YuristON
2.25K subscribers
31 photos
2 videos
17 files
122 links
Fuqarolar uchun foydali bo'lgan huquqiy ma'lumotlar va yangiliklarni berib boramiz

Qonunlarni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi! Hamkorlik va murojaat uchun: @Yurist09_bot
Download Telegram
⚡️Fuqarolar uchun muhim elektron portallar

Lex.uz — qabul qilingan qonunlar, kodekslar, Prezident farmonlari va hukumat qarorlarining rasmiy bazasi

Regulation.gov.uz — hali qabul qilinmagan qonun va qaror loyihalari jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladigan portal

E-qaror — viloyat, tuman va shahar hokimlarining qarorlari elektron shaklda rasmiylashtiriladigan va e’lon qilinadigan tizim

Petition.gov.uz — fuqarolar tomonidan jamoaviy murojaat va takliflar yuboriladigan elektron petitsiyalar portali.

Kanalga aʼzo boʻlish uchun
👉 Normativ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
⚡️2026/2027 yil o’quv yilida TDYUda ikkinchi mutaxassislik “Yurisprudensiya” yo’nalishiga qabul bo’lib o’tadi

O’qish muddati: uch yil ;

Imtixon bo’lib o’tadigan fanlar: huquq va xorijiy tillar (B2 sertifikatga maksimal ball beriladi).

Kanalga a’zo bo’lish uchun
👉Normativ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍4
+2023 tushgan testlar (Huquq maktabi).pdf
927.3 KB
#Yurisprudensiya

2024 yil tushgan savollar

Kanalga a’zo bo’lish uchun
👉Normativ
+2025 tushgan testlar (Huquq maktabi).pdf
1.4 MB
#Yurisprudensiya

2025 yil tushgan savollar

Kanalga a’zo bo’lish uchun
👉Normativ
TDYU ikkinchi mutaxassislik joriy etish bo’yich hujjat loyihasiga takliflaringizni qoldiring

Masalan, kirish imtihonlari faqat huquq fanidan bo’lib o’tishi bo’yicha

https://regulation.adliya.uz/project/9049/25814?contentLang=oz
6
O‘zbekistonda poraxo‘rlikni kamaytirish uchun jazoni kuchaytirish ham muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Lekin bu shunchaki jazo og‘ir bo‘lishi emas, jazo muqarrar bo‘lishi kerak

Birinchi navbatda, korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar uchun qat’iy va muqarrar javobgarlik ta’minlanishi kerak. Agar mansabdor pora olsa va baribir lavozimida qolsa yoki yengil jazo bilan qutulsa, bu boshqalarga ham signal bo‘ladi. Aksincha, yuqori lavozimdagi shaxslar ham ochiq sud qilinib, qonuniy va adolatli jazoga tortilsa, bu jamiyatda kuchli ogohlantirish vazifasini bajaradi.

Ikkinchidan, noqonuniy orttirilgan mol-mulkni to‘liq musodara qilish tizimi kuchaytirilishi kerak.Pora evaziga orttirilgan uy, mashina, biznes aktivlari davlat foydasiga qaytarilishi korrupsiyani iqtisodiy jihatdan ma’nosiz qiladi. Faqat ozodlikdan mahrum qilish emas, balki moliyaviy zarba ham muhim.

Uchinchidan, mansabdorlar uchun lavozim egallashga umrbod yoki uzoq muddatli taqiq qo‘llash mexanizmi kengaytirilishi mumkin. Poraxo‘rlikda aybdor deb topilgan shaxs qayta davlat tizimiga kira olmasa, tizim tozalanadi.

❗️Bu jarayonda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va sud-huquq organlari mustaqil va shaffof ishlashi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Jazo siyosiy buyurtma emas, qonun asosida bo‘lishi kerak.

Kanalga a’zo bo’lish uchun
👉Normativ
👍1🔥1
Ta’lim tizimini to’liq besh kunlik o’qish va ish rejimiga o’tkazish to’g’risidagi taklif ne bo’ldi?

Kanalga a’zo bo’lish uchun
👉Normativ
5👍2
⚡️Subsidiya ajratiladigan fuqarolarni baholashning ijtimoiy
MEZONLARI

Ijtimoiy mezonlar asosida baholangan ariza beruvchi 30 va undan yuqori ball toʻplagan taqdirda, talabgor sifatida tan olinib, kvartira sotib olish uchun ipoteka krediti boʻyicha subsidiya olishga haqli deb hisoblanadi.

Kanalga a’zo bo’lish uchun
👉Normativ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
May–avgust oylarida tonirovka narxini BHMning 1 baravari miqdorida belgilash to‘g‘risidagi taklif jamoatchilik muhokamasidan keyingi bosqichlarga o‘tmaganga o‘xshaydi.

Kanalga a’zo bo’lish uchun
👉Normativ
🤔4🔥3
⚡️Endilikda 21 yoshga to‘lib, birinchi marta nikohdan o‘tgan yosh oilalarga uy-joy sotib olish uchun boshlang‘ich badal sifatida 45 million so‘m miqdorida subsidiya beriladi.

Asos: Ayollar va bolalarning himoyasini kuchaytirish to‘g‘risidagi Prezident farmoni, 03.03.2026 yil, PF–33.

Kanalga a’zo bo’lish uchun
👉Normativ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍1
Otalikni belgilash va farzandlikka olish bir xil tushuncha emas.

Otalikni belgilash — bu bolaning biologik otasi kim ekanini rasmiy ravishda aniqlash jarayonidir. Agar ota va ona nikohda bo‘lmasa, bola tug‘ilganda otalik alohida tartibda belgilanadi. Shundan keyin bola otasining familiyasini olishi, ota esa bola oldidagi huquq va
majburiyatlarga ega bo‘lishi mumkin.

Farzandlikka olish esa boshqa bir bolaning yangi oila tomonidan qonuniy ravishda o‘z farzandi sifatida qabul qilinishidir. Bu holatda bola bilan uni farzandlikka olgan shaxslar o‘rtasida ota-ona va farzand munosabatlari vujudga keladi.

Qisqacha aytganda, otalikni belgilash biologik otani rasmiy tan olish bo‘lsa, farzandlikka olish esa begona bolani qonuniy ravishda o‘z farzandi sifatida qabul qilishdir.

Kanalga a’zo bo’lish uchun
👉Normativ
👍4
Endi ish qidirgan insonga keyingi 5 yildan soʻng nechta til bilasiz emas AI dan qay darajada foydalana olasiz degan, talab qoʻyilishi mumkin.

Chunki bugun sun’iy intellekt bilan ishlay olgan odam matn yozadi, tahlil qiladi, g‘oya topadi, dizayn qiladi, moliyaviy hisob-kitoblar va hk.

Ya’ni AI’ni to‘g‘ri ishlata olgan odam ba’zan 5 kishining ishini tezroq bajarishi mumkin.Shuning uchun hozirdanoq o‘ylab ko‘rish kerak.

Men AI’dan shunchaki foydalanayapmanmi
yoki undan ishlarimni kuchaytirish uchun foydalanayapmanmi?

❗️ Hozir qaysidir tilni bilmaganingiz uchun Sizni ishga qabul qilmayotgan bo’lsa, yaqin kelajakda ustunlik faqat til bilishda emas texnologiyani qanday ishlata olishingizda bo‘ladi.

Kanalga a’zo bo’lish uchun
👉Normativ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
⚡️Davlat fuqarolik xizmatida ishlayotganlar uchun quyidagi huquqiy normalarni bilish juda muhim!

1. Intizomiy jazo va xodimning xabardor qilinishi. Agar xodimga intizomiy jazo berilgan bo‘lsa, lekin u bu haqda rasmiy ravishda (imzo bilan) tanishtirilmagan bo‘lsa, u holda bu jazo kuchga kirmagan hisoblanadi. Misol, rahbar sizga “jazo berdim” desa ham, agar sizni hujjat bilan tanishtirib imzo oldirmasa siz intizomiy jazoga tortilmagan hisoblanasiz. (Manba: "Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi" Qonun, 47-modda)

2. Nohaq ishdan bo‘shatilganda javobgarlik. Agar davlat fuqarolik xizmatchisini qonunga xilof ravishda ishdan bo‘shatishsa, bunga sababchi bo‘lgan shaxs (rahbar) javobgar bo‘ladi. Xodimga yetkazilgan zarar esa aybdordan regress tartibida undiriladi, ya’ni tovon puli davlat emas, qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan rahbarning o‘zidan undiriladi. Misol uchun, sizni sud orqali ishga tiklashsa, sizga to‘lanadigan zarar puli bevosita aybdor rahbar hisobidan undiriladi. (Manba: "Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi" Qonun, 51-modda)

3. Intizomiy jazo va rag‘batlantirishlar. Davlat xizmatchisi intizomiy jazoga tortilgan bo‘lsa ham, unga ilgari berilgan mukofotlar yoki ustamalar bekor qilinmaydi. Misol uchun, davlat xizmatchisi yil davomida yaxshi natijalar ko‘rsatib, "Samarali ish faoliyati uchun" mukofot ustamasiga ega bo‘ldi (masalan, har oylik 40% ustama). Keyinchalik u kichik bir xizmat intizomini buzib intizomiy jazo olsa ham, avval berilgan samarali faoliyat uchun ustamasi bekor qilinmaydi, to‘lab berishda davom etiladi. (Manba: "Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi" Qonun, 47-modda)

4. Rotatsiya (joy almashtirish) qanday bo‘ladi? Davlat xizmatchisini bir lavozimdan boshqa lavozimga o‘tkazish faqatgina uning roziligi bilan amalga oshiriladi. Bu o‘rin almashish (rotatsiya) faqat teng lavozimlar o‘rtasida bo‘ladi. Misol uchun, Agar siz tuman moliya bo‘limida bosh mutaxassis bo‘lsangiz, viloyat moliya boshqarmasiga ham shunday lavozimga faqat o‘z roziligingiz bilan o‘tkazilishingiz mumkin. (Manba: "Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi" Qonun, 39-modda)

Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉 Normativ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
⚡️Quyidagi ro’yxatda ko’rsatilgan toifalarga 1xbet va shunga o’xshash tavakkalchilikka asoslangan o’yinlar o’ynash taqiqlangan.

Qolganlarga yarashaveradi-mi?)

❗️Hattoki davlat xizmatchilariga ham taqiq qo’yilmagan ekan.

Menimcha bankir va davlat xizmatchilariga ham tavakkalchilikka asoslangan o’yinlar o’ynash taqiqlash va kerak bo’lsa, javobgarlik belgilanishi lozim.

Kanalga a’zo bo’lish uchun
👉Normativ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52
⚡️Xodimlarini "Open budget"ga ovoz yig'ishga majburlagan mansabdorlarga qanday chora ko'riladi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-117-son qarori 6-bandiga asosan, tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari doirasida budjet tashkilotlarining rahbar xodimlari tomonidan majburiy ovoz yig‘ish bo‘yicha xodimlarga topshiriq berishlari taqiqlanadi. Bu majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi.

Mehnat kodeksining 5-moddasiga asosan majburiy mehnat taqiqlangan. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasiga muvofiq mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shu harakat takroran yoki voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilsa, Jinoyat kodeksining 148²-moddasiga asosan javobgarlikka tortiladi.

❗️Majburiy mehnatga jalb qilish holatlariga duch kelsangiz Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 1282 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉 Normativ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
Forwarded from Antikor matbuot kotibi
2025-yilda hokim yordamchilari tomonidan sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili respublika bo‘yicha sudlar tomonidan jami 153 ta jinoyat ishi bo‘yicha 252 nafar hokim yordamchilari korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Ularning 37 nafariga ozodlikdan mahrum qilish, 38 nafariga ozodlikni cheklash, 160 nafariga axloq tuzatish ishlari, 12 nafariga jarima jazosi tayinlangan. Shuningdek, 5 nafariga boshqa jazo choralari qo‘llanilgan.

Korrupsiya qarshi kurashish agentligi har bir davlat organi va tashkilotning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlab, kelgusida ham uslubiy ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qiladi.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
4👍1🤮1🗿1
⚡️Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlarga 120 mln so‘mgacha ipoteka krediti beriladi

2024-yil 1-iyundan “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida Kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga ipoteka kreditlarini ajratish amaliyoti joriy etiladi.

Ipoteka kreditlari 120 million so‘mgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasidan to‘rt foiz bandga yuqori stavkada (jami 18 foizlik) yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash maqsadlari uchun ajratiladi.

❗️Imtiyozli kredit olish uchun nima qilish kerak? Agar siz ijtimoiy himoya reyestriga hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan bo‘lsangiz, mahalladagi hokim yordamchisiga murojaat qilishingiz kerak. Unga uy-joyingizni ta’mirlash ehtiyoji mavjudligini aytib, sizni uy-joyni ta’mirlash uchun kredit ajratish dasturiga kiritishni so‘rashingiz mumkin. Shu orqali imtiyozli kredit olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Kanalga a’zo bo’lish uchun
👉 Normativ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1💘1
⚡️Tibbiyot xodimlari uchun yaxshi yangilik!

Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun muhim imtiyozlar joriy etilmoqda:

Endilikda ular uy-joyni ipoteka krediti asosida sotib olayotganda dastlabki badalning 25 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi.

Shuningdek, ushbu xodimlarning farzandlari uchun respublika hududidagi oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat bosqichida o‘qish uchun yillik to‘lov-kontrakt summasining bir qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.

❗️Bu imtiyozlar tibbiyot sohasi xodimlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan. Qaror loyihasi.

Kanalga a’zo bo’lish uchun
👉Normativ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🖕1
Bugun Angren shahar adliya bo'limi boshlig'i A.Esonboyev tomonidan "Yangi go'shsoy" MFYda fuqarolarning sayyor qabuli va aholining huquqiy madaniyatini hamda ijtimoiy faolliklarini oshirish bo'yicha huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi. Tadbir davomida 3 nafar fuqaroning huquqiy masalalarga oid murojaati ko'rib chiqish uchun qabul qilindi va 7 nafar fuqaroga joyida huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi. Shuningdek, tadbir davomida Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan aholiga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.
3