Tonik sheʼr tizimi (yun. tonos — urgʻu) — misralardagi urgʻu miqdori bilan oʻlchanadigan sheʼr tuzilishi, unda urgʻusiz soʻzlar miqdori ixtiyoriy boʻladi. Tonik sheʼr tizimit. ham sillabik sheʼr tizimi kabi eng oddiy sheʼr shakllaridan hisoblanadi. Sillabik sheʼr tizimi qoʻshiqbop va kuybop sheʼrlarda qoʻllansa, Tonik sheʼr tizimit. turli xalklarning nasriy shakllarida, koʻproq maqol, matal, topishmoklar va boshqalarda ishlatiladi. Tonik sheʼr nasrga yaqin boʻladi, u, odatda, alliteratsiyali, qofiyadosh misralar uygʻunligini ajratib koʻrsatish uchun xizmat qiladi. Qofiyalanmagan Tonik sheʼr tizimit. qofiyalangan tonik sheʼrlardan keskin farkdanadi, yaʼni u misralararo urgʻularning bir xilligiga qatʼiy amal qiladi. Agar urgʻuli boʻgʻinlar bilan urgʻusizlari maʼlum tartibda kelsa, Tonik sheʼr tizimit. bilan sillabiktonik sheʼr oʻrtasidagi oraliqsheʼr shakli vujudga keladi. Bunda sheʼriy oʻlchov ham ishtirok etadi. Hozirda rus sheʼriyatida Tonik sheʼr tizimit. ham, sillabiktonik sheʼrlar ham baravar yaratilmoqda. Rus shoirlarining oʻzbekcha tarjima qilingan asarlarida Tonik sheʼr tizimit. qoidalariga rioya kilinadi.
Sheʼr (arab. shuur — sezgi) — fikrning his-tuygʻuga qorishiq ifodasi sifatida vujudga kelgan, hayajonli sheʼriy nutq bilan ifoda etilgan, maʼlum ichki ohangga ega badiiy asar. "She'r" atamasi oʻrniga baʼzan "nazm" soʻzi ham qoʻllanadi. U badiiy adabiyotning qadimiy turi boʻlib, insoniyat eng birinchi badiiy asarlarni shahrida yaratgan. Rivoyat qilishlaricha, birinchi shahrini bevaqt oʻldirilgan oʻgʻli Hobilning dardida kuygan Odam alayhissalom yaratgan ekan. Shuning uchun ham unda, deyarli hamisha, muallifning oniy kayfiyati, lahzalik porloq kechinmalari ustuvorlik qiladi. Shahrida fikrning kutilmagan va sezimlarga kuchli taʼsir koʻrsatadigan yoʻsinda ifodalanishiga eʼtibor qilinadi. Shu bois ham har bir shahridan oʻta muhim ijtimoiy gʻoya ifodasini kutish maqsadga muvofiq emas. Ularda tuygʻular poʻrtanasi qudratli, sezimlar miqyosi keng va taʼsirchanlik, yuqumlilik darajasi yuqori boʻlishi muhimdir. Shahrining uzoq yashashini taʼminlaydigan asosiy omillar: tuygʻular samimiyati va ifoda tabiiyligidir.
Zamonaviy oʻzbek adabiyotida "She'r" atamasi maʼnosini erkinroq tushunish, oldingi shakliy qoliplarni oʻzgartirgan holda yangi poetik kashfiyotlar qilishga intilish tamoyili kuchli. Shuning uchun ham oʻzbek nazmida "oq she'r", "sochma she'r", "nasriy she'r", "tasbih", "uchchanoq" singari she'r shakllari paydo boʻlmoqda. shahrining qofiya, tinish belgilari va grammatik qoidalar iskanjasida qolishini istamayotgan bir qator shoirlar qofiyasiz, grammatik qoidalar va tinish belgilariga rioya etilmay yozilgan she'rlar yaratmoqdalar. Sheʼrning eng kichik koʻrinishi mumtoz adabiyotda 1 baytdangina iborat boʻlsa (fard), oʻzbek folklorida 4 qatorni tashkil etadi (toʻrtlik). Bir misradan iborat she'r yaratishga ham urinishlar boʻlgan (rus sheʼriyatida "monostix" — bir sheʼr deb nomlangan).
Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodida she'rlar asosan, kuylash uchun yaratilganligi uchun "qoʻshiq" deb atalgan. Ogʻzaki she'r qatʼiy shakliy-mundarijaviy qoliplarga tushmaydi va yoʻnalishiga koʻra mavsum, marosim, sevgi qoʻshiqlari kabi turlarga ajratiladi. Mumtoz she'rlar qofiyalanish va banddagi misralarning miqdoriga koʻra maxsus janrlarga boʻlingan. Agar Sh. bandi 2 misradan iborat boʻlsa — masnaviy, 3 misradan iborat boʻlsa — musallas, har bir band 4 misradan tashkil topsa — murabbaʼ, 5 qatorli bandlardan tashkil etilsa — muxammas, bandlari 6 satrdan tashkil topsa — musaddas, 7 misrali bandlardan iborat boʻlsa — musabbaʼ, 8 misrali bandlardan tashkil topsa — musamman, 9 qatorli bandlardan iborati — tasneʼ (mustasneʼ), 10 qatorli bandlardan iborat poetik asarlar muashshar (mashruʼ) deyilgan.
Hozirgi oʻzbek shoirlari turlicha bandlardan tashkil topadigan anʼanaviy barmoq vaznining turli poetik kombinatsiyalaridan tashqari, jahon sheʼriyati tajribasidan oʻzlashtirilgan sonet, romans, xoyku, tanka, elegiya, barokko, rondel va boshqalar janrlarda she'rlar yaratishmoqda va ularda oʻzbeklarga xos milliy tuygʻularni taʼsirli ifodalashga erishmoqdalar.

Tashxis (arab. — shaxslantirish) — jonlantirish badiiy sanʼatining bir turi; turli narsalar, hayvonlar, qushlar, oʻsimliklar va boshqalarga insoniy xususiyatlarni koʻchirish sanʼati. T. ogʻzaki nutqda ham, badiiy asarlarda ham keng qoʻllanadi. T. badiiy tasvirning aniqroq, yorqinrok, boʻlishiga xizmat qiladi. Oʻzbek folklori, mumtoz adabiyoti hamda hozirgi sheʼriy va nasriy asarlarda T.ning goʻzal namunalari uchraydi. Mas:Bahor elga ayshu manga iztirob, Kulub holima barq, yigʻlar sahob.
Ushbu baytda barq (chaqmoq) va sahob (bulut) jonlantirilmoqda.
Ad.Hojiahmedov A., Mumtoz badiiyat malohati,T., 1999; Rahmonov V., Sheʼr sanʼatlari, T., 2001.
Ushbu baytda barq (chaqmoq) va sahob (bulut) jonlantirilmoqda.
Ad.Hojiahmedov A., Mumtoz badiiyat malohati,T., 1999; Rahmonov V., Sheʼr sanʼatlari, T., 2001.
Vazn (arab. — oʻlchov, tarozi, ogʻirlik)— sheʼrda tovush tuzilishini uyushtirish usuli. Sillabik sheʼr tuzilishicha boʻgʻin va turoq soni, tonik sheʼr tuzilishi stopalar oʻlchovi va soni bilan aniklanadi. Sheʼriy ritm, ohangdorlik hamda musiqiylikning hosil boʻlishi V. va uning xususiyatlariga bogʻliq. V. sheʼr bandi bilan aloqador boʻlgan ritm unsuri hisoblanadi. Oʻzbek sheʼriyatida koʻp qoʻllaniladigan barmoq tizimida misralardagi boʻgʻinlarning bir miqdorda va mutanosib holda, turoqlarning bir tekis, ham muayyan tartibda takrorlanib kelishiga asoslanadi. Bunda V. lar tuzilishi va musiqiylikni tashkil etishdagi xususiyatlariga koʻra, sodda, qoʻshma va erkin V. larga boʻlinadi. Sodda V. da sheʼr miyeralarining umumiy boʻgʻin soni teng boʻladi. Qoʻshma V. da sheʼrlar bandidagi miyeralarning biri ikkinchisidan biror boʻgʻin ortiq yo kam, biror turok, oz yoki koʻp boʻladi. Qoʻshma V. da yozilgan sheʼrlarda 1-va 2- misralardagi turok, tartibi 3- va 4- misralarda takrorlanadi, shu tarzda ritm vujudga keladi. Erkin V. vazndan vaznga oʻtib turadi. Barmoq tizimida uch boʻgʻinlidan, yaʼni uchlikdan oʻn yettilikkacha V. lar turkumi uchraydi. Aruz V. ida musiqiylik, ritm misralardagi choʻziq va qisqa boʻgʻinlarning , ruknlarning bir tekisda takrorlanishi orqali hosil boʻladi. Ummat Toʻychiyev.
Dialog (yun. dialogos — suhbat) — nutq turi; ikki yoki undan ortiq shaxsning bir-biriga qaratilgan nutqi. Dramada harakterlar va voqealar rivojini ifodalashning asosiy vositasi; nasrda (baʼzan nazmda) badiiy ifoda usuli. Mas, Alisher Navoiy "Farhod va Shirin" dostonida Hisrav bilan Farhod toʻqnashuvini D. vositasida taʼsirli qilib tasvirlaydi. D. mustaqil publitsistik va falsafiy janr hamdir (Platon D.i, Lukianning hajviy D.lari va b.).
Monolog (mono... va yun. logos — soʻz, nutq) — badiiy asar komponentlaridan biri boʻlib, asarda ishtirok etuvchi shaxslarning oʻz-oʻziga, oʻzgalarga qaratilgan nutqi. Adabiyotda M. personajlar ruhiy dunyosi, kechinmalarini ifodalashdagi muhim vositalardan biri si-fatida qoʻllanadi
Hijo (arab. — boʻgʻin) — sheʼriy nutqning ritmik birligi, yaʼni soʻzning bir nafas zarbi bilan aytiladigan qismi. H. koʻpincha, tilshunoslikdagi boʻgʻin tushunchasiga toʻgʻri keladi, baʼzan boʻgʻindan farkli oʻlaroq undosh tovushning oʻzidan ham tuzilishi mumkin. Mas,Vasl bogi / ichra sendek / shohi zolim/ koʻrmadim,Ishq kuyi/da oʻzimdek/ notavone topmadim. (Alisher Navoiy)baytidagi vasl, ishq soʻzlaridagi l va q. undoshlari mustaqil H.ni tashkil etadi. H. talaffuziga ketgan vaqt va tuzilishiga koʻra ikkiga boʻlinadi; choʻziq (—) va qisqa (V) H. Choʻziq H. unli bilan tugasa, qisqasiga nisbatan choʻziqroq talaffuz qilinadi yoki undosh bilan tugaydi (chunonchi, yuqoridagi: Vas-l bogʻi kabi).
H.lar ruknlarni tashkil etadi (yuqoridagi baytda 8 ta rukn bor). Aruz vaznidagi sheʼrlar uchun qisqa va choʻziq H.larning muayyan bir tartib — nisbatda kelishi va bundan hosil boʻladigan ruknlar asos boʻlsa, barmoq vaznidagi sheʼrlar ritmida boʻgʻinlarning soni va turoqlar asos boʻladi (yana q. Barmoq tizimi, Sheʼr tuzilishi, Shershunoslik).

Lirika (lira) — badiiy adabiyotdagi 3 asosiy adabiy tur (epos, drama, lirika)ning biri. L.da mavjud obʼyektiv voqelikdan koʻra ijodkor shaxsining his-tuygʻulari, qalb kechinmalari, lirik qahramonning ichki dunyosi birinchi oʻrinda turadi. Barcha ifoda shoirning "men"i orqali oʻtadi. L.da, eposdan farqli oʻlaroq, muayyan epik syujet boʻlmaydi. Dramatik turdan ajralib turadigan jihati esa, L.da subʼyektivlik kuchli. Ayni paytda L. emotsionalligi, oʻquvchi qalbini hayajonga solishi bilan farqlanadi. Lirik asarda subʼyekt va obʼyekt bir shaxsda mujassam topadi, undagi markaziy "personaj" ijodkorning oʻzi, yanada aniqrogʻi, uning ichki maʼnaviy-ruhiy olami sanaladi. L. ijtimoiy, madaniy, maishiy, ishqiy mavzularni qamrab olishi va juda katta ijtimoiy, estetik mohiyat kasb etishi ham mumkin. Biroq bunda ham, baribir, lirik asar oʻzagida individual shaxs kechinmalari, his-tuygʻulari yetakchilik qiladi. Oʻquvchini oʻzligiga, oʻz maʼnaviy-ruhiy dunyosiga nazar solishga undaydi. L. qadimda xalq ogʻzaki ijodi tarkibida mavjud boʻlib, maʼlum bir mavsum, fasl yoki urf-odatlarga bagʻishlab aytilgan. L. Gʻarbda Qadimgi Yunoniston va Rim shoirlari ijodida, Sharqda xitoy, fors va oʻzbek shoirlari ijodida asosiy oʻrinni egalladi. Umar Xayyom, Saʼdiy Sheroziy, Atoiy, Lutfiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiylar lirik shoir sifatida shuhrat topdilar. Alisher Navoiydan soʻng Bobur, Ogahiy, Furqatdek shoirlar oʻzbek mumtoz L.si xazinasiga munosib hissa koʻshdilar. Gʻarb Uygʻonish davri vakillari Petrarka (Italiya), Vilyam Shekspir (Angliya), soʻngra 18—19-asr larda I.V. Gyote (Germaniya), J. Bayron (Angliya), A. S. Pushkin (Rossiya) kabi shoirlar L. sohasida samarali ijod qildilar.
20-asrda L. shakl va mazmun-mohiyati jihatidan boyidi. Pablo Neruda (Chili), Nozim Hikmat (Turkiya), Garsiya Lorka (Ispaniya), A. Blok (Rossiya) singari shoirlar ijodi koʻpchilikning eʼtiborini qozondi. 20-asr oʻzbek adabiyotida esa badiiy-estetik tamoyillarning yangilanishida L. muhim rol oʻynadi. Choʻlpon, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, Usmon Nosir, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi, Halima Xudoyberdiyeva, Omon Matjon, Shavkat Rahmon, Usmon Azim sheʼrlarida oʻzbekona lirik tafakkur imkoniyatlarining rang-barangligi aks etdi. L. jahon adabiyotida oʻzining ichki janrlariga koʻra turli hajmiy koʻri-nishga ega boʻlgan va yuksak musiqiylik kasb etgan. L.dagi musiqiylik, ohangdorlik barcha zamonlarda bosh xususiyat sanalgan. 20-asr dunyo adabiyotida va, qisman, oʻzbek adabiyotida nisbatan musiqiylikdan xoli lirik asarlar ham bitildi: ularni musiqa asbobi bilan ijro etish qiyin. Biroq bu turdagi modern L.da shoirning qalb ohangi, ijodkor uslubiga, janr pafosiga xos ichki — sirli musiqadorlik mavjud. L.dagi xarakter ham, konflikt ham subʼyekt isteʼdodi, mahoratidan kelib chiqadi. Xususan, L.da konflikt soʻzlarda, misralarda, tasviriy ifodada yaqqol aks etadi. L.da badiiy tasvir vositalari (lafziy va maʼnaviy sanʼatlar) keng qoʻllanadi.
Poetik "men" va biografik "men" L.ning odatiy, oʻzaro ajralmas unsuri sanaladi. Ammo har qanday biografik maʼlumot poetik matn ichida oʻz mazmun-mohiyatini oʻzgartirib, ijtimoiy-madaniy yoki maʼnaviy-estetik mohiyat kasb etishi mumkin. Adabiyotshunos olimlarning shoir Abdulhamid Choʻlpon qalamiga mansub "Aldanish" sarlavhali sheʼrini turlicha talkin etishlari buning isbotidir. Lirik asar aksar holatlarda har qanday insonga tushunarli, uning dardiga, zavqiga mos boʻladi. Ammo jahon adabiyotida "sanʼat sanʼat uchun" qoidasiga muvofiq ravishda "sof sanʼat", "sof L." tushunchalari ham vujudga kelgan. "Sof L." xususiyati shuki, bunda "men" sof sanʼat tili, ramzlar tili orqali yuksak badiiy-estetik maqomda ifoda etiladi. Shoir oʻzi uchun yozadi; oʻquvchini koʻzlamaydi; individual ruhiy holat misralarga koʻchadi. Adabiyotshunoslar L.ni mavzusiga qarab shartli ravishda ishq-muhabbat, falsafiy, peyzaj, publitsistik va boshqa L.larga ajratadilar. Shuningdek, L. gʻazal, ruboiy, tuyuq, muhammas, qasida, marsiya, sonet singari koʻplab adabiy janrlarga boʻlinib ketadi. Ayni choqda, L.ni davr eʼtibori bilan mumtoz L. va zamonaviy L. tarzida tasniflash ham mumkin.

Monologik nutq - soʻzlovchining oʻziga qaratilgan, boshqa shaxsning tinglash va javob berishini eʼtiborda tutmaydigan nutq shakli. Ayrim dramatik asarlarda personajning Monologik nutqi tomoshabinga qaratilgan boʻladi. Monologik nutq nasriy asarlarda ham bor. Nazmda esa asosiy nutq shakllaridan biri hisoblanadi. Baʼzan Monologik nutqda asarning kulminatsion nuqtasi bayon etiladi. Monologik nutq uchun, odatda, tuzilish va mazmun jihatdan oʻzaro bogʻliq, oʻziga xos kompozitsion qurilishga va mantiqiy tugallikka ega boʻlgan matnning maʼlum boʻlagi xos boʻladi. Monologik nutq ogʻzaki (nutq bayon qilish) yoki yozma (publitsistika, memuarlar, kundaliklar) shaklida ifodalanishi mumkin. Monologik nutqning ogʻzaki shaklida ohang (intonatsiya) muhim oʻrin egallaydi, yozma Monologik nutqda esa ohang matnning sintaktik konstruk-siyasiga, mantiqiy urgʻu tushuvchi soʻzlarning joylashish oʻrniga bogʻliq. Monologik nutq notiqning asosiy nutqiy shakllaridan hisoblanadi; lingvo-stilistik usul boʻlib, bir qancha turlari mavjud. Mas, taʼsir qiluvchi (targʻib qiluvchi) Monologik nutq, dramatik Monologik nutq, lirik Monologik nutq, hikoya qiluvchi (axborot beru vch i ) Monologik nutq Monologik nutqning ochiq nutq va ichki nutq kabi koʻrinishlari mavjud; ochiq Monologik nutqda personaj oʻz nutqini ovoz chiqarib bayon etadi; ichki Monologik nutqda monolog personajning ichki nutqi, oʻylari shaklida namoyon boʻladi.
Neʼmat Mahkamov.[1]
Manbalar
Neʼmat Mahkamov.[1]
Manbalar
Tinish belgilari - muayyan tilda yozma nutqni toʻgʻri, ifodali, mantikli bayon qilishda, uni ixchamlashda, yozma nutq qismlari (ran boʻlaklari)ning oʻzaro mantiqiygrammatik munosabatlarini koʻrsatish uchun xizmat qiladigan muhim grafik vositalar. Tinish belgilari markaziy, asosiy belgilar tizimiga (harflar va Tinish belgilari) mansub boʻlib, u qoʻshimcha, yordamchi belgilar tizimidan (raqamlar, turli fanlarga oid ilmiy belgilar, bosmaxona belgilari) maʼlum jihatlari bilan farq qiladi. Tinish belgilari ning yozuvda qoʻllanishi oʻziga xos tizimga ega. Bu tizim — Tinish belgilari miqdori, qoʻyilish tartibi va qoʻllanish prinsiplari yigʻindisi — punktuatsiyanp vujudga keltiradi. Bular yozuvning boshqa vositalari (harflar, raqamlar, diakritik belgilar) xamda til birliklari (soʻzlar, morfemalar) bilan koʻrsatish mumkin boʻlmagan turlicha fikriy munosabatlar va psixologik holatlarni ifodalashda ham muhim ahamiyatga ega boʻlib, yozma nutqning tushunilishini osonlashtiradi. Tinish belgilari ning asosiy vazifasi nutqning mazmuniy boʻlinishini koʻrsatish, shuningdek, uning sintaktik tuzilishi va intonatsion jihatini aniqlashga yordam berishdir.
Hozirgi oʻzbek yozuvida Tinish belgilari soni 10 ta: nuqta, soʻroq belgisi, undov belgisi, vergul, qavs, tire, koʻp nuqta, nuqtali vergul, qavs, qoʻshtirnoq. Ularning aksariyati 19-a. 2yarmida ayrim gaz. va toshbosma kitoblarning nashr etilishi bilan paydo boʻlgan.
Tinish belgilari oʻz vazifasiga koʻra, 2 ga boʻlinadi: a) chegaralovchi Tinish belgilari — muayyan sintaktik tuzilmaning yoki umuman gapning chegarasini bildirish, bironbir gap boʻlagini intonatsionmazmuniy jihatdan ajratib koʻrsatish, nutq qaratilgan shaxs yoki predmet nomi qamrab olingan, shuningdek, yozuvchi (soʻzlovchi)ning subʼyektiv munosabati ifodalangan sintaktik tuzilma chegarasini koʻrsatish uchun xizmat qiluvchi T.6.: qavs, qoʻshtirnoq, yagona qoʻshaloq belgi sifatida qoʻllanuvchi vergul, ayni shu vazifadagi tire; b) ajratuvchi Tinish belgilari — mustaqil gaplarni, ularning qismlari (bosh va ergash gaplar, bogʻlangan va bogʻlovchisiz qoʻshma gaplarning predikativ qismlari)ni, gapning uyushgan boʻlaklarini, birgalik ergashishli qoʻshma gagsharni, gapning ifoda maqsadiga koʻra turlarini, nutqning boʻlinganligini koʻrsatuvchi T.6.: nuqta, soʻroq va undov belgilari, vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire, koʻp nuqta. Baʼzi Tinish belgilari ham chegaralash, ham ajratish vazifalarini namoyon eta oladi. Tinish belgilari tuzilish jiqatdan ham 2 ga boʻlinadi: a) bir elementli Tinish belgilari — vergul, tire, nuqta; b) koʻp elementli Tinish belgilari Bu guruh, oʻz navbatida, 2 elementli (surok, va undov belgilari, ikki nuqta, nuqtali vergul, qavs), 3 elementli (koʻp nuqta) va 4 elementli (qoʻshtirnoq) Tinish belgilari ga ajraladi. Qoʻllanish oʻrniga koʻra, Tinish belgilari 3 guruhga boʻlinadi: gap oxirida qoʻllanadigan Tinish belgilari (nuqta, soʻroq va undov belgilari), gap oʻrtasida qoʻlanadigan Tinish belgilari (vergul) va aralash, yaʼni gapning turli oʻrinlarida qoʻllaniladigan Tinish belgilari (tire, ikki nuqta, qoʻshtirnoq, qavs, kup nuqta).
Tinish belgilari ning qoʻllanish usuli va tartibi punktuatsiyaning mantiqiygrammatik, uslubiy va differensiatsiya (farqlash) prinsiplari asosida belgilanadi.

Vergul (frans. vergul) — tinish belgisi(,). Eng koʻp qoʻllanadigan tinish belgilar jumlasiga kiradi. Qoʻllanish oʻrni, shakli turli davrlarda va turli tillarga oid yozuvlarda turlicha boʻlgan. Oʻzbek tilida V. teskari pesh, pesh, yarim turish, yarim tinish kabi nomlar bilan ham yuritilgan. V. dastlab qisqa pauza uchun ishlatilgan, keyinchalik uning qoʻllanish doirasi va vazifasi kengaygan. Oʻzbek tilida V. uyushiq (Sen kuychi, paxtakor, olim...) va ajratilgan boʻlaklarni (Azizga, sobiq talabaga, bu soʻz yoqmadi), kirish (Lekin, menimcha haqsiz) va kiritma konstruksiyalarni (Yolgʻiz borishga, ochigʻini aytsam, yuragim dov bermadi), undalma (Azizlar, bir oz sabr qilamiz) va undov soʻzlarni (Hoy, nima qilyapsan?), "ha", "yoʻq", "xoʻp", "qani"... kabi soʻzlarni, nutqda takrorlangan soʻzlarni, bogʻlovchisiz va murakkab qoʻshma ran tarkibidagi gaplarni (Kun botib, osmon qoraygan), muallif gapini koʻchirma nutqdan ajratish (Bugun men kelolmayman, — dedi u) uchun ishlatiladi. V. qavs, qoʻshtirnoq bilan qoʻllanganda ulardan keyin, tire bilan qoʻllanganda undan oldin qoʻyiladi, koʻp nuqta bilan kelganda tushib qoladi.
Punktuatsiya (lot. punctum — nuqta; kichkina dogʻ) — 1) alifbodan tashqari boʻlgan grafik belgilar {tinish belgilari) tizimi boʻlib, grafika va orfografiya (imlo) bilan birgalikda yozma tilning asosiy vositalarini tashkil etadi. P.ning asosiy vazifasi yozma (bosma) matnni qismlarga ajra-tish, grafik jihatdan shakllantirish-dir; 2) yozma matnni punktuatsion ras-miylashtirishni tartibga soluvchi, har bir til uchun tarixan shakllangan qoidalar, meʼyorlar; 3) P. tizimi krnu-niyatlarini, shuningdek, tinish belgilarining qoʻllanish meʼyorlarini oʻrganadigan tilshunoslik boʻlimi.
Muayyan milliy til grafikasi (yozuvi) 2 xil vositadan: harflar (alifbo) va tinish belgilari (punktuatsiya) tizimidan iborat. P. tarixi, punktuatsion tizimniig paydo boʻlishi, tinish belgilarining soni turli tillarda turlicha namoyon boʻladi. Mac, punktuatsion tizim hozirgi maʼno va koʻrinishda Gʻarbiy Yevropa tillari yozuvlarida 15—16-asrlarda, rus yozuvida 18-asr da, uzbek yozuvida esa 19-asrning 2yar-mida paydo boʻlgan. Yoki ingliz tili punktuatsion tizimida apostrof va defis ham tinish belgisi hisoblanib, ularning jami 12 ta boʻlsa, hozirgi oʻzbek P.si quyidagi 10 ta tinish belgisidan iborat: vergul, ikki nuqta, koʻp nuqta, nuqta, nuqtali vergul, soʻroq belgisi, tire, undov belgisi, qavs, qoʻshtirnoq. P.ning qoʻllanishida ham tillararo tafovut boʻlishi mumkin, mas, ispan tilida soʻroq va undov belgilari gapning boshida va oxirida qoʻyiladi.
P. tilning sintaktik qurilishi bilan uzviy bogʻliq boʻlib, yozma nutqni toʻgʻri, ifodali, aniq bayon qilishda, uning uslubiy ravonligini, tez tushunilishini taʼminlashda muhim vositadir. Oʻz navbatida, muayyan tiddagi P. anʼanalarining mustahkamlanishi va takomillashuvida tanikli yozuvchilarning ijo-di hamda tinish belgilarining qoʻllanish kridalarini belgilovchi va tartibga soluvchi tilshunoslar faoliyati katta ahamiyatga ega. Hozirgi uzbek P.sining shakllanishi, rivoji, uning oʻrganilishi Fitrat, S. Ibrohimov, H. Gʻoziyev, O. Usmon, Gʻ. Abdurahmonov, K. Nazarov va boshqa tilshunoslarning nomi bilan bogʻliq.
Abduvahob Madvaliyev, Neʼmat Mahkamov.[

Undov belgisi - gap oxirida qoʻllanadigan, ikki elementli tinish belgisi (!). Yozma nutqda, ayniqsa, badiiy asarlarda turli tuygʻular, holatlar, har xil emotsionalliklarni ifodalashda Undov belgisi ning roli katta. U.6., asosan, undov va buyruq gaplar oxiriga qoʻyiladi. Bunda u muayyan gapning emotsional yoki qatʼiy buyruq maʼnosiga ega ekanligini, tugallanganligini, boshqa gaplardan chegaralanish nuqtasini koʻrsatadi. Undov belgisi oʻzbek tiliga rus tili orkali kirib kelgan. U oʻzbek yozuvida 20-a.ning boshidan — dastlab "Turkiston viloyatining gazeti"da 1901 yildan, keyinchalik boshqa bosma asarlarda muntazam qoʻllana boshlagan.
Hozirgi oʻzbek adabiy tilida U.6., asosan quyidagi hollarda qullanadi: 1) undov gaplar oxirida (Unsin uchun, bechora qiz uchun, bu qanday falokat, bu qanday mudhish motam! — Oybek); 2) buyruq, tilak, orzu maʼnolarini ifodalagan gaplar oxirida (Onangni qoʻlingda tutsang , singlingni boshingda tut! — Oybek; Fido bulsin senga jontanim, onam!); 3) gap boshida kelib, kuchli hishayajon ifodalagan undalmalardan, undovlardan hamda xa va yuq suzlaridan keyin (Jamila! Bas, tur oʻrningdan! — Hamza; Yoʻq, yoʻq! Bu ogʻir ishni boʻynimga ololmayman). Undov belgisi ning qoʻllanishida yana bir qancha xususiy holatlar ham uchraydi.

Undalma — soʻzlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki shaxs deb tasavvur qilingan predmet hodisani bildiradigan so'z yoki soʻz birikmasi. U., kirishlar yoki kiritmalar kabi, gapni kengaytiradi, ammo uning boʻlaklari bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi, yozuvda vergul yoki undov belgisi bilan ajratiladi. U. Gap boshida ham, oʻrtasida ham va oxirida ham kelishi mumkin. Qiyoslang: Uka, bu ishlaring menga yoqmayapti; Bu ishlaring , uka, menga yoqmayapti; Bu ishlaring menga yoqmayapti, uka. Bolalar! Koʻchada ehtiyot boʻlinglar. Gap boshida U. maxsus intonatsiya bilan aytiladi va baʼzan vokativ gap vazifasini bajaradi. U., kirish, kiritma kabi, fikr bayonida muhim oʻrin tutadi. Shuning uchun ularni gapning uchinchi darajali boʻlaklari sifatida qarash ham mavjud.
Soʻroq belgisi — gap oxirida qoʻllanadigan tinish belgilaridan (?). Bu belgi asosan mazmunidan soʻroq anglashilgan gaplar oxiriga qoʻyiladi va shoʻ gapning ifoda maqsadiga koʻra soʻroq ran ekanligini koʻrsatadi (Nega kelmading? Qoʻrkdingmi?). Bu belgi oʻzbek tiliga rus tilidan kirgan, 19-a. oxirlaridan. "Turkiston viloyatining gazeti" sahifalarida ayrim matnlarda qoʻllana boshlagan.
Soʻroq belgisi oʻzbek adabiy tilida quyidagicha qoʻllanadi: 1. Sof soʻroq gaplar (sodda yoki qoʻshma) oxiriga qoʻyiladi. Bunday gaplar tarkibida soʻroqni bildiruvchi leksik yoki fammatik vositalar: soʻroq olmoshlari va soʻroq yuklamalari ishtirok etishi (Shahardan qachon kelding? Kimni koʻrding? Sogʻligi yaxshimi? Botirchi?) yoki ishtirok etmasligi mumkin. Keyingi holatda soʻroq maʼnosi yozuvda soʻroq belgisi bilan, ogʻzaki nutqda ohang bilan ifodalanadi (Soat besh boʻldi. — Soat besh boʻldi?). 2. Taqrizlarda, iqtiboslarda biron soʻz yoki jumla noaniq boʻlsa, xato qoʻllansa, gumon va anglashilmovchilikni bildirsa, oʻsha soʻz yoki jumladan soʻng qavsga oʻragan holda qoʻyiladi. Baʼzan jumladagi xato juda qoʻpol boʻlsa, Soʻroq belgisi qoʻsha qoʻllanishi mumkin. 3. Soʻroq ran tipidagi sarlavhalardan keyin qoʻllanadi: Teatr yoshlarga nima berdi? Huquqiy meʼyorlarni bilasizmi? Ritorik soʻroq gaplar oxirida baʼzan Sb., baʼzan soʻroq va undov belgilari qoʻsha qoʻllanadi: Dunyoda onadan ulugʻ zot bormi?!

Gap boʻlaklari — ran tuzilmasida muayyan soʻroqqa javob boʻlib, maʼlum bir sintaktik vazifani bajaruvchi soʻz va soʻz birikmalari. G. b. ran tuzilmasidagi ahamiyatiga koʻra quyidagi 2 asosiy turga ajraladi: 1) bosh boʻlaklar — gapning predikativ asosini tashkil etuvchi ega va kesimdan iborat boʻladi; 2) ikkinchi darajali boʻlaklar — bosh boʻlaklar bilan yoki oʻzaro bir-birlari bilan tobe aloqada boʻladi, hokim boʻlak maʼnosini aniqdab, toʻldirib, izohlab keladi hamda asosiy xususiyatlariga koʻra aniqlovchi, toʻldiruvchi va holta boʻlinadi.
Soʻz tartibi, gap boʻlaklarining tartibi — gap boʻlaklarining oʻzaro maʼlum grammatik qonunqoidalar asosida, maʼlum sintaktik, mazmuniy, uslubiy qiymati bilan bogʻliq holda joylashuvi. Gap boʻlaklari tartibining oʻzaro qaramaqarshi qoʻyiluvchi bir necha turlari bor. Bulardan eng asosiysi toʻgʻri tartib va teskari tartib oppozitsiyasidir. Toʻgʻri tartib da sintaktik tuzilma qismlari (ran boʻlaklari, qoʻshma gap predikativ qismlari va boshqalar) maʼlum qonunqoidalar asosida odatdagicha joylashadi. Mas, oʻzbek tilida aniqlovchining aniqlanishdan, eganing kesimdan, toʻldiruvchi yoki holning kesimdan oldin joylashuvi toʻgʻri tartib hisoblanadi: bahavo yerlar, Karim oʻqib boʻldi, kitobni oʻqidi, toʻsatdan kelib qoldi kabi. Teskari tartib da maʼlum uslubiy, semantik maqsad va boshqa sabab bilan sintaktik tuzilmaning (undagi gap boʻlaklarining , qoʻshma ran predikativ qismlarining) toʻgʻri, odatdagi tartibi oʻzgaradi, inversiya yuz beradi. Mac, u keldi (toʻgʻri tartib) — keldi u (teskari tartib), kecha ketdi (toʻgʻri tartib) — ketdi kecha (teskari tartib) kabi. Toʻgʻri tartib koʻpincha darak gaplarga xos boʻlib, ilmiy, rasmiy uslublar uchun harakterlidir. Teskari tartib esa asosan soʻzlashuv, badiiy va qisman publitsistik uslublarga xos boʻlib, bu holat koʻpincha mazmunni sezilarli oʻzgartirmasada, nutqning taʼsirchanligini, emotsionalligini oshiradi. Lekin baʼzan teskari tartib boʻlaklarning sintaktik vazifasini ham, gapning mazmunini ham oʻzgartirib yuboradi: Quvnoq bolalar kuyladilar — Bolalar quvnoq kuyladilar; charm mahsi (charmdan ishlangan) — maxsi charm (mahsibop). Bunday hollarda Soʻz tartibining erkin vabogʻliq turlari farqlanadi. Sifatlovchi bilan sifatlanmishning (quvnoq bolalar) gapdagi oʻrni bogʻliq tartibni koʻrsatadi. Erkin tartibda gap boʻlaklarining oʻrnini oʻzgartirish mumkin. Bunda mazmun va sintaktik holat emas, faqat uslubiy xususiyat oʻzgaradi: Kinoga kecha koʻplashib bordik — Kecha koʻplashib kinoga bordik — Koʻplashib kecha kinoga bordik kabi.
Unli tovushlar - ogʻiz va bugʻiz bushligʻida hech qanday toʻsiqqa uchramay hosil boʻladigan, tarkibi ovozdan iborat (shovqin deyarli ishtirok etmaydigan) tovushlar. Har bir til oʻziga xos unlilar tizimiga ega. Tildagi unlilar tizimi vokalizm (lot. vocalis — unli tovush) deyiladi. Unli tovushlar soni turli tillarda turlichadir. Mas, hozirgi oʻzbek adabiy tilida Unli tovushlar 6 ta bulsa, boshqa turkiy tillarda 8 ta, 10 ta va undan ham ortiqdir. Bu miqdor rus tilida 5 tani, fransuz tilida esa 18 tani tashkil etadi.
Unli tovushlar bir necha jihatdan tasnif etiladi. Bu tasniflarning oʻzbek tilidagi 6 ta unli fonema (i, e, a, o, u, oʻ) misolida koʻrib chiqish mumkin. Unlilar dastlab tilning harakati va labning holati (ishtiroki) nuqtai nazaridan turlarga ajratiladi. Tilning harakatida 2 hodisa farqlanadi: tilning yotiq (yonlama) harakati; tilning tik (vertikal) harakati. Tilning yotiq (yonlama) harakatida hosil boʻlish oʻrniga koʻra unlilar 2 turga boʻlinadi: tiloldi (yoki old qator) unlilari — i, e, a hamda tilorqa (yoki orqa qator) unlilari — o, u, oʻ. Tilning tik harakatiga koʻra Unli tovushlar 3 turga boʻlinadi: yuqori koʻtarilish unlilari (i, u), oʻrta koʻtarilish unlilari (e, oʻ), quyi koʻtarilish unlilari (a, o).
Labning holati (ishtiroki)ga koʻra unlilar 2 ga boʻlinadi: lablangan unlilar (u, oʻ) va lablanmagan unlilar (i, e, a, o). Lablangan unlilar talaffuz qilingan vaqtda lablar faol ishtirok etadi: lab choʻchchayib, oldinga chiqadi, dumaloq shakl oladi. Lablanmagan unlilar talaffuzida lablar ishtirok etmaydi yoki lablar ishtiroki passiv boʻladi.
Tovushning hosil boʻlishida ketadigan vaqtning miqdoriga koʻra Unli tovushlar 2 turga boʻlinadi: choʻziq unli; qisqa unli. Choʻziq unli davomli (choʻziq) talaffuz etiladigan Unli tovushlardir. Bunday tovushlar koʻpincha maʼno farqlash uchun xizmat qiladi. Bu hodisa turkiy tillarning baʼzilarida, shuningdek, ayrim oʻzbek shevalarida uchraydi. Mas, turkman tilida a:ch (krrnim och) va ach (eshikni och), ba:r (menda bor) va bar (ishga bor), a:t (nom, ism) va at (yilqi) va boshqa Qisqa unlilar talaffuziga choʻziq unliga nisbatan oz vaqt ketadi.