Zakovat Bilimdonlari
374 subscribers
192 photos
207 links
Download Telegram
Forwarded from Azizbek Bobobekov
📗📗📗335-savol📒📒📒
----------------------
Savol muallifi: Otabek Qamarov
Siz ko'rib turgan suratning berkitilgan qismini 2 ta so'z bilan ayting.
--------------------
Javoblar uchun: @Azizbekfarm
Hurmatli bilimdonlar!!!
Ertaga Toshkent Farmatsevtika institutida soat 15:00 da Zakovat ligasi o'yinlarining so'nggi 4-turi bo'lib o'tadi.
Javob
-----
Internet haqida
To'g'ri javob bergan bilimdonlarimiz:
----------------------
🥇Davron Rustamov
🥈Gulziyo Yakubova
----------------------
📗📗📗336-savol📒📒📒
--------------------
Avtobus yurishni boshlaganida ichida o'n nafar kishi bor edi. Unga birinchi bekatda uch kishi, ikkinchi bekatda besh kishi, uchinchi bekatda esa o'n kishi mindi va nihoyat so'ngi bekatda esa o'n besh kishi avtobusni tark etdi.
Savol: Avtobusda nechta yo'lovchi qoldi?
---------------------
Javoblar uchun: @Azizbekfarm

@Zakovat_bilimdonlari
Javob
----
12 ta
----
Izoh: avtobus yura boshlaganida 10 nafar kishi deyilgan. Unda 9 ta yo'lovchi va 1 ta haydovchi bo'lgan. Savolda esa "nechta yo'lovchi qoldi" deyildi.
9+3+5+10-15=12
To'g'ri javob bergan bilimdonlar:
----------------------
🥇Bobur Eshmirzayev
🥈Komil Mamatqobulov
🥉Behzod Kamolov
4. Javlonbek Masharipov
5. Davron Rustamov
6. Akmal Odilov
7. Ruhshona Toshtemirova
8. Nurmuhammad Abdullayev
----------------------
📗📗📗337-savol📒📒📒
---------------------
Balzak fikricha, u juda yomon "mahsulot" ekan. Chunki u juda qimmat va juda yomon saqlanadi.
Savol: Balzak ta'riflagan "mahsulot"ni toping.
----------------------
Javoblar uchun: @Azizbekfarm

@Zakovat_bilimdonlari
Javob
------
Shon-shuhrat
To'g'ri javob bergan yagona bilimdonimiz:
---------------------
🥇Ruhshona Toshtemirova
📗📗📗338-savol📒📒📒
---------------------
Ba'zi baliqchilar sun'iy baliqchilik ko'llarining tepasiga katta-katta projektorlar ilib qo'yisharkan.
Savol: bundan ko'zlangan maqsad nima?
----------------------
Javoblar uchun: @Azizbekfarm

@Zakovat_bilimdonlari
⭐️MASHHUR INSONLAR⭐️


Buyuk olim Albert Eynshteyn Prinstonga ko'chib o'tgan paytlarida unga chiroyli kiyinib yurishni maslahat berishadi. Ammo Eynshteyn jinnicha kiyinish uslubidan voz kechmaydi. Nega bunday qilishini so'rashganida: ,,Baribir meni bu yerda hech kim tanimaydi-ku!'' - deb javob beradi. Oradan 10 yil o'tgach, unga yana bir bor yuqoridagi gapni aytishadi. Bu safar u ajoyib javob qiladi:
"Baribir meni hamma taniydi-ku!''

@Zakovat_bilimdonlari
Javob
------
Bu projektorlarga har xil hasharotlar keladi va ular nobud bo'lib to'ppa-to'g'ri ko'lga tushadi. Bu esa baliqlar uchun tayyor ozuqa hisoblanadi.
To'g'ri javob bergan bilimdonlar:
----------------------
🥇Davron Rustamov
🥈Ruhshona Toshtemirova
🥉Behzod Kamolov
4. G'olib Jo'rayev
----------------------
📗📗📗339-savol📒📒📒
--------------------
U 1916-yil Buxoroda tug'ilgan. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi. O'zbekiston Xalq artisti. "Maftuningman" , "Abu Ali ibn Sino" , "Boy ila xizmatcha" filmlari bastakori. U 2002-yil vafot etgan.
Savol: siz bu insonni topgan bo'lsangiz uning biz uchun ahamiyatli ijod namunasini toping.
----------------------
Javoblar uchun: @Azizbekfarm

@Zakovat_bilimdonlari
Javob
-----
Bugun 10-dekabr. O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun. Bu inson esa bizni madh qilgan shu madhiyani bastalagan Mutal Burhonov edi.
To'g'ri javob bergan bilimdonlar:
----------------------
🥇Sitora Usmonova
🥈Kamola Davlatova
🥉Shahodat Fayzullayeva
4. Davron Rustamov
5. Shohizar Fozilxo'jayeva
6. Zahro Jasurova
7. G'olib Jo'rayev
----------------------
📗📗📗340-savol📒📒📒
---------------------
Sharl Peroning "Zolushka" ertagida Zolushka balldan qochayotganda qaysi oyoq kiyimi tushib qoladi? O'ngmi yoki chapmi?
---------------------
Javoblar uchun: @Azizbekfarm

⚠️Har bitta bilimdonimizdan bitta javob qabul qilinadi.⚠️