Yosh onalarga maslahatlar
60.3K subscribers
5.5K photos
2.79K videos
21 files
2.36K links
‼️Kanalda berilgan ma'lumotlar ochiq internet manbalardan olingan bo’lib,faqat qo’shimcha axborot uchun mo’ljalangan

ADMIN DOCTOR EMAS

@REKLAMA_UCHUN_ADMINKA
Download Telegram
🌐Чақалоқларда физиологик мастопатия!!!

Чақалоқ кўкрагининг қаттиқлашиши ёки дағаллашиши бўлиб, онадан ўтган кўп миқдордаги пролактинлар ҳисобига юзага чиқади. Одатда чақалоқ ҳаётининг 3–4-, узоғи билан 7–8 кунларида бошланади. Кейин дағаллашиш мунтазам камайиб боради. Неонатал даврнинг охирига бориб, сут безларининг ҳажми одатдагидек тус олади. Сут безларининг катталашиши доимо симметрик бўлади. Без устидаги тери ўзгармайди. Боланинг умумий аҳволи ва кайфияти ўзгармайди. Дағаллашиш сут безидан оғиз сутига ўхшаш оқ рангли ажралма чиқиши билан биргаликда кечади.

Муолажа талаб қилинмайди. Сут безларининг яллиғланишига йўл қўймаслик учун ундан ажралмани сиқиб чиқариш қатъиян ман этилади. Безлар устидаги тери тозаланади, муолажа ўтказиладиган жой қуруқ ва илиқ бўлиши керак

Дағаллашиш ёрқин намоён бўлганда стерилланган камфора ёғи билан компресс қилиш мумкин

Яқинларизга ҳам улашинг!!!

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
👶🏻 Bolalar nega kech gapiradi?

— Bolalar odatda 1-2 yoshdan gapirishni boshlaydi. Ammo, ba‘zi bolalar 3-4 yoshga yetsa ham gapirmaydilar. Bunga sabab, jismoniy yoki ruhiy zoʻriqishlar boʻlishi, bola bilan gaplashmaslik, oiladagi ba‘zi shovqinli holatlar va boshqa shu kabi e‘tiborsizlik hamda salbiy sabablar boʻlishi mumkin.

— Bolaning tili chiqmagan boʻlsa ham unga gapiring, u bilan gaplashing. Bola sizni sal boʻlsada tushunadi, albatta. Agar sizga ma‘qul kelsa, bolangiz bilan muhim mavzularda suhbat quring.

— Shuningdek, u bilan birga harakatli oʻyinlar oʻynang, aqlni charhlovchi oʻyinchoqlar bilan uni qiziqtiring. Eng kamida u bilan bir kunda 15-35 daqiqa shu kabi mashgʻulotlar oʻtkazing.

— Agar, biz bergan maslahat va tavsiyalar samara bermasa, uni iloji boricha tezroq bolalar shifokoriga koʻrsating.

💬 P.s: Bolaning rivojlanishi va tarbiyasi bilan uning chaqaloqlik davridan shugʻullanish yaxshi samara beradi.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mashg'ulot

🐝Tuxum qutisidan "asalari" yasaymiz

✂️Bolajoningiz bilan, albatta, birgalikda bajarib ko'ring!

Yoqqan bo'lsa reaksiya qoldirib yaqinlarinizga ham ulashing ☺️

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi