Yosh Zakovatchilar Klubi
1.59K subscribers
2.07K photos
75 videos
115 files
685 links
🧠 Yosh Zakovatchilar Klubi telegram kanaliga xush kelibsiz!

🏆 Klub oʻz faoliyatini onlayn ravishda 2018-yilning 1-may sanasida boshlagan.

Kanalimiz orqali har kuni mantiqiy va fakt savollar berib boriladi.

Murojaat uchun: @SalohiddinOdilov
Download Telegram
#BITTA_SAVOL_BOR
28-SAVOL

Apachi hindulari Shimoliy Amerikadagi eng mag‘rur va dimog‘dor qabila bo‘lishgan va yengilmas jangchi ekanliklari bilan dong taratishgan. Aytishlaricha, bir safar oq tanli apachi hindusidan nahotki apachini mag‘lub etadigan inson bo‘lmasa deya so‘raydi. Hindu uzoq o‘ylanib turib, javob beradi: “Bor. Bu - ....”

Savol: U kimni aytgan?

Javoblarni @SalohiddinOdilov ga jo‘nating.

👉 @yosh_zakovatchilar_klubi
#BITTA_SAVOL_BOR
JAVOB (28-SAVOL)

Boshqa apachi.

🏆 To‘g‘ri javob bergan bilimdonlarimiz:

🥇 ֆarժօr
🥈 Mutiliza
🥉 S h e r l o c k

Izoh: 28-savolga jami 17 kishi to‘g‘ri javob yo‘lladi.

👏 Savolga noto‘g‘ri bo‘lsada javob berib harakat qilgan barchaga rahmat!

👉 @yosh_zakovatchilar_klubi
#BITTA_SAVOL_BOR
29-SAVOL

Xalqimizda ilgari ot yoki eshak mingan odam bir joyga borib, ot yoki eshagini ko‘chaga tashlab ketishga to‘g‘ri kelsa, ulovining oldingi ikki oyog‘ini mahsus xalqali zanjir bilan qulflab, kalitini cho‘ntaklariga solib ketardilar. Lekin keng tarqalgan iboraga qarshi o‘laroq bu halqali zanjirlar ot yoki eshakdan ancha arzon turar edi.

Savol: xo‘sh, bu xalqali zanjir qanday nomlangan?

Javoblarni @SalohiddinOdilov ga jo‘nating.

👉 @yosh_zakovatchilar_klubi
#BITTA_SAVOL_BOR
JAVOB (29-SAVOL)

Tushov. Ulovidan tushovi qimmat degan ibora shundan paydo bo‘lgan.

🏆 To‘g‘ri javob bergan bilimdonlarimiz:

🥇 Dono
🥈 Abduxalil
🥉 Kamoljon
4⃣ Прокурор
5⃣ Sanjar Abdullayev🎓
6⃣ Shaxriyor

👏 Savolga noto‘g‘ri bo‘lsada javob berib harakat qilgan barchaga rahmat!

👉 @yosh_zakovatchilar_klubi
#BITTA_SAVOL_BOR
30-SAVOL

Hind afsonalarida ham xuddi Prometey kabi qahramon bo‘lib, u ham xudodan olovni o‘g‘irlab, odamlarga yetkazadi. Bunga jazo sifatida xudo uni zanjirband qiladi. Garchi bir qarashda uyatli ish bo‘lsa-da, ammo afsonaning jasur qahramoni zanjirlardan qutilish maqsadida bir ishni amalga oshiradi.

Savol: qanday ishni?

Javoblarni @SalohiddinOdilov ga jo‘nating.

👉 @yosh_zakovatchilar_klubi
#BITTA_SAVOL_BOR
JAVOB (30-SAVOL)

Yig‘laydi.

Izoh: Temir zanjirlardan qutilish maqsadida afsona qahramoni yig‘laydi. Chunki ko‘z yosh (suv) orqali temirlar zanglaydi. Zang esa temirlarni yemiradi.

🏆 To‘g‘ri javob bergan bilimdonlarimiz:

🥇 KARL GAUSS 1824
🥈 Asliddin
🥉 ШАКЕ

👏 Savolga noto‘g‘ri bo‘lsada javob berib harakat qilgan barchaga rahmat!

👉 @yosh_zakovatchilar_klubi
#BITTA_SAVOL_BOR
31-SAVOL

O‘rta asrlarda Angliya kamonchilari mahorat bobida tengsiz bo‘lganlar. O‘q-yoy borasida ularga teng keladigani bo‘lmagan. O‘sha vaqtlarda Angliya qiroli maxsus bir farmon chiqaradi, bu farmonga ko‘ra tunda o‘q-yoy yasash ta‘qiqlanadi. Ushbu farmonni buzgan ustalar qattiq jazolangan ham.

Savol: nima sababdan, ustalarga tunda o‘q-yoy yasash taqiqlangan?

Javoblarni @SalohiddinOdilov ga jo‘nating.

👉 @yosh_zakovatchilar_klubi
#BITTA_SAVOL_BOR
JAVOB (31-SAVOL)

Chunki tunda, gulxan yoki chiroq yorug‘ida yasalgan o‘q-yoylarning sifati kunduz kuni yasalganlaridan pastroq bo‘lgan. Kamonchilar qo‘shinining nufuzini saqlab qolish va ularning sifatini ta‘minlash maqsadida mana shu farmon chiqarilgan.

🏆 To‘g‘ri javob bergan bilimdonlarimiz:

🥇 Vahobiddin Abdurahmonov
🥈 Собир Йу́лдашев
🥉 Kamoljon

👏 Savolga noto‘g‘ri bo‘lsada javob berib harakat qilgan barchaga rahmat!

👉 @yosh_zakovatchilar_klubi
#BITTA_SAVOL_BOR
32-SAVOL

Xitoy donishmandlarining fikriga ko‘ra, dono odamning bu ishni qilib turgan paytda ham donoligi bilinib turadi.

Savol: bu ishni qilish deganda nima nazarda tutilmoqda?

Javoblarni @SalohiddinOdilov ga jo‘nating.

👉 @yosh_zakovatchilar_klubi
Кунларнинг бирида ота кичик ўғли билан тоққа сайрга чиқди.
Кичкинтой ўйинқароқлигига борди: тошчалардан икки-учта териб, дуч келган томонга ирғита бошлади. У ҳар гал тош отганида товуш чиқаверди. Бола ажабланди. Шу яқин атрофда биров бор, дея ўйлаб савол берди:
- Кимсан?
Жавоб келди:
- Кимсан?
Бу тахлит жавобни кутмаган кичкинтой жаҳл отига миниб, қичқирди:
- Қўрқоқ!
Жавоб эшитилди:
- Қўрқоқ!
Ҳеч нимага тушунмаган бола отасига юзланди ва сўради:
- Ҳеч нимага тушунмаяпман, мени ким масхара қиляпти?
Ота ўғлининг берган саволига кулгиси келди. У деди:
- Мени диққат билан эшит, - ота шундай деди-да, бор овозича хитоб қилди: - Мен сени ҳурмат қиламан!
Жавоб келди:
- Мен сени ҳурмат қиламан!
- Сен энг зўрсан!
Тағин жавоб келди:
- Сен энг зўрсан!
Бу ҳолдан кичкинтой ҳайратда қолди, хиёл нигоҳини отасидан узмади. Ота энди ўғлига юзланиб, салмоқлай тушунтира бошлади:
- Ҳозиргина гувоҳи бўлганинг - акс-садодир, ўғлим, яна ҳам содда қилиб айтсак, бу ҳаёт... Ҳаёт сенга ҳамма вақт сўзинг ва амалингга яраша жавоб қайтаради.


👉 @yosh_zakovatchilar_klubi
#BITTA_SAVOL_BOR
JAVOB (32-SAVOL)

Sukut saqlaganda.

🏆 To‘g‘ri javob bergan bilimdonlarimiz:

🥇 Anvar Murodullayev
🥈 .....
🥉 Беҳзод Саъдуллаев
4⃣ Dunya
5⃣ LazizJON Nizomiddinovich
6⃣ Shahnoz
7⃣ ☆☆☆☆
8⃣ 😉💗GGG😄💗

👏 Savolga noto‘g‘ri bo‘lsada javob berib harakat qilgan barchaga rahmat!

👉 @yosh_zakovatchilar_klubi
#BITTA_SAVOL_BOR
33-SAVOL

Lotin tilidagi tarjimasi «kuch egasi» deb nomlanadigan bu organni ayrim shifokorlar boshqa tana a’zolarini sohibi deb ham atashar ekan. Monten aytishi bo‘yicha qaysidir qo‘mondon dushman asirlarini qayta jang qila olmasligi uchun shu organni «ishdan chiqarishga» buyruq berarkan.

Savol: tanadagi qaysi a’zo haqida gap ketayotganini toping.

Javoblarni @SalohiddinOdilov ga jo‘nating.

👉 @yosh_zakovatchilar_klubi
#BITTA_SAVOL_BOR
JAVOB (33-SAVOL)

Bosh barmoq.

Izoh: Bosh barmoqni kesib tashlasa askar jang qila olmaydi va eshkak esha olmaydi degan fikr grek qo'mondonida bor ekan.

🏆 To‘g‘ri javob bergan bilimdonlarimiz:

🥇 .....
🥈 Ғайрат Кудратов
🥉 ШАКЕ
4⃣ Sanjar Jo‘rayev

👏 Savolga noto‘g‘ri bo‘lsada javob berib harakat qilgan barchaga rahmat!

👉 @yosh_zakovatchilar_klubi
#BITTA_SAVOL_BOR
34-SAVOL

Bir asar qahramoni qilgan jinoyati uchun qamoqxonada o‘tirardi. Xotini, do‘sti har kuni kelib unga dalda berishardi. U esa faqatgina yolg‘izlikni xohlardi. Bir kuni mehrsiz otasi xabar olish uchun kelgani hammasidan oshib tushdi va u shunday o‘yladi: «Afsuski, qamoqxonada Bunday sharoitning yo‘qligi yomonda».

Savol: Juda ham yolg‘iz qolishni istagan asar qahramonini qaysi sharoit yo‘qligi afsuslantiradi?

Javoblarni @SalohiddinOdilov ga jo‘nating.

👉 @yosh_zakovatchilar_klubi
Ҳамманинг қулоғи эшитиши мумкин, аммо камдан–кам инсоннинг қалби эшитади!

👉 @yosh_zakovatchilar_klubi
#BITTA_SAVOL_BOR
JAVOB (34-SAVOL)

Eshikni ichkaridan qulflab olish.

Izoh:
Stendalning «Qizil va qora» asari.

🏆 To‘g‘ri javob bergan bilimdonlarimiz:

🥇 ШАКЕ
🥈 Quvondiq Habib

👏 Savolga noto‘g‘ri bo‘lsada javob berib harakat qilgan barchaga rahmat!

👉 @yosh_zakovatchilar_klubi
#BITTA_SAVOL_BOR
35-SAVOL

"U" insoniyat tarixida yangi davrni boshlab berdi. Yana u hashamdor qasr qurilishiga, bir insonning tarixda abadiy qolishiga, Londonning o‘latdan xolos bo‘lishiga yordam berdi.

Savol: Gap nima haqida ketmoqda?

Javoblarni @SalohiddinOdilov ga jo‘nating.

👉 @yosh_zakovatchilar_klubi
"OY BILIMDONI"

✏️ 4-TUR
📆 23-FEVRAL
🗓 YAKSHANBA
21:30


Javoblarni @SalohiddinOdilov ga jo‘natasiz.

👉 https://t.me/joinchat/AAAAAFAnHM5bvtZrWymg8g
#BITTA_SAVOL_BOR
JAVOB (35-SAVOL)

Yong‘in.

Izoh: Yong‘indan so‘ng insoniyat oziq ovqat (go‘sht)ni pishgan xolda yeyishni o‘rgandi. Neronning yong‘indan so‘ng qurgan qasri, Artemida ibodatxonasinig yoqilishi, 1666-yilda London o‘lat va kalamushlardan yong‘in sabab xalos bo‘lgani xaqida eslagan bo‘lsangiz kerak.

🏆 To‘g‘ri javob bergan bilimdonlarimiz:

🥇 Mutiliza

👏 Savolga noto‘g‘ri bo‘lsada javob berib harakat qilgan barchaga rahmat!

👉 @yosh_zakovatchilar_klubi
DIQQAT!!!

"OY BILIMDONI" onlayn zakovat musobaqamizning 4-turi boshlanishiga 10 daqiqa qoldi...

Bugungi 4-tur o‘yinlarida 10 ta savol o‘ynaladi
, savol berilgandan so‘ng o‘ylash va javob berish uchun jami 3 daqiqa vaqt beriladi. #VAQT_TUGADI ishorasidan keyin berilgan, shuningdek o'zgartirilgan javoblar qabul qilinmaydi. Javoblarni yo'llashda savolning raqamini qo‘yish esdan chiqmasin.

Eslatib o'taman men javoblarizni oxirida o'qiyman. Chunki 100 ga yaqin bilimdonlarga bir vaqtning o‘zida javob yoza olmayman! Shunday ekan meni javobimni o‘qimadi deb to‘xtab qolmang! O‘yin so‘ngida hammani natijalari e‘lon qilinadi!

Javoblarni
@SalohiddinOdilov ga jo‘nating.

Hammaga omad yor bo‘lsin...

👉 @yosh_zakovatchilar_klubi