini birgalikda jamoaga bo'linib amalga oshirishlari ham mumkin. Raqobat bor joyda o'sish bor deyiladi. Shu orqali ularning savodi ortishiga sabab bo'ladi. Bolalarning yoshliklaridan shunga ko'niktirib, g'olibga sevimli shirinligi yoki o'yinchog'ini olib berishlari bilan mukofotlashlari mumkin. Bu holat keyinchalik oila an'anasiga aylanadi.

• Kitob o'qiydigan insonlar kitob o'qimaydigan insonlardan farq qilishlari tabiiy hol. Ularning fikrlashlari kengayib, o'zgacha nigoh ila boqadigan bo'lib qoladilar.
O'g'il bolaga kitobga mehr qo'yib, uni ko'p o'qishlari natijasida o'zining kelajak hayotini to'g'ri yo'lga solishlarida qo'l kelishligini uqtirishlari zarur.

Ham ma'naviy, ham moliyaviy jihatdan buning foydalari ko'pligini tushuntirsangiz, o'ziga xulosa chiqarib oladi. Faqat ota - ona richag vazifasini o'tab berishi kerak.

• Inson har doim har xil insonlarning qurshovida bo'ladi. Ayniqsa, o'g'il bola jamoat joyda so'zini yo'qotib qo'ymasdan, har yerga borganida gapiradigan gapi bo'lishligi kerak. Hadeb nodondek keraksiz gapni gapirmay, foydali gapni o'rnida gapirishi ham mahoratiga bog'liq. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf aytganidek, "Bugun kitob o'qigan odam, kechagi odam emas!" Sizning hayotingizda tub burilishlar yasaydigan ham kitob bo'ladi. Ota-ona o'g'liga kitobning hayotdagi o'rni qanchalik muhimligini uqtirishlari ham zarur.

• Yuqorida ta'kidlab o'tilgan bir qancha fikrlarimning tag zamirida muhit degan tushuncha yuzaga keladi. Tohir Malikning "Alvido, bolalik" qissasida o'smir yigitlarning jinoyatga qadam qo'yishlariga noto'g'ri muhit sabab bo'lganidek, yigitlarning kitobga muhabbat qo'yishlariga ham o'sha muhit kerak. Nima uchun ko'p fikrlarimni oiladagi muhitga qaratayotganimning sababi, farzand (o'g'il ham, qiz ham) dastlabki tarbiyani oiladan oladi. O'zimiz ham ba'zan guvoh bo'ladigan holatlar bo'ladi: yigit-qizlarning ko'cha-ko'ydagi xatti-harakatlaridan o'z oilasida o'rgangan degan qarorga kelib qolamiz. Inson tarbiyasida oilaning ahamiyati katta. Bolaga yoshlikdan biror narsaga o'rgatsangiz, miyasiga quyilib qoladi. Shuning uchun ularning tarbiyasida ehtiyotkor bo'lishlik zarur.

• Sizning atrofingizdagi insonlar qanday bo'lishligi ham sizning qanday inson ekanligingizni belgilaydi. Yigit ulg'ayib, atrofiga o'ziga o'xshab fikrlovchi insonlarni jamiyatdan axtarishni boshlaydi. Bu esa uning atrofidagi atmosfera qanday bo'lishligini belgilaydi. O'g'il bola katta hayotga tayyor bo'lgach, tabiiyki oila quradi. Endi u oilasida o'rgangan tajribalarini o'zining oilasida qo'llashni boshlaydi. Shu tariqa kitobxonlik savodi otadan qizga o'tsa, zanjir yana davom etishni boshlaydi.


📚 @zukkokitobxon
#tanlovga #guruh5 #ishtirokchi3

Erkaklar va oʻgʻil bolalar orasida kitobxonlikni rivojlantirish. Ularni ayol va qizlardan-da koʻproq kitob oʻqishga undash

Erkaklarning oiladagi o'rni muhim ahamiyatga ega bo'lgani kabi ularning kitob mutolaasi ham juda muhumdir. Jumladan, bilamizki har bir oiladagi erkakning qaysi taomni yoqtirishi, qanday avtomobil, qay saviyadagi ish o'rni xohlashini qolgan oila a'zolar juda yaxshi bilamiz. Biroq, oila boshlig'ining qay janrdagi qay yo'nalishdagi kitoblarni yoqtirishi bilan deyarli 90% ayollar bilishmaydi.

Erkaklarga avvalo kitob tavsiya qilishda ularning yoshiga va o'sha vaqtdagi ehtiyojiga qarab, kitob bergan ma'qul. Ushbu yosh toifalarini 3turga bo'lib olamiz:

1. Yoshi 16yoshdan kichik bo'lgan o'g'il bolalarga avvalo fantastik-sarguzasht romanlarni tavsiya qilaman. Jumladan, Jyul Vernning qator asarlarini. Sababi Jyul Vern asarlarida sayohat, kema, qaroqchilar, bir-biridan qiziq sarguzashtlar bolani to'laligicha o'ziga jalb qila oladi. Bu esa bolaning kitobga bo'lgan qiziqishini oshiradi.

2. 16yoshdan katta va 30yoshgacha bo'lgan yigitlar uchun esa ayni paytlar ularning moliyaviy tomondan o'zlarini shakllantirayotgan payt bo'lganligi sababli ko'proq biznesga oid va shaxsiy rivojlanishga doir kitoblar tavsiya etiladi.

3. 30yoshdan yuqori erkaklar uchun esa ilmiy yo'nalishdagi asarlar qiziq tuyulishi turgan gap.

P/s: Bundan tashqari yuqoridagi har bir toifaga diniy kitoblarni qo'shish ham zarar qilmaydi.

Endi yuqoridagi yo'nalishdagi kitoblarni erkaklarga qay tariqa qiziqtirish mumkin degan savolga javob topamiz.

Olimlar tomonidan o'tkazilgan ko'pgina tadqiqotlarda erkaklarning ayollarga nisbatan kam kitob o'qishligi aniqlangan va eng qizig'i bu holat o'tgan asrning 60-yillaridan beri kuzatilib kelinmoqda. Ho'sh, bu oddiy holmi yoxud yillar davomidagi, jamiyatdagi xatolar erkaklar va o'g'il bolalarni kitobga bo'lgan muhabbatini pasaytirganmi?

Muammo bor ekan, demak, o'sha yerda sabab va yechim bor . Biz ham bu mavzuni ayni yuqoridagi ikki tomondan batafsil o'rganamiz!

1. Erkaklar va o'g'il bolalar nega nisbatan kam mutola qilishadi?
Sabab: Tasavvur qiling, o'qishingizdagi yoki yashash joyingizdagi kutubxonachi va sizga falon badiiy kitobni tavsiya qilgan o'qituvchingiz.
Aksariyatingizni hayolingizga "kutubxonachi opa", ayol o'qituvchingiz keldi. Bu o'g'il farzandlarimizni yoshligidanoq miyyasida "Kitob o'qish- qizlarni ishi" degan o'y-xayollar kelishiga olib keladi.
Yechim: Kitoblar haqidagi blog yurituvchi erkaklarni, ko'p kitob o'qib, jamiyatda o'z o'rni, hurmatini topgan erkaklarni tanishtirish. Misol uchun, Amirxon Valijonov, Abdulaziz Muhammad, Muhammad Ali Eshonqulov, Abdukarim Mirzayev.
Ayni yuqorida aytilgan shaxslar bilan suhbatlar uyushtirish. Kitob o'qish unchalik qiyin emasligini, bu ishning zerikarli emasligini suhbat asosida anglatish zarur.

2. Erkaklarga o'zining qiziqishlariga oid kitob tavsiya qila olish(hadya qilish)
Sport yoki san'atga qiziquvchi odamga biznes haqidagi kitobni, biznesga qiziquvchi insonga tabiat haqidagi yoki ishqiy romanlar berilmaydi. Jumladan, Kent shtat universitetining kutubxonashunoslik bo'yicha sobiq magistranti erkak va ayollarga qaysi janrlar ko'proq yoqishi bo'yicha so'rov o'tkazdi. Unda 68ayol, 42 erkak jami 110 nafar inson ishtirok etdi. Natijalarga ko'ra, erkaklar tomonidan eng ko'p tilga olingan janrlar bu- sarguzasht, hazil, daxshat va ilmiy fantastika edi. Ayollarda esa romantika, munosabatlarga oid realistik fantastika, sir va hazil bo'lgan. Yuqoridagi tajribadan kelib chiqqan holda aytishim mumkinki, erkaklarning ko'p qismiga badiiy adabiyotdan ko'ra ilmiy fantastik va ilmiy asarlar, qisqa hissiyotdan ko'ra jismoniy harakatlar ifodalangan maqolalar ko'proq manzur keladi.

3. Oila muhitida kitobxonlikni shakllantirish
Qanday qilib? Qachon erkakda mas'uliyat ham jismoniy, ham ma'naviy tomondan uch barobar ortadi? Albatta, oila qurib, farzand ko'rgandan so'ng.
Farzandini ilmli bo'lishini istagan odam avvalo o'zi ilmli bo'lishi, kitobxon bo'lishini istagan inson albatta kitob mutola qilishi zarur.
Farzand ota-onaning qo'lida kitob ko'rsa, mutolaga qiziqishini erkak kishiga tushuntirish, birgalikda harakat qilishga chorlash lozim. Bunda ayollarning hissasi katta bo'ladi.
Hech bir ota o'z o'g'lining umr bo'yi "o'qimagan" bo'lishini xohlamaydi. Jumladan, barcha yaxshi ish o'rinlari savodxonlikni talab qilar ekan, o'g'ilning kelajakda ish topa olishi ham kitob o'qish bilan chambarchas bog'liq. Shunday ekan, farzandi kelajagini, ma'naviyatini o'ylagan ota nafaqat o'g'lini balki o'zini ham kitobxonlik bilan ma'nan rivojlantirishni anglashi lozim. Qachonki, ota-o'g'il televizor ko'rib o'tirganidek ularning kitob o'qishlari ham tabiiy holdek ko'rilar ekan, o'shanda biz o'ylagan marraga yetgan hisoblanamiz.

4. Jurnal, kitoblar haqidagi bloglar, veb-saytlar ko'pincha erkaklar uchun hajman katta kitoblardan ko'ra qiziqarliroq bo'ladi. Sababi har qanday yangi kitobxonda ham dastlab katta hajmli asarlar biroz zerikarli bo'lishi, kitobxon dangasalik qilishi va oxirigacha o'qiy olmasligiga ko'p bora guvoh bo'lganman. Bunga yechim o'laroq elektron kitoblarni tavsiya etaman. Ba'zi kitobxonlarning "Elektron kitoblarni yoqtirmayman, sahifalarni varoqlay olmayman, yakunga qancha qolganini bilmay o'qishlik menga yoqmaydi" deyishlari biz uchun ayni foydadir. Ya'ni har qanday katta hajmli kitob ham elektron holatda bilinmasligi, endi yakunlanadimi deyilganda yana voaealar rivojlanishi kitobxonning hajmga emas, asarga e'tibor qaratishiga yordam beradi.

5. Bir narsaga hayron qolaman. Sog'lig'imiz borasida har oyda poliklinikadan shifokorlar kelib, sog'lig'imizni tekshirishadi. Bizga qaysidir shifokor yordami zarur bo'lsa, o'sha shifokorga yo'naltirishadi. Maktablarda har mavsumda o'quv markazlardan vakillar kelib, o'quvchilar qiziqishidan kelib chiqqan holda o'z o'quv kurslariga taklif etishadi. Erkaklarni kitobxonlikka targ'ib qilish uchun ham rahbariyat, ham turli tashkilotlarga, firmalarga o'sha hududda joylashgan kutubxona vakillari yoki kitob savdosi bilan shug'ullanuvchilar tashrif buyurib, xodimlarga sohalaridan kelib chiqqan kitoblarni tavsiya qilishlari kutilgan natijani albatta bera oladi. Axir, kitob bilan shaxsiy rivojlaniladi, kitob yordamida baxtli oila quriladi, kitob bilan farzand tarbiyalanadi-ku?

Erkaklarni kitobxonlikka targ'ib qilishda shu narsalarga ahamiyat qaratish kerak deb o'ylayman🙃.

E'tibor uchun tashakkur.

📚 @zukkokitobxon
05. Qalbingiz sof bo'lsa, hikoyangiz baxtli yakunlanar
Zukko Kitobxon
#audiomutolaa

📕 Kitob: Qalbingiz sof bo'lsa, hikoyangiz baxtli yakunlanar (5-qism)
✍️ Muallif: Hakan Mengyuch
🗣 Notiq: Baxtiyor Mo'minov

🎧 1-qism
🎧 2-qism
🎧 3-qism
🎧 4-qism

Kitob narxi - 35 000 so'm

Yetkazib berish xizmati mavjud!

📮 Muroajaat uchun: @Xujakeldiyev_235

📖
Hech bir uchrashuv tasodif emas

📚 "Zukko Kitobxon" - kitobsevarlar uchun!
🧕 Omina Shenliko'g'li ijodidan yana bir kitobimiz tayyor!

🛍 Tez orada barcha kitob do'konlarida...

🤓 @zukkokitobxon
06. Qalbingiz sof bo'lsa, hikoyangiz baxtli yakunlanar
Zukko Kitobxon
#audiomutolaa

📕 Kitob: Qalbingiz sof bo'lsa, hikoyangiz baxtli yakunlanar (6-qism)
✍️ Muallif: Hakan Mengyuch
🗣 Notiq: Baxtiyor Mo'minov

🎧 1-qism
🎧 2-qism
🎧 3-qism
🎧 4-qism
🎧 5-qism

Kitob narxi - 35 000 so'm

Yetkazib berish xizmati mavjud!

📮 Muroajaat uchun: @Xujakeldiyev_235

📖
Hech bir uchrashuv tasodif emas

📚 "Zukko Kitobxon" - kitobsevarlar uchun!
🇺🇿 Inson aziz, xotirasi muqaddas!

Bugun mustaqilligimiz, tinchligimiz, rivojlanishimiz yo'lida jon bergan aziz insonlar ruxini sharaflash kuni! Bugungi tinch va osoyishta kunimizda ularning chekkan zahmatlari beqiyos.

"Zukko Kitobxon" jamoasi barcha yurtdoshlarimizni mana shu qutlug' bayram bilan muborakbod etadi. Yurtimiz hamisha tinch, osmonimiz musaffo bo'lsin!

🤓 @zukkokitobxon
Forwarded from Baby_book_zukko
Тез кунда Отамдан қолган далалар Зукко китобхонда ва нихоят Тоғай Мурод аёли билан шартнома қилдик!!! Кирилл ва лотин алифбосида
🗣 "Barcha aql zakovatning 90 foizi Sulton Abdulhamidxonda bo'lsa, 5 foizi mening o'zimda, qolgan 5 foizi esa qolgan boshqalardadir."

©️ Otto fon Bismark, birinchi german kansleri

Usmoniylar imperiyasining so'nggi humkdori, o'z davrining eng yaxshi siyosatchilaridan biri bo'lgan, to so'nggi nafasi bitgunga qadar Quddusning bir qarich tuprog'i uchun yahudiylar bilan tengma-teng olishgan nodir shaxs haqida ajoyib asar mutolaa qilishni istaysizmi?

📖 Turk yozuvchisi Talxa Ugurluel tomonidan tarixiy hujjatlar asosida yozilgan ushbu kitob taniqli adabiyotshunos Rahmat Rashidov tomonidan o'zbek tiliga o'girilgan.

Batafsil ma'lumot uchun: @Xujakeldiyev_235

🤓 @zukkokitobxon | 958005500
07. Qalbingiz sof bo'lsa, hikoyangiz baxtli yakunlanar
Zukko Kitobxon
#audiomutolaa

📕 Kitob: Qalbingiz sof bo'lsa, hikoyangiz baxtli yakunlanar (7-qism)
✍️ Muallif: Hakan Mengyuch
🗣 Notiq: Baxtiyor Mo'minov

🎧 1-qism
🎧 2-qism
🎧 3-qism
🎧 4-qism
🎧 5-qism
🎧 6-qism

Kitob narxi - 35 000 so'm

Yetkazib berish xizmati mavjud!

📮 Muroajaat uchun: @Xujakeldiyev_235

📖
Hech bir uchrashuv tasodif emas

📚 "Zukko Kitobxon" - kitobsevarlar uchun!
📝 Bukblogerlar tanlovi davom etadi!

Navbat 6️⃣ - jamoa ishtirokchilariga

@booklandia_uz (instagram)
@book_blog_27
@kitob_book

📑 Mavzu: OAV (radio-televideniya, gazeta-jurnallar, internet saytlari) orqali kitobxonlik madaniyatini shakllantirish uchun amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar.

Mening shaxsiy takliflarim.

Topshirish muddati: 14-may, 16:00

Ijodiy ish eng kamida 300 ta soʻzdan iborat boʻlishi kerak.

5⃣ - jamoa gʻolibi deya ushbu post tanlandi.

🤓 @zukkokitobxon
📖 "Maqsad" - yangi global ishlab chiqarish tamoyillari haqida kitob.

Bu dunyo qanday tuzilganini va uni qanday qilib yaxshi tomonga o'zgartirish mumkinligini tushunishga harakat qilayotgan odamlar haqidagi kitob.

Kishilar muammolarni mantiqiy tahlil qilib, o'z harakatlari va erishgan natijalari o'rtasidagi bog'liqlikni aniqlaydilar. Bu jarayonda ular o'z biznesini saqlab qolish va uni muvaffaqqiyatli loyihaga aylantirishda yordam beradigan ba'zi asosiy tamoyillarni o'ylab topishadi.

Roman syujeti sizni o'ziga bog'lab qo'yishi shubhasiz!

Kitob haqidagi qo'shimcha ma'lumotlar, sotib olish va yetkazib berish shartlari haqida bilish uchun: @Xujakeldiyev_235

🤓 @zukkokitobxon | 958005500
#Tanlovga #Guruh6 #Ishtirokchi1

Mavzu: OAV (radio-televideniya, gazeta-jurnallar, internet saytlari) orqali kitobxonlik madaniyatini shakllantirish uchun amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar.

Elektr simlari jon tomirlarimizga tutashib ketay deb turgan zamonda kitobxonlik madaniyatini virtual olam orqali targ'ib etish, jamiyatning eng salmoqli va o'z vaqtini eng ko'p zangori ekran va mobil qurilmalar hamrohligida kechirayotgan yoshlar qatlamini saviyali kitobxon sifatida tarbiyalash uchun samarali vositaga aylanib bormoqda. Hozirgi kunda turli ijtimoiy tarmoqlarda o'z blogiga ega bo'lgan, yuzlab, kerak bo'lsa, minglab kuzatuvchilarni kitob haqida taqrizlar o'qishga "majbur" qilayotgan yoshlar borligi quvonarli hol. Demak, yoshlar qalbida adabiyotga, kitobga, ilm olishga bo'lgan ishtiyoqni shakllantirish, shakllanganlarini esa yanada mustahkamlash yo'lida harakatdan to'xtamaslik kerak.

Fikri ojizimcha, shu kungacha amalga oshirilgan sa'y-harakatlarda kitobxonlikning ba'zi jihatlari biroz nazardan chetda qolgan va ularning kam-ko'stini to'ldirishda bizga yana mass-media yordamga kelsa, ajab emas.

• Avvalo, she'riyat mavzusiga to'xtalamiz. Kitobxonlik faqatgina nasriy adabiyotni o'z ichiga olmaydi. Haqiqiy nasriy asardan zavq ola bilganimizdek, nazm ham ko'ngil torlarimizni cherta oladi va bizga bir olam estetik zavq beradi. Faqatgina biz ularni gazeta sahifalarida sarg'aytirib, kitob do'konlari peshtaxtasida changga botirib qo'ymasligimiz, turli sahifalar yoki ko'rsatuvlar orqali nasr ishqibozlari qalbida ham nazmga mehr uyg'otishimiz kerak. Turli xil kitobxonlik uchrashuvlarini tashkil etish, ularda nasriy asarlar bilan bir qatorda she'riyat kechalarini ham yo'lga qo'yish zarur. Televideniyeda ham har xil faqatgina "yondim-kul bo'ldim" dan iborat seriallardan ozroq chetlashib shoirlarning o'z tillaridan "jivoy" she'r eshitganning gashti bo'lak.

• Oxirgi paytlarda deyarli faqatgina filologiya fakultetlaridagina o'qitiladigan asarga aylanib qolgan antik adabiyot durdonalarini boshqa kitobxon do'stlarimizga ulashish orqali adabiyot qay tariqa rivoj topganidan ularni boxabar etish ham foydadan holi bo'lmaydi. Buning uchun esa OAV da namoyish etiladigan "Troya", "Prometey", "Iliada" kabi antik davrning yorqin namunalarini efirga uzatishdan avval film qaysi asar asosida suratga olinganligi haqidagi hamda tomoshabinlarni asar variantini ham o'qib ko'rishga undovchi anonslar ham tashkil etish lozim.

• Mutolaasi yakunlangan asarlarni yozma, audio yoki video ko'rinishida kreativ holatda o'quvchiga taqdim etish ham samara beradi. Faqatgina bu masalada hammasini aralashtirib yuborgandan ko'ra yuqorida usullarning qay birini yaxshiroq uddalash mumkin bo'lsa, shu yo'nalishda faoliyatini mustahkamlashni tavsiya etaman. Chunki kimdir taqriz orqali kitobga muhabbat uyg'otsa, boshqa bir kitobxon sahifa egasi og'zaki tahlilni juda boplaydi, yana birlari olgan kitoblar ishtirokidagi suratlar esa go'yoki "meni o'qimasang bo'lmaydi" deyotgandek bo'ladi. Yo'nalishni tanlash ixtiyoriy, maqsad esa bitta - saviyali hamda madaniyatli kitobxonni shakllantirish.

• Shu masalalar davomida televideniyeda har kunlik mutolaa soatlarini efirga taqdim qilish va kitob yakunida adabiyotshunos yoki asar muallifi ishtirokida adabiy kecha tashkil etish ham foydadan holi bo'lmaydi.

• Janrlar xilma-xilligini barqaror saqlash ham muhim. Faqat bir tipdagi asarlar mutolaasi bilan mashg'ul bo'lish kitobxonni boshqa janr namunalari bilan kelisha olmay qolishiga sabab bo'ladi. Biz shunday asarlar o'qiylikki, ular ham dinimiz, ham dunyoyimizni to'ldirsin, bizga ma'naviy ozuqa hamda qo'shimcha umr vazifasini bajarsin.

Nihoyada shuni aytishim kerakki, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi kontent bizni boshqarishiga yo'l qo'ymasligimiz, aksincha, ularni o'z maqsadimiz yo'lidagi vositaga aylantirishimiz kerak!
#Tanlovga #Guruh6 #Ishtirokchi2

Mavzu: OAV (radio-televideniya, gazeta-jurnallar, internet saytlari) orqali kitobxonlik madaniyatini shakllantirish uchun amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar.

Har bir zamonning oʻziga xos taʼsir quroli boʻlgani kabi bugungi biz yashayotgan globallashuv davri — XXI asrning "yadro" quroli boʻlmish ommaviy axborot vositalari hayotimizning har jabhasini toʻlaqonli egallab bormoqda. Har qanday quroldan qandaydir maqsadga erishish uchun foydalanilganidek, bugungi kunda OAV ham turli maqsadlar uchun xizmat qilmoqda. Shuning uchun oʻz oldiga kitobxonlikni rivojlantirish maqsadini qoʻygan millat uchun OAV eng yaxshi yordamchi bo'la oladi. Bu maqola orqali aynan shu yoʻl bilan kitobxonlar safini kengaytirish uchun bir kitobxon sifatida oʻz tajribalarimdan kelib chiqib tavsiyalarimni berib oʻtaman.

1. Kitob va kitobxonlikka doir maxsus telekanal tashkil etish.
Milliy telekanallarimiz orasida maxsus sohalarga yoʻnaltirilgan telekanallar ham oʻz faoliyatini yuritayotgani hech birimizga sir emas. Bunga misol tariqasida "Dunyo boʻylab" , "Foreign languags" , "Oʻzbekiston tarixi" va boshqalarni keltirish mumkin. Xuddi shular kabi kitobxonlikka doir telekanal tashkil etish va ularga yozuvchi, shoir, adabiyotshunos va kitob blogerlarini jalb etib turli teledasturlar (kitob taqdimoti, kutubxonalarga, nashriyotlarga sayohat va ularning ish jarayoni bilan tanishtirish, intervyular, muhokamalar va boshqalar)ni efirga uzatish hozirgi kundagi kitobxonlar uchun qiziqarli va boʻlajak kitobxonlar uchun yaxshigina motivatsiya boʻla oladi.

2. Oʻquv muassasalarida tashkil etilgan radio orqali audio kitoblar oʻqib eshittirish.
Bugungi kunda koʻplab oʻquv muassasalari (maktab, litsey, universitet, institut) oʻzlaring oʻquvchilar uchun moʻljallangan shaxsiy radiolariga ega va bu radiolarda oʻquvchi va talabalar uchun asosan koʻngilochar musiqalar eshittiriladi. Ushbu radiolarda koʻngilochar musiqalar oʻrniga audio kitoblar oʻqib eshittirish va bunga tinglovchilarning oʻzlarining orasidan chiqqan koʻngilli suxandonlarni jalb qilish orqali talabalarning vaqtini unumli oʻtkazish va yosh oʻquvchilar orasida muntazam kitob oʻqishga boʻlgan shijoatni oshirish mumkin.

3. "Youtube" da oʻzbek tilida kitoblarga doir kontentlarni koʻpaytirish.
Hozirda Telegram, Instagram ijtimoiy tarmoqlari orqali yuzlab bloggerlar kitob bloglarini yuritmoqdalar va koʻzlagan maqsadga erishmoqdalar deb bemalol ayta olaman. Afsuski har birimiz har kuni murojaat qiladigan Youtube platformasida oʻzbek tilida sifatli kontent tayyorlab blog yuritadiganlar soni ancha kam. YouTube tarmogʻida blog yuritishni boshlaganiga uzoq muddat boʻlmagan boʻlsada "Mahin reads" kanali oʻz atrofida mingdan ortiq kuzatuvchi va muxlislarni yigʻa oldi. Bundan koʻrinib turibdiki, boshqa tarmoqlardan koʻra Youtube tarmogʻida koʻp sonli auditoriyaga maʼlumotni yetkazish va taʼsir etish nisbatan oson va samaraliroqdir. Demak bunday kontentlarni koʻpaytirish va tavsiya etish orqali platformaga koʻngilochar videolar koʻrish uchun kirgan aholi orasida kitobxonlar sonini kengaytirish mumkin.
4. Radiolarda kitob mutolaasiga doir efirlarni koʻpaytirish va sovrini viktorinalar tashkil etish.
Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari orasida radiolar ham oʻz oʻrniga va muxlislariga ega. Mahalliy radiolarimizda asosan musiqiy eshittirishlar va turli zavq ulashuvchi dasturlar oʻz faoliyatini olib boradi. Shu kabi efirlar orasiga kitobxonlikka doir dasturlar ya'ni yozuvchilar bilan suhbatlar, yangi nashrdagi kitoblar taqdimoti yoki ''Bir haftada bir kitob" kabi haftalik savol-javob dasturlari ishlab chiqish va sovrin tariqasida kitoblar ulashish radio tinglovchilari sonini va ular orasida kitobxonlikni rivojlantirishga katta hissa qoʻshadi.

Sitseron aytganidek "Kitobsiz uy — jonsiz tanaday gap". Lekin bugungi kun nazari bilan qaraydigan boʻlsak, kitobsiz emas balki, ommaviy axborot vositalari kirib bormagan xonadon jonsiz tanadek degan mulohazaga kelib ulgurganmiz. Aslini olib qaraydigan boʻlsak, bularning biz uchun ziyoni emas, foydali tomonlari koʻproq. Shunga qaramay, ulardagi kitobga ajratilgan eʼtiborning kamligi bizni biroz ranjitadi. Ammo ularni ham tuganmas bilim beruvchi manbaaga aylantirish oʻzimizning qoʻlimizda!
#Tanlovga #Guruh6 #Ishtirokchi3

Mavzu: OAV (radio-televideniya, gazeta-jurnallar, internet saytlari) orqali kitobxonlik madaniyatini shakllantirish uchun amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar.

Bugungi kitoblar o'rnini onlayn gadjetlar tobora kengroq egallayotgan global zamonda muvozanatni ortga qaytarish uchun aynan mana shu gadjetlardan foydalanish manfaatli va foydali bo'lishi shubhasiz. Ijtimoy tarmoqlarning, umuman, bugun inson aqliy faoliyati "yordamchilari"ning turlari kundan kunga ortib bormoqda. Ommaviy axborot vositalari nomi bilan yuritilayotgan radio-televideniya, gazeta - jurnal, turli ijtimoiy saytlarning turi ham , soni ham juda ko'p ( sifat esa alohida masala). Mana shu ijtimoiy tarmoqlardan kitoblarni , kitobxonlikni targ'ib qilshda unumli foydalanish esa bugungi kun talabi sifatida muhum rol o’ynamoqda. Turli yo’llar va usullar orqali bu maqsadni amalga oshirish mumkin. Keling, biroz tahliliy va tanqidiy mushohada orqali takliflarimni namoyon qilishga harakat qilaman .

1. Televideniya va radio orqali kitobxonlikni targ’ib qilishda asosiy e’tiborni kitoblarni namoyishiga qaratish kerak, nazarimda. Qanday qilib namoyish qilish kerak? Yangi tahrirdan chiqayotgan kitoblarning dastlibki nashr vaqtida asosiy mazmuni tanishtirilgan video lavhalar tayyorlansa va reklamalar ko’rinishida efirga uzatilsa, odamlarda kitobga qiziqish o’sadi. Vaholanki , bu so’nggi nashrdan chiqqan kitoblardan kitobxonlarnmi xabardor qilish uchun yaxshi usul bo’lib xizmat qiladi. Agar o’zbek adabiyotiga doir kitoblar videolari muallifning bevosita o’zi bilan tayyorlansa va yozilish tarixi ozgina yotirilisa yana ham kitobxonda qiziqish ortgan bo’lardi.

2. Moddiylik hozir insonlar uchun asosiy zaruratga aylanib qoldi. Kitoblar insonlarga faqatgina ma’naviy emas moddiy foyda keltirishini ko’rsata olish zarur. Televideniya va ijtimoiy tarmoq bu borada juda yaxshi yordam beradi. Ijtimoiy tarmoqlarda yaxshigina kitobxon auditoriyasiga ega bo’lgan blogerlar faoliyat yuritishadi. Ularning katta auditoriya yig’ishi o’z o’zidan bo’lmagan. Avval o’zlari kitob o’qishgan, kitoblarga berilgan mehr orqali boshqalar e’tiborini qozonishgan, odamlar ularga ergashmoqda. Ko’p sonli kuzatuvchilarga ega bo’lgan kitobxon blogerlar marketing, reklama orqali ham yaxshigina daromad qilishadi. Yoki bo’lmasa avval kitobxon bo’lgan blogerlarning aksariyatida hozir onlayn kitob savdosi bilan shug’ullanadi. Mana shunday faoliyatlarini yaxshi yo’lga qo’ygan blogerlar bilan suhbat uyushtirilsa , ularning kitobga qiziqishlari va aynan kitoblar orqali qanday daromad olayotganlari kitobxonga tanishtirilsa ancha manfaatli bo’lardi. Buni televideniya orqali ham , ijtimoiy tarmoq orqali ham amalga oshirish mumkin.

3. Kutubxonalar haqida haftaning bir kunida emas, balki har kuni efirga uzatiladigan ko’rsatuvlar tayyorlanishi kerak. Nimaga har kuni? Inson bir marta ko’rgan narsasiga emas , har kuni ko’radigan narsasiga nisbatan refleks hosil qiladi. Kutubxonadagi muhit va undagi kitoblar bilan har kuni 10 – 15 minut vaqt o’tkazish o’sha insonni yakunda kutubxonaga borishga majbur qila oladi. Ko’rsatuv qanday tayyorlanishi kerak? Yana mashxurlarga murojaat qilamiz. Hafta davomida bitta mashhur aktyor yoki bloger kutubxonalarda, e’tibor bering bittagina kuutbxonada emas, balki har kuni har xil kutubxonada sayohat qilsa yana ham e’tiborga molikroq bo’ladi. Bu orqali biz nafaqat kitobxonlarni , kutubxonalarning sonini ham oshishiga erishishimiz mumkin.

Gazeta va jurnallarda kitobxonlikni targ’ib qilish haqida biron nima deyish qiyin. Sababi hozirgi kunda gazeta va jurnallar huddi kitoblar targ’ibi singari targ’ibga muhtoj. Odamlar gazetalardan ko’ra onlayn ma’lumot olishni afzal ko’rishmoqda. Buni ham alohida o’ylab ko’rish kerakdir balki)

Taklif bildirish oson, lekin ijro bu boshqa masala. Faqatgina amalga oshishi ehtimoli yuqori bo’lgan va natija kutsa bo’ladigan takliflarim bilan o’rtoqlashishga harakat qildim.