Yosh Zakovatchilar Klubi
1.59K subscribers
2.07K photos
75 videos
115 files
685 links
🧠 Yosh Zakovatchilar Klubi telegram kanaliga xush kelibsiz!

🏆 Klub oʻz faoliyatini onlayn ravishda 2018-yilning 1-may sanasida boshlagan.

Kanalimiz orqali har kuni mantiqiy va fakt savollar berib boriladi.

Murojaat uchun: @SalohiddinOdilov
Download Telegram
"TA'TIL KUBOGI"
II-mavsum


✏️ 4-TUR
📆 7-APREL
🗓 SESHANBA
21:00


Ro‘yxatdan o‘tish uchun @SalohiddinOdilov ga ism familiya va o‘qish joyingizni jo‘natishingiz kifoya!

📌 Eslatma: turnirda bir marta ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchi keyingi o‘yinlarda takroriy ro‘yxatdan o‘tishi shart emas!

👉 O‘yinlarda qatnashish uchun bu yerga kiring.
DIQQAT!!!

"Ta'til kubogi" II-mavsum onlayn zakovat musobaqamizning 4-turi boshlanishiga ham sanoqli daqiqalar qolmoqda...

Bugungi o‘yinlarida 10 ta savol o‘ynaladi
, savol berilgandan so‘ng o‘ylash va javob berish uchun jami 3 daqiqa vaqt beriladi. #VAQT_TUGADI ishorasidan keyin berilgan, shuningdek o'zgartirilgan javoblar qabul qilinmaydi. Javoblarni yo'llashda savolning raqamini qo‘yish esdan chiqmasin.

Eslatib o'taman men javoblarizni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini oxirida aytaman. Chunki 100 dan ortiq bilimdonlarga bir vaqtning o‘zida javob yoza olmayman! Shunday ekan meni javobimni e'tiborsiz qoldirildi deb to‘xtab qolmang! O‘yin so‘nggida natijalar har bir bilimdonlarning o‘ziga yuboriladi, eng yuqori natijaga ega dastlabki 10 nafar bilimdonlarni natijasi esa kanalda e'lon qilinadi!

Barcha javoblarni
@SalohiddinOdilov manziliga jo‘natasiz.

Hammaga omad yor bo‘lsin!!!
#DIQQAT
1-SAVOL

Ulug'larimiz uni iymonning kamoli, tinchlik elchisi, mehr-muhabbat garovi, inson ma'naviyatining ko'zgusi deb aytib o'tishgan. "U do'stlik alomati, o'zaro aloqalarni mustahkamlovchi metin arqondir'' - deyilgan ba'zi manbalarda. Imom Buxoriyning "Al adab al mufrad" ida aytilishicha, U Yaratguvchining ismlaridan biridir.

Savol: Uni toping.

Javoblarni 👉@SalohiddinOdilov ga jo‘nating.

STOP 21:03
#JAVOB
1-SAVOL

Salom.

Assalomu alaykum hurmatli bilimdonlar bugungi o‘yinlarimizda hammangizga omad yor bo‘lsin.
#DIQQAT
2-SAVOL

Yevropalik olimlarning kuzatishlari shuni ko'rsatdiki, erkaklarda "x"ning uzunligi umri davomida 8 mm.ga uzayarkan.

Savol: "x"i shu xususiyatga ega Yevropa adabiyoti qahramoni qaysi?

Javoblarni 👉@SalohiddinOdilov ga jo‘nating.

STOP 21:06
#JAVOB
2-SAVOL

Pinokkio.

Izoh: Gap burunning o'sishi haqida ketmoqda. Nahotki, biz ko'proq aldasak?!
🤨
#DIQQAT
3-SAVOL

Yoshligimda tunlarim bisyor edi,
Tunlar ketidan tunlar o'tib, tunlarim kamaydi.
Asta-sekin kunlar ko'payaverdi.
Kun o'tgan sayin kunlar ko'paydi.


Savol: Tun va kun deganda muallif aniq nimalarni nazarda tutgan?

Javoblarni 👉@SalohiddinOdilov ga jo‘nating.

STOP 21:09
#JAVOB
3-SAVOL

Tunlar - qora sochlar, Kunlar - oq sochlar.
#DIQQAT
4-SAVOL

O'zbek xalq maqollaridan birida avval 816 gramm o'lchov, so'ng 4,25 gramm o'lchov tilga olinadi.

Savol: Bu maqol nima haqida?

Javoblarni 👉@SalohiddinOdilov ga jo‘nating.

STOP 21:12
#JAVOB
4-SAVOL

Dard.

Izoh: Dard botmonlab keladi, misqollab davolanadi.
#DIQQAT
5-SAVOL

O'rmonga qopqon qo'ymoqchi bo'lgan ovchilar qopqonni ikki soat suvga solib qaynatishadi. Qaynayotgan suvga maxsus o'tlar ham solinadi.

Savol: Nega ular bu ishni qilishgan deb savol bermayman, qopqonni o'rmonga olib ketishdan oldin qanday harakatni amalga oshirishgan?

Javoblarni 👉@SalohiddinOdilov ga jo‘nating.

STOP 21:20
#JAVOB
5-SAVOL

Asosiy maqsad qopqondan hidni ketkazish, hayvonlarni hurkitmaslik. Ovchi qopqonni qaynatgandan keyin o'rmonga olib borishi va joylashtirishi kerak. Bu paytda qopqon qo'l bilan ushlanmasligi kerak. Buning uchun u junli qo'lqop kiygan.
#DIQQAT
6-SAVOL

Irqchilikka qarshi bo'lgan bir guruh kishilar ham qora, ham oq, ham osiyolik ekanliklarini ifodalash uchun bir hayvondan foydalanishibdi.

Savol: ular plakatlarida nimani tasvirlashgan?

Javoblarni 👉@SalohiddinOdilov ga jo‘nating.

STOP 21:24
#JAVOB
6-SAVOL

Panda.