Yoshlarni qo'llab-quvvatlash|Rasmiy kanal
96K subscribers
5.62K photos
1.81K videos
247 files
8.7K links
Talabalar, o'quvchilar, yoshlar, abituriyentlar va pedagoglar kanali

Guvohnoma № 069232
Litsenziya С-5669166

Murojaat uchun: @Yqqmurojaatbot
Sayt: www.Yqqedu.uz
Kanal: @yqqeduuz
Tijoriy hamkorlik uchun: @UNIHUB_Agentligi

Kanal imzosi: 📌
Download Telegram
📌 Bugun Farg'ona davlat universiteti jamoasi va talaba-yoshlari uchun "Assalom Navro'z" bayram sayli bo'lib o'tdi.

🔰 Ushbu sayl davomida yoshlarning milliy - an'anaviy chiqishlari - o'zbekona liboslar, ko'klam nozu-ne'matlari bilan bezatilgan bayram dasturxoni, turli xalqona kuy va qo'shiqlar, laparlar barchaga zavq ulashdi.

Do’stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
📌 Murojaatbotga kelgan savol: Biz kredit-modul tizimida o'qiymiz, shanba kuni mustaqil ta'lim kuni, 8-mart kungi darslar 11-mart shanbaga ko'chirilib o'tildi, endi esa 20-mart kungi darslar ham 18-martga ko'chirib o'tishmoqchi. Qonunan shanba(mustaqil ta'lim kuni)da darsga chaqirishga haqqi bormi?

Qonunchilikda bu masala yuzasida aniq bir norma belgilanmagan, shu sababli har bir OTM o'zining sharoitidan kelib chiqib yo'l tutadi. Darslarni qaysi vaqtga ko'chirish bu o'quv bo'limining va professor-o'qituvchilarning ixtiyorida. Masalan guruh va o'qituvchining vaqtlari aynan shanbaga emas boshqa kuni 2-smenada yoki 1-smenda bo'sh vaqti bo'lsa qolib ketgan darslarni bildirgi asosida o'sha vaqtda o'tib berishi mumkin. Agar mustaqil ta'lim kunidan boshqa kunlarning barchasida, guruhlarning yoki o'qituvchining vaqtlari to'g'ri kelmay qolsa, shuningdek auditoriya bilan bog'liq muammolar vujudga kelib darslarni mustaqil ta'lim kuniga ko'chirishdan boshqa chora qolmasa, bu qarorga kelishga ularning qonunan haqqi bor. Chunki mustaqil ta'lim kuni dam olish kuni emas. Qolib ketgan darslarni faqat dam olish kunlariga ko'chirish mumkin emas.


Do’stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Huquqshunos va bloger Xushnud Xudoyberdiyev o’z tajribasidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish jarayonlaridagi o’zgarishlar haqida so’zlab berdi.

“Loqaydlik dunyodagi eng kuchli zilzila va bo’rondan ham yomonroq, befarq bo’lmang” deydi u.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
📌 Kontraktni to’liq to’lamaganlarni yakuniy yoki oraliqlarga kiritmaslikka OTM mas’ullarining haqqi bormi?

Yo’q bunga haqqi yo’q, yakuniy va oraliqlarga talabani kiritmaslik uchun kontraktni to’lamaslik asos bo’la olmaydi. Agar talaba umuman kontrakt to’lamagan bo’lsa uni talabalar safidan chetlatishi mumkin xolos.

Talabani oraliqqa yoki yakuniyga kiritmaslik, ataylab fandan yiqitish, darsga kiritmay nb qo’yib qo’yish, va boshqa g’ayriqonuniy harakatlar amalga oshirish umuman mumkin emas.

Kontrakt to'lash muddatlari:

👉 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

👉 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

👉 xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;

Do’stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
📌 Marketing lvl 99


Do’stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
📌 Buyuk Britaniya, Singapur, Xitoy va Turkiyalik mutaxassislar bilan Toshkent shahrining 2045 yilgacha bo‘lgan Bosh rejasi loyihasi ishlab chiqildi.

Jumladan, Toshkent viloyatining chegaradosh tumanlari hisobidan poytaxt hududini bosqichma-bosqich kengaytirib, Chirchiq va Qorasuv daryolari oralig‘ida "Yangi Toshkent" loyihasini amalga oshirish maqsad qilib olindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning "Yangi Toshkent" loyihasi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimidagi nutqiqdan

Do’stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Viloyatga qatnaydigan taksistlarga xudo insof bersin.

Bayram arafasi har doimgidek yo’l kira narxlarini oshirib olishibdi.

@YQQUZB_KANAL
📌 Fargʻona viloyati Fargʻona davlat universiteti binosida 18-mart kuni “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya oʻzimizniki” shiori ostida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi boʻyicha targʻibot tadbiri va konsert-shou dasturi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Fargʻona viloyatidagi chet tillarni oʻqitishga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati direktori Eleonora Dadajonova, “Murad Buildings” MCHJ rahbari Murod Nazarov, Oʻzbekiston xalq artisti, xonanda Otabek Muhammadzohid va 2,5 mingdan ziyod viloyatning iqtidorli va faol yoshlari ishtirok etdi.

Do’stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL