YANGI TARJIMA KITOBLAR
1.25K subscribers
398 photos
22 videos
3 files
390 links
"Yangi Tarjima Kitoblar ruknining rasmiy telegram sahifasi

📚 Badiiy adabiyotlar;
📚 Bolalar adabiyoti;
📚 O'quv qo'llanmalar;
📚 Husnixatlar.

🖨 Barcha turdagi chop etish xizmatlari

📌 Toshkent sh., Langar k-si, 78-uy
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😍 Nashr etilishi uzoq kutilgan kitobimiz chop etildi!

📖 Benjamin Battoning sirli oʻtmishi

📺 Aytgancha, ushbu kitob asosida suratga olingan film "Oscar" mukofotining sakkiz yoʻnalishida nomzodlikka qoʻyilib, ularning uchtasiga ega chiqqan.

📚 @zukkokitobxon - bestseller kitoblar!
Bugun soat 12:00da Namangan shahridagi "Yoshlar ziyo maskani" kutubxonasida feysbuk ijtimoiy tarmogʻidagi mashhur "Kitobxonlar davrasi" guruhining uchrashuvi boʻlib oʻtadi.

Vodiylik kitobxonlarni uchrashuvga taklif qilamiz. Nashriyotimiz tomonidan tayyorlab qoʻyilgan sovgʻalarni yutib olish imkoniyatini qoʻldan boy bermanglar. ☺️

📚
@zukkokitobxon
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📺 Uil Smit ijrosidagi "Baxt ortidan quvib" filmidan ajoyib parcha

Eng yaxshi motivatsion filmlardan biri

📖 Kitobi undan ham zoʻr

💰 Kitob qattiq muqovali, narxi - 39 000 so'm
🚚 Kitobni siz istagan nuqtaga yetkazib berish xizmati mavjud:
@Xujakeldiyev_235

📚 @zukkokitobxon - eng yaxshi motivatsion kitoblar!
😂 Jon deb barcha kitoblarimizga 70-80% chegirma e'lon qilib yuborar edik-ku, lekin buncha olomonni qayerga sigʻdirishni bilmaymiz.

Shuning uchun tinchroq turaveraylik.


📚 @zukkokitobxon
#tanlovga #guruh3 #ishtirokchi1

Rahbarlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning kitob oʻqish borasida boshqalarga oʻrnak boʻlishga undash!

Lider - bu boshqalar uning tendensiyalari va g'oyalari ortidan ergashishni istaydigan shaxs.
Har qanday korxona yoxud tashkilot rahbari ham lider bo'la olmaydi. Ammo har qanday lider rahbar bo'la oladi.
Keling, lider-rahbar bo'lish uchun kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish qanchalik muhimligi va rahbarlarni kitob o'qish, bu odatni faqatgina o'zida emas, balki xodimlarda ham shakllantirish to'g'risidagi bir qancha fikrlarimni bo'lishsam :

1. "Dunyoni o'zgartirmoqchi bo'lsang, avval o'zingdan boshla".
Rahbar o'zining xodimlarini kitobga qiziqishini orttirmoqchi bo'lsa, avval o'zidan boshlagani ma'qul. Har kuni 25 bet kitob o'qilsa, oyiga 750 betga to'g'ri keladi. Bu esa 1 oyda o'rtacha 2-4 ta kitob degani.

2. Marketingni kuchaytirish.
Misolni shunday keltiraman:
O'zim farmatsevtika sohasida o'qishim tufayli, ba'zida dorixonaga har xil dori firmalari menejeri o'z dorilarini reklama qilish uchun kelib, price(narxlar ro'yxati)ni tashlab ketishlaridan xabarim bor.
Sotsial mediada kitoblar marketingi oldingidan ancha yaxshi rivojlangan. Ammo xuddi shu usulni yuqorida keltirgan misolimdek, kitob do'konlaridan ham biror xodim tashkilotlarga borib, price tashlab kelsa va kitoblarni sotib olishga qiziqtirsa, qanchadir miqdorda ham kitob do'konlariga, ham korxonaga rahbar, xodimlariga foyda keltirishi mumkin.

3. Tashkilotlarda kitob burchaklari, kitob o'qish uchun alohida xonalar, axborot resurs markazlari tashkil qilish.
Kuniga 8-10 soat tinimsiz bosim bilan ishlash miya uchun biroz og'ir. Ish orasida tanaffus e'lon qilib, vaqtni kitob o'qish uchun sarflash foydali.

4. Ish vaqtini kitob haqida davomiyligi 10daqiqadan oshmagan "podcast" lar tinglashdan boshlash.
Kitoblarga qiziqishni aynan "podcast" lardan ham boshlasa bo'ladi. Zero, kitob bilan boshlangan kun - eng yaxshi kundir!

5. 1 haftada 1 kitob.
Ish uchun aloqador biror kitob tanlab, jamoaviy o'qish, hafta oxirida 1 kunni belgilab, o'qilganlar asosida muhokama qilish va rag'batlantirish. Bu usul rahbar uchun ham, xodimlar uchun ham manfaatli bo'ladi.

6. Qiziqtirish.
Kitob o'qishga majburlashning keragi yo'q, buning uchun, avvalo, ichli motiv bo'lishi kerak. Ichki motiv esa qiziqishlar va xohishlar ortidan keladi. Vaholanki, dunyodagi eng badavlat insonlar kitob o'qishni doimiy odatga shakllantirishgan. Siz Bill Gates, Oprah Winfrey va Jeff Bezos kabi insonlarni taniysizmi? Bill Gates haftasiga 1 ta kitob o'qib tugatadi (boyligi 95.3 milliard dollar), Oprah Winfrey (boyligi 2,7 milliard dollar), va Jeff Bezos (boyligi 131.8 milliard dollar) hayotlarini kitoblarsiz tasavvur qila olmaydi. Buni tushungan rahbar allaqachon o'z ustida ishlashni, kitob o'qishni va xodimlarini ham o'qishga undashni boshlab yuborgan.


O'z hayoti davomida har kim moddiy yuksalishi mumkin, ammo ma'naviy yuksalish insonlardan ko'p narsalarni anglab yetishni, bizga berilgan hayotning asl ma'no-mohiyatini tushuna olishni talab etadi. Bu borada esa kitob eng muhim vositachidir.


📚 @zukkokitobxon - zukkokitobxonlar uchun!
#tanlovga #guruh3 #ishtirokchi2

Rahbarlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning kitob oʻqish borasida boshqalarga oʻrnak boʻlishga undash!


Rahbarlar har bir davrda, o'z qo'l ostidagilarga har qaysi sohada o'rnak bo'lib kelishgan. Rahbar kitobxon bo'lsa, xodimlar ham unga ergashib kitobxon bo'lishadi. Rahbarning madaniyati va saviyasiga qarab uning ishchilariga baho berish mumkin. Aslida rahbarning vazifasi korxonani boshqarishdan tashqari, qo'l ostidagilarning madaniy hordiq olishiga ham mas'uldir. Bunda esa kitobxonlikning o'rni beqiyosdir. Xodimlarning kitob mutolaa qilishi, ularning o'z karyerasida katta yutuqlarga erishishiga sabab bo'ladi. Bu esa nafaqat xodimga, balki o'z ish joyi va rahbariga ham yaxshidir. Xo'sh buni qanday amalga oshirish mumkin? Keling buni kitobxon rahbar va kitob o'qishga qiziqmaydigan xodimlar uchun ko'rib chiqamiz. Birinchidan: rahbarning o'zi yaxshi kitobxon bo'lishi, bo'sh vaqtida doim kitob mutolaasida bo'lishi kerak. Rahbarning qabuliga kirgan har bir odam uning yonida kitob ko'rishi kerak. Va rahbar o'z mutaxassisligiga oid kitoblardan iqtiboslar keltirib o'tishi, undagi voqealardan xodimlarga so'zlab berishi ham yaxshi albatta. Bu xodimlarning kitob o'qishga bevosita qiziqishini uyg'otadi.
Ikkinchidan: hech kimga sir emaski eng yaxshi sovg'a bu kitobdir. Shunga ko'ra rahbar bayramlarda, ishchilarining tug'ilgan kunlarida ularga kitob sovg'a qilishi lozim. Bu esa xodimlarga kitobning naqadar ahamiyatliligini ko'rsatadi. Ha, aytgancha sovg'a qilingan kitob xodimning mutaxasisligiga aloqador bo'lsa yanayam yaxshi. Uchinchidan: har bir idora-tashkilotda uning hajmiga yarasha o'z kutubxonasi bo'lishi kerak. Va bu kutubxonadan doimo foydalanib turish lozim. Rahbar turli nashriyotlar bilan kelishib, idorasida tez-tez kitob yarmarkasi o'tkazib turishi foydadan holi bo'lmaydi. Ha aytgancha, kitobxonlikka qiziqtirishda rag'batning ham yaxshi ta'siri bor. Aslida inson har bir qilayotgan ishini o'zi uchun qiladi. Lekin, rag'bat bu qilayotgan ishini to'g'riligini ko'rsatish, bu ishni qilayotgan insonni qo'llab quvvatlashdir.Bulardan so'ng har qanday inson kitob o'qishga qiziqib qolishi tabiiydir.
Kitobxonlikni rivojlantirishga o'z hissasini qo'shgan rahbarlar haqida hayotiy misollar talaygina. Masalan, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari bilan joriy etilgan, har yili o'tkaziladigan va yoshlar intiqlik bilan kutadigan "Yosh kitobxon" tanlovini misol qilishimiz mumkin. Bu tanlov sababli respublika bo'ylab yosh kitobxonlar safi yanada ko'paydi deb aytsak hech mubolag'a bo'lmaydi.
Har bir aqlli, uzoqni ko'ra oladigan rahbar o'z xodimlarini kitobxon qilishi kerak. Chunki, kitobxon xodim o'z ishiga doimo mas'uliyatli bo'ladi. Bunday xodimlari bor korxona esa doimo gullab yashnaydi.


📚 @zukkokitobxon - zukko kitobxonlar uchun!
#BukblogerlarTanlovi

4️⃣ - jamoa:

@Qalblar_tizgini_kanal
@kitob_house
@bazilar_sevarlar

📜 Mavzu: O'zbekistonda bolalar adabiyotining rivojlanishi uchun mening shaxsiy takliflarim!

📅 Ijodiy ishni topshirish muddati: 28-aprel, 16:00

Ijodiy ish eng kamida 300ta soʻzdan iborat boʻlishi lozim.

Ijodiy ishlarni yuborish uchun manzil: @ZukkoKitobxonAdmin

📚
@zukkokitobxon - zukko kitobxonlar uchun!
#YangiNashr #Dadajonisi

👨‍👩‍👧‍👧 Oilaviy masalalarda foydali bo'lishi mumkin bo'lgan yangi kitob nashrdan chiqdi!

Kitob muallifi Zubayda Zokir qizi o'zining ushbu kitobini sizga kichik bir qo'llanma sifatida taqdim etadi.

©️ Rasmlar muallifi: Noila Holmuhammad

🚚 Qo'chimcha ma'lumot va buyurtmalar uchun

📞 958005500 | @zukkokitobxon
01. Qalbingiz sof bo'lsa, hikoyangiz baxtli yakunlanar
Zukko Kitobxon
#audiomutolaa

Kitob: Qalbingiz sof bo'lsa, hikoyangiz baxtli yakunlanar
Muallif: Hakan Mengyuch
Notiq: Baxtiyor Mo'minov

Yetkazib berish xizmati mavjud!

📮 Muroajaat uchun: @Xujakeldiyev_235

📚
"Zukko Kitobxon" - kitobsevarlar uchun!
#QaytaNashr

📖 Ko'pchilikning sevimli kitobiga aylanib ulgurgan "Ishqqa yengilmayman" asari qayta nashr qilindi.

Taniqli musahhih G'iyosiddin Yusuf tahriri ostida chop etilgan kitobimiz, deyarli xatolarsiz taqdim etilmoqda!

Kitob sizga chin ishqning qanday ekanligini ko'rsatishga yordam bersa ajab emas!

🚚 Kitobni istalgan nuqtaga tezkor yetkazib berish xizmati mavjud!

Batafsil ma'lumotlar uchun: @Xujakeldiyev_235

📞 958005500 | @zukkokitobxon
02. Qalbingiz sof bo'lsa, hikoyangiz baxtli yakunlanar
Zukko Kitobxon
#audiomutolaa

📕 Kitob: Qalbingiz sof bo'lsa, hikoyangiz baxtli yakunlanar (2-qism)
✍️ Muallif: Hakan Mengyuch
🗣 Notiq: Baxtiyor Mo'minov

🎧 1-qism

Kitob narxi - 35 000 so'm

Yetkazib berish xizmati mavjud!

📮 Muroajaat uchun: @Xujakeldiyev_235

📚
"Zukko Kitobxon" - kitobsevarlar uchun!
#tanlovga #guruh4 #ishtirokchi1

Oʻzbekistonda bolalar adabiyotining rivojlanishi uchun mening shaxsiy takliflarim.

Bolalik davri juda muhim hisoblanadi, chunki bu davrda insonni keyingi umrining 70-80%i shakllanadi. Bolalar uchun qiladigan ishlarimiz anchagina, ishlar orasida "Bolalar adabiyoti" alohida e'tibor talab qiladigan mavzu.

Bolalar adabiyoti - bu mavzuni oʻylasam har safar chuqur xoʻrsinib qoʻyaman. Maqolani ketma-ket takliflar va dalillar bilan yozishga qaror qildim.

1. Komikslar. Mavzuni olganimizda birinchi boʻlib shu hayolimga keldi. Nima uchundir Oʻzbek kitob olamida uchramaydigan yoʻnalish. Chet elda anchagina ommabop va katta qiziqish bor. Bolalar ham oʻqisa va suratlar orqali "qahramonlar"ni koʻrib, voqealarni tasvirini koʻrsa yanada qiziqishi ortadi. Chet elda komikslarni alohida san'at desak ham boʻladi. Hatta mashhur kino va multfilmlarni komiks yoʻnalishida uchratish mumkin. Yaqin kunlarda kitobbloggerlarni sahifalarida komikslar haqida iliq fikrlarni oʻqidim. Alohida komiks "qahramon"larini yaratishimiz kerak.

2. Ertaklarni almashtirish. Ertaklar hamni yangilash kerak. Ertaklar toʻgʻrisida chiqqan maqolalar bor, koʻpchilikni fikri shu tomonda. Fikrlar bir xil bizga zamonaviy, oʻziga xos ertaklar kerak: "Xasis boy" yoki "Bechora kambagʻal" oʻsha lenta.

3. Oʻyinchoqlar. E'tibor bersangiz chet elda yangi Qahramon paydo boʻlishi bilan uning oʻyinchoqlari chiqishni boshlaydi. Tabiiyki Qahramonni hayotda koʻrib, bolani yanada qiziqishi ortadi. Oʻyinchoq orqali kitob oʻqiganda olgan taassurotlarini jonlantiradi. Qahramon bilan yana yaqin boʻladi.

4. Ota-ona kitobxon. Bola yoshligidan uyda kitoblarni koʻrsa yoki ota-onasini kitob oʻqib turgandagi holatini koʻp koʻrsa, beixtiyor yoshligidan qoʻligan kitob oladi. Qush uyasida koʻrganini qiladi. Ba'zi ota-onalar bolam kitob oʻqimaydi deb shikoyat qilishida, lekin oʻzlaridan soʻrasinlarchi qancha kitob oʻqib koʻrgan ekanlar. Birinchi oʻrinda ota-ona namuna boʻlishi kerak.

5. Bolalar yozuvchilari. Xudoyberdi Toʻxtaboyev biz uchun haqiqiy qahramon inson, Hoshimjonni doʻst qilib berganlar. Yoshligimizdan Hoshimjon bilan ulgʻaydek, doʻst boʻldik. Yozuvchilar muhitidan yiroqman, oladigan ganarari kamdir, balki sharoit yaxshimasdir, ularga e'tibor kerak. Yagona eslatma " Xasis boy", " bechora kambagʻal" kerak emas. "Kichkina shaxzoda", "Gulliverning sarguzashtlari", "Baron Myunxauzen" bu kitoblarda oʻzgacha voqeliklar bor. Ayniqsa "Baron Myunxauzen" ni mahalla kutubxonasidan olib oʻqiganim hamon esimda, katta qiziqish bilan oʻqiganman. Bu kitoblarda bolaligim bor. E'tibor bering bolaligimdan faqat chet el adabiyoti va bittagina "Hoshimjon" qolgan.

6. Multfilmlar. Komiks yozdik, yangi kitoblar chiqardik. Endi multfilm chiqaramiz. Faqat bitta iltimos shaxsiy studiyalar chiqarsin. "Bolajon" dan beradigan oʻzbek mulfilmlarini koʻrib achinib ketaman, ba'zida qahramonlarni koʻrib qoʻrqib ketaman. Bir misol MilliyTv dan "Pomidor" roligi koʻp qoʻyildi. Uni yoshi kattalar ham qiziqish bilan tomosha qildi, shunaqa qiziqtiradigan multfilmlar kerak.

7. Bogʻcha tarbiyachilari. Ba'zida internetda tarbiyachilarni bolalarga qilayotgan qoʻpiliklarini koʻrib yoqa ushlaysan. Haqiqiy, oʻz ishini sevadigan, bolalarni yaxshi koʻradigan, kitobxon tarbiyachilar kerak. Instagramda "nigohlarda_kitob" sahifasi bir, sahifa egasi ham bogʻchada ishlaydi shekilli, koʻp "stories"lar qoʻyib boradi. Bolalarni kitobga qiziqtiryapdi. Shunaqa kitobxon tarbiyachilarni koʻpaytirish kerak.

8. Jurnallar. Bu qanchalik oʻzini oqlaydi bilmadim. Yoshligimizda "2×2" degan kichkina jurnal chiqardi. Har payshanba kuni yangi sonini kutardik. Joʻramga ayasi olib berardi, man joʻramdan olib oʻqirdim. Shu kichkina jurnal ham bizga katta yordam bergan. Qiziq, kreativ, bolalarni oʻqishga undaydigan jurnallarni nazarda tutyapman. Bir xillikdan qochaylik.
9. Bolalar kutubxonasi. Mavzu berilganda internetdan ma'lumotlarlar, foydali maqolalar izladim. Umuman ma'lulot yoʻq, bir maqolada bolalar adabiyoti deyilsa, uzoqdan kelingan. Xalq ogʻzaki ijodida "Devoni lugʻatit turk", "Qutadgʻu bilig" bularni bolalar adabiyotiga nima aloqasi bor..

... Bizga zamonaviy, kirganda bolajonlar qulay boʻlsin. Dizaynga alohida e'tibor berish kerak. Internetda dizaynlarni koʻrib havas qildim. Namuna olishimiz kerak.
Kun.uz da "Bolalarsiz" bolalar kutubxonasi degan maqola chiqqan ekan oʻqishni tavsiya beraman. Mirzo Ulugʻbek tumanida Respublika bolalar kutubxonasi bor ekan, shu haqda yozilgan. Bunaqa joy borligini endi bildim. Bolalarga mos va xos kutubxonalar kerak.

Ojizona fikrlarim shulardan iborat.

P.s: Yoshligimda "Baron Myunxauzen" deb aytishni koʻp mashq qilganman. Shu kitobni mandan keyin kimdir olib, juda yomon ahvolda qaytargan. Koʻrib juda xafa boʻlganman, oʻsha bolani yomon koʻrib qolganman.

📚 @zukkokitobxon - zukko kitobxonlar uchun!
#tanlovga #guruh4 #ishtirokchi2

O'zbekistonda bolalar adabiyotining rivojlanishi uchun mening shaxsiy takliflarim.

Vatanga muhabbat - ostonadan boshlanadi degan gap bor, darhaqiqat kitobga badiiy adabiyotga muhabbat oiladan boshlanadi... Masalan, men esimni tanibmanki, dadamni qo'llarida kitob ko'rganman. 🥰dadam bilan doimo men o‘qiyman, men o'qiyman deb kitoblarni talashib turamiz.😁 va o‘qib bo'lgach birgalikda muhokama qilamiz, fikr almashamiz. 🥰Umuman olganda bolani kitobga qiziqtirish uchun majburlash shart emas, o'rnak bo‘lish kifoya. Ota- onalar farzandingizga kitobga muhabbat qo'yishda o'rnak bo‘ling, kichkinagina muvaffaqiyati uchun kitob hadya qiling, yoshiga mosini tanlashda, uni tahlil qilishda yordam bering, kitob o‘qigan va o‘qimagan bolaning qanchalik katta farq qilishini unga his qildiring, o‘zi beixtiyor hamisha uni o‘qishga ehtiyoji borligini sezsin. .

Va men bularni aytyapman-ku, masalaning boshqa tomoni ham bor. Mamlakatimizda kitobxonlikka e’tiborni kuchaytirish uchun puxta o‘ylangan chora- tadbirlar kerak. Masalan:

📚Hans Kristian Andersen tug‘ilgan sana — 2-aprel dunyoda Bolalar kuni sifatida nishonlanadi. Nega bizda Xudoyberdi To‘xtaboyev, G‘afur G'ulom va boshqa ko'plab bolalar yozuvchilarining tug‘ilgan kuni o‘zbek bolalar kitobi kuni sifatida nishonlanmaydi? Har birimiz mana shu yozuvchilarning asarlari bilan katta bo‘lganmiz. “Sariq devni minib”, “Shirin qovunlar mamlakati”, “Besh bolali yigitcha”, "Shum bola" kabi asarlarnii o‘qimagan kitobxon bo‘lmasa kerak.

📚Hozirgi kunga kelib, bolalar adabiyotiga e’tibor ancha pasaygan deb o'ylayman. So‘nggi paytlarda Anni Shmidtning “Mushuklar malikasi Minush”, Roald Dalning “Matila”, Astrid Lindgrenning “Mio, bolaginam, Mio”, “Uzunpaypoq Peppi” kabi kitoblar nashr qilindi. Lekin bu juda ham kam. Bolalar uchun ancha yil avvalari yozilgan kitoblar qayta nashr qilinsa ham o‘z o‘quvchisini topadi. O‘sha asarlar nafaqat bolalar uchun balki, kattalarni ham o‘ziga xos olami, energiyasi, syujetlari va albatta tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligi bilan hayratga sola oladi.Bolalar uchun 15 yoshgacha o'qilishi kerak bo'lgan 500 ta kitob to'plamni tarjima qilib, nashr etirishni taklif qilgan bo‘lardim. Chet el adabiyotida ham bolalar ma'naviyatini yuksaltirishda katta ahamiyatga ega kitoblar bisyor. Masalan, tarjima qilingan "Bilmasvoy", “Chippolino”, “Uch baqaloq” kabi kitoblar shunchaki voqealar emas. Ular bolalarga dunyo qanaqa ekanligini tushuntirgan.

📚Jamiyat rivojinishda davom etishini, bizdan bilimli, aqlli va albatta O‘zbеkiston kelajagini yuksaltira oladigan, kitobsevar, bolalar chiqishini xohlasak, bolalar adabiyotiga ham muhim e’tibor berish zarur. Va mutasaddilar ushbu masalani oliy o'ringa qo‘yishsa, nur ustiga a'lo nur bo'lardi. Axir insonning ijobiy tomonga qadam qo'yishida kitobchalik hech narsa yordam berolmaydi.

📚 “Kitob meni qanday o’zgartirishi mumkin” deyotgan bo’lsang, qo’lingdagi kitobga qara, u ham bir paytlar yog’och bo’lgan…!

©️Abdukarim Mirzayev



P/s: Kamtarona yozilgan ushbu postni siz azizlarga taqdim etdim. Fikrlarim qanchalik manzur keldi bilmayman, Alloh qodir qilganicha yoritishga urindim.☺️ Allohim bizni ixlos ila ilm olish va unga to‘lig‘icha amal qilish baxtiga musharraf qilsin, Amiyn Ajmaiyn 🤲🤲🥰


📚 @zukkokitobxon - zukko kitobxonlar uchun!
#tanlovga #guruh4 #ishtirokchi3

O’zbekistonda bolalar adabiyotining rivojlanishi uchun mening shaxsiy takliflarim.

Bolalik… Ya’ni maktabgacha bo‘lgan davr inson rivojlanishida eng muhim va keskin palla hisoblanadi. Ayni shu davr kelajagimizni hal qiladi. Bu davrda, asosan, ota-onalar va tarbiyachilar katta rol oʻynaydilar. Hali o'qish, yozishni bilmaydigan maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar dunyo sirlaridan bexabar boʻladilar. Shunga qaramay, o'zlarini qurshab olgan olamni tezroq bilib olishga, uni o'rganishga intiladilar. Bunda ota-onalar, bog'chalarda esa tarbiyachilar bolalarga yaqindan yordam berishlari, ya'ni ularga badiiy asarlardan parchalar o'qib berishlari lozim. Bunday asar yoki matn parchasining hajmi qisqa, mazmuni sodda boʻlishi talab etiladi. Shuningdek, kitoblarning rasmlari rang-barang harflari esa yirik-yirik boʻlishi maqsadga muvofiqdir!
Yoshlar ko’proq komikslar o’qishga qiziqadilar deb o’ylayman, chunki yosh bola miyasi rang-barang qahramonlar va qiziqarli suhbatlardan iborat chiroyli kitoblarni ko’rib o’qishga qiziqishlari bundanda ortadi.
Rostan ham, bola 6 oyligidan kitob qahramonlarini tanib, ajrata olarkan.
Bolaga kitob o‘qib berishni boshlashning ertasi yo‘q. Qancha vaqtli bo‘lsa, shuncha yaxshi. Keyin kitob o‘qib berish — bu faqat bilim olish degani emas!
Bundan tashqari, kitobxonlar, nashriyotlar, bolalar kitoblariga oid tanlovlarni keskin ko‘paytirish va ular haqida keng ommaga muntazam ravishda xabar berish kerak; har bir nashriyotga bolalar adabiyotini tahlil qilish uchun ilmiy yondashuvchi psixolog, pedagog, rassomlarni jalb etish; bolalar adabiyoti uyushmasini tashkil etish. Bu uyushma sifatli bolalar adabiyoti mezonlarini, janrlarini va boshqa tegishli ma’lumotlarni ishlab chiqish kerak bo‘ladi; qiziqarli bolalar adabiyotlari yuzasidan spektakllar, teatr sahna ko’rinishlarini ko’paytirish va bog’chalar va maktablarga teatr studiyalarini tashkil etib bolalarni jalb qilish kerak. Viloyat va tumanlarda kutubxonalarni va kitob do’konlarini ko’paytirish, narxlarini ham sezilarli darajada pasaytirish kerak. Hozirda kichkina bolalarning qo’llarida kitob emas ko’pincha telefonlarni ko’ramiz, shunda ham You tubeda bolalar uchun kitoblar tahlillarini berib boruvchi kanallarni ochish va zamonaviy multfilimlarni ko’paytirish kerak(albatta sifatli va tarbiyaviy ahamiyat kasb etadiganlarini). Hozircha mana shular...

P/s: Katta chiroyli kutubxona, albatta bolalar yoshiga mos ravishda jihozlangan, bolalar adabiyoti juda ko’p va ajoyib xodimlar bilan to’la bo’lgan “Zukko kitobxon” tashkil etgan kutubxonani kutib qolamiz.

📚 @zukkokitobxon - zukko kitobxonlar uchun!