YOSH QALAMKASHLAR
129 subscribers
549 photos
58 videos
40 files
257 links
👉Buyuklar o‘gitlari;
Yosh qalamkashlar ijodidagi
👉eng sara she'rlar;
👉maqolalar,
👉hikoyalar,
👉tarjimalar,
👉ibratli voqealar @yosh_qalamkashlar da!

Takliflar uchun- @Yosh_qalamkashlar_bot
Download Telegram
#ustozlar_ijodi
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
O’ZBEKISTON BAYROG‘I

Har qanday lashkarning ham
O’z tug‘i, yalovi bor,
Sen qaysi saltanatdan,
Sen qaysi davlatdan kam.
Qo‘rg‘onlar qatorida
Bir qo‘rg‘onsan ustuvor,
Vallamat, tug‘dor yurtim,
Muhtasham Respublikam.

O’ylayman, ha, olamda
Nisbiy erur ko‘p holat,
Zamona g‘alviridan
Har narsa o‘taverar.
Tarix uchun va lekin
Kim ham bergay kafolat,
Yakka inson bir yo‘lchi:
Kelaru ketaberar.

Qadim-qadim zamonda
Yunonlik haykaltarosh,
Bir san’at yaratibdi,
Maqsadi - bir burda non.
Haykal esa asrlar
Sinoviga bermish dosh,
Bugun uni ko‘klarga
Ko‘tarar butkul jahon.

Ko‘zni kattaroq ochib
Boqsang bu muammoga,
Alam qilgulik qadar
Kam yashar inson zoti,
Faqatgina xalq sohib
Bardavom bu dunyoga,
Asragay har kas nomin
Faqat xalqning hayoti.

Sanasang hodisot mo‘l
O’zbekning tarixida,
Har biriga bir noma
Yoki doston bitgulik.
Ne zotlar oqmagan bu
Asrlar arig‘ida,
Har biri bitta xalqning
G‘ururiga yetgulik.

Barchaga ayon erur
Men aytgan ushbu gaplar,
To hanuz asablarni
Ezg‘ilar bu shum o‘tmish.
Moziyga o‘qtin-o‘qtin
Sochsak hamki g‘azablar,
Lekin ayting, o‘zbekning
Qo‘lidan kim ham tutmish?

Bir kuni yovqur shoir
Ya’ni Turdi Farg‘oniy,
Bo‘ltak bo‘lgan bu xalqqa
Birlash deb qildi xitob.
Bejavob qolaberdi
Uning dardli so‘rog‘i,
O’sha-o‘sha zamin kar,
O’sha-o‘sha gung oftob.

Bugun zimdan nazar sol
Sen mana bu bayroqqa,
Mayliga bir daqiqa
Unutgin turfa kekni.
Shu bayroq nomimizni
Eltdi yiroq-yiroqqa,
Shu bayroq birlashtirdi
Parokanda o‘zbekni.
1984


Abdulla Oripov
@yosh_qalamkashlar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bayrog‘im, sen sha’nim, faxrim, g‘ururim!
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
@yosh_qalamkashlar
Forwarded from Aliya Temuriyzoda
Ниҳоят...

Қувонайми, йиғлайми...
Бугун 6 йиллик уринишларимнинг самарасини кўрдим! Жудаям истадим, тор доираларда бўғилмай, кенг дунёга чиқишни, менинг номим дунёнинг бир чеккасида, мен тилини тушунмайдиган давлатларда зикр қилиниши учун қанчалар ҳаракат қилдим!..
Шу кунгача ўзимга "ижодкор" деган номни бермадим! Иймандим, истихола қилдим, нолойиқман бу номга, деб!
Энди баралла айта оламан, МЕН ИЖОДКОРМАН!!!
Мен ИЖОДКОРМАН, эшитяпсизми?!

Йиғла, гулим, қувон, сен ЕНГДИНГ, ҒОЛИБ ЧИҚДИНГ!!!
ҒОЛИБЛИГИНГ ЎЗИНГГА МУБОРАК БЎЛСИН!!!
Сен ТЕМУРИЙЗОДАСАН, номингга, шаънингга МУНОСИБ ЖОЙДАСАН, сени бугун БУТУН ДУНЁ ТАНИЙДИ!!!


@UmidimSendan
💦💦💦💦💦

Izingda namoz oʻqib,
Boshim egib turaymi,
Yo quyoshning nuridan
zarrin roʻmol oʻraymi,
Yuragimni ikkiga
qars sindirib beraymi -
Ayt, shunda sevasanmi,
Ayt, shunda sevasanmi?!

Azon kabi ismingni
Toʻxtovsiz soʻylar tilim,
Bir kuni yetarmikin
Masjidga borar yoʻlim?
Bir zikring menga hayot,
Bir on unutsang - oʻlim,
Ming oʻlib-tiriltirmoq
Uchun-da sevasanmi?!

Sidirib tashlanmoqda
Suratparast niqoblar,
Bir yigʻlasam, dunyoga
toʻlar gʻamgin xalqoblar,
Bir koʻrmasam, umrimning
Koʻkini mezon qoplar -
Yo meni gʻamzindonda
tutqunda sevasanmi?!

Kiprikka rishta ulab,
Yoʻllaringga koʻz tikdim,
Sheʼrimga yamoq tikdim,
Hikoyamga soʻz tikdim,
Sehrli duo kabi
Chorlashingga ichikdim,
Hijron yetar diydorga
Yakunda, sevasanmi?

Afif hislarim shamdek
Uchqunlanar bir zumda,
Kelsang, shams uygʻonar-u,
Shuʼla sochadi tunda,
Kecha - tush, erta - ertak,
Dunyo oʻzi bir kun-da,
Oʻsha kun ham bugun-da,
Bugunda sevasanmi?
Bugunda sevasanmi?!

Aliya TЕMURIYZODA
@yosh_qalamkashlar
🌺SIZ_UCHUN

Yozuvchi va shoirlarning qanday oilada tuğilganligi
📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚

A.AVLONIY_ Hunarmand-to’quvchi
A.MUXTOR _Temirchi
A.NAVOIY_ Xizmatchi
A.QAHHOR_ Temirchi
A.QODIRIY_Bog’bon
A.YASSAVIY _Ruhoniy
ABAY_Chorvador
ANTUAN DE SENT-EKZYUPERI_ Kambag’allashgan zodagon
AVAZ O’TAR _Hunarmand sartarosh
E.VOHIDOV_Muallim
FIRDAVSIY_Dehqon
FURQAT_Savdogar
H.H.NIYOZIY_Doktor
H.HAYNE_Savdogar
HANS KRISTIAN ANDERSEN _Etikdo’z
J.RODARI _Novvoy
JEK LONDON _Fermer
M.JALIL _Dehqon
M.SHAYXZODA
_Shifokor
MASHRAB_Kosib
MAXMUR _Ziyoli
MIRKARIM OSIM _Ziyoli
MIRMUHSIN _Kulol
MUQIMIY_Novvoy
OGAHIY_Mirob
OYBEK Hunarmand-to’quvchi (bo’zchi)
P.QODIROV_Cho’pon
S.YESENIN _Dehqon
S.ZUNNUNOVA_Xizmatchi
ZAVQIY_Mahsido’z

@yosh_qalamkashlar
BIR XIL NOMLI ASAR YOZGAN IJODKORLAR
(Darsliklar asosida)

“She’rlar”

1. A.Muxtor she’riy to‘plam
2. H.Olimjon she’riy to‘plam
3. Mirmuhsin she’riy to‘plam
4. S.Zunnunova she’riy to‘plam
5. T.To‘la ilk she’riy to‘plam
6. Zulfiya she’riy to‘plam

“Jamila”

1. Mirmuhsin ilk qissasi
2. Shuhrat ballada
3. Ch.Aytmatov qissa

“Momo yer”

1. T.To‘la pyesa
2. Ch.Aytmatov qissa

“Mahmud Tarobiy”

1. M.Osim tarixiy asar
2. Oybek tarixiy drama

“O‘ch”

1. Oybek doston
2. Mirtemir she’riy to‘plam
3. H.H.Niyoziy drama

“Zafar”

1. Mirtemir she’riy to‘plam
2. U.Nosir drama

“Na’matak”

1. Oybek she’r
2. X.Saloh she’riy to‘plam

“Muhabbat”

1. O‘.Hoshimov hikoya
2. S.Ahmad hikoyalar to‘plami
3. A.Qahhor qissa
4. E.Vohidov she’riy to‘plam
5. M.Yusuf she’r

“Iltijo”

1. M.Yusuf she’riy to‘plam
2. T.Sulaymon she’riy to‘plam; she’r
3. O‘.Hoshimov hikoya

“Lirika”

1. X.Saloh she’riy to‘plam
2. E.Vohidov kitobi

“Do‘nan”

1. T.To‘la hikoya
2. Mirmuhsin doston

“Shiroq”

1. Mirmuhsin roman
2. M.Osim tarixiy asar

“Mahbub ul-qulub”

1. A.Navoiy
2. Farohiy

“Meros”

1. P.Qodirov qissa
2. M.Shayxzoda doston

“Hijron kunlarida”

1. S.Ahmad roman
2. Zulfiya she’riy to‘plam

“Munojot”

1. R.Parfi she’r
2. U.Hamdam she’r

“Navoiy”

1. Oybek roman; doston
2. U.Azim she’r

“Qushcha”

1. M.Jalil she’r
2. A.Oripov ilk she’r

“Sog‘inish”

1. A.Muxtor she’r
2. G‘.G‘ulom she’r

“Yo‘l”

1. A.Muxtor she’r
2. A.Said she’r

“Mashrab”

1. Oybek doston
2. Shuhrat roman (tugallanmagan)

“Semurg‘”

1. H.Olimjon ertak-doston
2. Zulfiya pyesa

“Sarob”

1. A.Qahhor roman
2. A.Oripov she’r

“Qiyomat”

1. A.Fitrat hikoya
2. Ch.Aytmatov roman

“Bo‘l”

1. Zavqiy satira
2. A.Navoiy g‘azal

“To‘y”

1. A.Qodiriy she’r
2. G‘.G‘ulom ballada

“Ustina”

1. Mirtemir she’r
2. Lutfiy “Ustina” g‘azali
3. Ogahiy “Ustina” g‘azali

“Olov”

1. S.Zunnunova kitob
2. P.Qodirov hikoya

“Birinchi muallim”

1. A.Avloniy darslik
2. Ch.Aytmatov qissa

”Tush”

1. O‘.Hoshimov hikoya
2. A.Said she’r

Dasht-u dalalarda”

1. M.M.Do‘st hikoya
2. N.Norqobil roman

“Vatan”

1. A.Avloniy she’r
2. Zebo Mirzo she’r

“Vatanim”

1. M.Yusuf she’r
2. R.Musurmon she’r

“O‘zbekiston”

1. A.Oripov qasida
2. H.Olimjon she’r
3. Mirza Kenjabek she’r

@yosh_qalamkashlar
#yoshlar_ijodi
UMR

Umr nima--bir kunlik bozor,
Kim sotuvchi, kimdir xaridor.
Avji bozor, qaynar olomon,
Kurashmoqda har ikki tomon.

Bunda uchrar so‘zlari mayin,
Kimdir qo‘pol, kimdir betayin.
Kimdir molin sotolmay kezar,
Yana kimlar savdoni buzar.

Shunday yashab kelmoqda inson,
Shu xil takror aylanar jahon.
Demak, do‘stim, yashama bekor,
Chunki umr-- bir kunlik bozor!!!

D. Ravshan
@yosh_qalamkashlar
Anthem of Uzbekistan
Jahon minbarida yangra, madhiyam!
МАДҲИЯМ

“Серқуёш, ҳур ўлкам, элга бахт, нажот,”
Қалбларда жўш уриб янгра, мадҳиям.
Минг шукур, ўзбегим бугун хуррам, шод,
Шодлик сурурида яйра, мадҳиям!

Тинчлик осмонида янграгин мағрур,
Сен-ла фахрлангай Ватаним – Онам.
Ғалаба байроғин кўтариб масрур,
Жўшқин овозингга жўр бўлсин олам!

Сенга атагайман, шеърим, достоним,
Ифтихорга тўлиб, айтаман алёр.
Тоабад яшнасин, Ўзбекистоним,
“Оламни маҳлиё айлаган диёр!”


Акбар РУСТАМЗОДА
🇺🇿 @yosh_qalamkashlar 🇺🇿
Iste'dod insonga o‘zini emas, o‘zgalarni baxtiyor etmak uchun beriladi.

A. Jomiy


@yosh_qalamkashlar
#ijodkor_darsxonasi

🌹🌨🌹 QORDA QOLGAN ATIRGUL 🌹🌨🌹


Muhammad Yusuf xotirasiga

Bir kun kelib ohlarim,
Bosib olar dunyoni.
Ko'kda ruhim ko'rgaymu,
Men ko'rmagan ro'yoni.
Yig'layotgan men emas,
Mening ko'nglim yig'laydir.
O'z ko'ksiga sig'masdan,
Qolgan umrim yig'laydir.
Qon yig'lagan qalbimning,
Qadrdoni qadri qul.
Men yoningga boryapman,
Qorda qolgan atirgul.

Bir oz chida, nafas ol,
Yurak qayga shoshasan ?
Ulgurasan ketmoqqa,
Buncha to'lib toshasan.
U kelmaydi, u ketgan,
Hamon o'sha - o'shasan.
Qon yig'lagan qalbimning,
Qadrdoni qadri qul.
Men yoningga boryapman,
Qorda qolgan atirgul.

Urma faryod, to'kma yosh,
Yonayotgan oh uchun.
Mening ko'nglim Xudoda,
Omonat Alloh uchun...
Kechirmaydi savoblar,
Biz qilgan gunoh uchun.
Qo'llarimga tikan sanch,
Yuragimga xanjar ur.
Men yoningga boryapman,
Qorda qolgan atirgul.

Topolmadim yorug'lik,
Lek yashashni o'yladim.
Ey, muhabbat qabringga,
Bormadim, gul qo'ymadim.
Sen dunyoni tark etding,
Men dunyoga to'ymadim.
Ko'ksim to'ldi armonga,
Ko'zlarimga qarab kul.
Men yonigga boryapman,
Qorda qolgan atirgul.

Oxirat - qulab borar,
Ko'ksimdagi armonim.
Halovat toparmikan,
O'lsam, so'nggi makonim.
Unutilmas xotira,
Sog'inch solar titroqqa.
Bir kun meni ekishar,
Qo'yishadi tuproqqa.
Mangu uyqu chorlaydi,
Jannat guli - asil gul.
Men yoningga boryapman.
Qorda qolgan atirgul.

Farishtalar, judolik,
Uyqudadir sevgimiz.
Chiroyli ko'z, unutma,
Ayrilmaymiz endi biz.
Meni to'kib qoyding - ku,
To'kilmagan faryodim.
Ikki dunyo orasida
Sen - uchinchi hayotim.
Nigohlari g'amginso,
Nigohimga asir gul.
Men yoningga boryapman,
Qorda qolgan atirgul.

Kapalakka aylanib,
Kiprigingga qo'naman.
Sendan ancha olisda,
Eng yaqining bo'laman.
Balki, haydab solarsan,
Ostonangdan ozorim.
Oyoqlaring ostida,
Gullab tursin - mozorim.
Eh, begunoh, bechora,
Meni esla, eslab tur !..
Men yoningga boryapman,
Qorda qolgan atirgul.

Labingni bos labimga,
Kuyib ketsin dudog'ing.
Mehring muzlab qoldimu,
Xazon so'nggi yaprog'ing.
Sen bahorda ochilib,
Qishga ko'ngil bergan gul.
Ko'z o'ngiga ishonmay,
Tushga ko'ngil bergan gul.
Uvolingdan qorqaman,
Yosh qabringdan chiqdi nur.
Men yoningga boryapman,
Qorda qolgan atirgul.

Bevafolar ko'p ekan,
Bu bevafo dunyoda.
Ko'ksim tiniq, ko'nglim siniq,
Jonga jafo dunyoda.
Garchand qalbim quyoshdir,
Yer bag'rini isitmas.
Kimga o'z joni shirin,
Kimga hayot qiziqmas ?..
Muhabbat mehrobida,
Uchrashamiz qachondir,
Men yoningga boryapman,
Qorda qolgan atirgul.

Men ham sendek vayrona,
Ko'ngil qasri buzulib.
Rozi bo'ling, odamlar,
Qolsa jonim uzulib.
Tirikligim baxtsizlik,
Bunday baxtni netaman.
Yig'lab keldim dunyoga,
Va yig'latib ketaman.
Oh, Onam-a -a -a, jon Onam,
Sen o'zingni asrab yur.
Men yoningga boryapman,
Qorda qolgan atirgul.


AZIZ XO'JA NUR
Sirdaryo viloyati

@yosh_qalamkashlar
Qancha yashasang-shuncha o‘rganasan.

©Seneka.
@yosh_qalamkashlar
Ижодкорларнинг Зомин семинари якунланди. Қуйида семинар давомида ёзувчи ва шоирларимиз томонидан айтилган ва ўзим ёзиб олишга улгурган бир нечта қизиқарли фикрларни сизлар билан бўлишаман.

"Семинардаги ёшлар ичида янгича фикрлайдиган, адабиёт ҳақида жиддий ўйловчи ва бу оламнинг юкини ҳис қилувчи ёшлар бор, аммо уларнинг барчасига хос камчилик - улар жуда кам ўқишади, ўқиганлари орасида катта бадиий асарлар кам.
Улар асосан Муҳаммад Юсуф ижоди билан таниш, Абдулла Орипов, Рауф Парфи, Шавкат Раҳмонларни эса яхши билишмайди".

Собир Ўнар, ёзувчи.

"Адабиёт ўқувчида янги фикрларни уйғотиши керак. Шунчаки ёзувчи айтмоқчи бўлганини тушуниб олиш бу адабиёт эмас".

Назар Эшонқул, ёзувчи.

"Бизда адабий танқид ўринини адабий мадҳ эгаллади".

Баҳодир Каримов, адабиётшунос олим.

"Ёш ижодкор ўз истеъдодига бўлган ишонч ва шубҳа туйғулари орасида яшайди. Бу ҳодиса эса ҳар бир истеъдодга хос. Ижодкор илҳом келганда ва шу илҳом билан яхши бирор асар ёза олганида истеъдодига ишончи ортади, аммо у ўзига танқидий кўз билан қараган, ижодини жаҳон адабиёти қолипларига солган пайтда истеъдодига нисбатан шубҳалар ортиб кетади. Кўпчилик ижодкорлар мана шундай танқидий қараш ва йирик қолиплар ўлчовида ўзини йўқотиб қўяди. Бунга кўп бора гувоҳ бўлганмиз.

Кўп ижодкорлар ўзидан Навоий, Пушкин, Толстой ёки Ҳемингуэй чиқмаслигини билиб ижод оламини тарк этади. Ҳолбуки жаҳон миқёсида бўлмаса-да катта ёзувчилар чиқиши мумкин. Чунки адабиётда ҳар бир ёзувчининг ўз ўрни бор.
Бу семинарлар ижодкорнинг ўз истеъдодига тўғри қараш ва тўғри баҳони қўя олиш имконини беради”.

Нодир Жонузоқ, Ўзбекистон ёзувчилар уюшмаси раиси ўринбосари.

"Навоийни ўқиш, тушуниш учун аввало Қуръон ва Ҳадис илмини билиш керак. Бусиз Навоийни англаш мумкин эмас".

Баҳодир Қобул, ёзувчи.

"Адабий танқид нима? У - замонавий адабий муҳитни баҳолаш. Хўш, нега бугунги ўзбек адабиётида адабий танқиднинг ўрни сезилмаяпти? Чунки бугун газета ва журналлар ёки ОАВнинг бошқа турларида адабий намуналар сони кўпайиб кетди. Биз умумий хулоса беришга улгура олмаяпмиз. Ижодкорларни эса ҳаммасини ҳам танийвермаймиз.
Назаримда, адабий танқидчи бўламан деган ёш ижодкорга ўқиш, фикр машаққатини, танқидни ўргатишимиз керак. Умуман, бу йўналишга кираётган киши борки, адабиётнинг назарий билимлари билан жуда яхши қуролланиб олиши керак. Бусиз унинг келажаги йўқ ".

Баҳодир Каримов, адабиётшунос олим.

"Шеър ёзган ҳар бир киши бу шоир дегани эмас. Мен ана шу ҳақиқатни ёшларга тушунтиришга ҳаракат қилдим. Мен уларда кузатаётган камчилик бу - дангасалик. Бу нимада кўринди? Улар чет тилларини билишмайди. Улардан сўрайман, наҳотки сизларга катта асарларни ўз тилида ўқиш қизиқ бўлмаса, дея. Чунки ҳар қандай асар таржимон тилида албатта ўзгаради. Таржима асарда ўқувчи ёзувчини эмас, таржимонни ўқийди.

Ахир, ўз вақтида Шавкат Раҳмон ҳам ўқишни истаган асарининг ҳақиқий сеҳрини сезиш учун испан тилини ўрганган эди".

Хосият Рустамова.

"Ҳозирги театр режиссёрларида Чеховни Қўйишга юрак йўқ.
Ҳозир бизда учинчи сорт ёзувчилар драма ёзяпти".

Эркин Аъзам, ёзувчи.

"Журналистикада сиёсий шарҳ бўлиши учун аввало сиёсатни ўзи бўлиши керак. Бизда бутун сиёсатни президент шарҳлаб беряпти.
Сиёсий шарҳлар учун сиёсий партиядагилар, раҳбарлар шахс бўлиши керак. Бугун биз шахсларни кўряпмизми? Йўқ.
Фикрсиз жамият ҳам бўлмайди.
Фикрлар эса ўқиш ва кузатишда, фикрлашишда пайдо бўлади".

Аҳмаджон Мелибоев, ЎзМУ доценти.

"Шеърдан хирмон ясаб бўлмайди. Шеърдан хирмон ясаганларнинг ҳолини кўрдик. Балки ўз даврида доим зўр бўлишгандир лекин бугун уларни ҳеч ким эсламайди, ҳеч ким ўқимайди. шеър бу - дур. Дурга интилинг".

Эркин Аъзам, ёзувчи.

Маълумот ўрнида, Зомин семинарига 1997 йилда, ўша пайтдаги Жиззах вилояти ҳокими Шавкат Мирзиёев асос солган.

Илёс Сафаров
@yosh_qalamkashlar
#ustozlar_ijodi

ONAMGA

Oh, mening ortimdan ovvora onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam.
Bir baloni ko'rib yorug' dunyoda,
Toshkanni ko'rmagan bechora onam,
Bolang bolib bir bor boshlab keldimmi,
Endi men ham senga o'gil boldimmi!..

Garchi bisotingda "bayram" sozi yo'q,
Bilaman, kutasan sandal tola chog',
Menda yurak deganlarin o'zi yoq:Men sovga bermagan qiz yoq bu oqshom,
Senga na gul berdim, na shirin kalom,
Endi men ham senga o'g'ilmi, onam?..

Deysan: olislarda omon yursang bas,
Yodingga tushsam goh yoqlab tursang bas,
Bolam, senga hamma qiladi xavas...
Axir, mening dardim She'r emas faqat,
Men mashhur shoirmas — mashhur beshafqat,
Endi men ham senga o'g'ilmanmi, ayt?...

Shaningga she'r bitdim. U seni topsin,
Poyingga tiz chokib, qolingni o'psin.
Undan ham ulug'im borligin ko'rsin,
Men uchun ham aziz holingni so'rsin,

Sensiz g'arib ko'nglim ko'ngilmi, onam,
Endi men ham senga o'g‘ilmi, onam!..


Muhammad Yusuf
@yosh_qalamkashlar
Forwarded from Art&flair🎼 (❄️)
Овутиш
Г.....га

Бошимга иш тушди...осмоним тийра,
Дўстим, нима бўлди йўқламадинг ҳеч.
Гинаю аразлар қилмайман сира,
Фақат келиб кўнглинг чигалларин еч.

Билсанг, чўтмас менга тиғни ютмоқлик,
Юлдузлар – кўксимнинг синиғи дўстим.
Билдим, йиқилганни тепиб ўтмоқлик –
Дунёнинг кўп қадим қилиғи дўстим.

Ғирром ўйинларга қўйолмадим чек,
Туҳматлар зарбидан чарчади юрак.
Дўстим, гарчи бугун ухлолмаяпман, лек,
Эртага ... уйқумдан... турмасам керак...

Аҳволим шу қадар оғир, руҳимда,
Кезмоқда қайғунинг қуюн, қорлари.
Гўё ютиб олди менинг бахтимни,
Дунёнинг энг эрка бахтиёрлари...

Эртага... ўрнимдан турмасам агар,
Кўзларимни очгим келмаса сира.
Илтимос, онамни бир йўқла дўстим,
Яна... шеърларимнинг ҳолини сўра.

Мудом синдирмоқни севди бу ҳаёт,
Мен бир ўзим чиқдим курашга доим.
Ҳар куни руҳимда нимадир барбод,
Ҳар туни ичимда қиёмат қойим.

Дўстим, мени кечир, тушкунман бугун,
Кўксингга кўп ботдим борлигим билан.
Дўстим деб кўп яхши кўрганим учун,
Узрлар сўрайман сендан чин дилдан.

Биламан, меҳринг кўп, фақат вақтинг йўқ,
Бўлмаса келардинг сен мени йўқлаб.
Ўзимни овутдим, кейин...кўнглим тўқ...
....Ва қолдим ухлаб...

Гулжамол Асқарова

@art_flair
Hayot qonuni shunday, siz hech qachon bir joyda turmaysiz, yo olgʻa yurasiz yoki orqaga ketasiz. Har kuni dangasalik ustidan gʻalaba qilish irodani chiniqtiradi. Tanlang yo orqaga yo oldinga.

Assalomu alaykum yaxshilar! Yangi seshanba tongi muborak bo‘lsin. Kun davomida a’lo kayfiyat barchamiz bilan bo‘lsin.

@yosh_qalamkashlar
💦💦💦💦💦💦

Eslamading
bir bora,
Yuragim
bo'ldi pora,
Guldek so'lyapman
qara,
Ildizim tark
etyapman,
Dunyolardan
ketyapman.

Sof ediku
tuyg'ular,
Xamroh endi
qayg'ular,
Essiz shirin
orzular,
Qalbda saqlab
o'tyapman,
Dunyolardan
ketyapman.

Sevgimni sen
bilmading,
Yo nazarga
ilmading,
Bir bor yo'qlab
kelmading,
Armonlarda
o'tyapman,
Dunyolardan
ketyapman.

Sevgimni sen
qilding xor,
Yo'llaringda
bo'ldim zor,
Seni sevibman
bekor,
Afsuslarda
o'tyapman,
Dunyolardan
ketyapman.

Senga taxt bersin
Xudo,
Baxtdan etmasin
judo,
So'nggi so'zim
alvido,
Aytib noma
bityapman,
Dunyolardan
ketyapman.


X O L I D A
T O' Y M U R O D O V A

@yosh_qalamkashlar