Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
12K subscribers
22.6K photos
4.59K videos
466 files
9.86K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
Forwarded from Xorazm.uz
Урганч шаҳридаги вилоят мусиқали драма театрида “Хайр боғча — салом мактаб!” тадбири ўтказилди

Тадбирда вилоят ҳокими Жўрабек Рахимов  иштирок этиб, мактабгача таълим ташкилотларида "Илк қадам" дастурини тугатиб, мактаб остонасига йўл олаётган болажонларни, уларнинг ота- оналари ва тарбиячиларини самимий қутлади. Байрам дастурида тарбияланувчилар боғчада мусиқа, жисмоний тарбия, хорижий тилларни ўрганиш, тасвирий санъат бўйича эгаллаган кўникмаларини бадиий чиқишлар орқали намойиш этдилар.
Маълумот учун, бугунги кунда вилоятимизда фаолият юритаётган 2064 та мактабгача таълим ташкилотларида 129 минг нафар  ўғил- қизлар тарбияланмоқда. Шундан 37 минг нафари "Илк қадам" дастурини муваффақиятли якунлади.

Хоразм вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати
Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram| Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ustoz_shogird

Ustoz va shogird joriy o‘quv yilida amalga oshirilgan ijobiy o‘zgarishlar haqida so‘z yuritishdi.

Unda xususan:

malaka toifasi uchun bo‘lgan attestatsiya sinovlari,
”Direktorlar kengashi” va menejerlik sertifikati,
”Turon” maktab teatri tanlovi,
maktablarda joriy etilgan 2 xorijiy til va 1 ta kasb-hunar o‘rgatish amaliyoti kabi ijobiy o‘zgarishlar ta’kidlab o‘tildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#fizika #yosh_bilimdonlar #Bolalar_ombudsmani_sovrini

Bolalar ombudsmani Xalqaro Nordik universiteti, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, IDC (International Development Cyentre) markazi bilan hamkorlikda joriy yilning 22-may kuni umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida «Bolalar Ombudsmani sovrini» uchun fizika fanidan o‘tkazilgan olimpiadaning respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur bosqichda viloyatimizdan ishtirok qilgan o‘quvchilar orasidan 46 nafari faxrli o‘rinlarni egallab g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

Gʻolib o‘quvchilarimiz viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i X.Bektemirov hamda tuman, shahar hokimlari tomonidan e’tirof etilib, Xalqaro Nordik universiteti, Bolalar ombudsmani, Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi hamkorligidagi sertifikat hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌