O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-117-son qarori 6-bandiga asosan, tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari doirasida budjet tashkilotlarining rahbar xodimlari tomonidan majburiy ovoz yig‘ish bo‘yicha xodimlarga topshiriq berishlari taqiqlanadi. Bu majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi.
Mehnat kodeksining 5-moddasiga asosan majburiy mehnat taqiqlangan. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasiga muvofiq mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shu harakat takroran yoki voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilsa, Jinoyat kodeksining 148²-moddasiga asosan javobgarlikka tortiladi.
Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉 Normativ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6
Forwarded from Antikor matbuot kotibi
2025-yilda hokim yordamchilari tomonidan sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili respublika bo‘yicha sudlar tomonidan jami 153 ta jinoyat ishi bo‘yicha 252 nafar hokim yordamchilari korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Ularning 37 nafariga ozodlikdan mahrum qilish, 38 nafariga ozodlikni cheklash, 160 nafariga axloq tuzatish ishlari, 12 nafariga jarima jazosi tayinlangan. Shuningdek, 5 nafariga boshqa jazo choralari qo‘llanilgan.
Korrupsiya qarshi kurashish agentligi har bir davlat organi va tashkilotning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlab, kelgusida ham uslubiy ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qiladi.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt

❤4👍1🤮1🗿1
2024-yil 1-iyundan “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida Kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga ipoteka kreditlarini ajratish amaliyoti joriy etiladi.
Ipoteka kreditlari 120 million so‘mgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasidan to‘rt foiz bandga yuqori stavkada (jami 18 foizlik) yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash maqsadlari uchun ajratiladi.
Kanalga a’zo bo’lish uchun
👉 Normativ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1💘1
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun muhim imtiyozlar joriy etilmoqda:
Endilikda ular uy-joyni ipoteka krediti asosida sotib olayotganda dastlabki badalning 25 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi.
Shuningdek, ushbu xodimlarning farzandlari uchun respublika hududidagi oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat bosqichida o‘qish uchun yillik to‘lov-kontrakt summasining bir qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.
Kanalga a’zo bo’lish uchun
👉Normativ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🖕1
Bugun Angren shahar adliya bo'limi boshlig'i A.Esonboyev tomonidan "Yangi go'shsoy" MFYda fuqarolarning sayyor qabuli va aholining huquqiy madaniyatini hamda ijtimoiy faolliklarini oshirish bo'yicha huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi. Tadbir davomida 3 nafar fuqaroning huquqiy masalalarga oid murojaati ko'rib chiqish uchun qabul qilindi va 7 nafar fuqaroga joyida huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi. Shuningdek, tadbir davomida Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan aholiga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.
❤3
19._60420100-Yurisprudensiya.pdf
1.3 MB
⚡️60420100 - Yurisprudensiya ta’lim yo’nalishi mutaxassisliklaridan qatiy nazar bir-xil kuchga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat
“Huquq” ta’lim sohasiga oid yo‘nalish bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlarida, sud, prokuratura, bojxona, adliya va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarda, advokatlik tuzilmalarida, notariat idoralarida, tashqi iqtisodiy va siyosiy sohalardagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat idoralarida, xalqaro tashkilotlarda, shuningdek boshqa tijorat va notijorat tashkilotlarida, nodavlat hamda boshqa jamoat tuzilmalarida yuridik faoliyat sohalarini qamrab oladi.
❗️Qishloq xo‘jaligi huquqi, biznes huquqi hamda jinoyat huquqi mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilarga bir xil diplom — “Yurist” diplomi beriladi. Bu diplom barcha yo‘nalishlardan bitiruvchilarning huquqiy malakasi va ta’lim darajasining tengligini hamda ularga davlat tomonidan teng huquq va majburiyatlar taqdim etilishini rasmiy tasdiqlaydi.
Kanalga a’zo bo’lish uchun
👉YuristON

❤3🐳1
⚡️ Yurisprudensiya yo‘nalishi mavjud nodavlat OTMlar ro‘yxati
Quyidagi nodavlat oliy ta’lim muassasalarida "Yurisprudensiya" yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olish imkoniyati mavjud:
🏛 Toshkent xalqaro universiteti
➖ Xalqaro huquq
➖ Biznes huquqi
🏛 Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi
➖ Mehnat huquqi
➖ Faoliyat turlari bo‘yicha yurisprudensiya
🏛 Toshkent Metropolitan University

🏛 Abu Rayhon Beruniy universiteti

🏛 Sarbon universiteti

🏛 Ijtimoiy va siyosiy fanlar universiteti

🏛 Xalqaro ijtimoiy innovatsiyalar universiteti

❗️Eslatma: Har bir OTMda qabul shartlari, kontrakt narxlari va o‘qitish shakllari farq qilishi mumkin. Batafsil ma’lumotni rasmiy saytlar yoki qabul bo‘limlari orqali aniqlashtirish tavsiya etiladi.

❤5
📌 Agar siz imtiyozli toifaga mansub bo‘lsangiz, yer solig‘ini to‘lamaysiz!
⚖️ Soliq kodeksining 436-moddasiga muvofiq, quyidagi toifadagi fuqarolar jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‘idan ozod etiladi:
✅ “Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan hamda uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;
✅ Urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek qonunchilikka muvofiq ularga tenglashtirilgan shaxslar;
✅ I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
✅ Yolgʻiz pensionerlar. Bunda yolgʻiz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan, yoxud nogironligi bo‘lgan bolasi bilan alohida uyda yashovchi pensionerlar yolgʻiz pensioner hisoblanadi;
✅ Boquvchisini yoʻqotgan ko‘p bolali oilalar. Ota-onadan biri yoki har ikkisi vafot etgan ko‘p bolali oilalar ushbu toifaga kiradi;
✅ Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan fuqarolar, shu jumladan xizmat safari yoki vaqtincha yuborilgan shaxslar.
📋 Imtiyozdan foydalanish uchun nimalar kerak?
🔹 Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqingiz kadastr organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lishi;
🔹 Imtiyozli toifaga mansubligingizni tasdiqlovchi hujjatlarni yer uchastkasi joylashgan hududdagi soliq organiga taqdim etishingiz lozim.
⚠️ Unutmang: imtiyoz avtomatik qo‘llanmasligi mumkin. Shuning uchun tegishli hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim etish muhim.

❤2
📌 Otasi vafot etganidan so‘ng uning mol-mulki avtomatik ravishda onasining nomiga o‘tadimi?
Ko‘pchilik fuqarolar ota vafot etganidan keyin uning uy-joyi va boshqa mol-mulklari o‘z-o‘zidan turmush o‘rtog‘i nomiga o‘tadi, deb hisoblaydi.
⚖️ Aslida esa bunday holatda meros ishini rasmiylashtirish talab etiladi.
Fuqarolik kodeksining 1135-moddasiga ko‘ra, meros qoldiruvchi vafot etganidan so‘ng uning:
✅ turmush o‘rtog‘i;
✅ farzandlari;
✅ ota-onasi
birinchi navbatdagi merosxo‘rlar hisoblanadi va ular merosni teng ulushlarda olish huquqiga ega.
📋 Merosni rasmiylashtirish uchun meros qoldiruvchi vafot etgunga qadar oxirgi doimiy yashagan hududdagi notariusga o‘lim haqidagi guvohnoma bilan murojaat qilish lozim.
Agar boshqa merosxo‘rlar marhumning turmush o‘rtog‘i foydasiga merosdan voz kechish to‘g‘risida ariza bersalar, meros mol-mulki to‘liq hajmda marhumning turmush o‘rtog‘i nomiga rasmiylashtirilishi mumkin.

❤3👍2
📌 "Kambag‘al oilalar"ga qanday imtiyozlar mavjud?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-avgustdagi PQ-4797-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarga bepul yoki imtiyozli shartlarda ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ro‘yxatida quyidagi imtiyozlar mavjud:
1️⃣ Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar to‘lovidan ozod etish.
2️⃣ Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘rnatilgan miqdorlarda ota-onalar to‘lovini to‘lash.
3️⃣ Ayrim fanlarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta maktablar o‘quvchilarini ovqatlanish xarajatlaridan ozod etish.
4️⃣ San’at maktablari, musiqa maktablari, “Barkamol avlod” markazlari va boshqa maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida o‘qish xarajatlaridan ozod etish.
5️⃣ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning nogironligi bo‘lgan a’zolarini protez-ortopediya moslamalari bilan ta’minlash.
6️⃣ Ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarida bepul maxsus (ambulator yoki kunduzgi) tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘llanma (order) olish.
📎 Shuningdek, qonunchilikda Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarga beriladigan boshqa turdagi imtiyozlar ham mavjud bo‘lib, ular haqida keyingi postlarimizda ma’lumot berib boramiz.

❤7