XIVALIKLAR
1.81K subscribers
15.3K photos
3.43K videos
43 files
3.93K links
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, XIVA shahar bo'linmasi kanali. XIVA shahrida bo`layotgan madaniy, ma'naviy va ma'rifiy faoliyatlar yoritb boriladi.

https://www.facebook.com/profile.php?id=100091454397699
Download Telegram
#Xiva_shahar

#Siyosiy_marifat_soati_14_son

Bugun navbatdagi Siyosiy ma'rifat soati bo'lib o'tdi.
Unda Xiva shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi xodimlari ishtrok qildi.
👍1
Bugun o‘zbek romanchiligi asoschisi, ulug‘ jadid Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun (1894–1938)
1 sinfga qabul 20 iyundan – onlayn tartibda boshlanadi

2026–2027 o‘quv yili uchun maktabga qabul tartibi belgilandi. Unga ko‘ra, joriy yilda 135 ta hudud va 5 698 ta maktabda onlayn qabul imkoniyati yaratilgan (o‘tgan o‘quv yilida mos ravishda 64 ta va 1956 ta).

Qabul mikrohududlar bo‘yicha 20 iyun – 31 iyul kunlari, boshqa hududlar bo‘yicha esa 1 avgust – 31 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. 2019 yil 31 dekabrgacha tug‘ilgan bolalar qabuli uchun arizalar “my.gov.uz” hamda “my.maktab.uz” platformalari orqali qabul qilinadi.

Barcha 1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alari 20 avgustgacha tarqatiladi.
Abdulla QODIRIY

YuSUFBEK HOJINING BEKLARGA MUROJAATI

«O‘tkan kunlar» romanidan

– Beklar, – dedi, – manim hamma mulohazam yurt, el manfaati nuqtasidan turib aytiladir. Men hech bir vaqt inkor qila olmaymankim, yolg‘iz o‘z g‘arazi yo‘lida ish qilg‘uvchi palid kishilar qipchoqlar orasida bor bo‘lg‘anidek, bizda ham yo‘q emas... Balki anavilarda o‘nlab bo‘lsa, bizda yuzlab bor.
O‘zi bizning ko‘zimizga itdek sovuq ko‘ringan qipchoqbachcha Normuhammadning el uchun qilib turg‘an to‘g‘ri xizmatini men o‘z umrimdagi Toshkand beklari orasida birinchi martaba ko‘raman. Buni siz, yaxshilar ham inkor qila olmassiz. Bas, ayb qipchoqda emas, balki uning manfaati shaxsiyasi yo‘lida ish ko‘rguchi boshliqlarida va qipchoqlar o‘ylag‘andek gunoh qorachoponlilarda bo‘lmay, balki uning uch-to‘rt ma’nisiz beklarida!..

Burodarlar! O‘rus o‘z ichimizdan chiqadirg‘an fitna-fasodni kutib, darbozamiz (Oqmasjid yoki Olmota demakchi. – Qodiriy izohi) tegida qo‘r to‘kib yotibdir.
Shunday mahshar kabi bir kunda biz chin yovg‘a beradirgan kuchimizni o‘z qo‘limiz bilan o‘ldirsak, sen falon deb qirilishsaq, holimiz nima bo‘ladir? Bu to‘g‘rida ham fikr qilg‘uchimiz bormi? Kunimizning kofir qo‘lig‘a qolishi to‘g‘risida ham o‘ylaymizmi yoki bunga qarshi hozirlik ko‘rib qo‘yg‘anmizmi?!

Hoji o‘zini tutolmay ko‘z yoshisini oq soqolig‘a quyib davom etti:
– Mana burodarlar! Siz o‘z qipchog‘ingiz uchun qabr qazig‘an fursatda, sizga ikkinchilar tobut chopadir. Biz qipchoqqa qilich ko‘targanda, o‘rus bizga to‘p o‘qlaydir. Siz dunyoda o‘zingizning yagona dushmaningiz qilib qipchoqni ko‘rsangiz, men boshqa yovni har zamon o‘z yaqinimg‘a yetkan ko‘raman! – dedi va ro‘ymoli bilan ko‘z yoshisini artib o‘rnidan turdi...
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqillik35
#Uzb35

Xivada 2026-yilda bepul katta festival va galakonsertlar bo‘lib o‘tadi.

▪️26–apreldan 30-aprelgacha — “Lazgi” xalqaro raqs festivali
▪️5-iyundan 7-iyungacha — “Strongmen” xalqaro bahodirlar o‘yini
▪️8-avgust kuni — Xalqaro san’atkorlar ishtirokida galakonsert
▪️19–20-sentyabr kunlari — “Xorazm xonlari milliy taomlari” xalqaro gastronomik festivali
▪️17–18-oktyabr — “Gilamlar jilosi” xalqaro hunarmandchilik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqillik35
#Uzb35

Xurmatli yurdoshlar sizlarni 10 - aprel soat 18:00 da Xiva shahar Nurullaboy istirohat bog’ida bo’lib o’tadigan DXX qubigi ochilish marosimiga ba’ishlangan tantanali “Gala konsert” dasturiga taklif etamiz.

Sizni unitilmas lahzalar kutmoqda albatta keling barchangizni ushbu bayramona konsertga taklif etamiz!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqillik35, #Uzb35

“O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi

JAMOATCHILIK E'TIBORIDA

Axborot 24
04.04.2026

Ziyoda Akbarqulova - Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bosh mutaxassisi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqillik35, #Uzb35

“O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
#Kulgu_vaqti

Zamonaviy suratchi

– Fotograf bo‘lmoqchiman!
– Hozir hech kim pulga rasmga tushmaydi.
– Unda tekinga rasmga olaman-da, pulga o‘chiraman.
👍3
#Siyosiy_marifat_soati_14_son

Bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan taqdim etilgan “Siyosiy-ma’rifat soati”ning 2026-yilgi 14-soni bo‘lib o‘tdi.
Siyosiy-ma'rifat soatining bugungi sonida Xiva shahar Axborot-kutubxona markzi xodimlari siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar bilan tanishishdi.
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqillik35
#Uzb35

Qatag'on qurbonlari muzeyiga sayohat.
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga sayohat

“Siyosiy ma'rifat soati”ning navbatdagi sonini tomosha qiling.
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#milliylik_qonimizda
#milliy_libos

MILLIYLIK QONIMIZDA

Milliylik va zamonaviylik uygʻunlashgan liboslar jilosi
1👍1
#Qodiriyni_eslab

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Axborot-kutubxona markazi Xiva shahar boʻlimi bilan xamkorlikda 2-sonli umumiy oʻrta talim maktabida o`qituvchi va o‘quvchilari ishtirokida “Kitob – ezgulikka yetaklovchi mayoq” shiori ostida O`zbek adabiyotining buyuk namoyandasi Abdulla Qodiriy tavalludi munosabati bilan “Qodiriyni eslab” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari R. Otajonova, Ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi F. Niyozmetova, kutubxona mutaxassisi S.Madaminovalar so`zga chiqib, adibning xayoti va faoliyati, ijodi to`g`risida ma`lumot berdilar.
Tadbir davomida o‘quvchilar, shoirlarning Qodiriy haqida yozgan she’rlaridan namunalar ijro etdilar.
Shuningdek, tadbirda Abdulla Qodiriy qalamiga mansub asarlaridan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
👏1