📕 "1984"
Asar jamiyat va uning chirkin tomonilarni juda real yoritgan.
Urush-Tinchlikdir
Erk-Qullikdir
Bilimsizlik-Qullikdir
Ular mana shu shior va " Katta Ogʻa"ning xoxishlari ostida yashashadi
Uinston - oddiy misol, Uinston kabilar, esa song mingta...
Bu kitob SSSR davrida butunlay taʼqiqda boʻlgan, oʻzimizda ham Karimov davrida taʼqiqlangan. Oqilona siyosat natijasida Mirziyoyev davrida "qora roʻyxatdan olib tashlandi.
Oʻzbek tilidagi ilk tarjimasi bosilishi bilan kitobxonlar qoʻlma-qoʻl qilib tashlashdi. U insoniyat tarixidagi eng yaxshi asar ekanligini "Newsweek" jurnali tasdiqlagan va " Insoniyat tarixidagi eng zoʻr kitob" roʻyxatida, u 8- oʻrinda (84)
📝 Muallif: @bu_kozimjonova
📚 @zukkokitobxon - Kitobxonlik yo'lida!

Forwarded from 𝐁𝐨𝐨𝐤𝐰𝐨𝐫𝐦𝐬' 𝐬𝐭𝐫𝐞𝐞𝐭 (𝐌|𝐗𝐈𝐗)
Asar qahramoni va muallifi bòlgan Jo Jirard kambaģal oilada òsgan. Bir akasi va 2 ta singlisi bor. Otasi doim uyda qandaydir nohushlik bòlsa ham Joni yertolaga olib tushib rossa kaltaklar, sòkar edi, lekin bechora onasi hech narsa deyolmasdi. Jo bolalik quvonchlarini kòrmastan katta bòlgan, 8 yoshidan oyoq kiyim tozalagam, 40 ga yaqin ish bilan shug'ullangan, jamasi 16 yoshlarida òg'irlik qilib axloq tuzatish kaloniyasida tun òtkazgan. U ozini barcha narsada omadsiz bolganini, qamoqdagi voqea uning hayotida juda jirkanch yodda qolganini eslaydi.
Lekin u shu voqealarga qaramasdan, uni kòrsatuvlarda, jurnallarda Dunyodagi buyuk sotuvchi deb aytishadi. Jo 15 yillik karyerasi davomida 13001 ta mashinani chakana savdo orqali sotib, Ginness rekordiga kiradi.
#har_qanday_narsani_istalgan_odamga_qanday_sotish_mumkin
@bookworm_st

📚 Ertaga 14-fevral - Xalqaro kitob sovgʻa qilish kuni munosabati bilan kichik tanlov e'lon qilamiz.
Tanlovda ushbu kanalimizdagi har bir obunachi ishtirok etishi mumkin.
😉 Hozircha, doʻstlaringizni ham taklif etib turing. Sovgʻaga 10 ta kitob ulashamiz.
📚 @zukkokitobxon

#Tanlovga #ishtirokchi16
📚 Hayotingizni oʻzgartirishi mumkin boʻlgan uch kitob.
Har bir kitobxonning oʻz oʻqigan kitoblari orasida eng yoqqani va shaxs sifatida shakllanishiga hissa qoʻshgan asarlari boʻladi. Men ham men uchun, oʻylaymanki boshqalar uchun ham foydasi tegadigan uch asar haqida maʼlumot bermoqchiman. Ushbu uch asar quyidagilar: "Dunyoni tebratgan 7 buyuk", " Men kim — Sohibqiron Jahongir Temur" va "Pul alifbosi" asarlaridir.
📕 " Dunyoni tebratgan 7 buyuk " asari ushbu uchlik ichida eng taʼsirlisidir. Ahmad Muhammad Tursun tomonidan yozilgan ushbu asarda Hasan Basriy, Abu Homid Gʻazzoliy, Umar ibn Abdulaziz, Abdulloh ibn Muborak, Salohiddin Ayyubiy, Amir Temur va Avrangzeb Olamgir haqida muhim maʼlumotlar keltirilgan. Ushbu asar nega hayotingizni oʻzgartirishi mumkin? Ushbu asarda kiritilgan yettilik islom olamidagi ulkan ishlarni amalga oshirgan shaxslardir. Ushbu asardagi tarixiy shaxslar haqida oʻqir ekansiz ularning hayot tarzi avval sizni oʻziga tortadi, qiziqtirib qoʻyadi va keyinchalik ularning yashash tarziga taqlid qila boshlaysiz. ushbu shaxslarda boshqa insonlarni hayratga soladigan xislatlar bor. Masalan, butun musulmon diyori halifasi boʻlgan Umar ibn Abdulaziz poyida aqlbovar qilmas boylik boʻla turib, unga eʼtibor bermay, faqat bitta kiyimi borligi uchun uni qurishini kutib, baʼzan juma namoziga kech qolgani yoki oʻz davrining eng katta ulamosi, oʻz davridagi barcha olimlar yetishishni orzu qilgan darajaga yetgan lekin hech qanday achinishsiz bu martabadan uzlatga oʼta olgan imom Gʻazzoliy, savdodan topgan barcha daromadlarini hamisha hech bir malollanishsiz muhtojlarga ehson qilgan Abdulloh ibn Muborak, oʻzining oliy himmati va adolatli tufayli ashaddiy dushmani ham quda boʻlishni taklif etgan Salohiddin Ayyubiydagi xulq-atvor koʻpchilik ega boʻlishni istaydigan koʻrinishda boʻlgan. Ushbu shaxslardagi bu fazilatlar islom taʼsirida boʻlgan. Buning natijasi oʻlaroq ularning bu hayot tarzini oʻziga jo qolmoqchi boʻlgan kitobxonlarda islomga boʻlgan hurmat ham ortadi. Bular shaxsni hayotida katta oʻzgarish qilishi mumkin. (214)
📕 Ikkinchi asar fransuz yozuvchisi Marsel Biron tomonidan "Men fotih Temur" asari asosida yozilgan "Men kim Sohibqiron Jahongir Temur" asaridir. Ushbu asar kitobxonga katta nafi tegadigan asarlar sirasidandir. Asar asosan liderlik sifatlarini shakllantirishga xizmat qiladi. Ushbu asar Amir Temurning shaxsan oʻzi tomonidan yozilgan Men fotih Temur" asarining ingliz tilidagi tarjimasi asosida yozilgani uchun kitobxonga Amir Temur soʻzlayotganday boʻladi. Asar asosida shaxs qatʼiyatli boʻlish, vaziyatni toʻgʻri baholay bilish, har qanday vaziyatda ham adolat tomonida boʻlish va rost soʻzlash, jasurlik kabi xislatlarni oʻzida shakllantirishi mumkin. Nega bunday dedim? Chunki Amir Temurga aynan shu xislatlari ulkan gʻalaba va shuhrat olib kelib, uning nomini tarixga muxrlab qoʻygan. Boshqa insonlar ham shunday yutuqlarga erishishni xohlashadi. Bu kitobni oʻqigan kitobxon oʻzida boshqaruv koʻnikmasi bor yoki yoʻqligini bilib olishi, oʼzidagi rahbarlik qobiliyatlarini yanada rivojlantirishi mumkin boʻladi. (128)

📕 Nihoyat uchinchi asar. Bu asar mashhur biznesmen, kuchli biznes murabbiy Bodo Shefer qalamiga mansub "Pul alifbosi" kitobidir. Bu asar nomidan pul, biznes qilish haqidagi tavsiyalar jamlanmasiga oʻxshashi mumkin. Lekin aslida unday emas. Ushbu asardagi taʼlimotlar maktab yoshidagi qizaloq va uning Mani (Money, inglizcha-pul) laqabli kuchukchasi boshidan oʻrkazgan sarguzashtlari asosida kitobxonga yetkaziladi. Ushbu asar insonlarga yoshlikdanoq pulni qanday ishlab topish va undan qanday foydalanishni ajoyib tarzda tushuntirib beradi. Asar kitobxonga oʻziga ishonch, aniq maqsadni qoʻya olish, qatʼiyat, tortinchoqlikdan qutulish, oʻz imkoniyatlarini toʻgʻri baholash va insonlar bilan kirishimli boʻlishni sodda qilib tushuntirib beradi. Ushbu asarni eʻtiborli jihati yuqoridagilarning hammasi bir hikoya asosida tushuntirilganligidir. "Pul alifbosi" kabi asarlarda hikoya orqali pul muomalasini tushuntirish holatlari kam uchraydi. Ushbu asarni har kim xoh oddiy ishchi, xoh korxona rahbari albatta oʻqishi kerak. (126)
📝 Muallif: @kitob_va_kitobxon
📚 @zukkokitobxon - Kitobxonlik yo'lida!
📝 Muallif: @kitob_va_kitobxon
📚 @zukkokitobxon - Kitobxonlik yo'lida!
Forwarded from Baby_book_zukko
Ҳурматли китобхонлар, тез орада "Зукко Китобхон" дўконини очиш ниятимиз бор.
Ҳозирча, илк қадам сифатида Тошкент шаҳридан бошламоқчимиз. Тошкент шаҳрининг қайси қисмида ўз китоб дўконимизни очишни тавсия қиласиз? Илтимос, фикрларингиз билан ўртоқлашинг.
@Abror_Akbarov_Blog

#Tanlovga #ishtirokchi17
📚 "Hayotingizni oʻzgartirishi mumkin boʻlgan uch kitob"
📕 Akrom Malik - Halqa
Akrom Malik -"Halqa". Bu kimdir uchun shunchaki bir asar nomi,shunchaki bir oddiy kitob xolos.Lekin mana shu "Shunchaki " zamirida soʻz bilan ifodalab boʻlmaydigan ilm, soʻz bilan ifodalab boʻlmaydigan taqdirlar,qilingan xatolar,ulkan sabr,kuchli iymon-e'tiqod va Eng asosiysi Mehribon Alloh nomi yashirindir.
Asarda har bir inson taqdiri,Ya'niki ularning islomga erishish yoʻlidagi qiyinchiliklari,azob-uqubatlari ,avvaliga unga ishonmay keyin haqiqatda Allohning buyukligiga tan berishlari bir halqada jamlangan.
Hech bir qahramon taqdiri sizni befarq qoldirmaydi,siz ularni his etasiz ,qalb tuygʻulari bilan yurasiz ,Ularga qaygʻurasiz.
Asarni o'qiganimda Shafiqa hikoyasida "Alloh unga toʻgʻri yoʻl koʻrsatgin deya aytganim, Abdullohga yordam bergin,Rabbim deb niyat qilganim,Sabriyaga ulkan sabr ato etgin,Xumayroning yukini yengil qil "deya koʻnglimdan oʻtkazganlarimni oʻzim ham bilmay qoldim.
Asar shu darajada taʼsirli yozilganki kitobxon oʻzini oʻsha kemada, oʻsha urushda ,oʻsha oilada tasavvur qiladi
Xulosa:Hech qachon namozni faromish qilmang. Allohga ibodat qilishni zinhor unutmang.
Allohim, so‘zi go‘zal, amali xunuklardan qilmasin. (139)
📕"Imom G'azzoliy - Ey farzand"
å Ba'zi kitoblar borki,siz ularni ilgariroq nega bilmaganingizga,nega o'qimaganingizga va nega hamma ham shunaqa ibratli kitob borligini bilmaganiga afsuslanamiz.Hayotimizni islom va iymon nuri ila bezatishni, Mehribon Allohning suyukli bandasi bo'lishlikni,Allohning bandalariga ko'rsatgan yo'l-yo'riqlarni bilib olishimiz mumkin.
📙Niyatsiz amal bo'lmaydi, yani niyatsiz amal amal emas, niyat qilinib yaxshi tugal qilinmagan amal ham daftarga amal qilinmagan deb yoziladi. (56)
📕 ✍️Shayx Muxammad Sodiq "Yolgʻon"
Tugʻilishimizdan boshlab,toki soʻnggi kunimizgacha tashlagan har bir qadamimiz,qilgan va qilayotgan xatti harakatlarimiz barchasi hisoblidir.Biz oʻzimiz maqul deb bilgan ishlarni qilamiz,lekin uni sarhisob qilinishini unutarkanmiz.
Bir kitob mutolaa qilsak,toʻrt kun davomida oʻqib, obrazlar hayotini soʻnggi umrigacha shu muddat davomida hayotidan nimalar kechgan ,ne ishlar qilgan,boshidan nima koʻrgiliklar boʻlgan bilib olamiz.Endi bizning shu "uzoq hayotimiz"aslida shu asarlar singari toʻrt kunlik yoʻl ekanligi tushunyapman.Mutolaa jarayonida obrazlar hayotini sarhisob qiladigan biz boʻlsak,bizning hayotimiz sarhisob qilguvchi yolgʻiz Allohdir!
Islomda yolgʻon harom va katta gunoh hisoblansa ham,undan kattaroq zararni qaytarish uchun istisno tariqasida uch holatda yolgʻon ishlatishga ruxsat berilgan!
1)Odamlar orasini isloh qilish uchun;
2)Urushda gʻalaba qilish uchun;
3)Oilaning ahlligini saqlab qolish uchun.
Shu vaziyatlardan boshqa holatda bizning har qanday yolgʻonimiz -ENG KATTA GUNOHIMIZ BOʻLARKAN! (119)
📝 Muallif: @booklovers_16

#Tanlovga #ishtirokchi18
📚 " Hayotimni òzgartirishi mumkin bòlgan uch kitob "
📕 " Saodat asri qissalari "
✍️Ahmad Lutfiy Qozonchi
Asarda olamlarga raxmat qilib yuborilgan Rasulimizning tuģulishlaridan boshlab bizga hidoyatni, Islom va ilm dinini olib kelishlari , haq dinni olib kelish uchun chekkan mashaqqatlari haqida sòz boradi. Alloh Rasulimizga bergan sharafli dinni yuksaltirishda hech nima tòsiq bòla olmadi. Òzining kitob mutaolasini boshlamoqchi bòlib turgan barcha mòminlar uchun chinakam ibrat va hidoyatga eltuvchi kitob bòla oladi bu asar. Asarda paygambarimizning siyratlari va saodat asri keng kòlamda va ajoyib tarzda yoritib berilgan. Chinakan mòminlar albatta Paygambarini tanishi va òz dinini bilishi kerak va bu kitob aynan shu vazifa uchun yaratilgandek nazarimda. Payģambarimiz s.a.v " Sizlardan birortangizga men bolasidan , otasidan , odamlarning barchasidan sevimli bòlmagunimcha imonli bòla olmaydi " deganlaridek. Bu kitob Payg'ambarimizga muhabbatimizni yanada oshirishga xizmat qiladi in shaa Alloh (104 sòz)
📕 "Izlash"
✍️ Mexmet Yildiz
Mexmet Yildizningning hayotiy voqealarga asoslanib yozilgan ushbu asarida tolei kulmagan yoshgina yigitchaning 360° ga òzgarib ketgan hayotiga guvoh bòlamiz. Asardagi qahramonimiz johilliklar , zòrovonliklar , ruhiy azoblar , afsus nadomatlar girdobiga tushib qolgan haq yòlini yoqotgan bir vaqtda haq yòlga yòlboshchilik qilishni niyat qilgan yoshgina Fotima ustozni Mexmetga huddiki toģri yòlga boshlovchi shaxs siymosida gavdalanishi haqida sòz boradi. Qahramonimiz hayotidan ozgina bòlsa ham umid qidiradi va bu yòlda tòxtab qolmaydi. Fotima ustoz orqali Alloh tomon anchagina odim tashlaydi. Alloh Fotima ustozni mana shu vazifa uchun yuborgandi qahramonimizga. Fotima ustoz uning armuğoniga aylandi. Mexmet avvalgi hayotida ozini kòp yolģiz, ojiz his qilardi vaholanki bu yolģizlik emas Allohdan uzoqlik ekanini anglaydi. Asarni oqigan har bir inson yetarlicha mahorat darslarini oladi va yashayotgan hayotini taftish qilib kòradi albatta. (119 sòz)
📕 " Iymon va huzun "
✍️ Said Chamlija
Asarda "Imtixon dunyosi" sòzi qayta qayta takrorlanadi. Hayotda barchamiz tashvish va muammolarga duch kelamiz , aslida bularning bari hayotning bir bòlagi ekanligini hayotdagi xastaliklar ham imtixon dunyosining bir bòlagi ekanligi judayam keng ma'noda uqtirilgan. Asar yozuvchisi "Yomon kitob o'qish xiyonatdir. U biz òqimagan minglab yaxshi kitoblarni òqishdan mahrum qiladi" deganidek bu kitob hayotga yaxshi yashashga , boriga shukr qilishga , mashaqqatlar va qiyinchiliklarga sabr qilishga va Allohning berganlari ustida hisob qilinishimizni anglashga juda katta turtki bòla oladi in shaa Alloh. Kitobni oqigan insonni Payg'ambarimizga bòlgan muhabbati yanada oshishiga shubxam yòq. Chunki Paģambarimizga bòlgan eng kuchli muhabbati iymondandir. Asarni o'qigan barcha Allohdan umrni ham òlimni ham xayrlisini istab duo qilishni boshlaydi. Asarni o'qishni barchaga tavsiya qilaman (108 sòz)
📝 Muallif: @shunchakigapir

#Tanlovga #ishtirokchi19
📚 " Hayotiingizni òzgartirishi mumkin bòlgan uch kitob "
"Hayotingizni o'zgartirishi mumkin bo'lgan uch kitob"
Yo'q men bu haqida emas balki Hayotimni o'zgartirgan 3 kitob haqida yozmoqchiman😊. Inshaa Alloh sizlarga ham yordam bera oladi..)
Biz insonmiz, ongli mahluqotmiz va biz xato qilishga moyilmiz. Shunday damda bizni u xatodan to'g'ri xulosa chiqarishga yoki u xatoni qilmaslikka o'rgatadigan bir shaxsning "turtki"si bo'lishi kerak.
#Bismillah
📕 "O'gay ona" Ahmad Lutfiy Qozonchi
Ushbu asar ko'nglimga to'laqonli kira oldi deya qo'rqmasdan ayta olaman.
"O'gay ona" deganda ko'pchilikning ko'z o'ngida zolim ayollar hamda kaltaklanayotgan bolalar gavdalanadi. Agar sizda ham shunday bo'lsa marhamat ushbu asarni o'qing. Balki ba'zi o'gay onalarga mehringiz ortar..)
Asar qahramoni Fotima qizlar uchun, onalar uchun ibrat namunasi hisoblanadi. Uning tarbiyasi go'zalligini va hattoki marhum kundoshiga ham ortidan qilgan go'zal yaxshiliklari ila ko'ra olamiz.
Hozir shunday zamondamizki hatto onalar o'z farzandi uchun bunchalik mehrli bo'la olmaydi, asarimiz qahramoni esa o'z mehrini 6 bolaga yetkiza oladi..)
Asarda bola tarbiyasi qanday nozik ekanligi, unda nimalarga e'tibor qaratilishi kerakligi kiritilgan. Go'yoki onalarimiz uchun maktab badiiy darsligidek.
Ushbu kitobni qayta qayta o'qing. Agar siz farzandlaringizga go'zal tarbiya berishni istasangiz faqat o'qimang, balki uni uqing😊. (118)
📕 "Olim yetishtirgan onalar" Murat Tosun
Farzand tarbiyasi oilada muhim o'rin tutadi. Farzand tarbiyasi bilan tabiiyki asosan onalar shug'ullanadi. Avval onani o'zi tarbiyali bo'lsagina, so'ng farzandlari go'zal xulqli bo'ladi oladi. Zero "Olmaning ostiga olma tushadi". Ushbu asarimizda onalar uchun ibrat bo'lgan onalarimiz va ularni tarbiyada qanday buyuk ishlarni qilgani haqida bayon qilingan.
Asar nafaqat ayollarga balki muslima qizlarimizga ham ibrat bo'la oladi. Taqrizim orasida asarning meni hayot tarzimni qanchalik o'zgartirib yuborganini bayon qilib o'tmoqchiman. Kanalim kuzatuvchilariga ma'lumki kanalim avval o'z ismim bilan nomlangan va kanalimda asosan o'z shaxsiy hayotimni berib borardim. Shu hol davom etdi qachonki qo'limga "Olim yetishtirgan onalar" kitobini olib, unda ushbu jumlani o'qigunimcha
"Bugungi kunimizda ming afsuslar bo'lsinki, musulmonmi, kofirmi - farqi yo'q, ayollar har xil holatdagi rasmlarini, shaxsiy hayotiga oid onlarini ... internet tarmoqlarida ulashishadi. ... Ichimda bir otash yongan holda aytamanki, ro'molli ayollar ham yuzini berkitib, ko'zlarining maftunkorligini ko'z-ko'z qilgan holdagi rasmlarini millionlab erkaklar ko'radigan maydonda namoyish qiladilar"
Ey muslimam sizga sirlilik yarashadi. Zero biz ayollarini ismini ham nomahramlar orasida aytilishiga hayo qiladigan din farzandlarimiz. Ushbu jumlalar sizning ko'nglingizga biroz tasir qilgan bo'lsa, siz asarni o'qing. Ishonib aytamanki ushbu asar sizning hayotingizni o'zgartira oladi..) (180)
📕 "Halol luqma" Rauf Jilasun
Tepada yozgan taqrizlarimda onaning farzandlariga tarbiyasi haqida yozib o'tgan bo'lsam, ushbu taqrizimda oilada ota tarbiyasi haqida ketadi.
Asarda yeyilayotgan luqmaning halolligiga katta e'tibor qaratilgan.
Asarimiz qahramoni Yusuf hattoki o'z mehnati bilan ishlab topgan pulini ham halolligiga e'tibor qaratgan. Hattoki unga haq to'laydigan shaxsning puliga oz bo'lsada harom aralashgan bo'lsa u bu pulni olmagan. Farzandlariga ham halol yedirgan. Lekin uning bir muammosi bor edi. Abdulkarim...
Olib qochib ketgan farzandi. Asarni o'qish davomida Nega uni olib qochib ketganini va unga qanday tarbiya bera olganini bilib olishingiz mumkin.
Biroq shunday bo'lsada Yusufbey halollik ramzi hisoblanadi. Nafaqat Abdulkarimga balki o'z farzandlariga ham ushbu halolligi tufayli juda go'zal tarbiya bergan. "Halol insonning dili, yo'li to'g'ri, darajasi ulug'".
Zero musulmon inson har doim faqat halol yeyishi, haromdan hazar qilishi lozim. Asarda aytib o'tilganidek "Har narsaning haloli bo'lsin"..) (131)
📝 Muallif: @kitapci_kiz

#Tanlovga #20ishtirokchi
📚 Hayotingizni o'zgartirishi mumkin bo'lgan uch kitob
📕 Mahmud Olaqosh: «Peshonamdagi nur».
Turk yozuvchisining ushbu asari butun musulmon dunyosi uchun haqiqiy nodir asarlardan hisoblanadi. Asarda Yaratgan Alloh taolo, din tushunchalari, iymon- e'tiqodli bo'lish kabi tushunchalar, insonni komillikka yetaklaydigan jihatlar asosiy g'oya sifatida xizmat qiladi. Ha, odamzod o'limi yaqin bo'lsa, buni aniq his qilsa; boshiga sinov kelganda Yaratuvchimiz Allohni yodga oladi; Unga iymon keltiradi, yashashni xohlaydi. Bu jarayonda esa insonning yonida yo'lboshchisi, muallimi, shamchirog'i bo'lmog'i lozim. Yozuvchi asarda aynan shu jihatlarni o'ziga dasturilamal qilib olgan. Asar mutolaasidan so'ng ko'z ochib ko'rganimiz - dunyoga nima uchun, nima maqsadda kelganimizni chuqur anglab yetamiz. Kitobni o'qish davomida undagi "Avval inson, keyin musulmon bo'laylik" so'zlari chuqur mushohada qilishga undaydi. Asarni o'qib, yozuvchining diniy bilim egasi ekanligini bilib olamiz. (110 so'z)
📕 Akrom Malik: «Halqa»
O'zbek adabiyotidagi shedevr, "tog'ni tolqon qiladigan" asarlardan biri. Adabiyotni o'limidan uzoqlashtiradigan asar.
Asarda adolatsizlik, bedinlik, kofirlik kabi tushunchalar yaqqol yoritib berilgan. «Bugun mohiyatga qaytish fursati yetdi. Millat o'zligini anglashga intilar ekan, albatta, Xudoni tanishga majbur».
— Nega o'zligimizni, kim ekanligimizni unutib qo'ydik?
— Nega mohiyatdan uzoqlashdik?
— Nega behuda qon to'kilishini bunchalar xohlaymiz?
— Sabab nimada?
Kitobni o'qib chiqsangiz, ushbu savollarning barchasiga to'la javob olasiz. Musulmon jamiyati insonlarini yagona halqa — islom dini birlashtirib turadi. Asar nomi ham shundan kelib chiqqan. Bu asarni barcha musulmon ahli o'qib chiqishini istagan bo'lardim. Asar mohiyatiga esa uni qayta o'qish orqali chuqurroq tushuna borasiz. (95 so'z)
📕 Tog'ay Murod: «Otamdan qolgan dalalar»
Yozuvchi bu asari yakunida «Men o'zbek xalqiga haykal qo'yaman» deb aytib o'tadi. Darhaqiqat, nafaqat xalqqa, balki asarga, uning yozuvchisiga ham haykal qo'yish kerak!
Yozuvchi bu asari orqali o'zbek xalqining shonli tarixiga nazar tashladi; har bir xursandchilik tubida qonli janglar mavjudligini ko'rsatib berdi. Millat bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilmasa, uning qo'lidan hech narsa kelmaydi; butun xalq, balki butun dunyo tanazzulga yuz tutadi. Asarni o'qish davomida har bir obraz, mehnatkash, mard, Yerni hammasidan ustun qo'yadigan o'zbek o'g'loni, dehqoni taqdiriga, balki butun hayotiga achinasiz; baxtiga sherik, qayg'usiga hasratdosh bo'lasiz.
«Otamdan qolgan dalalar» — har jihatdan (lingvistik, badiiylik, so'z boyligi va albatta realizm) boy bo'lgan asardir.
Tanqidiy kayfiyat bilan yozilgan bu asarni o'qishingiz davomida, shuningdek, o'zbek xalqining naqadar sodda bo'lganini ham tushunib borasiz. (119 so'z)
📝 Muallif: @Fazodasblog

🎁 Siz uchun tayyorlab qo'ygan yangiliklarimiz, sovg'alarimiz juda ko'p!
Ulardan biri rahbarimiz o'z bloglarida bilmasdan ma'lum qilib qo'yibdilar. 😀
Ha, tez orada "Zukko Kitobxon" o'z rasmiy do'konini ishga tushiradi. O'zingiz istagan kitobni buyurtma bera olasiz. Sovg'alari bilan eltib beramiz.
💣 Lekin, eng katta yangiligimiz hali oldinda. U nima bo'lishi mumkin? Siz nima deb o'ylaysiz?

YANGI TARJIMA KITOBLAR
⚡️ Diqqat, navbatdagi bosqich shartlari! Avvalo, barchangizga tanlovda roʻyxatdan oʻtkaningiz uchun oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz. Arizalar soni juda koʻp boʻlgani uchun ular ikkiga boʻlishga qaror qildik: 📚 Bloglarini faqat kitobxonlikka bagʻishlaganlar;…
II bosqich natijalarini eʼlon qilish kechikadigan boʻldi.
Buning uchun uzr soʻraymiz.
Ishtirokchilar juda koʻp. Har bir taqrizni saralab, tahrirlab, e'lon qilish biroz vaqt talab qilyapti.
Barchangizga sabringiz uchun oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz. Umid qilamizki, bizni toʻgʻri tushunasiz.
✅ Oʻz vaqtida yuborilgan barcha taqrizlar e'lon qilinadi.
@zukkokitobxon

#Tanlovga #ishtirokchi21
📚Hayotimni o'zgartirgan 3 kitob
📖Abadiyat qonuni
"Abadiyat qonuni nima o'zi? U qanday ishlaydi dersiz.Abadiyat qonuni bu bir-birimizga beradigan yordam va shifobaxsh so'zlar.Men sizga siz do'stingizga do'stingiz boshqasiga...Shu tariqa davom etaveradi".Bu qonun asarning bosh qahramoni Bachana Ramishvali tomonidan aytilgan.Asarda qonunni su'iste'mol qilmaslik,uni toptamaslik haqida aytiladi. balki uqtiriladi ham.Qonunlar huquqni himoya qiladiganlari emas balki yozilmagan ammo qadri katta bo'lganlari haqida ketadi.Halollik, oqko'ngillik,jo'mardlik,adolat...Bu kitobni hozirda o'qib chiqib ancha bilimlarni o'rganish mumkin menimcha.(Asar hozirgi zamonning qaysidir qatlamini ochib beradi.Tavsiya qilaman.) (83ta so'z)
📕"Qirolichaning yurishi"
Kichik jussasi 8 yoshli Elizabet Harmon.Boshidanoq asar o'z domiga tortadi.Aynan Elizabet tufayli men o'z Lizelimni kashf qildim qaytadan. Qaytmaslik,jasurlik, g'urur, o'ziga bo'lgan Ishonch.Ha albatta bu hammada ham bo'lavermydi.U qiz bo'lib tug'uldi va o'z davrida qirolicha unvoniga ega bo'ldi.Yana hatto qizlar, ayollar ham jamiyatda bemalol o'z o'rinlarini topa olishlarini isbotladilar.Ha bu allaqachon isbotlangan ammo u yashagan paytni inobatga olsak u uchun bu ancha qiyin edi.U shaxmat doskasidagi haqiqiy qirolicha...Men asardan o'zgacha zavq oldim.U oddiy insonlardek yashadi.Balki uning hayotida qora dog'lar bo'lgandir ammo u qiynalib bo'lsada yangi sahifa ocha oldi.Menincha Elizabet Harmondan ham o'rganadigan narsam ko'p. (109 so'z)
📖"Alfido"
Asar bevosita insonni ko'zlariga yosh keltiradi.Ha bu g'alati."Faqat shu dunyo uchun yaralganmisan? " - savoli insonni qiynaydi.Ertam uchun nima qildim?Axir barchamiz sinovli dunyo deymiz bu dunyoni.Hammamiz yolg'on dunyo deymiz u uning ichiga sho'ng'ib ketamiz.Xuddi men va siz kabi bir qiz bir inson dunyoni tashlab o'z yo'liga qaytdi.Ajoyib qaytish....Ali- chi? Ali aslida alfido menimcha.u ham bir necha bahor oldin tug'ulgan bo'lsa ajab emas.Jo'ka daraxtini yoki yomg'irni ko'rsam o'sha asar esimga tushadi.Asarni o'qir ekanman Ali bilan suhbatlashdim.Zaynabni Mittivoy bilan birga azonda uyg'otdik.Zaynab va Alining uyiga mehmonga borganimda Asmo kabi men ham ularning uyida televizor yo'qligini ko'rib dilim yayradi.Ha u yerda hali hamon azon bilan kunlar boshqarilyapti be'mani ko'rsatuvlar bilan emas.Ularning bo'sh vaqti yo'q ular birga kitob o'qiydilar.Kitoblari ham ancha katta joyni oladigan bo'lib qoldi menimcha. Eng qizig'i mening ham alfidoim Zaynabdek bo'lishini istadim.O'zim Alidek bo'la olarmikanman? (148 so'z)
📝 Muallif: @Neyrojarroh2023

#Tanlovga #ishtirokchi8 📚 Hayotingizni õzgartira olishi mumkin bõlgan 3 kitob . 📕 SAODAT ASRI QISSALARI.... Bu kitobni bir necha oy avval õqishdan oldin achchiq kõz yoshlaring seldek oqishini bilganmiding sen ? Yomon insonlardan xafa bōlib , vijdoningni…
❌ 8-raqamli ishtirokchi plagiarizm (ko'chirmakashlik) sababli II bosqichdan chetlatildi.
📚 @zukkokitobxon - Kitobxonlik yo'lida!
📚 @zukkokitobxon - Kitobxonlik yo'lida!
#Tanlovga #ishtirokchi22
📚 "Hayotimizni o'zgartirishi mumkin bo'lgan uch kitob"
1.📚"Mariya" 👤Amina Shenliko'g'lu
Ushbu asar qahramoni Mariya orqali bir jihatdan insonning mutloq dinga xizmat qilmagan holida o'zini dindor deb o'ylashini, ongli ravishda fikrlash orqali episkoplarning dinini nega himoya qilmagani ortidan hidoyatni topishini, atrofidagilar qarshi bo'lsa-da, o'zini to'g'ri deb bilgan yo'ldan voz kechmasligi nasroniy qizning islomga kirishi bilan tasvirlangan. Islom dinidagi yoshlarning G'arb o'lkalariga taqlid qilishlari, hatto o'z dini va madaniyatlaridan ham uyalishlari ortida har birimizga o'rnak bo'ladigan jihatlar ko'p. Chunonchi, bizning yoshlar ham ba'zida mana shunday xatoliklarga yo'l qo'yishlarini hisobga olsak,ularga bu asar go'zal o'rnak bo'la oladi.(85ta so'z)
2.📚"NiSi O'zni shakllantirish" 👤Jen Sinsero
Jen Sinseroning ushbu asari insonning barcha qobiliyatlarini ko'rishga yordam beradi. Maqsadlari tomon yengilmas kuch ila harakatlantiruvchi haqiqiy elektroshoker! Ba'zi maqsadi bor, lekin ularga erishishga irodasi yetmaydigan, o'tmishdagi hayoti va xatolarini deb o'zini kechira olmaydigan insonlarga, o'zini nuqsonlarini afzalliklaridan ko'ra ko'proq ko'radigan odamlarga bu kitobni tavsiya qilaman. Bir insonning naqadar katta quvvatga egaligini bilish va uni to'g'ri yo'naltirish uqtirilgan ushbu asar shaxsiy biznesini yo'lga qo'ymoqchi, do'st topmoqchi yoki o'z hayotini "yo'qotib qo'ygan" insonlarga qo'llanma bo'la oladi. Kitob o'quvchining hayotini o'zgartirib yuboradigan kitobdir. Kitobning nega "NiSi" deya atalganining sababi Sinseroning tavsiyalari sharq hikmatiga yo'g'rilganligi, Rumiy hazratlarining nasixatlaridan psixologiyada mohirona foydalana olganligi sababdir.(100ta so'z)
3. 📚"To'ydan keyin ham muhabbat bo'lsin" 👤Sema Marashli
Ta'riflarga til ojiz, ushbu yo'nalishda yozilgan kitoblar ichra tengsiz (!) va har bir oila qurish arafasidagi yo qurib bo'lgan har bir insonga ushbu kitobni o'qishni tavsiya qilardim. Oilada ko'p uchraydigan er-xotin bir -birini tushunmasligi, qarashlar, qiziqishlar va hayot tarzi farqlari, qaynona kelin muammolari, qadrsizlik kabi masalalar juda tushunarli va jiddiy yoritib berilgan. Vaziyatlarning turli tomonlardan taxlili insonni o'z hayotini yodga soladi va yechimni hayotga tadbiq qilishga yo'naltiradi. Bir oz kulgu va bir oz achinarli holatlar aks etgan ushbu asar orqali oilalar yanada mustahkamlashadi, ularning turmush tarzini, hayotini o'zgartiradi☺️. (88ta so'z)
📝Muallif: @Bintu_Bs_world

🎆 Bugun bayram, bugun xalqaro kitob almashish kuni!
Bugun kimnidir xursand qilishga sizda sabab yetarli. Shunchaki kitob do'koniga boring. O'zingiz ma'qul deb topgan kitobni sotib oling. Agar qanday kitob tanlashni bilmasangiz, sotuvchidan so'rang. Ular eng yaxshi mutaxassislar.
💝 Kitobni o'ratayotganda mehringizni ham qo'shib yuboring. Mehr bilan o'qiladi-da! 😉
P.S.: Kimdandir kitob olmoqchi bo'lsangiz shu xabarni ikkilanmay unga yuborib qo'ying. 😜

💥 Bugun bayram! Bayram esa sovgʻa bilan chiroyli.
📕 Shunchaki, "Ishtirok etaman" tugmasini bosing va sovgʻa kitoblarimizdan birining egasiga aylaning.
📚 @zukkokitobxon
*****
G'oliblar:
✅ Mohinur Dilmurodova
✅ Javohir
✅ Bibliofag Boy
✅ ن
✅ Нурмухаммад,
✅ Mehrangiz
✅ Dildora Obidova
✅ Khurramova Sarvinoz
✅ Pluviophile☔️🌊
✅ Murodjon Sharopov

Forwarded from . (Iroda)
#Bismillah 📿
📚 Kunning boshlanishi juda ajoyib boshlandi🤗. Kecha " Ertaga kitob yomģiri yoģsaydi" deb rosa òylagandim. Judaa kitob yomģiri yoģmadiku , yomģirli kunda kitob olish nasib qildi.🤩 Allohning raxmati osmonlarda tòkilayotgan kunda Allohdan rizolik israb savob qilayotganlarga Allohning jannati nasib qilsin ilohim. 🤲 Kitob uchun https://t.me/ZukkoKitobxon nashriyoti asoschisi Abror aka Akbarovga alohida tashakkurlar aytaman☺️ va barcha " Zukko kitobxon" jamoasiga òz minnatdorchiligimni bildiraman☺️. Bu kitobni yaqinda òqib turish uchun olgandim lekin nasib qilmagandi🥺. Juddayam hursandman 🥳. Ishlaringizga rivoj tilayman. Doim shunaqa kitobxonlarni kitob bilan siylash sizlardek bizga ham nasib qilsin🤲Haqqingizda doim duodaman🤗
#Barchaga_kitobli_kun_muborak😋😇🥳
Hurmat bilan : https://t.me/shunchakigapir

📚"Hayotimizni o'zgartirishi mumkin bo'lgan uch kitob"
📕Ikki eshik orasi. ✍️O'tkir Hoshimov
Eng sevimli asarlarimdan biri,nafaqat meni balki koʻp kitobxonlar oʻqigan ilk asarlardan biri boʻlsa kerak. Asar "2-Jahon Urushi" dan avvalgi hayot, urush davri va undan keyingi qaysidir maʼnodagi qora kunlarni yoritib beradi. O'zbek xalqing dardi, azoblari, matonati va haqiqiy oʻzbek ekanligini ushbu asar orqali bilib olishimiz mumkin. Asar shunday ruhda yozilganki, oʻqib turib avval yiğlab, keyin esa kulasiz, yana oʻsha paytdagi oddiy bir insonlarni achchiq hayotlarini roʻy-rost koʻrsatib berilgan.
O'qishi kerak: Har bir oʻzbek yigit chunki asarda mardlik vatanparvarlik ruhi keng maʼnoda toʻliq namoyon qilingan. Har bir oʻzbek qizi, ayoli oʻqishi kerak sababi haqiqiy ayol, oʻzbek ayoli qanday boʻlishi, oilasini, vatanini qanday qilib sevib, uni qanday qilib boʻlsa ham tinch saqlashga harakat qiluvchi asar qahramonlaridan oʻrnak olish uchun, ulardek inson bo'lish uchun(matonatli, kuchli, sabrli va sadoqatli)... (125)
📕QO'RQMA. ✍️JAVLON JOVLIYEV
Ha bu oʻsha kitob, oddiy kitob emas, biz aynan bizga oʻxshagan o'zbek bolalarining taqdiri, fidokorligi va matonati haqidaga roman
Roman o'tgan asrning yigirmanchi yillari Germaniyada tahsil olgan va sobiq Sovet Ittifoqi tomonidan shafqatsizlarcha qatl etilgan millat yigit-qizlarining xotirasiga bag'ishlanadi.
Roman voqealarini qisqacha so'zlar bilan ifoda etib bólmaydi. Barchasi shu qadar tig'izki, shoshirib qo'yadi. Milliy va sof muhabbat, ko'rinmas va oshkor fojiyalar, tarix, bugun va ertaning bir-biriga boğlangan halqasi, rostlik davosidagi yolg'onlar, ruh va qondagi paradokslar biz o'quvchilarni o'tmish va kelajak kuyiga va dardiga asir qiladi, o'ylatadi, yig'latadi va achchiq-achchiq kuldiradi. O'tgan asr boshida Germaniyada o'qigan talabalar, ular ishlari va fojiyali qismati bugungi biz yoshlarni juda jiddiy o'ylantiradi. Oʻqib ko'rishni hammaga tavsiya qilaman! (112)
📕ALFIDO🍀. ✍️ONUR QOPLON
Kitobning boshi biroz zerikarli, o'rta betlariga yetib borguningizcha o'qigingiz kelmasligi ham mumkin, ammo aslo unday qilmang! Kitobni yopib be'etibor qoldirmang! Oxirigacha o'qing va uqing!!!
Kitobni yig'lamasdan oʻqib bo'lmaydi, ishoning koʻzimda yosh bilan tugatdim bu kitobni. Kitobda meni va sizni tafakkurga undovchi shunday savollar borki, ularni o'ylamasdan bo'lmaydi, javob topmasdan bo'lmaydi. Shunday soʻzlar borki, o'ylaganingiz sari ko'zingizdan yosh oqmay iloji yoʻq... Agar mendek emotsiyali inson bo'lsangiz, juda ham ta'sirlanasiz🥲
Bosh qahramon Zaynabning nafsi bilan suhbatlari, oʻzi bilan oʻzi kurashgan joylari nsonni o'ziga savol berishga, yaxshi yoki yomon banda ekanligini bilishga chorlaydi. Ya Rabbiy gunohlardan qoraygan qalbimizni oʻzing isloh qil... Zero qalb salomat boʻlsa, inson ruhi ham salomat boʻladi...
•Ham jannat hayotini istabman-u, ham dunyoga qattiq bog'lanibman. Bu nimasi nafsim?!
Ushbu savolga javob berish doimgidek o'quvchi va uquvchining oʻziga havola🍀 (128)
📝Muallif: @bookbloger_girl (instagram)