ZARBDOR 24 |🇺🇿
1.89K subscribers
20.5K photos
2.74K videos
25 files
9.24K links
Jizzax viloyati Zarbdor tuman hokimligining telegramdagi rasmiy kanali.

Rasmiy veb-sayt: http://zarbdor.jizzax.uz

Murojaat va taklif:

✍️ @Zarbdor_adminbot

☎️ 72 4922505
Download Telegram
#Kasblar olamiga sayohat deb nomlangan ekskursiya va ochiq eshiklar kuni.

🏢 Zarbdor tuman maktabgacha va maktab ta‘lim bo‘limiga qarashli 9-umumta‘lim maktabi amaliyotchi psixologlari tomonidan "Farzandlarimiz kelajagiga befarq bo‘lmaylik" aksiyasi doirasida "Ochiq eshiklar" kuni munosabati bilan 9-sinf bitiruvchi o‘quvchilar bilan Zarbdor tuman kasb-hunar maktabiga ekskursiya tashkil qilindi. Ekskursiya davomida kasb-hunar maktabi o‘qituvchi xodimlari tomonidan kasb-hunar maktabi va maktabda mavjud kasb-hunar yo‘nalishlari bo‘yicha ma‘lumotlar berib o‘tildi. O‘quvchilar o‘zlari qiziqqan savollarga javob topishdi.

Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram | You tube

👉 https://t.me/Zarbdor24kanal 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Zarbdor tumanida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi. Muloqotda oʻgʻil-qizlarning taklif va muammolariga eʼtibor qaratilib, ularni hal etish choralari belgilandi. Bir necha yoshlarga oʻzini-oʻzi band qilish uchun mehnat qurollari topshirildi.

👮‍♂️👉https://t.me/jiziib

Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram | You tube

👉 https://t.me/Zarbdor24kanal 👈
🔹O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 13-dekabrdagi 3787-IV/KQ-642-IV-sonli qo‘shma qaroriga asosan xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining 2023-yil 29-dekabrda “Tumanda yerlardan oqilona va samarali foydalanish holatini o‘rganish, bu borada tuman Kengashi tomonidan nazorat qilish samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida”gi VI-60-152-3-49-K/23-sonli qarori tasdiqlangan.

❇️Ushbu qarorga asosan tuman Kengashi kotibiyatida joriy yilning 3-fevral kuni tumandagi ishchi guruh a’zolari ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilishda ishchi guruh a’zolari tomonidan qilinadigan ishlar belgilab olindi.

Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram | You tube

👉 https://t.me/Zarbdor24kanal 👈
🔹Joriy yilning 1-fevral kuni Jizzax viloyati Zarbdor tumani Taraqqiyot mahallasida "Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla" mezonlarini joriy etish, sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar dasturiga muvofiq sportning voleybol turidan musobaqa bo‘lib o‘tdi.

🏐Musobaqada 5 ta jamoadan 50 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etishdi. G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandilar.

Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram | You tube

👉 https://t.me/Zarbdor24kanal 👈