Yoshlar parlamenti / Молодежный парламент / Youth parliament
552 subscribers
2.9K photos
477 videos
5 files
1.14K links
🇺🇿 Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining rasmiy kanali

🇬🇧 Official channel of the Youth parliament under the Legislative chamber

📩 @Yoshlar_parlamenti_matbuotbot
Download Telegram
⚡️⚡️⚡️
The long-awaited forum has started!

The Republican Forum of Members of the Youth Parliament under the Legislative Chamber began in a good mood.

The National Anthem of the Republic of Uzbekistan was played at the forum.

Keep following us👇
Facebook | Instagram | Telegram | Youtube
⚡️⚡️⚡️
Yosh parlamentariylarni qutlashmoqda!

Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zolarining respublika forumi yuqori saviyada boshlandi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o'rinbosari Akmal Saidov, Yoshlar ishlari agentligi direktori o'rinbosari Farrux Omonov, O'zbekiston yoshlar ittifoqi raisi o‘rinbosari Muzaffar Akramov hamda Adliya vaziri o'rinbosari Xudoyor Meliyev, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti rektori Avazjon Marahimovlar so'z olib, Yoshlar parlamenti a'zolarini samimiy qutladi hamda bugungi yoshlar siyosatidagi katta o'zgarishlar haqida ma'ruza qildi.

Forum qizg‘in davom etmoqda!

Bizni kuzatishda davom eting
👇
Facebook | Instagram | Telegram | Youtube
⚡️⚡️⚡️
Поздравляем юных парламентариев!

Республиканский форум членов Молодёжного парламента при Законодательной палате стартовал на высоком уровне.

Первый заместитель спикера Законодательной палаты Олий Мажлиса Акмаль Саидов, заместитель директора Агентства по делам молодёжи Фаррух Омонов, заместитель председателя Союза молодёжи Узбекистана Музаффар Акрамов, заместитель министра юстиции Худоёр Мелиев, ректор Национального университета Узбекистана имени Мирзо Улугбека Авазжон Марахимов тепло поздравили членов Молодёжного парламента и проинформировали об основных изменениях в молодёжной политике.

Форум в самом разгаре!

Следите за нами
👇
Facebook | Instagram | Telegram | Youtube
⚡️⚡️⚡️
Congratulations to young parliamentarians!

The republican forum of members of the Youth Parliament under the Legislative Chamber has started at a high level.

Deputy Speaker of the Legislative Chamber of the Oliy Majlis Akmal Saidov, Deputy Director of the Agency for Youth Affairs Farrukh Omonov, Deputy Chairman of the Youth Union of Uzbekistan Muzaffar Akramov and Deputy Minister of Justice Khudoyor Meliyev, Rector of the National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulug'bek Avazjon Marahimov warmly congratulated the members of the Youth Parliament and spoke about the major changes in today's youth policy .

The forum is in full swing !

Keep following us
👇
Facebook | Instagram | Telegram | Youtube
⚡️⚡️⚡️
So'z yoshlar parlamenti a'zolariga!

Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zolarining respublika forumida faxriy mehmonlar tabriklaridan so'ng, Yoshlar parlamenti a'zolari so'zga chiqib, o'z fikr-mulohazalari hamda takliflarini bildirdilar.

Forumning 1-sessiyasi yakunida, barcha forum ishtirokchilari esdalik uchun suratga tushishdi.

Forum qizg‘in davom etmoqda!

Bizni kuzatishda davom eting
👇
Facebook | Instagram | Telegram | Youtube
⚡️⚡️⚡️
Yoshlar — uchinchi renessans drayverlari mavzusida uchrashuv!

Ayni vaqtda Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti rektori Avazjon Marahimov va Yoshlar parlamenti a'zolari o'rtasida davra suhbati bo'lib o'tmoqda.

Forum qizg‘in davom etmoqda!

Bizni kuzatishda davom eting
👇
Facebook | Instagram | Telegram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Fakt 24 | Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zolarining Respublika forumining birinchi kuni tafsilotlari


Bizni kuzatishda davom eting 👇
Facebook | Instagram | Telegram | Youtube
⚡️⚡️⚡️
"Matonat madhiyasi" yodgorlik majmuasi poyiga gulchambar qo'yildi!

Kuni kecha Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolarining respublika forumiga start berilib, Yoshlar parlamenti a’zolari Yoshlar ijod saroyida 1-sessiya yig‘ilishida ishtirok etishdi. Kunning ikkinchi yarmida esa yosh parlamentariylar O‘zMU rektori Avazjon Marahimov bilan "Yoshlar — uchinchi renessans drayverlari" mavzusida imiy-ma’rifiy davra suhbatida bo‘lishdi. Shuningdek, "Gʻalaba bog‘i"ga tashrif buyurib, ikkinchi jahon urushida 5 nafar farzandidan ayrilgan, Zulfiya Zokirovaning sharafiga qurilgan "Matonat madhiyasi" yodgorlik majmuasi poyiga a’zolar tomonidan gulchambar qo‘yildi.

Forum qizg‘in davom etmoqda!

Bizni kuzatishda davom eting👇
Facebook | Instagram | Telegram | Youtube
⚡️⚡️⚡️
Ayni damda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolarining Respublika forumi doirasida Innovatsion rivojlanish vazirligida navbatdagi sessiyalar o‘tkazilmoqda.

Dastavval, Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Olimjon To‘ychiyev bilan "O‘zbekistonning innovatsion rivojlanish tendensiyalari" mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Keyingi yig‘ilish esa "Raqamli iqtisodiyot va O‘zbekistonning bu borada tanlagan yo‘li" mavzusiga bag‘ishlandi. Ayni paytda blokcheyn texnologiyalari, tashqi qarz va boshqa ko‘plab moliyaviy-iqtisodiy masalalar, shuningdek, deputatlik faoliyati bilan bog‘liq yo‘nalishlarda muhokamalar qizg‘in davom etyapti. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nodir Jumayev yosh parlamentariylarga o‘z bilimlarini ulashyapti.

Forum qizg‘in davom etmoqda!

Bizni kuzatishda davom eting👇
Facebook | Instagram | Telegram | Youtube
⚡️⚡️⚡️
Ayni daqiqalarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolarining Respublika forumi Innovatsion rivojlanish vazirligida davom etmoqda.

Uchrashuvning navbatdagi spikeri O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi direktor o‘rinbosari Farrux Omonov.

Seminarda yoshlarga oid davlat siyosati hamda yoshlar masalalari, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar hamda agentlikning o‘z oldiga qo‘ygan qator maqsad-rejalari borasidagi qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tmoqda.

Forum qizg‘in davom etmoqda!

Bizni kuzatishda davom eting👇
Facebook | Instagram | Telegram | Youtube
💥💥💥
Yoshlar parlamenti a'zolarining Respublika forumini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring©️

Forum qizg‘in davom etmoqda!

Bizni kuzatishda davom eting👇
Facebook | Instagram | Telegram | Youtube
⚡️⚡️⚡️
Kunning ikkinchi yarmida Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari ishtirokidagi forumning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Sessiyada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi O‘z Lidep partiyasi fraksiyasi a’zosi Sardor Gíyosov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya raisi Abdulla Aslanov, Milliy tiklanish demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Jahongir Abdurasulov, "Adolat" sosial-demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Muhammad Valiyev, Ekopartiya fraksiyasi a’zosi Xayrulla G'apporov hamda XDP fraksiyasi a’zosi Sherzod Rahimovlar ishtirok etishmoqda.

MTDP fraksiyasi, Budjet va iqtisodiyot masalalari qo‘mitasi a’zosi Jahongir Abdurasulov "Davlat budjetini qabul qilishning yangi tartibi va xususiyatlari" mavzusida taqdimot qilmoqda.

Forum qizg‘in davom etmoqda!

Bizni kuzatishda davom eting👇
Facebook | Instagram | Telegram | Youtube
Deputatlar va yoshlar parlamenti a'zolari uchrashuvi

Dolzarb mavzular, asosli savollar, muhim takliflar — аyni paytda yosh parlamentariylar Qonunchilik palatasi deputatlariga o'zlarini qiziqtirgan barcha masalalar yuzasidan murojaat qilishyapti.

Qizg'in bahs-munozara va muhokamalar bilan forum avj pallaga chiqmoqda.

Oldinda Yoshlar parlamenti a'zolarining yalpi majlisi bizni kutmoqda.

Tafsilotlarni biz bilan kuzatib boring!

Bizni kuzatishda davom eting👇
Facebook | Instagram | Telegram | Youtube
⚡️⚡️⚡️
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining yalpi majlisi boshlandi.

Ayni vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Yalpi majlisni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ochib berdi. Ushbu yalpi majlisda Yoshlar parlamenti a’zolarining shu kungacha bo‘lgan faoliyati tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqish bilan boshlandi hamda majlis davomida muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan masalalar ko‘rilishi kutilmoqda.

Tafsilotlarni biz bilan kuzatib boring!

Bizni kuzatishda davom eting👇
Facebook | Instagram | Telegram | Youtube