YANGI TARJIMA KITOBLAR
1.27K subscribers
398 photos
22 videos
3 files
390 links
"Yangi Tarjima Kitoblar ruknining rasmiy telegram sahifasi

📚 Badiiy adabiyotlar;
📚 Bolalar adabiyoti;
📚 O'quv qo'llanmalar;
📚 Husnixatlar.

🖨 Barcha turdagi chop etish xizmatlari

📌 Toshkent sh., Langar k-si, 78-uy

Bog'lanish uchun - @Mr_KkBey
Download Telegram
😍 Ertaklar - yaxshilikka yetaklar!

📚 @zukkokitobxon
Forwarded from Dildora Obidova
Assalomu alaykum . 14-fevral "Xalqaro kitob ulashish " kuni munosabati bilan @Zukkokitobxon nashriyoti tomonidan kitobxonlarga turli kitoblar hadya qilindi. Hadya olishga muyassar bo‘lgan kitobxonlar qatorida ekanimdan juda mamnun edim. Bugun kitobni qo‘limga olganimda juda xursand bo‘ldim. Kitoblarim soni yana bittaga ortdi. Buning uchun @Zukkokitobxon nashriyoti xodimlari, nashriyot asoschisi va sizga( @BahodirMahmud) o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.
Alloh rozi bo‘lsin. Kitobxolikni targ'ib etib, kitobxonlarga kitob ulashishdek savobli va mashaqqatli yo‘lda sizlarga omad tilayman. Yana bir bor katta rahmat!
🏆 II bosqichdan eson-omon III bosqichga o'tib olganlar ro'yxati:

@ziyo_gavhari
@Mutolaazavqii
@UsmonovaIbodat
@My_book_my_life
@SayriddinovJamoliddin
@hemidiyemm
@book_blog_27
@aishabook
@kitob_book
@menbilganhaqiqatlar
@shokhakbarsblog
@bu_kozimjonova
@kitob_va_kitobxon
@booklovers_16
@shunchakigapir
@kitapci_kiz
@Fazodasblog
@Neyrojarroh2023
@Bintu_Bs_world
@tahrim8_nasux
@shunchaki1iii
@Hab1bim_pg
@Maxkamovblog
@Felicita_S
@Taskinim_Rahmon
@moons_bblog
@Asmos_pg
@Tingla_Hayot

Taqriz yuborgan, lekin o'tolmaganlar aslo xafa bo'lishga hojat yo'q! Sizga arzimas bo'lsa-da o'z sovg'amiz bor.

📮 Sovg'ani yuborishimiz uchun
@BakhodirMakhmud ga murojaat qiling.

G'oliblar, barchangizni kichik bo'lsa-da muvaffqiyat bilan tabriklaymiz!


🔜 III bosqich shartlari yakshanba 19:00da e'lon qilinadi.

❤️ Sabringiz uchun rahmat!

📚 @zukkokitobxon
#taqriz
#kitob_ogrisi

​​Markus Zusak - "Kitob o'g'risi" asari.

Asar 2005-yilda avstraliyalik yozuvchi Markus Zusak tomonidan yozilgan bo'lib, dunyoda juda ko'plab nusxada sotilgan haqiqiy bestseller asarlardan biri hisoblanadi.


Kitobni bemalol noodatiy asarlar sirasiga kiritishimiz mumkin. Chunki, asar voqealari Ajal(o'lim) tilidan hikoya qilingan bo'lib, bir vaqtning o'zida u bilan dunyoning turli xil burchaklarida paydo bo'lasiz, shu bilan birgalikda uning hissiyotlari va fikrlari bilan tanishasiz.

Asarni yuzaki qaraganda, urush qiyinchiliklari, rus va nemis xalqlarining og'ir davrlardagi hayoti, Gitler tomonidan yashashga haqqi yo'q deb hisoblangan yaxudiy millatining doimiy quvg'inda bo'lishi, azoblanishi, qirilib ketishi, urush olib ketgan insonlar hayoti haqida deb o'ylashingiz mumkin. Aslida esa bular asardagi ikkinchi darajali voqealar. Asardagi asosiy rakurs Kitob o'g'risiga qaratilgan. Ya'ni uning kitoblarga bo'lgan mehri, qiziqishi va o'g'riliklari haqida. Urush nafaqat dunyodagi barcha millatlarning taqdiriga ayanchli ta'sir qilgan, balkim nemis xalqining ham qalbida o'chmas yaralar qoldirganligi Kitob o'g'risi va uning oilasi, do'stlari hayoti misolida yaxshi ko'rsatib berilgan.

Kitob o'g'risi - bu kim va nima uchun kitoblarni o'g'irlaydi? Kitob o'g'risi - bu hali kitoblarni tushunmaydigan, o'qish va yozishni bilmaydigan ajoyib jajji nemis qizchasi Lizeldir. U o'qishni bilmasada kitoblarning ajoyib olamiga tushishni, kitoblar bilan birgalikda yashashni istaydi. U har safar qo'liga yangi kitob tushganida o'qishni yanada yaxshi bilib boradi va kitoblarga o'chligi, intilishi ham yanada oshib boradi. To'g'risini aytsam, kitob o'qish davomida Lizelning kitoblarga nisbatan his-tuyg'ularini boshdan kechurgandek bo'ldim. Lizelning birinchi marta kutubxonaga tushib qolgandagi holati, barcha kitoblarni birma-bir ushlab ko'rgan paytidagi hayajonini his qilmaslikning ilojisi yo'q.
U har xil rang va har xil turdagi, muqovasiga oltin va kumush harflar bilan ziynat berilgan kitoblar orasida yurardi. Kitob sahifalarining yoqimli hidi dimog'iga urildi, atrofida to'plangan so'zlar mazasini deyarli tatib ham ko'rdi.

Kitoblar, sahifalar, baxtli makon...

Urush davrida insonlar ochlikdan non o'g'risi, un o'g'risi, ovqat o'g'risiga aylanishgan, lekin kitob o'g'risi esa kamdan-kam kuzatiladigan holat. Shunday emasmi? Lizelni bunga kim yoki nima majbur qildi?

Kitob faqat qayg'uli va yig'latadigan voqealardangina iborat emas. Unda sizni Lizel va uning do'sti Rudining sho'xliklari, vaqti kelsa Rudining qat'iyatliligi aslo zeriktirib qo'ymaydi.

Kitobga oshno bo'lgan, uning sehrli olamidan bahra olishni istovchi insonlar hamma vaqt va hamma davrlarda bo'lgan, hattoki urush ham insonlarni kitobdan uzoqlashtira olmagan. Shunday davrda ham Lizel kitobdan bahra ola bilgan va hattoki o'z kitobini ya'ni hayot kitobini yozgan. Shubhasiz ushbu kitob Markus Zusakning emas, Lizelning kitobi. Lizelning hayot kitobini o'qib beixtiyor o'zingizning ham hayot kitobingizni yozgingiz keladi. Balkim bizning kitobimiz Lizelning kitobi kabi qiziqarli bo'lmas, lekin o'zimiz uchun albatta qadrli bo'ladi.

Hamma uyda bo'lishi kerak bo'lgan va hamma o'qishi kerak bo'lgan kitoblar ro'yhatiga ushbu kitobni albatta kiritgan bo'lardim.
Kitobning ushbu nashrida imlo xatolar yetarlicha bor, lekin kitob juda sifatli, varaqlari ham ko'zni charchatmaydigan ya'ni sarg'ishimtir-oq variantda tayyorlangan. Ushbu kitobni ushlab turib, maza qilib asardagi kechinmalarni his qila olasiz, beixtiyor sizning ham Kitob o'g'risiga aylangingiz keladi.
Kitobni o'qing va Lizel bilan kitoblar olamida birgalikda sayohat qiling.

Zavqli mutolaa...

@doctorsmind📖
#NoodatiySavol

🤔 Oʻz hayot yoʻlingizni qaysidir kitob qahramoni hayotiga oʻxshatganmisiz hech?

Agar unday boʻlmasa, qaysi kitob qahramoni boshidan kechirganlari sizniki bilan bir xil deb oʻylaysiz?

📝 Javoblaringizni izohlarda qoldiring. 😉

📚 @zukkokitobxon
🌳 Daraxt ekish uchun eng yaxshi fursat bu - yigirma yil oldingi fursat. Ikkinchi eng yaxshi fursat bu - hozir!

Xitoy xalq maqoli.

Siz ham daraxt ekishni allaqachon boshlaganmisiz?

📚 @zukkokitobxon
Forwarded from Baby_book_zukko
Кўпчилигингиз ёшлар бўлганингиз учун кичик бир тарих. Хеч қандай сармоясиз биринчи бўлиб Менделеев жадвалини бозорга тарқатишдан иш бошлаганман (2014й). Автобусда иппадромгача бориб конставар бозорига яёв кетардим. Жадвални кўтариб йул йўлакай бир дунё орзулар билан ! Бозордан биринчи олган 100.000 сўм пулим менга жудаям катта куч берган. Кейин жадвал кетиши тезлашди ёнига бирин кетин болалар учун ёзув дафтарлари қўшилди ассортиментимизда 40 хил болалар учун китоблар бўлганидан кейин нашриёт очишга қарор қилдик ва қийинчилик билан бўлса хам 2018 йил Зукко китобхон мчж очилди кимлар нималар дийишмади биз чекинмадик ота онам дуоси устозларимиз дуоси билан шу кунларгаям етиб келдик бунинг учун Аллохимга бехисоб шукур . Балки қизиқдир хозирги кунда бизнинг 100 номдан ошиқ китобларимиз бор. Ўзига хос ижодий жамоамиз бор устозлар , шогирдлар ва шу йўлда топган дўстларимиз билан биргаликда харакатда давом этмоқдамиз. Билмаганларимизни хали хам ўрганамиз маслахат оламиз.
Ёшлар мақсадни катта қўйинг ва харакатдан чарчаманг. Аллохдан сўранг ва кўпроқ ўқинг хаммасига эришасиз!!!
Assalomu alekum va rohmatullohu va barokatuhu Bugungi sizlar bilan ulashmoqchi bo'lgan kitobim Omina Shenkliko'g'lining "Mariya" romani. Roman bosh qahramori Mariya ismli nasroniy qiz haqida. Mariya Asar boshida irqchi va millatchi, o'z dinidan boshqa dinlarni tan olmaydigan bòladi. Lekin taqdirni qarang-ki u hayotda ikki musulmon yigit misrlik Abdulvaxxob va turkiyalik Mexmet bilan tanshib qoladi. Mariya avvaliga Abdullvaxxobga nisbatan iliq munosabatda bo'ladi lekin Mexmetni sevib qoladi. Ular birga bo'lishlari uchun kimdir o'z dinidan voz kechishi kerak edi. Asar mana shunday qiziq voqealar bilan boshlanib, juda ham kutilmagan tarzda yakun topadi. Asarda barcha uchun ibrat bo'ladigan hodisa va voqealar juda ko'p. Asarda Islom dini va Qur'on oyatlari juda chiroyli va tushunarli qilib yoritilgan. Asarning yana bir menga yoqgan tomoni asarda ayanchli, qayg'uli voqealar ko'p bo'lishiga qaramay asar so'ngi juda chiroyli va baxtli yakun topadi. Bu asar kòpchilikka yoqadi degan umitdaman. Va o'g'il bolalar ham òqishi kerak deb òylayman.

Assalomu alekum va rohmatullohu va barokatuhu
#review
@bookworm_st
🔜 Xabaringiz bor, tez orada oʻz kitob doʻkonimiz faoliyatini yoʻlga qoʻymoqchimiz. Unda nafaqat "Zukko Kitobxon" nashriyoti tomonidan chop etilgan kitoblarni, balki, boshqa nashriyotlar kitoblarini ham birinchilardan boʻlib sotib olish imkoniyatiga ega boʻlasiz.

Xoʻsh, yangi doʻkonimizni qanday tasavvur qilasiz? Boshqa farqli oʻlaroq, unda qanday yangiliklar va qulayliklarni boʻlishini istaysiz?

📝 Oʻz fikringizni biz bilan baham koʻring. Eng yaxshi fikr va takliflar nashriyotimiz rahbari Abror Akbarov tomonidan taqdirlanadi.

📚 @zukkokitobxon
Yaqin soatlarda uchinchi bosqich shartlari va qur'a natijalari e'lon qilinadi.

💪 Bu safar Siz oʻz jamoangiz gʻalabasi uchun kurashishingiz lozim!

📚 @zukkokitobxon
🏆 III bosqichga xush kelibsiz!

Bu bosqichda blogerlarning kitob borasidagi bilimlari emas, balki ilmiy salohiyatlari sinab ko'rishga qaror qildik. Ishtirokchilar 6 (5) tadan ajratilgan holda guruhlarga bo'lindi.

Bundan keyin raqobat jamoalar o'rtasida duel tarzida bo'lib o'tadi!

Chorshanba kuni 20:00da ilk duel bo'lib o'tadi. Ikkala guruhga 20 (blits savollar - 1 balldan) +1 (mantiqiy savol - 5 ball). Ballar yakuniga ko'ra ko'proq ball to'plagan jamoa, IV bosqichga yo'l oladi. Durrang bo'lib qolsa qo'shimcha savol beriladi. Lekin buning ehtimoli juda kam.

Demak, final tomon harakatlanish nafaqat o'zingiz, balki jamoadoshlaringizga ham bog'liq.

"Squid Game" serialidek arqonni birgalikda tortasizlar endi 😂

Guruhlar soni:
20 ta
Guruhlar tarkibi: https://telegra.ph/III-bosqich-02-20
Ilk o'yin: chorshanba, 20:00da
Ishtirokchilar: I va II guruhlar
Duel manzili: t.me/zukkokitobxon_chat

❗️ Barcha ishtirokchilardan ushbu xabarni o'z bloglarida ulashishni so'rab qolamiz. Bizga ko'proq tomoshabinlar kerak. 😉

Hurmatli ishtirokchilar, jamoadoshlaringiz bilan hammaslahat bo'lib, o'yinga tayyorgarlik ko'rishni boshlashingiz mumkin. Barchaga omad!

🔥 Tomoshabinlarni esa oldinda ajoyib duellar kutib turibdi.

📚
@zukkokitobxon
🥊 Demak, chorshanba 20:00da quyidagi bukblogerlar o'rtasida "jang" ko'ramiz.

I jamoa:

⚪️
@booknigam
⚪️ @ilm_uchquni
⚪️ @planet_unknown
⚪️ @book_blog1
⚪️ @kitaabun (instagram)
⚪️
@mutolaa_ustida

II jamoa:

⚫️ @al_kitaaab
⚫️ @Tingla_Hayot
⚫️ @Kitob_va_mativatsiya
⚫️ @ziyo_gavhari
⚫️ @shokhistaoy
⚫️ @art_viral__ (instagram)

Sizningcha, qaysi jamoaning qo'li baland keladi?

📚
@zukkokitobxon
Forwarded from Baby_book_zukko
Букблогерларнинг танловимизга бўлган қизиқишини кўриб, очиғи, хурсанд бўляпман.

Учинчи босқичнинг ўзида 100дан ортиқ иштирокчи. 100 та иштирокчи дегани энг камида 1000та инсонни китоб ўқишга, китобхонликка ошно бўлишида ёрдам берувчи лидерлар.

Ҳа, хурсанд бўлдим. Шунинг учун соврин жамғармасини кўтаришга қарор қилдик.

Демак янгиланган тартиб бўйича

1-ўринга - 2 000 000 сўм
2-ўринга - 1 000 000 сўм
3-ўринга - 500 000 сўм

Ғолиблар ушбу суммага тенг бўлган китоблар ёки сумманинг ўзини танлашлари мумкин.

Шунингдек, босқични тарк етган ҳар бир иштирокчига биттадан совға китобимиз.

Ўйлаймизки, мукофот - аҳамитсиз. Aсосийси, сиз-у бизнинг меҳнатимиз, ҳаракатимиз.

Барча блогерларга омад тилайман.
📅 Yangi haftani yangi sovgʻalar bilan boshlaymiz.

Shunchaki "Ishtirok etaman" tugmasini bosing.

Ushbu postni doʻstlaringiz bilan ulashing.

Tasodifiy tanlovlar generatori gʻoliblarni avtomatik aniqlaydi. Gʻoliblar ertaga 09:00da shu postning oʻzida aniqlanadi.

Gʻoliblardan biriga aylanish uchun kanal aʼzosi boʻlish talab etiladi.

📚 @zukkokitobxon

*
Gʻoliblar: 𝐅𝐞𝐥𝐢𝐡🦋, Abdurrohman Mahkamov, ℳ𝓊𝓍𝒶𝓂𝒶𝒹𝒿ℴ𝓃ℴ𝓋 ℰ𝓁𝓂𝓊𝓇ℴ𝒹, Ruxiddinov Sarvar, 𑁍𑁍, K.B, NILUFAR PAYZIYEVA
📚 Nashriyotimiz tomonidan chop etilgan matematika va geometriya fanlariga oid oʻquv qoʻllanmalar darsdan tashqari shugʻullanish uchun ajoyib manbaa hisoblanadi.

Atoqli matematik Mirfozil Mirahmedovning koʻp yillik tajribasiga tayanib tayyorlangan kitoblar har bir sinf uchun alohida chop etilgan.

🛍 Kitoblarni yurtimizning barcha kitob doʻkonlaridan topishingiz mumkin.

📚 @zukkokitobxon
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧠 Eslab qolish boʻyicha Rossiya rekordchisi hamda Oʻzbekiston mnemosport federatsiyasi rahbari, xotirani kuchaytirish oid bir necha samarali kurslar muallifi - Davronbek Turdiyevnung nashriyotimiz tomonidan chop etilgan "Botaniklar ham biznes qiladi" kitobi haqida fikrlari

📚 @zukkokitobxon
🤔 Biznezni boshlash uchun kishida biznesmenlik qobiliyati bo'lishi kerakmi? Aslo!

📖 "Botaniklar ham biznes qiladi" kitobi bu qarashlarning xato ekanini isbotlab beradi.

Kitobni ortiqcha maqtashning hojati yo'q. Shunchaki o'qishni boshlang, savollaringizga javob topasiz.

Kitob narxi: 70 000 so'm
🚚 Siz istagan manzilga tezkor yetkazish xizmati bor!

📮 Murojaat uchun: t.me/Xujakeldiyev_235

📚 @zukkokitobxon
😍 Tez orada...

P.S.: Bu kitobning xomaki muqovasi

📚 @zukkokitobxon
🚓 Haydovchilik guvohnomasini qoʻlga kiritish juda qiyinlashib ketdimi-a? 😁

Yagona yoʻl, yaxshilab oʻqib, jamiyat uchun xavf tugʻdirmaydigan haydovchiga aylanish.

Bunda esa nashriyotimiz tomonidan chop etilgan yoʻl harakati qoidalariga doir kitob va qoʻllanmalar sizga yaqindan yordamchi boʻla oladi.

🚚 Buyurtmalar yoʻl harakati qoidalariga amal qilgan holda tezkor yetkaziladi. 😉

🛒 Kitob doʻkonlari egalarini ulgurji narxda sotib olish uchun hamkorlikka chorlaymiz.

📬 Murojaat uchun: @Xujakeldiyev_235

📚 @zukkokitobxon