Xorazm viloyati soliq boshqarmasi Soliq xizmati xabarlari
1.24K subscribers
10.8K photos
2.03K videos
184 files
7.55K links
Xorazm viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Murojaat uchun tel: 95 777 11 25;
94 111 97 90

Ishonch tel: 622231010

(Rasmiy kanal)

@Xorazm_viloyat_soliq
Download Telegram
#qiziq_lekin_fakt

1 milligramm sement 2 mlrd so'm


Qurilish materiallarini realizatsiya qilish bo'yicha hujjatlarni o'rganishda qiziqarli faktlar aniqlandi: yarim million so'mga g'isht va qurilish uchun 1 mlrd so‘mlik salqin ichimliklar.

Boshqa yana misollar.

Joriy yilning mart oyida korxona EHF rasmiylashtirib 1 mg sementni 2 mlrd so‘mga realizatsiya qilgan.

Yana bir soliq to‘lovchi EHF orqali 1000 kub metr sementni 625 ming so‘mdan sotgan.

👉Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#EHF #MXIK

Elektron hisobvaraq-fakturalarda paxta xom ashyosi tonnada realizatsiya qilinishi lozim

Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, paxta yetishtiruvchilar tomonidan birja savdolari orqali realizatsiya qilingan (elektron hisobvaraq-faktura asosida) bir tonna paxta xom ashyosi uchun Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 mln so‘m miqdorida subsidiya beriladi.
❗️Paxta-to‘qimachilik korxonalari tomonidan yetishtirilgan paxta xom ashyosi hamda urug‘lik paxta bundan mustasno.

Shundan kelib chiqib, paxta xom ashyosi va paxta tolasi uchun MXIKga yagona o‘lchov birligi sifatida - tonna biriktirildi.

Endilikda, ushbu mahsulotlar uchun elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishda tonna o'lchov birligi avtomatik ravishda shakllanadi.
___________
#ЭСФ #ИКПУ

В электронных счетах-фактурах хлопковое сырье нужно реализовывать в тоннах


В соответствии с Постановлением Кабинета Министров за каждую тонну хлопкового сырья, реализованного через биржевые торги (на основе электронных счетов-фактур), производителям хлопка предоставляется субсидия в размере 1 млн сумов за счет средств Фонда государственной поддержки сельского хозяйства.
❗️Исключение составляют хлопковое сырье и семена хлопчатника, выращенные хлопково-текстильными предприятиями.

Исходя из этого, за ИКПУ хлопкового сырья и хлопкового волокна закреплена единица измерения - тонна.

Теперь при формировании электронных счетов-фактур на эту продукцию в качестве единицы измерения автоматически указывается тонна.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#eʼlon

🔹Stol tennisi ishqibozlari diqqatiga!

Soliq qo‘mitasi hamda O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi hamkorligida 27-28-sentabr kunlari 🏓stol tennisi bo'yicha “Soliq qo‘mitasi kubogi”🏆 musobaqasining respublika bosqichiga START beriladi.

Musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan saralangan 100 nafardan ortiq havaskor sportchilar bahslarga kirishadi.

Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Seul ko‘chasi 7-uy “Universal” sport majmuasi.

Sportchilarni qoʻllab quvvatlashga barchani taklif etamiz!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#foyda_soligi

Foyda solig'i bo'yicha hisobot shakli to‘ldirildi

Foyda solig'i hisob-kitobiga 2 qator qo'shildi:
🔹2-ilovadagi 0135 va 01351-qatorlar;
🔹2.1-ilovadagi 0334 va 01341-qatorlar.
👉Soliq kodeksining 312-moddasi

Ular “Avtokameral” axborot tizimi orqali tahlilda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va foyda solig‘i hisob-kitoblarida xarajatlarni taqqoslashda tushunmovchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, ilmiy tadqiqotlarga va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga doir xarajatlarni alohida qatorda belgilash maqsadida kiritildi.

Soliq to'lovchilar ushbu hisobot shaklini uchinchi chorakdan, ya'ni 2024-yil 1-oktabrdan boshlab topshirishlari mumkin.

Ma'lumot uchun. Joriy yilning III choragi uchun foyda solig‘i bo‘yicha hisobot 20-oktabrdan kechiktirmay topshirilishi lozim.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_hisoboti

Soliq hisoboti o‘z vaqtida taqdim etilmasa…


Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaganlik uchun soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki soliq to‘lovchi bo‘lgan jismoniy shaxs ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
👉Soliq kodeksi 220-modda

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq, soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik:
🔹YATTlarga – BHM*ning 3 baravari miqdorida,
🔹Yuridik shaxsning rahbariga – BHMning 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉MJTK 175-modda 2-qismi

Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatayotgan bankka taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik yuridik shaxsning rahbari va YTTga – BHMning 5 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉MJTK 175-modda 5-qismi

Qanday hollarda soliq hisobotlarini taqdim etmaganligi uchun soliq to‘lovchining bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalari to‘xtatiladi?
Soliq to‘lovchilar soliq hisobotlarini belgilangan muddat tugaganidan keyin 10 kun ichida taqdim etmaganda ularning bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalari to‘xtatib turiladi.
👉 Soliq kodeksi 111-modda 3-qism 1-band

Qanday hollarda soliq to'lovchilar soliq hisobotlarini taqdim etmaganlik hamda to’lov intizomini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlikdan ozod qilinadi?
Mazkur huquqbuzarlik birinchi marotaba sodir etilganda huquqbuzarlik aniqlangan paytdan eʼtiboran 30 kun ichida ixtiyoriy ravishda bartaraf etilgan taqdirda javobgarlikdan ozod etiladi.
👉 MJTK 271-modda 11-band

Ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish to‘g‘risidagi qaror qancha muddatda yuboriladi?

Soliq organlarining axborot tizim orqali qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish to‘g‘risidagi qaror jarima solish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kundan e’tiboran 3 kun ichida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
👉 MJTK 309-prim 3-modda / Soliq kodeksi 56-modda

*2024-yil 1-oktabrdan boshlab BHM 1 baravari = 375 000 so‘m
__________
#налоговая_отчетность

Если своевременно не представить налоговую отчетность...

За несвоевременное представление налоговой отчетности должностное лицо налогоплательщика-юридического лица или налогоплательщик-физическое лицо привлекается к административной ответственности.
👉ст.220 НК

В соответствии с Кодексом об административной ответственности несвоевременное представление налоговой отчетности влечет наложение штрафа:
🔹на индивидуального предпринимателя - в размере 3 БРВ,
🔹на руководителя юридического лица - в размере 10 БРВ.
👉ч.2 ст.175 Кодекса об административной ответственности

Непредставление или несвоевременное представление налогоплательщиком в обслуживающий банк платежного поручения на уплату налогов и сборов влечет наложение штрафа на индивидуального предпринимателя или юрлицо в размере 5 БРВ.
👉ч.5 ст.175 Кодекса об административной ответственности

В каком случае за непредставление налоговой отчетности у налогоплательщика приостанавливаются операции по счетам в банке?
Операции по счетам в банке приостанавливаются, в случае непредставления налогоплательщиками налоговой отчетности в течение 10 дней по истечении установленного срока.
👉п.1 ч.3 ст.111 НК

Когда налогоплательщики освобождаются от административной ответственности за непредставление налоговой отчетности?
Освобождаются от ответственности лица, впервые совершившие такое правонарушение, если они добровольно устранили допущенное нарушение в 30-дневный срок с момента его обнаружения.
👉п.11 ст.271 Кодекса об административной ответственности

В какой срок направляется постановление о наложении штрафа за административные правонарушения?
Постановление о наложении штрафа за административные правонарушения, зафиксированные через Единую автоматизированную информационную систему налоговых органов, направляется в персональный кабинет налогоплательщика в течение 3-х дней со дня вынесения настоящего постановления.
👉ст.309 прим.3 Кодекса об административной ответственности / ст.56 НК

*С 1 октября 2024 года 1 БРВ = 375 000 сумов


Тelegram
|Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Xorazm viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda soliq xodimlari o‘rtasida muntazam tarzda har qanday huquqbuzarlik va salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik yig‘ilishlar o‘tkazib kelinmoqda.

Shunday yig‘ilishlardan navbatdagisi 📍 Urganch shahar va Xonqa tuman soliq inspeksiyalari xodimlari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda, barcha xodimlar ish faoliyatlarini ochiq va shaffof tarzda olib borishlari, har qanday ko‘rinishdagi salbiy holatlarni sodir qilmasliklari, soliq xizmati organlari sha’niga dog‘ tushiradigan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymasliklari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari, soliq to‘lovchilarga namunali xizmat ko‘rsatishlari hamda belgilab berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishlari lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish

Katta hajmdagi maʼlumotlarni tezkor va samarali tahlil qilish tizimi joriy etilmoqda


Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasi doirasida xorijiy ekspertlar ishtirokida soliq organlari mutaxassislari uchun IBM Cognos Analytics tizimidan samarali foydalanish va Business Intelligence (BI) tahlilchilarini tayyorlash boʻyicha oʻquv kursi tashkil etildi.

40 nafarga yaqin xodimlar bir oy davomida IBM Cognos Analytics platformasida maʼlumotlarni toʻplash, tahlil qilish, grafik va diagrammalar orqali vizualizatsiya qilish hamda tezkor hisobotlarni avtomatlashtirish imkoniyatlarini oʻzlashtirmoqda.

Ushbu bilim va koʻnikmalar kelgusida katta hajmdagi maʼlumotlarni samarali tahlil qilish imkoniyatini oshirib, soliq maʼmuriyatining qarorlar qabul qilish jarayonini zamonaviy vositalar bilan boyitishga xizmat qiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Xorazm viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan soliq organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish maqsadida targ‘ibot-tashviqot ishlari davom ettirilmoqda.

▫️Xususan, Gurlan tumani hududidagi tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida targ‘ibot tadbirlari olib borilib, soliq majburiyatlarini bajarish davomida kuzatilishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlar kuzatilgan taqdirda, xabar berish uchun ishonch telefon raqamlari va telegram bot kanallarini o‘zida aks ettirgan buklet va broshuralar tarqatildi.

▫️Eslatib o‘tamiz, soliq organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy harakatlar to‘g‘risida ma’lumotlarni @dsq_anticorrupciya_bot maxsus telegram boti yoki ishonch telefoni (62-223-10-10)ga qoldirish mumkin.

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads