Yosh onalarga maslahatlar
66.5K subscribers
4.96K photos
2.23K videos
16 files
2.32K links
‼️Kanalda berilgan ma'lumotlar ochiq internet manbalardan olingan bo’lib,faqat qo’shimcha axborot uchun mo’ljalangan

ADMIN DOCTOR EMAS

@REKLAMA_UCHUN_ADMINKA
Download Telegram
SAVOL
Farzandingizni bir kunda necha marta quchoqlaysiz?

💁‍♀️Болани қучоқлаш методикаси!

Бир машҳур психолог бола учун зарур бўлган қучоқларни санаб чиқди, улар инсонга бахтли бўлиш учун жуда зарур экан.

❗️Агар бир кунда ҳеч бўлмаса 4 марта қучоқлашсангиз, бу унинг Ер сайёрасида нормал мавжуд бўлишига ёрдам беради.

❗️8 таси унинг фаоллигини таъминлайди.

❗️12 ва ундан ортик багризга босганингизда эса унинг организми ўсиб ривожланиши аникланган.

❗️Яна бир факт, болангизни қучоқлаб ўпиб қўйиш - сиз ота-оналарнинг ҳам саломатлигингиз ва руҳий хотиржамлигингизга ижобий таъсир кўрсатиб иш коэффициентингизни ошираdi.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
#ибрат

Тўлғоқ азоби 42 та суяк сингандаги оғриққа тенг бўлиб, тириклай ёниб кетгандаги оғриқдан кейинги ўринда турар экан.
Аллоҳим, фарзандини дунёга келтираётган аёлларимизни жаннатга мушарраф қилгин!

Оналаримизни қадрига етайлик

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
Ko‘krak suti bilan oziqlantirilganda nima sababdan bolaning ichi qotadi?

Chaqaloqlar ko‘krak suti bilan oziqlantirilganda ham ich qotishi kuzatilsa, bunda ona organizmi tomonidan sut kam ishlab chiqarilayotgan bo‘ladi. Bunday ich qotishni “och qolish sababli kelib chiqqan qabziyat” deyish mumkin. Bunday hollarda chaqaloqlardagi qabziyat holati qo‘shimcha ovqatlantirish yo‘li bilan bartaraf etiladi.

Bundan tashqari, chaqaloqlarda qabziyat yuzaga kelishida, ayniqsa, onaning ovqatlanish tartibi va tarkibi muhim rol o‘ynaydi. Axir, ona iste’mol qilgan barcha mahsulotlar bolaga uning sutidan o‘tadik-u. Shu sababli shifokorlar ko‘krak yoshidagi farzandlari bor ayollarga quyidagi mahsulotlarni cheklashni tavsiya etadilar:

Dukkakli mahsulotlar;

Yog‘li va qovurilgan mahsulotlar

Dudlangan mahsulotlar;

Oq non va yangi tayyorlangan pishiriqlar;

Banan;

Kofe;

Sut;

Shakar;

Achchiq choy;

Go‘sht va boshqalar.

Yuqorida sanab o‘tilgan barcha mahsulotlar organizmda gaz hosil bo‘lishini ko‘paytiradi va bolalarda ich qotishiga sabab bo‘ladi. Shu tufayli onalar ko‘krak yoshidagi bolalarini emizadigan davrda diyetaga rioya qilib turishlari zarur.

Chaqaloqlarda ich qotishi belgilari

Chaqaloqlarda kuzatiladigan qabziyat belgilari, unga sabab bo‘ladigan omilga bog‘liq bo‘ladi. Umuman olganda ich qotishida – najasning kelish muddati cho‘ziladi va axlat massasi qatiq, quruq bo‘lib qoladi. Shu bilan birga bolalarda quyidagi belgilar ham kuzatilishi mumkin:

Bezovtalik va yig‘lash;

Injiqlik;

Qorin dam bo‘lishi;

Ovqatlanishdan bosh tortish;

Qorinda xurujlar (kolika);

Ich kelish vaqtida bola yuzi qizarib ketishi va kuchanish hissi;

Qorin devorining qattiqlashishi.

Ichaklar bilan bog‘liq muammolarda bolalar uyqusi buziladi, ular passiv bo‘lib qolishadi. Agar qabziyat jiddiy kasallik oqibatida kelib chiqsa, asosiy simptomlarga quyidagila ham qo‘shilishi mumkin:

Ko‘ngil aynishi va qusish;

Tana haroratining oshishi;

Allergik toshmalar;

Teri rangining o‘zgarishi;

Najasda qon va shilliq bo‘lishi;

Kuchli hiqichoq tutishi.

🤗Bunday holatlarda bolani tezroq pediatrga olib borish kerak. Bolada kuchli qabziyat kuzatilgan vaqtda nima qilish kerak va hazm tizimi a’zolar funksiyasini qanday tiklash haqida faqatgina shifokor to‘g‘ri ko‘rsatmalar bera oladi.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
​​🌐Яссиоёқлик…,фарзандингиз саломатлига бефарқ бўлманг!!!👇

Ясситовонликнинг туғма ва орттирилган тури кузатилади. Болаларда 5 ёшгача суяк шаклида ўзгаришлар рўй беради. Тўқималар жуда чўзилувчан бўлади. Натижада эса юклама ёки вазн оғирлиги тушганда оёқ-панжа гумбази баландлиги ўзгаради. Эндигина юришни бошлаган болажонлар оёқларини кенг ташлаб, товонини ички томонга босиб юришади. Аксарият ота-оналар “3-6 ёшли болаларда ясситовонликнинг учраши нормал ҳолат” ёки “бу ёшдаги болалар ушбу хасталик билан оғримайди” деб ўйлашади. Бу умуман нотўғри.

🪙Аксинча, айнан шу ёшдан бу хасталикни даволаш анча самаралидир. 10 ёшдан кейин даво самараси 10 фоизга ҳам етмайди. Ушбу касалликнинг энг ёмон томони шундаки, оёқ панжасида оғриқ ва деформация (нуқсон) кузатилмайди. Боланинг бутун таянч-ҳаракат фаолияти бузилади. Кичкинтойларни 5 ёшгача бу хасталикдан даволаш орқали уларни умуртқа поғонасининг қийшайишидан асраб қолиш мумкин.

🪙Бунинг учун бола кўпроқ иссиқ кунларда ерда, асфальтда ва майса устларида ялангоёқ юриши керак. Фарзандингиз учун танланган оёқ кийимининг остки қисми қалин, таги юмшоқ, пошнаси 1–1,5 сантиметр бўлиши лозим. Унинг ички чоклари минимал бўлиши, табиий матодан тайёрланиши ва унинг дастаги баланд бўлиб, оёқни маҳкам ушлаши керак. Оёқ кийим 0,5-1 см каттароқ бўлиши, оёқнинг ўсишини ҳисобга олган ҳолда пойабзални алмаштириб боришни назорат қилиш зарур. Бундай пайтларда махсус ортопедик оёқ кийимларни кийиш тавсия этилади.


Яқинларизга ҳам улашинг!!!

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yosh onalar uchun bola parvarishi.

Ushbu videoda chaqaloqni:
— yotqizish
— yo‘rgaklash
— tinchlantirish
— mashq qildirish
— uxlatish
usullari keltirilgan 🌸

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi