Yoshlar_ittifoqi_Buxoro|Rasmiy kanal
342 members
1.4K photos
141 videos
23 files
624 links
O’zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro viloyat Kengashining rasmiy kanali
facebook: https://www.facebook.com/groups/255250831554702/
telegram: https://t.me/YIBuxoro
Viloyat Kengashi matbuot xizmati
Download Telegram
to view and join the conversation
Barchamizga ma’lumki, yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning to’rinchi yo’nalishi kitobxonlik va ijodkor yoshlarni qo’llab-quvvatlashga bag’ishlangan.

Buxoroda bo’lib o’tayotgan “Buyuk ajdodlarga munosib voris bo’laylik” shiori ostidagi I yoshlar festivali doirasida ham yuqorida ta’kidlangan g’oya ilgari surildi.

19-umumta’lim maktabida o’tkazilgan ijodiy uchrashuvda viloyatning yosh ijodkorlari shoir va yozuvchilar bilan suhbatda bo’lishdi.

Adabiyot vakillari yoshlarga ijod olamining o‘ziga xos mashaqqatlari haqida so‘zlab, o‘z hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Yosh qalamkashlar ustozlar tomonidan berilgan tavsiyalarni katta qiziqish bilan tingladi.

Yoshlar ittifoqi rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEHitBokWsG09oarxg
ДИҚҚАТ: “ОБУНА-2020”
Ҳурматли газетхонлар!
Ўзбекистон ёшлар иттифоқи вилоят Кенгаши “Обуна-2020” мавсуми бошланганини инобатга олиб, барчани ташкилот муассислигидаги “Buxoro yoshlari” газетасига обуна бўлишга чорлайди.

Ёшлар иттифоқининг туман, шаҳар Кенгашлари, турли таълим муассасалари ҳамда корхона, ташкилот бошланғич ташкилотлари орқали обуна мавсумини уюшқоқлик билан ўтказайлик!

Газетанинг бир йиллик обуна баҳоси:
Бухоро вилоят “Матбуот тарқатувчи” шўъба корхонаси, “Ўзбекистон почтаси” ОАЖ Бухоро филиали, шунингдек, қатор обуначи ташкилотлар орқали – 120 000 сўмни;
Таҳририят орқали – 100 000 сўмни ташкил этади.
Обуна нақд пул, пул кўчириш орқали амалга оширилади.
Нашр индекси: 3051
1000 дона
обуна ташкилотчиларига НОУТБУК
500 дона обуна ташкилотчиларига ТЕЛЕВИЗОР
250 дона обуна ташкилотчиларига ЧАНГ ЮТГИЧ
100 дона обуна ташкилотчиларига МИКРОТЎЛҚИНЛИ ПЕЧ, шунингдек, бошқа рағбатлантирувчи совринлар тақдим этилади.

Имкониятни қўлдан бой берманг! “Обуна -2020” мавсумига шошилинг!

“Buxoro yoshlari” Сиз билан!
Газетамизни www.buxoro-yoshlari.uz сайти ҳамда @by_gazetasi телеграмм канали орқали ҳам кузатиб боринг!

Обуна бўлинг ва яқинларга улашинг! 👇🏻
👉 @by_gazetasi
ЎЗБЕКИСТОН ЁШЛАР ИТТИФОҚИ РАҲБАРИЯТИДА ЎЗГАРИШ БЎЛДИ

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 29 августдаги Фармони асосида Президентнинг ёшлар, фан, таълим, соғлиқни сақлаш ва спорт масалалари бўйича маслаҳатчисининг биринчи ўринбосари, Ўзбекистон ёшлар иттифоқи Марказий Кенгаши раиси Қуранбаев Қаҳрамон Қўчқорович Ўзбекистон Республикаси Президентининг давлат хизмати ва давлат ҳокимияти вакиллик органлари билан ҳамкорлик қилиш масалалари бўйича маслаҳатчисининг биринчи ўринбосари лавозимига тайинланди.
Шу пайтга қадар Ўзбекистон ёшлар иттифоқи Марказий Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари лавозимда ишлаб келган Саъдуллаев Алишер Зафарович бугундан бошлаб Президентнинг ёшлар, фан, таълим, соғлиқни сақлаш ва спорт масалалари бўйича маслаҳатчисининг биринчи ўринбосари этиб тайинланди ва Ўзбекистон ёшлар иттифоқи Марказий Кенгаши раиси вазифасини вақтинча бажариш юкланди.

Ўзбекистон ёшлар иттифоқи жамоаси Қаҳрамон Қуранбаев ва Алишер Саъдуллаевларни янги масъулиятли лавозимлар билан самимий қутлайди ва келгуси фаолиятида муваффақиятлар тилаб қолади.
Qadrli yoshlar!

Yoshlar ittifoqidagi faoliyatim davrida yoshlar bilan ishlashdan, ular bilan birga boʻlganimdan chin dildan xursandman. Oʻylangan ishlarimizning baʼzilari amalga oshdi, boshqalari rejalarda qoldi.

Shu oʻtgan vaqt ichida yurtimiz yoshlarining qiziqishlari, xohish va istaklarini inobatga olgan holda ularga yanada qulay sharoitlar yaratish, kelajakka boʻlgan ishonchlarini yanada oshirish maqsadida ahil jamoamiz bilan mehnat qildik.
Sizlarga boʻlgan mehrimni izhor qilgan holda siz yoshlarga muvaffaqiyat tilab qolaman.

Ishonchim komilki, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi va yurtimiz yoshlari Alisher Saʼdullayev boshchiligida yangi marralarni zabt etadi.

Hurmat bilan,
Qahramon Quranbayev
Yoshlar ittifoqi Shofirkon tuman Kengashi tomonidan mustaqillikimizning 28 yilligi munosabati bilan bozorlar va aholi gavjum joylarda targ'ibot ishlari olib borilmoqda.


A’zo bo’ling: https://t.me/joinchat/AAAAAEgH8padRZJk62F2_Q
KONTRAKT SUMMALARI BILAN TANISHING❗️

Gumanitar soha BAKALAVRIATI uchun

Kunduzgi ta'lim

Gumanitar soha:
👉 Pedagogika, kasbiy ta'lim - 17 barobar - 10.792.960 so'm
👉 San'at - 19 barobar 12.062.720 so'm
👉 Gumanitar fanlar - 17 barobar - 10.792.960 so'm
👉 Filologiya (barcha turi), tarjima nazariyasi va amaliyoti - 18 barobar - 11.427.840 so'm
👉 Jahon siyosati - 22 barobar - 13.967.360 so'm
👉 Matematika, amaliy matematika va informatika, tabiiy fanlar - 17 barobar - 10.792.960 so'm


Sirtqi va kechki ta'lim:

👉 Pedagogika, kasbiy ta'lim - 10 barobar - 6.348.800 so'm
👉 San'at - 12 barobar - 7.618.560 so'm
👉 Gumanitar fanlar - 10 barobar - 6.348.800 so'm
👉 Filologiya (barcha turi), tarjima nazariyasi va amaliyoti - 11 barobar - 6.983.680 so'm
👉 Jahon siyosati - 15 barobar - 9.523.200 so'm
👉 Matematika, amaliy matematika va informatika, tabiiy fanlar - 10 barobar - 6.348.800 so'm
Maxsus sirtqi:

👉 Pedagogika, kasbiy ta'lim - 6 barobar - 3.809.280 so'm
👉 San'at - 8 barobar - 5.079.040 so'm
👉 Gumanitar fanlar - 6 barobar - 3.809.280 so'm
👉 Filologiya (barcha turi), tarjima nazariyasi va amaliyoti - 7 barobar - 4.444.160 so'm
👉 Jahon siyosati - 10 barobar - 6.348.800 so'm
👉 Matematika, amaliy matematika va informatika, tabiiy fanlar - 6 barobar - 3.809.280 so'm

@by_gazetasi
Bugun poytaxtimizda yoshlar masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda Saʼdullayev Alisher Zafar oʻgʻli Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi lavozimiga rasman saylandi.
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi Alisher Saʼdullayevning faoliyatiga omad va muvaffaqiyatlar yor boʻlishini tilaydi.

Yoshlar ittifoqi rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEHitBokWsG09oarxg
“Yoshlarga oid davlat siyosati: muammo, islohot, yechim”

Mana bugun “Yoshlarga oid davlar siyosati” to’g’risidagi Qonun qabul qilingan kun. Yurtboshimiz davlat rahbari sifatida vazifani bajarishga kirishga kunlarida birinchi bo’lib mazkur Qonunga imzo chekganlar. Shu ham mamlakatimizga yoshlarga e’tibor, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan islohotlarning yaqqol isbotidir.

Bugun Buxoro yoshlar markazida sana munosabati yoshlarga oid davlat siyosati borasida viloyat amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi va yoshlarning muammolari quloq tutish uchun “Yoshlar Press klubi” bo’lib o’tdi.

Ta'kidlash joizki, bugun mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning barcha jabhalarida tub islohotlar o‘tkazilmoqda. Bu o‘zgarishlar “Yoshlarga oid davlat siyosati”ni ham chetlab o‘tgani yo‘q.

“Yoshlar press-klubi”ning Buxoro viloyatida “Yoshlarga oid davlat siyosati”dagi sessiyasida spiker sifatida Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi, Buxoro viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Axborot va Ommaviy Kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi, Oila markazi viloyat boshqarmasi, Madaniyat boshqarmasi, viloyat Mahallar Kengashi, Bandlik bosh boshqarmasining rahbar va mas'ul xodimlari, OAV xodimlari va blogerlar, talabalar, Yoshlar ittifoqi faollari ishtirok etdi.

Press-klub sessiyasida o‘tgan yil davomida viloyatda yoshlarga oid davlar siyosati borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. IT-Texnologiyalar, Yoshlar tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozli kreditlar, Imkoniyati cheklangan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar kabi qator masalalar muhokama qilindi. Takliflar berildi.

A’zo bo’ling: https://t.me/joinchat/AAAAAEgH8padRZJk62F2_Q
Булут ортидаги нур

👉 https://clck.ru/JA7kV

@by_gazetasi