Zo’r Talaba | Rasmiy kanal
3.57K subscribers
314 photos
204 videos
6 files
206 links
Muhokama uchun: t.me/ZorTalaba_Muhokama
Download Telegram
Zo’r Talaba | Rasmiy kanal
Photo
Rasmiy munosabat 04.05.2024

Kobul Dusov  telegram kanalida e’lon qilingan “Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti direktori O‘roqov Sirojiddin Xudayberdiyevich SamDU talabasi Rofiyev Shoxruxni tuhmat uyushtirib, qo‘shib-chatib ustidan yozgan holda, qamatib yubormoqchi bo‘lyaptmi?” nomli videolavha yuzasidan

    E’lon qilingan videolavha  universitet ma’muriyati tomonidan tegishli tartibda o‘rganilganda videolavhadagi ovoz Biokimyo instituti direktori S.O‘roqovga qisman  tegishliligi, qolganlari sun’iy intellekt vositasida tayyorlanib e’lon qilinganligi aniqlandi.

    Sobiq talaba Sh.Rofiyevga nisbatan institut direktori S.O‘roqovning hech qanday adovati yo‘q. Lekin Sh. Rofiyevning o‘zi talabalarni bir necha marotaba bezovta qilganligi to‘g‘risida murojaatlar bor.

    S.O‘roqov haqiqatdan ham, 2023 yil 3 sentyabrdan shu lavozimda ishlab kelmoqda. U talabalarga: Sizlarni kimdir bezovta qiladigan bo‘lsa, menga yoki  profilaktika inspektoriga  aytinglar. Unday shaxslarga nisbatan albatta qonuniy jazo chorasi qo‘llaniladi...mazmunida gapirgan.   

     Agarda bu borada e’tiroz bo‘lsa tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilish mumkinligini ma’lum qilamiz.
Forwarded from Kun.uz | Rasmiy kanal
Oliy ta’limda o‘zgarish: endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga berilmaydi — grantlar har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi

Bundan tashqari, yangi tartibga ko‘ra, muayyan bir yo‘nalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball to‘plagan abituriyent, tanlagan oliy ta’lim muassasasidan qat’i nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi. Ya’ni, yuqori ball olgan yoshlar o‘qishga kirmay qolmaydi.

👉 https://kun.uz/68355884

Kun.uz rasmiy kanali
"TOSHKENT TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI TTU" MCHJga "Litsenziya" axborot tizimi orqali rasmiylashtirilgan 062346 raqamli litsenziya Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 3-avgustdagi hal qiluv qarori bilan bekor qilingan.


Ushbu Universitet talabasining Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yo‘llagan murojaatiga javoban vazirlik talaba o‘qiyotgan Universitet litsenziyasi bekor qilinganligi munosabati bilan o‘qishini boshqa davlat va nodavlat oliy ta‘lim muassasasining mos va turdosh ta‘lim yo‘nalishlariga ko‘chirishi mumkinligi, agar, davlat oliy ta‘lim muassasasiga ko‘chirishni istagida bo‘lsa, avval, tegishli tartibda kasbiy (ijodiy) imtihon yoki test sinovlari topshirishi kerakligi ma‘lum qilingan.

Davlat organi bo‘lgan VMsi huzuridagi ta‘lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi Nodavlat OTMga litsenziya beryapti. Uni yana davlat organi OTV bekor qildiryapti. Bu yerda hech qanday aybi yo‘q talaba esa, davlat OTMiga o‘qishini ko‘chirganida yana imtihon topshirishga majbur bo‘lyapti 😁
Zo’r Talaba | Rasmiy kanal
"TOSHKENT TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI TTU" MCHJga "Litsenziya" axborot tizimi orqali rasmiylashtirilgan 062346 raqamli litsenziya Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 3-avgustdagi hal qiluv qarori bilan bekor qilingan. Ushbu Universitet talabasining…
2_5309920750113671442.pdf
281.2 KB
Da‘vogar Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi javobgar "TOSHKENT TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI TTU" MCHJni Oliy sudda ham yutib chiqdi.

Oliy sudning ajrimi rasman qonuniy kuchga kirishi bilan litsenziya ham bekor bo‘ladi.

Bu degani, talabalar ushbu nodavlat OTMdan tuyog‘ingizni shiqillatishingiz kerak degani.

Yana talaba sarson.
Talabani yagona aybi, O‘zbekiston OTMlariga o‘qishga topshirganidir.....
Forwarded from Kun.uz | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi tartib hozir grantda o‘qiyotganlarga ta’sir qilmaydi - vazirlik

OTMlarda davlat grantining har yili qayta taqsimlanishi korrupsiyaga sabab bo‘lmaydimi? Yangi tartibning joriy etilishi umumiy grant kvotalari soniga qanday ta’sir qiladi? Oliy ta’lim vazirligi rasmiylari ushbu savollarga javob berishdi.

👉 https://kun.uz/01765407

Kun.uz rasmiy kanali
Forwarded from Kun.uz | Rasmiy kanal
Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi

O‘zbekiston Jahon tillari universitetining 2-bosqich talabasi bo‘lgan 20 yoshli yigit Toshkentdagi Isroil elchixonasi yoniga borib, uni yoqib yuborish maqsadida devor osha ichkariga kerosin solingan shisha uloqtirgan.

👉 https://kun.uz/13758199

Kun.uz rasmiy kanali
Davlat xoyini bo‘lgan Qudrat Bobojon tomonidan yuritilayotgan "Eltuz" telegram kanali obunachilarining telegram shaxsiyiga, xususan, menga ham mana shunday mazmundagi xabarlar kelaboshladi👇


Ҳурматли “Eltuz” гуруҳи обуначиси ушбу гуруҳ эгаси ҳамда модераторларига нисбатан Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексининг 158-моддаси (Ўзбекистон Республикаси Президентига тажовуз қилиш) 3-қисми (оммавий ахборот воситаларидан, телекоммуникация тармоқларидан ёки Интернет бутунжаҳон ахборот тармоғидан фойдаланган ҳолда уни ҳақоратлаш ёки унга туҳмат қилиш) ҳамда Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексининг 244 прим 6-моддаси (Ёлғон ахборот тарқатиш) билан жиноят иши қўзғатилган.  Шу сабабли жиноий жавобгарликка тортилмаслигингиз учун ушбу гуруҳни зудлик билан тарк этинг.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand viloyat prokuraturasidagi adolatli va halol prokurorlar haqida!


Vanihoyat, nazoratchi tashkilot Prezident Administratsiyasi va mas‘ul tashkilot Bosh prokuratura nazorati ostida Samarqand viloyat prokuraturasi o‘z ishini a‘lo darajada bajarib, menga nisbatan tuhmat uyushtirgan SamDU talabalari, SamDU o‘qituvchilari va SamDU mansabdor shaxslarining qilgan huquqbuzarliklariga qonuniy baho berish uchun men tomonimdan taqdim qilgan ishga oid barcha hujjatlar qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilishi uchun Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov Bo‘limiga yuborildi.


Samarqand viloyat prokuraturasi xodimlari yana har doimgidek adolatni ta‘minlashdek o‘z professional burchlarini yuqori darajada ado etmoqda. Samarqand viloyat prokuraturasi xodimlariga o‘z minaddorchiligimni izhor etaman.


Tuhmat uyushtirganlar bilan esa, hali hammasi endi boshlandi.
Президент Ш.Мирзиёев қасамёди маросимида тартибсизлик уюштиришга ҳаракат қилгани учун СамДУдан ҳайдалган талаба суд қарори билан ўқишга тикланди

Самарқанд Давлат Университети раҳбарияти университетнинг Биология факультети Биотехнология йўналиши 316 – гуруҳ талабаси Шохрух Рофиевни “сиёсий бузғунчи”га чиқарган ҳолда университет талабалари сафидан ноқонуний равишда четлатиб юборган эди.

Давоми

Ўзбекистон инсон ҳуқуқлари “Эзгулик” жамияти
Самарқанд вилоят бўлими
Президент Ш.Мирзиёев қасамёди маросимида тартибсизлик уюштиришга ҳаракат қилгани учун СамДУдан ҳайдалган талаба суд қарори билан ўқишга тикланди

Самарқанд Давлат Университети раҳбарияти университетнинг Биология факультети Биотехнология йўналиши 316 – гуруҳ талабаси Шохрух Рофиевни “сиёсий бузғунчи”га чиқарган ҳолда университет талабалари сафидан ноқонуний равишда четлатиб юборган эди.

Талабалар сафидан чиқаришга асос бўлган 2023 йил 18 июльдаги далолатномада Биология факультети декани У.Мирзаев ва бошқалар бирон бир асоссиз ўзларича: “Ш.Рофиев таълим олувчиларни ноқонуний тарзда оммавий ҳаракатланишга жалб этиб, университет маъмурияти ва бошқа тегишли идораларни расмий ва оғзаки равишда ҳам огоҳлантирмасдан 2023 йил 14 июль Президент инагурацияси (Қасамёд қабул қилиш маросими) бўлиб ўтадиган куни Тошкент шаҳрига боришган ва инногурация жараёнига кириш, у ерда тартибсизлик юзага келтириш орқали, эътиборни ўзига ва университетни обрўсизлантиришга каратишга ҳаракат қилишган. Расмий тадбирга киролмаганлиги сабабли, турли марказий ташкилотларга жамоавий тарзда асоссиз мурожаат қилишган” деган хулосага келишган.

Ноқонуний ўқишдан четлатилган Шохрух даставвал ўзи мустақил равишда тегишли фуқаролик судига мурожаат қилиб суддан уни талабалар сафига тиклашни сўраган.

Биринчи инстанция суди талабанинг ўқишга тиклаш билан боғлиқ даъво аризасини рад қилган.

Шундан сўнг талаба Ўзбекистон инсон ҳуқуқлари “Эзгулик” жамияти Самарқанд вилоят бўлимига мурожаат қилган ва жамиятнинг юридик кўмаги билан тақдим этилган Апелляция шикояти Самарқанд вилоят суди Фуқаролик ишлари бўйича хайъати судьялари томонидан тўлиқ қаноатлантирилган.

Самарқанд вилоят суди судьяси Г.Эсанованинг 18 апрелдаги №2-1401-2307/20952-сонли ижро варақаси билан Даъвогар Рофиев Шохрух Эгамберди ўғли Шароф Рашидов номидаги Самарқанд Давлат Университети Биология факультети биотехнология тармоқлар бўйича йўналишининг 3-курс талабалик сафига тикланган.

“Эзгулик” жамияти Самарқанд вилоят судининг адолатли қарорини олқишлайди ва ўз навбатида Самарқанд Давлат Университети раҳбариятини ёш талабаларни “мухолифатчи” ёки “сиёсий бузғунчи”ларга чиқармасликка чақиради.

Ўзбекистон инсон ҳуқуқлари “Эзгулик” жамияти
Самарқанд вилоят бўлими
Zo’r Talaba | Rasmiy kanal
Bu yerda menga nisbatan shaxsiy adovat bor..... SamDUning BioKimyo Instituti direktori O‘roqov Sirojiddin talaba qizga ushbu talaba qizni yonidan o‘tib ketayotgan vaqtimda - qoch meni oldimdan deb vahima ko‘targan holda, oldiga yugurib kelishini o‘rgatib…
Yiqilsada kurashga to‘ymayotganlar!


2024-yil 18-apreldagi Sudning meni o‘qishga tiklash bo‘yicha darhol ijro etish to‘g‘risidagi ajrimi chiqqan bo‘lishiga qaramasdan SamDU meni talabalar safiga tiklash to‘g‘risidagi buyruq chiqarishni hali hamon paysalga solib kelmoqda.


"Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida"gi qonunning 71-moddasiga ko‘ra, mulkiy xususiyatga ega bo‘lmagan nizolar bo‘yicha ijro hujjatlarini ijro etish uchun davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga beriladigan ixtiyoriy 15 kun muddat, allaqachon, tugagan bo‘lishiga qaramasdan SamDU Sud ijro hujjatlarini ijro etishni xohlamayapti.

Nima, SamDU mansabdor shaxs va mas‘ul mansabdor shaxslari QONUNlarni, xususan, sud hujjatlarini nazariga ilmay, mensimayaptimi?

Kamiga, yetmaganiga bugun SamDU Biokimyo Instituti direktori O‘roqov Sirojiddin meni binodan chiqishimni talab qildi.

O‘roqov Sirojiddin seni o‘zingga ham menga qo‘yayotgan noqonuniy talabingga ham qo‘yganman.

Menga shart va talab qo‘yish senga emas.
Zo’r Talaba | Rasmiy kanal
Yiqilsada kurashga to‘ymayotganlar! 2024-yil 18-apreldagi Sudning meni o‘qishga tiklash bo‘yicha darhol ijro etish to‘g‘risidagi ajrimi chiqqan bo‘lishiga qaramasdan SamDU meni talabalar safiga tiklash to‘g‘risidagi buyruq chiqarishni hali hamon paysalga…
Qilingan tuhmat uchun IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari boshlandi.


Shu bilan bir qatorda tuhmatchilarning faolligi ham kuchaydi.
Ammo, bu hech narsani o‘zgartirmaydi.

Ularni baribir muqarrar qonuniy javobgarlik kutyapti.

Shu sababdan ham imkon qadar menga qarshi material yig‘ish maqsadida men ularni haqorat qilishimni poylayotgan bo‘lishi mumkin.

Ularni to‘g‘ri tushunaman, ular cho‘kayotgan insonlar axir
😁
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Bugun 16-may Xalqaro “yaloqilar” ( laganbardorlar ) kuni ekan!

Oʻz maqsadlariga erishish uchun laganbardorlik qilib turadigan doʻstlaringizni, hamkasblaringizni va tanishlaringizni tabriklang! Albatta, har bir jamoada bunaqa insonlar bor!