Yoshlarni qo'llab-quvvatlash|Rasmiy kanal
107K subscribers
5.57K photos
1.79K videos
246 files
8.67K links
Talabalar, o'quvchilar, yoshlar, abituriyentlar va pedagoglar kanali

Guvohnoma № 069232
Litsenziya С-5669166

Murojaat uchun: @Yqqmurojaatbot
Sayt: www.Yqqedu.uz
Kanal: @yqqeduuz
Tijoriy hamkorlik uchun: @UNIHUB_Agentligi

Kanal imzosi: 📌
Download Telegram
Fanlar majmuasi 2023_2024.pdf
1.6 MB
📌 2024/2025-o‘quv yili bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi

2024/2025-o‘quv yili uchun qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi. Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda, shuningdek, yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
Yoshlarni qo'llab-quvvatlash|Rasmiy kanal
📌 Bugundan qishki perevodga start beriladi. Qishda ham o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladimi? Ha, davlat OTMlariaro faqat 2 ta uzrli sababga asosan bo‘ladi. Ruxsat kimlarga beriladi? ➡️ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan…
📌O‘qishni tiklash bo‘yicha arizalar qabuli qachondan boshlanadi?

Talabalar o‘qishini bahorgi semestrga qayta tiklash bo‘yicha ariza topshirish – har yili 15-yanvardan 25-yanvarga qadar davom etadi.

Arizalar 25-yanvardan 15-fevralgacha ko‘rib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi.

Talabalar safidan chetlashtirilganlar o‘qishini boshqa OTMga mos ta’lim yo‘nalishiga ko‘chirish uchun ariza berishi mumkin.

❗️O‘qishga qayta tiklash to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Quyidagilar o‘qishga davlat granti asosida qayta tiklanishi mumkin:

yetimlar, I va II guruh nogironligi bo‘lganlar;
muddatli harbiy xizmatni o‘tagan (zaxiraga bo‘shaganidan 3 yilda) akademik ta’tildan belgilangan muddatda qaytganlar;
davlat buyurtmasi bilan xorijga o‘qishga yuborilgan va belgilangan muddatda qaytganlar.

Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
Forwarded from "RESEARCH SCIENCE AND INNOVATION HOUSE LLC rasmiy kanali 🇺🇿
Prezident va nomdor stipendiyalar uchun harakatni boshlagan, boshlamoqchi boʻlgan iqtidorli talabalar diqqatiga!

Stipendiat boʻlish yo'lida a'lo bahoda oʻqish bilan birgalikda ilmiy ishlar, maqolalar, ijodiy ishlar va ilmiy loyihalarga ham alohida eʼtibor qaratiladi.

Sizga ushbu yo'lda yordam berishga qaror qildik.
Buning uchun " Maqsad sari" nomli kurs tashkil etilmoqda.
Ushbu kursdan nimalar olishingiz mumkin?
- Baholar va uning hisoblari,
- Ilmiy ishlar tayyorlash va nashr qilish
- Qanday baholash va undagi asosiy eʼtibor nimaga qaratilishi,
- stipendiya.uz platformasida yuklashni o'rganish va hujjatlarni tayyorlash tartiblari,
- Monografiya, oʻquv qoʻllanma, oʻquv uslubiy qoʻllanma, DGU nashr qilish ahamiyati va boshqa qiziqarli savollarga javob olishingiz mumkin.

Malakali spiker 3 yillik tajribaga ega shu vaqtga qadar 200 dan ortiq Prezident nomdor stipendiyalar sohibiga o'z ko'nikmalari bergan.
Kurs haqida ma'lumot uchun:
@DOCTOR_BOBOYOROV ga murojaat qiling.
Yangi yil 50% chegirma mavjud!

Kanal
📌 SamDUda stipendiyasiz kontrakt to'lagan talabaga my.gov.uz portalida stipendiya tayinlangani ko'rsatilgan, lekin talabaning o'zi xayron, chunki bu stipendiyalarni ushlab ham ko'rmagan ekan.

Balki bu barchada uchrab turadigan tizimdagi xatolikdir, balki qaysidir mas'ul bu talabaning nomiga rag'bat stipendiyasi yozdirib o'zlashtirib yuborgandir.

Bu borada buni tizimlashtirganlardan munosabat kutib qolamiz.

Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
📌 Yodju universiteti rektori Janpo‘lat Xudoybergenov vafot etdi

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (eski nomi Yodju) rektori, iqtisodiyot fanlar nomzodi, professor Kudaybergenov Janpolat Shamuratovich 21-dekabr kuni 45 yoshida vafot etdi.

Biroz avval universitet rasmiy sahifasi motamda ekanligini izhor qilish maqsadida logosini qora tusga o'zgartirgan edi.

Marhumning oila-a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Endilikda elektron shaklda tayyorlangan mustaqil ishlar qogʻoz holatida talab qilinmaydi

Bu haqda O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova talabalar bilan uchrashuvda aytib oʻtdi.

P/B: Yaqin kunlardan beri vazirlik topshirig'iga ko'ra barcha oliygohlarda rahbar va yoshlar uchrashuvlari tashkil etilmoqda. Ushbu uchrashuvlarda yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollar va murojaat, takliflarini rektorlariga yo'llashmoqda, natijada yashirib kelingan yoki boshqalar bosh qotirmagan muammolar joyida hal etilmoqda. Boshqa OTMlar ham qog'ozbozlikni kamaytirish choralarini ko'rsa yaxshi bo'lar edi)

Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
📌Milliy sertifikatga ega bo‘lgan “O‘zbek tili va adabiyoti” fani o‘qituvchilariga kelgusi o‘quv yilidan boshlab 50 foiz ustama to‘lanadi.

Shuningdek, Prezident raisligidagi yig’ilishda o‘zbek tili bo‘yicha xalqaro fan olimpiadasi o‘tkazilishi, g‘olib va sovrindorlari pul mukofoti bilan taqdirlanishi hamda oliygohlarga o‘zbek tili filologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilandi.

Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
📌Talabalar diqqatiga! Ertadan boshlab voha viloyatlariga avtobus qo’yiladi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Transport vazirligi bilan hamkorlikda ertadan, 23-dekabr - shanba kuni soat 10.00 dan eʼtiboran Toshkent shahri, Talabalar shaharchasida joylashgan Oʻzbekiston Milliy universiteti (moʻljal: Beruniy metrosi) bosh binosi qarshisidagi maydonda (kirish darvozasi, arka oldida) Toshkent shahrida tahsil oluvchi va qishki taʼtil munosabati bilan doimiy yashash joylariga joʻnab ketuvchi talabalar uchun qoʻshimcha avtobus yoʻnalishlari tashkil etildi.

🚌 Avtobuslar qatnovi talab (buyurtma) mavjud boʻlgan quyidagi yoʻnalishlarda tashkil etilmoqda:

Toshkent — Olot (Buxoro);
Toshkent — Qarshi;
Toshkent — Termiz.

Chiptalar Oʻzbekiston Milliy universiteti bosh binosida tashkil etilgan sayyor kassada sotiladi.

Izoh: Toshkent-Olot (Buxoro) yoʻnalishi boʻyicha avtobuslar Jizzax, Samarqand, Navoiyga boradigan talabalar uchun yoʻnalishda belgilangan narxlarda xizmat koʻrsatishi mumkin.

🚊Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Namangan, Fargʻona, Andijon viloyatlariga joʻnab ketuvchi talabalar uchun alohida qoʻshimcha temir yo'l vagonlari tashkil etilgan. Ushbu yoʻnalishlarda imtiyozli (50% chegirma) temiryoʻl chiptalari Oʻzbekiston Milliy universiteti bosh binosida tashkil etilgan sayyor kassa (moʻljal: Beruniy metrosi) orqali berilishini maʼlum qilamiz.

Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
📌 2024 yildagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi

Barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar):

22-mart – juma;
11-aprel – payshanba;
18-iyun – seshanba;
3-sentabr – seshanba;
31-dekabr – seshanba.

6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun:

2-yanvar – seshanba;
23-mart – shanba;
12-aprel – juma;
31-avgust – shanba;
30-dekabr – dushanba.

Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
📌 Ayni paytda O'zbekiston Milliy Universiteti va Toshkent davlat texnika universitetidamiz, talabalarni uyiga sog'-salomat yetib borishi uchun vazirlaru, hokimlardan tortib prorektorlargacha hamma shu yerda. Ertalab bir guruh talabalarni vokzalda poyezd orqali kuzatib yuborgan edik, hozir esa talabalar shaharchasidamiz, bu yerda avtobuslar tashkil qilingan, avvallari bunaqa bayramlar arafasida biletlar qimmatlab ketar edi, hozir esa talabalar arzonga ketayotganidan xursand.

Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ekspeditsiya
#Orol

📌 Toshkent kimyo-texnologiya instituti professor-o'qituvchilar hamda iqtidorli talabalardan tashkil topgan jamoa Qoraqalpog'iston Respublikasining Mo'ynoq tumani hamda Orol bo'yi hududiga tashkil etgan ekspeditsiyani muvoffaqiyatli yakunlab Toshkentga qaytib keldi.

Joriy yil 15-22 dekabr kunlari Toshkent kimyo-texnologiya instituti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan Orol dengizi hududida o‘simliklarning suvsizlikka chidamliligini oshiruvchi kompozit yordamida hududga yangi innovatsion biotexnologiyalarni jalb qilish orqali ekologik tizimni shakllantirish, TKTI bog‘ini yaratish, Orol dengiziga yaqin va atmosferik yondosh hudud aholisi orasida keng tarqalgan ankologik, teri tanosil, gipertoniyaning turli ko‘rinishlari, nefrologik hamda gastroentorologik kasalliklar profilaktikasini(tabiiy dorivor o‘simliklar yordamida) ekotizim, hudud flora va faunasini tiklash orqali amalga oshirish texnologiyasini yaratish uchun kerakli namunalarni to‘plash, ekspeditsiyaning asosiy maqsadi etib belgilangan edi.

Shu maqsadda ekspeditsiya a‘zolari tomonidan yangi innovatsion texnologiya asosida 350 tup cherkez va qandim o‘simliklari ekildi.
Mo‘ynoq tumanidan 80-350km oraliqdagi hududlardan 37 ta  namunalar yosh olimlarning kelgusi tadqiqot ishlarini olib borish uchun obyekt sifatida tanlab olindi. Tuproq-gil va qotishma ko‘rinishidagi obyektlardan har 30 kmdan 20dan ortiq namunalar olindi. Ekspeditsiya jamoasi tarkibidagi yoshlarga keyingi ilmiy faoliyatlarini olib borishlari uchun 13 ta mavzuda ilmiy-dissertativ mavzular tanlab olindi. TKTI olimlari tomonidan ishlab chiqilgan jami 350kg kompozit cho‘l o‘simliklari ildiz tizimiga qo‘yib chiqildi.

Cho‘l hududidagi dorivor o‘simliklardan tub aholi orasida keng tarqalgan kasalliklarni oldini olish va tabiiy davolash bo‘yicha biodozalar ishlab chiqish maqsadida namunalar olindi.

Do'stlaringizga ulashing

@YQQUZB_KANAL