Yoshlar kundaligi | Rasmiy
52.2K subscribers
11.7K photos
6.86K videos
50 files
15.9K links
Муаммо борми, шу ерга ёзинг👉: @yoshlar_kundaligi_bot

Тижорий ҳамкорлик учун: @Marketolog_YK

Видео ва овозли хабарлар юбориш учун👉:
@Yoshlar_aloqada_bot

Расмий веб сайт: yokun.uz
Download Telegram
📣📣Yoshlaru yoshlar, eshitmadim demanglar! Eshitganlar shoshmanglar!..

🔹Toshkent viloyatida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiraman degan yoshlarga qariyb 18 000 gektar yer ajaratiladigan bo`lyapti. Ha, toʻgʻri oʻqidingiz, qariyb 18 ming gektar yer yoshlarga beriladi.

Bunda aholi soni va zichligiga eʼtibor qaratgan holda 25-50 sotixdan yer batartib yoshlarga taqsimlab beriladi. Viloyatning yillik rejasiga koʻra 110 000 nafar yosh ana shunday yer sohibi boʻladi. Yer mutlaqo bepul beriladi.

Qayerga qancha yer ajratiladi?

📌Oqqoʻrgʻon — 2190 gektar

📌Ohangoron — 263 gektar

📌Bekobod — 2585 gektar

📌Boʻstonliq — 55 gektar

📌Boʻka — 2613 gektar

📌Quyi Chirchiq — 2490 gektar

📌Zangiota — 126 gektar

📌Toshkent — 126 gektar

📌Yuqori Chirchiq — 1180 gektar

📌Qibray — 160 gektar

📌Parkent — 120 gektar

📌Piskent — 1629 gektar

📌Oʻrta Chirchiq — 1903 gektar

📌Chinoz — 1400 gektar

📌Yangiyoʻl — 1005 gektar

Jami — 17845 gektar

Ma`lumot uchun: Mahalla fuqarolar yigʻinida bu borada roʻyxat shakllantirilmoqda. Yer olmoqchi boʻlgan yigit-qizlar, MFY raislariga uchrashing! Tezrooooq!☺️

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw

Kirillda o‘qish | Facebook |Instagram
Jinoyatni fosh etishda faollik koʻrsatgan fuqaroga IIBB boshligʻining tashakkurnomasi topshirildi

👍Yangiyoʻl shahrida yashovchi fuqaroning hayotini saqlab, jinoyatchilardan birini voqea joyida ushlab qolgan fuqaro Farhod Norbekovga Toshkent viloyati IIBB boshligʻi nomidan maxsus sovgʻa topshirilib, minnatdorchilik bildirildi.

☝️F. Norbekov joriy yil 7-fevraldan 8-fevralga oʻtar kechasi taxminan soat 02-00larda Yangiyoʻl shahar “Mustaqillik” MFYda yashovchi 54 yoshli B.R. (ayol)ning yashash xonadoniga uch nafar shaxslar gʻayriqonuniy ravishda kirib, oʻgʻrilik qilmoqchi boʻlganda jinoyatchilardan birini ushlab IIB xodimlariga topshirgan.

Kanalga ulanish: https://t.me/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw

Kirillda o‘qish | Facebook |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Repperga quloq tuting!
Boshing bilan oʻyla, telefon bilanmas!..😁☝️
Qandingni ur, yoshlar! Yaratilayotgan sharoitlarni koʻrib qarini yoshargisi kelsa, bolani kattargisi kelmaydi! Yalqov boʻlib ketaman, deb-da.😀

Endi oilada yolgʻiz oʻgʻil boʻlsangiz, faqat tugʻilib oʻsgan hududingizda xizmat qilar ekansiz. Zoʻra-a.👏👏

Bir oylik armiyaga ketgan oʻgʻlini kamida toʻrt marta borib koʻradigan ota-onalar oʻz hududidagi farzandidan kuniga ikki bor xarab olishi turgan gap.🤣

Kanalga ulanish: https://t.me/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw

Kirillda o‘qish | Facebook |Instagram
#mushukgoshtigatabingizqalay😅

Eshak goʻshtidan somsani eshitganmanu bunaqasini...🙊🙊

5600 soʻmga boy yashash mana bundoq boʻlibdi. Margʻilon va Qoʻqon shaharlarida mushuk goʻshtidan taomlar tayyorlanayotgan ekan.

Goʻshtni koʻp isteʼmol qilamiz, degani mushuk goʻshtdan taomlan, degani emasku, baraka topgurlar.🤣

Bir tomoni mol goʻshti respublikada oʻrtacha 55 000-75 000 soʻm va undan ham yuqori boʻlsa, tadbirkor nima qilsin? Nima koʻp koʻchada beega, daydi mushuk koʻp. Muhimi tep-tekin. Rasxodsiz. Ushlaysan, soʻyasan tamom.🙈

Kanalga ulanish: https://t.me/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw

Kirillda o‘qish | Facebook |Instagram
#аanaxolos

Zangiotada yoshlar haqiga koʻz olaytirgan mahalla raislari aniqlandi

Yoshlar kundaligi jamoasi @yoshlar_aloqada_Bot ga murojaat qilib, jamoatchilik nazoratini tashkil eta olgan yoshlarga minnatdorlik bildiradi. Aynan ana shu yoshlarning koʻmagi orqali Zangiota tumani mahallalari Yoshlar kundaligi ijodkorlari tomonidan oʻrganildi. Natijalar maqtanarli emas.😔

Oʻrganishlar jarayonida Zangiota tumanida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun yoshlarga ajratilgan 0.25 sotix yerga koʻz tikkan uchar raislar aniqlandi.

Jumladan, “Xoʻjamozor”, “Harakat” va “Forobiy” mahallalar raislari hamda oʻrinbosarlari ishlab turgan oʻgʻillari hamda qarindoshlarini “Yoshlar daftari”ga kirmagan boʻlsa-da (❗️), yerga talabgorlar roʻyxatiga tirkab qoʻygan.😳

“Nayman” mahallasi raisi bir emas, naq ikki farzandi yerli boʻlishini istagan. Vaholanki oila oʻziga toʻq, obroʻli.🤭

“Xonobod” MFY raisi hamkasblaridan qolamanmi deb harbiydagi oʻgʻliga yer olish harakatini qilgan. O-laaa!😱

Ushbu aniqlangan holatlar tegishli mutasaddi tashkilotlarga taqdim etildi va noxolislikning oldi olindi. Muhimi mazkur qingʻir ishlar yuzasidan toʻplangan hujjatlar tegishli tartibda huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga qonuniy chora koʻrish uchun yuborildi. (Davomi bor)

P.S: Hurmatli raislar, yoshlarning haqini yemang. Zero siz bu harakatingiz bilan kelajakning ildiziga bolta uryapsiz!
👊

‼️Bizda faktlar bisyor, aytganimizdek endi ayash yoʻq! Hurmatli mutasaddilar, hazir boʻlasizlar! 😉

Kanalga ulanish: https://t.me/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw

Kirillda o‘qish | Facebook |Instagram
Davlat Soliq qoʻmitasining Toshkent viloyati boshqarmasi tadbirkor va yoshlarga tegishli koʻmak hamda huquqiy maslahat beryapmiz, deb koʻkrak kerib, bong urmoqda. (buning uchun kaaaat-t-takon rahmat)

Sizlarning fikringizni bilishni istadik:
Hurmatli yigitlar, qizlar! Sizga soliqchilar tomonidan tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyayotganingizda biror koʻmak berilyaptimi?

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw

Kirillda o‘qish | Facebook |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_tumani

Sabzining zoʻrini izlasangiz, “Xiyobon”ga boring!..

Toshkent tumani “Xiyobon” mahallasi
yoshlari 50 sotixdan yer olib, plyonka ostiga sabzi🥕, karam🥦 va kartoshka 🥔ekibdi. Yoshlarning shashti baland. Hali bu yerda bir sabzilar, bir kartoshkalar yetishsinki...

Yerga qiziqishingiz boʻlsa, daromad olaman, desangiz xiyobonlik tengqurlaringiz kabi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiring!.. Kam boʻlmaysiz!🤙☺️

Kanalga ulanish: https://t.me/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw

Kirillda o‘qish | Facebook |Instagra
👮‍♂️Ta’qibdan qochayotgan o‘g‘ri kasalxonaga kirib yashirindi. Politsiyachi binoni ko‘zdan kechirarkan, uch nafar shifokorga ko‘zi tushdi, ulardan biri unda shubha uyg‘otdi va bu shu shubha keyinchalik o‘z isbotini topdi.

🔍Suratdan o‘g‘rini toping.

Kanalga ulanish: https://t.me/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw

Kirillda o‘qish | Facebook |Instagram
#bildirish

Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari, yozgan murojaatimiz qolib ketayotir, degan oʻyga borishga shoshmang! Hovliqmang! Barcha murojaat eʼtiborimizda. Murojaat yechimi ortidan goh transportda, goh peshkom quvayapmiz. Natijalar haqida ham maʼlumot berib boryapmiz.

Samaradorlikka erishish, telegramm botimizni yanada takomillashtirish maqsadida mutaxassislarimiz yangi loyihalar ustida ter toʻkmoqda. Ishonovring, jichcha oʻtmay sizlarning murojaatingiz kottakonlarga qanday tez yetsa🚄, yechimi undanam tez boʻladi✈️.

Tinib-tinchimagan odamlar-e, nimalarni oʻylab topishadi, deb oʻylashga ham ulgurmay qolasiz. Javob!🤙 Bizni kuzating!😉

Kanalga ulanish: https://t.me/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw

Kirillda o‘qish | Facebook |Instagram
Nursulton - yil talabasi

“Yil talabasi — 2020” koʻrik-tanlovining gʻoliblar safida Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi Nursulton Shayxislomov ham bor. Nursulton tanlovning “Yilning oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasida faxrli 3-oʻringa munosib koʻrildi.

Muvaffaqiyatlar bardavom boʻlsin, Nursulton!💪💪

Kanalga ulanish: https://t.me/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw

Kirillda o‘qish | Facebook |Instagram
Тошкент вилояти ҳокими Қумовулда сайёр қабул ўтказмоқда. Жараёнда қандай муаммолар кўтарилмоқда?

👉ОНЛАЙН КЎРИШ УЧУН👈
#motivatsiya_uchun

Bill Geyts bitta ham chet tilini bilmaydi.

Kanalga ulanish: https://t.me/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#murojaat_va_yechim

Olmaliqlik Otabek Ergashev 1-sektor shtabiga kelib, hokim nomiga tashakkurnoma yozdi. Sizningcha, u nega bunday qildi?

📌Otabek oliy oʻquv yurtida oʻqish uchun kontrakt pulini toʻlashda yordam soʻrab, shahar hokimi Qobil Hamdamovga murojaat qilgan edi.

⚡️Murojaat ijobiy hal etilib, uning kontrakt toʻlovi begʻaraz toʻlab berildi.

P.S: Yoshlarning murojaatlariga beeʼtibor qaramaydiganlar omon boʻlsin!👏👏

Kanalga ulanish: https://t.me/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw

Kirillda o‘qish | Facebook |Instagram
#muhabbat_bekati

Gulbargni bittalab yulaman:
Sevadi...
Sevmaydi...
Sevadi...
Sevmaydi...
Tugaydi gulbarglar,
Negadir yigʻlagim keladi.

Koʻnmayman bu oʻyin shartiga,
Aldamchi gulbarglar aldaydi.
U meni qanchalik sevishin,
Oʻzi ham menchalik bilmaydi!

Bu qadar “bemaʼni” oʻyinning
Shartlarin oʻzimga olmay tan,
Sochilgan umidlar parchasin
Boshqatdan,
Boshqacha sanayman!

Sevadi...
Sevadi...
Sevadi!!!
Baribir yigʻlagim keladi...

Rohatoy Ismoilova.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw

Kirillda o‘qish | Facebook |Instagram
Menda shunday bo'lgan 🤣🤦‍♂️
Sizda-chi? 😎🙄

Hammaga xayrli tong! 🙋‍♀️🙋‍♂️

Kanalga ulanish: https://t.me/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw

Kirillda o‘qish | Facebook |Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyatida yer sotganlar ushlandi...

Bu yebto’ymaslar qachon to’yoarkin?😡😡

Kanalga ulanish: https://t.me/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw

Kirillda o‘qish | Facebook |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌Botimizga yer ajratish borasida yoshlardan koʻpgina savollar, murojaatlar tushmoqda. Tengdoshlarimizning taklif va istaklarini inobatga olgan holda Davlat kadastr palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi hamda Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi vakillarini suhbatga chorladik.

Koʻring, sizni qiynayotgan savollarga videolavhadan javob topasiz degan umiddamiz, qadrdon!😊🤝

Kanalga ulanish: https://t.me/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw

Kirillda o‘qish | Facebook |Instagram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga joʻnab ketdi

Tashrifdan asosiy maqsad – avval qoʻyilgan vazifalar ijrosini koʻrish, mahallalardagi sharoitni oʻrganish, aholini oʻylantirayotgan muammolardan kelib chiqib, navbatdagi rejalarni belgilash.

♻️Safar davomida sanoat korxonalari, qishloq xoʻjaligi loyihalari, bunyodkorlik ishlari bilan tanishish rejalashtirilgan.

Kanalga ulanish: https://t.me/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw

Kirillda o‘qish | Facebook |Instagram