XIVALIKLAR
1.83K subscribers
15.2K photos
3.39K videos
43 files
3.92K links
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, XIVA shahar bo'linmasi kanali. XIVA shahrida bo`layotgan madaniy, ma'naviy va ma'rifiy faoliyatlar yoritb boriladi.

https://www.facebook.com/profile.php?id=100091454397699
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#milliylik_qonimizda
#milliy_libos

MILLIYLIK QONIMIZDA

Milliylik va zamonaviylik uygʻunlashgan liboslar jilosi
1👍1
#Qodiriyni_eslab

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Axborot-kutubxona markazi Xiva shahar boʻlimi bilan xamkorlikda 2-sonli umumiy oʻrta talim maktabida o`qituvchi va o‘quvchilari ishtirokida “Kitob – ezgulikka yetaklovchi mayoq” shiori ostida O`zbek adabiyotining buyuk namoyandasi Abdulla Qodiriy tavalludi munosabati bilan “Qodiriyni eslab” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari R. Otajonova, Ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi F. Niyozmetova, kutubxona mutaxassisi S.Madaminovalar so`zga chiqib, adibning xayoti va faoliyati, ijodi to`g`risida ma`lumot berdilar.
Tadbir davomida o‘quvchilar, shoirlarning Qodiriy haqida yozgan she’rlaridan namunalar ijro etdilar.
Shuningdek, tadbirda Abdulla Qodiriy qalamiga mansub asarlaridan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_rolik

Bugungi kunda yoshlar o‘rtasida kashandalik, giyohvandlik kabi salbiy illatlarning oldini olishga qaratilgan videorolik.

Ko‘ring, mulohaza qiling.
Hayotingiz o‘z qo‘lingizda aziz yoshlar!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎬 Giyohvandlik – jamiyatimizga tahdid!

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring
#Kitobsevar_millat
#Elon

“Kitobsevar millat” shiori ostida VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” bo‘lib o‘tadi!

Mazkur haftalik davomida respublika miqyosidagi nashriyotlar tomonidan chop etilgan yangi mahalliy va xorijiy kitoblar taqdimoti o‘tkaziladi. Shuningdek, kitobsevarlar uchun turli mahorat darslari, qiziqarli mutolaa tadbirlari, yozuvchi va adiblar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari hamda bir qator ma’naviy-ma’rifiy va madaniy dasturlar tashkil etiladi.

Ushbu haftalik kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlarni kitobga mehr qo‘yishga undash hamda adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.
Barchangizni Xiva shahar axborot-kutubxona markazining “Kitobxonlik haftaligi” doirasidagi tadbirlarida faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!
«Mushtum» arxividan
#motivatsiya

Orqada qolmang!

O‘zgarishni istasangiz yuragingiz olovday yonib tursin. Buyuk ish qilish istagi, odamlarga va olamga yaxshilik qilish istagi yonib tursin.
Unutmang! Temir qizigandagina siz istagan shaklga kiradi.
Yonmas ekansiz o‘zgarishdan yiroq bo‘ling, sinib qolishingiz mumkin. Nimalar sizni ichingizda gulxan paydo qiladi?

Qaysi maqsadlaringiz, orzularingiz sizni yoqqanidan joyingizda tura olmay qolasiz ?

Shulardan boshlang! Bugundan boshlang! Taslim bo‘lmang!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#iqtibos

Biz kelib ketuvchi to‘garak jahon,
Na boshi ma’lum na so‘ngi ayon.
Hech kimsa rostini aytib berolmas,
Qaydan keldigu, keturmiz qayon.

✍️Umar Hayyom
Huddiki bugungi kunimizga aytilgandek go’yo…
#kun_hikmati

Kimki baxtli bo‘lsa, u har joyda baxtlidir: saroyda ham, kulbada ham, boylikda ham, qashshoklikda ham...

Chunki u o‘z yuragida bo‘lgan baxt favvorasini ochibdi. Inson mana shu chashmani topmagunicha hech narsa unga haqiqiy baxtni bera olmaydi.
🎶 Arda Xiva – tadbirlar markazi!

Arda Xiva turistik majmuasida “Har kuni bir tadbir” loyihasi izchil davom etmoqda. Har bir kun bu maskanda turli madaniy dasturlar, konsertlar va ijodiy uchrashuvlar tashkil etilib, mehmonlarga unutilmas lahzalar taqdim etilmoqda.

Bugun ham ushbu loyiha doirasida navbatdagi yorqin tadbirlardan biri – xonanda Farruxbek Saidovning konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

🎤 Arda Xiva sahnasi esa har kuni yangi iste’dodlar, yangi chiqishlar va ko‘tarinki kayfiyat maskaniga aylanmoqda.

📌Arda Xiva — madaniyat va san’at uyg‘unlashgan, doimiy bayram kayfiyati hukm suradigan maskan!