YANGI TARJIMA KITOBLAR
1.25K subscribers
398 photos
22 videos
3 files
390 links
"Yangi Tarjima Kitoblar ruknining rasmiy telegram sahifasi

📚 Badiiy adabiyotlar;
📚 Bolalar adabiyoti;
📚 O'quv qo'llanmalar;
📚 Husnixatlar.

🖨 Barcha turdagi chop etish xizmatlari

📌 Toshkent sh., Langar k-si, 78-uy
Download Telegram
#KitobxonFikri #Mariya

📚 Mariya ❤️
✍️ Amina Shenliko'g'lu
"ZUKKO KITOBXON" nashriyoti 288 bet

Mutolaa boshlanish vaqti: 22.01.2022. 21:50
Tugash vaqti: 25.01.2022. 23:44

Amina Shenliko'g'lu opamizga tasannolar.
Ularning qalamlariga mansub asarlari bilan tanishganlarimning orasidagi tengsizi Mariya deb baralla ayta olaman.

Kitobni qo'limga olishim 14-dekabr bo'lgan bo'lsa, mutolaani boshlashim 22-yanvarga to'g'ri kelgan ekan.

Kitobni o'qigach birinchi galda bu kitobni ilgariroq o'qimaganim uchun o'zimni koyidim albatta.

Garchi Amina Shenliko'g'lu opamizni Mariya asarlari Ishqqa yengilmayman asaridan ancha ilgari kitobxonlar qo'liga taqdim etilgan bo'lsada Mariyani o'qishim Ishqqa yengilmayman kitobidan keyinga to'g'ri keldi va bu yaxshilikka deb qabul qildim.

Sababi Ishqqa yengilmayman asari yakuni hafsalamni pir qilgandi.
Mariya bilan ham xuddi shu axvol takrorlanadimi deb turgandim. Hayriyat unday bo'lmadi.

Yozuvchining mahorati shu qadar ajoyibki so'nggi sahifalarida emas so'nggi misralarda... Ma Shaa Alloh
Alhamdulillah Subhanalloh deb yuborasiz beixtiyor.

Asardagi voqealar haqida gapirib o'tirmayman, faqat shu narsani aytmoqchimanki agar siz Mariyani o'qimasangiz ko'p narsani yo'qotgan va hayotingizda yo'l qo'ygan xatolaringizni yana bittaga ko'paytirgan bo'lasiz.

Yoqimli mutolaa 📚❤️

#taqriz #book #books #booklover #bookstagram

©️ kitobnuri (instagram)

📚 @zukkokitobxon - kitobxonlik yo'lida!
«Ишққа енгилмайман» сизнингча қандай китоб?
Anonymous Poll
43%
Зўр
35%
Яхши
13%
Унча яхши эмас
8%
Ёмон
YANGI TARJIMA KITOBLAR
«Ишққа енгилмайман» сизнингча қандай китоб?
📖 Omina Shenlikogʻli qalamiga mansub "Ishqqa yengilmayman" kitobini oʻqib chiqqan kitobxonlar oʻz fikringizni bildirishingiz mumkin.

📚 @zukkokitobxon
Duellarimiz davom etadi. Bugungi "jang" ishtirokchilarining koʻpi adabiyotsevar. Bu oʻyin murosasiz kechishini anglatadi.

🔴 "Qizillar"

@Tav_uz
@kitob_book
@moons_bblog
@menbilganhaqiqatlar
@booklandia_uz (instagram)
@book_blog_27

🔵 "Koʻklar"

@kutubxonamdan
@mutafakkira
@mille_uz
@mutolaa_olami
@read.kitap (instagram)
@kit0bim

📌 20:00da @zukkokitobxon_chat da koʻrishguncha.

📚 @zukkokitobxon - zukko kitobxonlar uchun
#KitobxonFikri #IshqqaYengilmayman #Taqriz

📚 Ishqqa yengilmayman
Amina Shenliko'g'lu


Tarjimon Noila Xolmuhammad
"ZUKKO KITOBXON" nashriyoti
272 bet

​​" Musulmonlik Allohga taslim bo'lish demakdir. Men Allohning diniga ishonyapman, lekin buyruqlariga hozircha taslim bo'la olmayapman... "

"Vallohi bu qandayin asar bo'ldi?!" Asarni qo'limga olgach, sahifalarni varoqlab, ilk aytgan gapim shu bo'ldi.

Sechio'g'lular xonadoni:

Bu xonadonda turmush o'rtog'i xiyonati sabab, turmush o'rtog'idan o'ch olishni maqsad qilib, men ham senga xiyonat qilgandim degan, shu yolg'oni sababli keyingi hayotida qaylig'i bilan yaxshi hayot kechira olmagan, aynan shu yolg'onini deb o'z o'g'lidan mehr ko'ra olmagan ona yashardi bu xonadonda;

Bu xonadon bir-birini tushuna olmagan, yagona istagi bir-biridan o'ch olishni niyat qilgan ota onaning farzandiga boshpana edi. Onasi otasiga aytgan, otasi esa biriga ming qo'shib bolasiga aytgan yolg'onga ishongan va shu yolg'on sabab uni bu yorug' dunyoga keltirgan onasidan butun umr nafratlanib, onasiga mehr bermagan farzandning uyi. O'z ayolidan qo'rqqan, butun boshli xonadonga yetakchilikni ayoliga berib qo'ygan erning uyi;

Bu xonadon farzandlariga va atrofdagilarga dinni yomonlab, har bir ishni o'z foydasiga qiladigan, butun boshqaruvni o'z qo'liga olgan, dindorlardan nafratlanadigan "Universitetda hurmatga sazovor bo'lgan daxriy professor honim" ning uyi edi.

Shuningdek bu uy hayotida adashgan Belgin hamda uning egizak farzandlari turadigan makon edi bu xonadon.

Yunus!... Bu xonadonning o'g'li bo'lib u barcha qizlarni o'zimniki qila olaman degan o'y-fikrlar bilan yengil yelpi hayot kechirardi.
Onasining birgina topshirig'i hayotini tubdan o'zgartirishi uning yetti uxlab tushiga ham kirmagandi.


📝 Taqrizning davomi bilan ushbu linkda tanishib chiqishingiz mumkin.

📚 @zukkokitobxon - kitobxonlar uchun
08. Hech bir uchrashuv tasodif emas
Zukko Kitobxon
#audiomutolaa

Kitob: Hech bir ushrashuv tasodif emas (8-qism)
Muallif: Hakan Mengyuch
Notiq: Baxtiyor Mo'minov

🎧 1-qism 🎧 7-qism
🎧 2-qism
🎧 3-qism
🎧 4-qism
🎧 5-qism
🎧
6-qism

📘 Kitob holida - 30 000 so'm.
Yetkazib berish xizmati mavjud!

📮 Muroajaat uchun: @Xujakeldiyev_235

📚
"Zukko Kitobxon" - kitobsevarlar uchun!
⚔️ Kechagi bo'lib o'tgan duel loyihamizda yirik hisob bilan "qizil" jamoaning qo'li baland keldi.

Navbatdagi duel esa ertaga, 20:00da bo'lib o'tadi.

Borgan sari g'oliblikka davogarlar soni kamayib bormoqda! Balki chempion aynan sizning sevimli bukblogeringiz bo'lar?

Ertangi o'yinda ishtirok etuvchi jamoalar:

🔴 "Qizillar"

@bookstagram_uz
@bookuz_jizzax
@kitobxon_fikri
@black_book_black (instagram)
@bu_kozimjonova

🔵 "Ko'klar"

@among_mag1c_books
@tursunoff_kutubxonasi
@shunchakigapir
@kitobxonqizlar
@NS_Academy
@doctorsmind

📚 @zukkokitobxon - kitobxonlik yo'lida!
😎 Biz o'z telefon raqamimizni yangiladik!

📞 Endi nashriyotimiz faoliyati, kitoblarimiz haqida ma'lumotlar, buyurtmalar va ulgurji sotib olish shartlari haqidagi barcha ma'lumotlarni ushbu telefon raqam orqali batafsil olishingiz mumkin!

+998958005500 raqamini o'z mobil telefongiz xotirasiga "Zukko Kitobxon" deya saqlab qo'yishni unutmang! 😉

🌐 Telegram | Facebook | Instagram | Sayt
Forwarded from M1racle books📚 (Asalxon Otaxonovaッ)
#iqtibos

Sizning vazifangiz muhabbat izlashda emas, shunchaki unga qarshi yaratilgan ichingizdagi barcha to’siqlarni izlash va topish)

@m1racle_books
09. Hech bir uchrashuv tasodif emas
Zukko Kitobxon
#audiomutolaa

Kitob: Hech bir ushrashuv tasodif emas (9-qism)
Muallif: Hakan Mengyuch
Notiq: Baxtiyor Mo'minov

🎧 1-qism 🎧 7-qism
🎧 2-qism 🎧 8-qism
🎧 3-qism
🎧 4-qism
🎧 5-qism
🎧
6-qism

📘 Kitob holida - 30 000 so'm.
Yetkazib berish xizmati mavjud!

📮 Muroajaat uchun: @Xujakeldiyev_235

📚
"Zukko Kitobxon" - kitobsevarlar uchun!
#KitobxonFikri #HechBirUchrashuvTasodifEmas #Taqriz

Oshiq Veysel aytganidek: " Go'zalliging sariq chaqadir mening sevgim bo'lmasa. Huzur halovatli joy topa olmaysan qalbim ko'shki bo'lmasa".
******
Nazar solgan har bir narsangga boshqalar ham nazar soladi, ammo sen unda ko'rganlaringni hamma ham ko'ra olmaydi. Hamma oshiq bo'lishi mumkin, biroq hech kim Sen kabi seva olmaydi. Yagona farq sensan, seni boshqalardan ajratib turivchi holat bu sevgan insoning emas, balki sevgingdir.
******
Sufiylarning safarga oid besh qoidasi.

1) Katta va mukammal hayotning sarguzashtlarida hech bir uchrashuv tasodif emas. Biz uchratgan har bir inson bizga nimadir o'rgatadi. Birinchi navbatda buni bilish loIzim.

2) Yo'lga sof niya ila, tafakkur qilish va o'rganish ni maqsad qilib chisang, kibringdan yiroqlashib,oldinga intilsang, bilishing kerak bo'lgan narsani o'rgatuvchi dono insonlarga duch kelasan.

3) Har bir safarda qiyinchiloklar bo'ladi. Aksincha bo'lishi mumkin emas. Biroq qarshingga chiqqan qiyinchiliklar va to'siqlar seni sindirish uchun emas, aksincha tarbiyalash va kamolotga yetkazish uchun mavjuddir.

4) Har bir jonzot, har bir inson dunyoga bir maqsadda keladi, hamma o'z maqsadini amalga oshirish uchun yashaydi. Shu bois har bir inson maqsadiga eltuvchi ishoralarni ko'ra olishi, kuzata olishi kerak. Hayotni o'rganish Qur'onning ilk so'zini bilishdan boshlanadi.

5) Tugadi degani yo'q bo'ldi degani emas. Aksincha... Hatto o'lim yakun emas, yangi bir boshlanishdir. Bu hayotda biror bir narsaning yakun topishi boshqa bir hayirli narsaning boshlanishiga xizmat qiladi. Sen vaziyatni ko'ra olsang bas.

© Hakan Mengyuch
"Hech bir uchrashuv tasodif emas"

© Shaxzodbek Umurzoqov

📚
@zukkokitobxon - kitobxonlik yoʻlida
#Iqtibos #ElifShafaq #Sharaf

“O’z aybini tan olish - bu asta sekinlik
bilan paydo bo’ladigan tuyg’u. Barchasi
arzimas bo’lib ko’ringan mayda-chuyda
shubhalardan boshlanadi. U sizning teringizga
joylashib olib tuxum qo’yadi va tez orada
badaningizning sog’ joyi qolmaydi.”

Elif Shafaq. "Sharaf" kitobidan

📚 @zukkokitobxon - kitobxonlik yoʻlida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👀 Bolajonlar uchun "Koʻzli kitoblar"imiz mavjud.

🛒 Buyurtmalar uchun

📚 @zukkokitobxon - zukko bolajonlar uchun
Bizda bilimdonlar uchun yana bir yangi tanlov!

📚 "Zukko Kitobxon Bilimdoni"

Savol-javob oʻyinida bilimingizni sinang, aqlingizni charxlang,
va sovgʻalarga ega boʻling!

BarchaHamma ishtirok etishi mumkin

Oʻyin har shanba 19:30da bo'lib o'tadi. (Har bir oʻyinda 30 ta savol)
----------------------------------------------------------
Oy davomida eng koʻp toʻgʻri javob topganlar qatorida boʻling va g'oliblardan biriga aylaning

🎁 Yutuqlar

1-oʻrin: 2 ta kitob
2-oʻrin: 1 ta kitob
3-oʻrin: 1 ta kitob
4-oʻrin: 1 ta kitob

Manzil: https://t.me/ZukkoKitobxon_Bilimdoni

Tashkilotchilar:

@ZukkoKitobxon - Nashriyoti
@Aprel_14 - Loyihachi

🏁 Loyihaga 2-apreldan start beriladi!

📚 @zukkokitobxon - bilimdon kitobxonlar uchun
10. Hech bir uchrashuv tasodif emas
Zukko Kitobxon
#audiomutolaa

Kitob: Hech bir ushrashuv tasodif emas (10-qism)
Muallif: Hakan Mengyuch
Notiq: Baxtiyor Mo'minov

🎧 1-qism 🎧 7-qism
🎧 2-qism 🎧 8-qism
🎧 3-qism 🎧 9-qism
🎧 4-qism
🎧 5-qism
🎧
6-qism

📘 Kitob holida - 30 000 so'm.
Yetkazib berish xizmati mavjud!

📮 Muroajaat uchun: @Xujakeldiyev_235

📚
"Zukko Kitobxon" - kitobsevarlar uchun!
Robin Sharma kitoblari haqida qanday fikrdasiz?

📚
@zukkokitobxon
Uil Smit haq 😂

@zukkokitobxon
🔥 Ertangi duel quyidagi jamoalar oʻrtasida boʻlib oʻtadi.


🔴 "Qizillar"

@ilm_nur_kutubxonasi
@sehrlikitobblok
@aishabook
@52kitob (instagram)
@kitob_muhokamasi

🔵 "Koʻklar"

@booksworld_BY_GO
@mohimsbooks
@samiyev_blogi
@bookword_D
@bazilar_sevarlar

Oʻtgan safargi oʻyinda "qizillarning" qoʻli baland kelgan edi. Bu safar kim yutarkin?

📚 @zukkokitobxon - bilimdon kitobxonlar uchun
#KitobxonFikri #Taqriz


"Ishqqa yengilmayman" Omina Shenliko'g'li tomonidan yozilgan ushbu asar haqida gapirsam:
"Ko'z bilan ko'rib bo'lmaydogan atomning ichida ham ulkan mo'jizalar yaratib qo'ygan Allohning nomi bilan " Asar ateistlar oilasida tarbiyalangan Yunus ismli yigitning Asuman ismli chin musulmon qizni sevib qolgani haqida.Ateist oilasida tarbiyalangan Yunusni onasi Unversitetda dars beradi ,uning ashaddiy dushmani ro'mol o'ranganlar va doimiy maqsadi ulardan o'ch olish .Bir kuni o'g'li Yunusga fakultetida o'qiydigan Asuman ismli ro'molli qizni yo'ldan urushi va qiz sevib qolganidan keyin uni ro'molidan voz kechdirishini talab qilishini shart qilib qoyadi.O'ziga ishongan kelishgan,badavlat yigit Yunus bu taklifga jon deb rozi bo'ladi.Asumanni zimdan kuzatib ko'p bora qarshisiga chiqsa ham qiz unga umuman e'tibor bermaydi.Shunda yigit Asumanni oilasidan foydalanib o'zini Islom diniga qiziqadigan qilib ko'rsatmoqchi bo'ladi.Qizni onasidan Islom dini haqida dars ola boshlaydi.Bir kuni baxtsiz hodisa tufayli qizni otasi yigitni qo'llarida jon beradi va shundan keyin qiz ham yigitga hurmati osha boradi va uni chin ma'noda sevib qoladi.Afsuski yigit ham allaqachon qizga oshiq bo'lib ulgurgan edi.Bu taklifni oila a'zolariga aytganida oilasi tomonidan taqiqlarga uchraydi va bir chaqasiz ko'chaga quviladi.Oxir oqibatda yigit moddiyat tufayli sevgisidan voz kechadi va oilasi bag'riga qaytadi.
Asarda dinni noto'g'ri talqin qilgan Yunusni oilasini ayniqsa onasini juda yomon ko'rib qoldim,professor bo'la turib doim baqirib chaqirishi,hech qachon yaxshi gap aytmasligi,yolg'iz keksa qaynonasiga bir buyumdek muomalada bo'lishi ,nevaralarini hech qachon erkalamasligi umuman insoniylik xislatlari yoqligi odamni g'ashini keltiradi.Shunday onadan Yunusdek mehribon o'g'il tug'ulganiga ishonging kelmaydiyu ammo......
Asar nomi nega" Ishqqa yengilmayman" ekanligini asar oxirida kelib tushunib olasiz.
Xatolar bo'lsa uzr.


© Maxfuza Ramazonova

📚 @zukkokitobxon - kitobxonlik yoʻlida
11. Hech bir uchrashuv tasodif emas
Zukko Kitobxon
#audiomutolaa

Kitob: Hech bir ushrashuv tasodif emas (11-qism)
Muallif: Hakan Mengyuch
Notiq: Baxtiyor Mo'minov

🎧 1-qism 🎧 8-qism
🎧 2-qism 🎧 9-qism
🎧 3-qism 🎧 10-qism
🎧 4-qism
🎧 5-qism
🎧
6-qism
🎧 7-qism

📘 Kitob holida - 30 000 so'm.
Yetkazib berish xizmati mavjud!

📮 Muroajaat uchun: @Xujakeldiyev_235

📚
"Zukko Kitobxon" - kitobsevarlar uchun!