Xadjayev | Education & Systems
192 subscribers
157 photos
20 videos
7 files
21 links
Ta’lim loyihalari asoschisi.
Tizim, intizom va o‘sish haqida.
Real biznes ichidan fikrlar.
Download Telegram
Qachondir shunchalik ko’p natijalar bizdan chiqadi deb o’ylamagan edim.

Biz faqat sababchi bo’ldik
16🔥6👏4❤‍🔥2👍1
O'zim haqimda so'rab oldim
9🔥5👏3
Xayrli bo'lsin. Do'stim bilan Moliya bo'yicha yangi kurs boshladik.
🔥169👍2❤‍🔥1
Ko‘pchilik mashina, telefon yoki uyiga qancha pul sarflaganini hisoblaydi.
Men esa bugun o‘ylab qoldim: miyamga qancha investitsiya qilibman?

Hisoblab ko‘rsam:
Abituriyentlik davrida2200$
(eng yaxshi ustozlarda o‘qiganman)
Bakalavr (Moliya instituti)4000$
O‘xshamagan loyihalar8500$
Biznes bo‘yicha kurslar2160$

Jami: 16 860$

Bu yerda faqat ilm olish uchun ketgan pullar bor.
Unga olib borgan yo‘l xarajatlari, vaqt, xatolar, asab va boshqa mayda xarajatlar hali qo‘shilgani yo‘q.

Lekin bir narsani aniq tushunganman:
ilm uchun qilingan xarajat hech qachon bekorga ketmaydi.

Hatto o‘xshamagan loyihalarni ham men zarar deb emas, juda qimmat dars deb bilaman.
Chunki ular menga kitob bermagan narsalarni o‘rgatgan.
Ba’zan ustoz o‘rgatadi,
ba’zan kurs o‘rgatadi,
ba’zan esa hayotning o‘zi o‘rgatadi.

Bekorga aytishmaydi:
hayot yaxshi ustoz, faqat qimmatga o‘rgatadi.

Bir paytlar o‘zimga ustoz deb bilgan insonlardan ham shu savolni so‘ragan edim.
Ular taxminan 200 000$ atrofida ilm va tajribaga sarmoya kiritganini aytishgandi.

Shunda yanada aniq tushunganman:
kuchli natija ortida doim kuchli investitsiya bo‘ladi.

Bu hali boshlanishi.
8👍3🔥3❤‍🔥21
"O'zgaribsiz", deysan. Ha, men o'zgardim:
diydam qotdi ancha, kechdim ro'yodan.
Sahroi Kabirga qor yog'di, axir,
O'zgarmay bo'larmi shunday dunyoda?!

O'zgardim. Sezibsan. Avvalgi "men" yo'q,
Ishga ko'milganman ertadan to kech.
Muztog' erimoqda, men xudbin esa,
Onamni ko'rgani vaqt topmayman hech.
13👍4😢4❤‍🔥2🎉2
Bugun 1-darsni ham boshlab oldik.

Kurs oxirida Moliya bo'yicha yaxshi mutaxassis bo'lishni xohlayman.
9👏8🔥5❤‍🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☄️"Xadjayev Math" qanday qadriyatlari bor?

✔️Videoda asosiy 3 ta qadriyatimiz haqida aytib o'tilgan.

📌Qadriyat — bu kompaniyaning ish faoliyati, qaror qabul qilish jarayoni va xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarni belgilab beruvchi asosiy qonun-qoidalar va axloqiy tamoyillardir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥74❤‍🔥43🥰1
Muhit

O'zingiz kimga o'xshashni istagan bo'lsangiz, o'shalarni toping va davrasiga qo'shiling.
🔥7❤‍🔥552👍1
O’zimga yangi hadyalar oldim.

Marketingga oid bilimlarimizni ko’paytiramiz
10❤‍🔥5🎉5👍1
#Shogirdga

O'zingdan aqilliroq insonni ko'rdingmi, u bilan bellashib o'tirma, birlashib olgin shunda zo'r o'sasan.
🔥12💯8❤‍🔥33👍2
#biznesmenga

Tadbirkor do'stim, unutma! O'lchab bo'lmaydigan narsani yaxshilab bo'lmaydi.

Agar biznesing qayerga ketayotganini, qancha topib, qancha sarflayotganingni aniq raqamlarda ko'rmasang, uni rivojlantira olmaysiz. Taxminlar bilan biznes qilinmaydi.

Nima qilish kerak?
1. Biznesingdagi har bir qadamni, har bir xarajat va jarayonni yozib yur.
2. Qayerda "teshiklar" (ortiqcha xarajat, vaqt yo'qotishlari, mijoz qochishi) borligini aniqla.
3. Ularni zudlik bilan tuzat!

📊 Qoidani eslab qol: Biznesingni raqamlar gapirsin, hissiyotlar emas.
👌862👍1🔥1
"Biznesda islom moliyasi" kursimizdan. Dars jarayonini rasmga olishibdi.

Berilib dars qilamanda sezdilarmi?
😁14💯7❤‍🔥6👍5🎉1
Xadjayev | Education & Systems
Shu kungacha 8 ta loyiha ichida ishladim va asos soldim. Ba’zilarini yopishga majbur bo‘ldim. Ba’zilarini esa o‘zim ham kutmagandek o‘sdi. Eng katta saboq nima bo‘lganini bilasizmi? Agar qiziqsangiz, har birini alohida keys sifatida ochib beraman.
#Keys

Keys №1: "WE (World Education)" o‘quv markazi

2018-yilda kursdoshim bilan birgalikda o‘quv markaz ochishga qaror qilganmiz. Adashmasam, bu sohaga kirib kelganlar ichida eng birinchi mutlaqo budjetsiz ochilgan markaz bizniki bo'lsa kerak. Yoshlik, g'ayrat bor edi, lekin biznes qonun-qoidalarini bilmasdik.

O'sha paytda yo'l qo'ygan va bizni "yiqitgan" 4 ta asosiy xato:

1. Nomi:
Markazga WE (World Education) deb nom berganmiz. Yoshlik qilib, haddan tashqari chuqur ma'no qidirib yuborganmiz chog'i. Vaholanki, nom brendingning birinchi va eng muhim qadami — u mijoz (ota-onalar va o'quvchilar) xotirasida oson muhrlanishi, aytishga qulay bo'lishi kerak edi.

2. Logotip:
Pul bo'lmagani uchun logotipni ham o'zimiz professional dizaynersiz, Canvada shoshib-pishib yasaganmiz. Logotip ham xuddi nom kabi vizual xotirada qolishi kerakligini keyin tushunganmiz.

3. Lokatsiya:
Muvaffaqiyatning 50% dan ortig'i — to'g'ri joylashuv. Biz aynan lokatsiya tanlashda juda katta xatoga yo'l qo'yganmiz. Mijozga noqulay, ko'rimsiz joyda ochilganimiz bizni auditoriyadan uzib qo'ydi.

4. Tajribasizlik.
Eng katta kamchiligimiz — boshqaruv va marketing haqida umuman tushunchamiz bo'lmagani. Joyni topib, jihozlarni qo'ysak, o'quvchilar o'zi oqib kelaveradi deb o'ylaganmiz (eng keng tarqalgan xato!). Na reklama, na tizim bor edi.

Xulosa:
Mening birinchi o‘quv markazim tajribasidan chiqargan eng katta xulosam: Har bir sohada USTÖZ kerak!
O'sha paytda menga to'g'ri yo'l ko'rsatadigan, o'quv markaz boshqaruvi bo'yicha maslahat beradigan murabbiyim bo'lmagani uchun muvaffaqiyatga erishish yo'lida juda ko'p vaqt va mablag' yo'qotdim. Ustoz — sizni xatolardan asraydi va kamida 2-3 barobar tezroq o'stiradi.
Siz uchun foydali bo'ldimi? Agar keyingi o'quv markazlarim va ulardagi boshqa keyslar (muvaffaqiyatlar va yangi xatolar) haqida ham bilmoqchi bo'lsangiz, postga 🔥 yoki 👍 reaksiyasini qoldiring. Bu men uchun keyingi qismlarni yozishga katta motivatsiya bo'ladi!
🔥13❤‍🔥4👍32
Xadjayev | Education & Systems
Nihoyat oldim Foydali bilimlar bilan bo’lishaman…
#book
Yana bitta yaxshi kitobni tugatdim. Fikrlarimni sizlar bilan bo'lishgim keldi.

Kitob kimlar uchun? Aynan tadbirkorlar uchun. Chunki ichida qanaqadir uydirma gaplar yo'q, tadbirkorlarning real muammolari, real og'riqlari haqida yozilgan.

Qanchalik foydali? Adashmasam, kitobni 200 ming so'm atrofida olgandim. Lekin ochig'ini aytsam, kamida 200$ lik seminarlarda, qimmat kurslarda beriladigan ilmni oldim. Balki undan ham ko'proqdir. Ichidagi keyslarni o'qib, o'sishimiz uchun nimalarga e'tibor berishimiz kerakligini juda yaxshi tushunib yetdim. Biznesga boshqacha ko'z bilan qarashni boshladim. Kitob nomiga juda mos.

O'zi Alisher aka Isayevning darslariga borish va Milliard clubga a'zo bo'lish mening eng katta orzularimdan biri. 2026-yilning oxirigacha amalga oshib qolar.
9❤‍🔥3🔥3👍2
Bugun yana bir seminarga kedim.

Buni o’rganib shogirdlarimni biznesni tizimli boshqarishga o’rgatmoqchiman.
13🔥4🎉4
Ozgina bilimim va tajribam borligi foyda berdi
13❤‍🔥4👍3👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥119👍4
#Shogirdga

Bilasanmi, o'sishda eng ko'p vaqtni nima o'ldiradi? Hammasini yakka o'zing qilmoqchi bo'lishing.
Yolg'iz ham rivojlanasan, albatta. Lekin sekin. Va har bir xatoni o'zing to'laysan — jamoada esa o'sha xatoni allaqachon kimdir qilib, yo'lini ko'rsatib qo'ygan bo'ladi.

Shuning uchun kuchli jamoa qidir. Qanday topasan?

Avval yetakchiga qara — u kim, nima qilgan, hozir nimaga intilyapti, atrofida qanaqa odamlar bor. Yetakchi jamoaning ko'zgusi.

Keyin a'zolariga e'tibor ber. Risqiga shukr qiluvchi, ammo natijasidan doimo norozi bo'ladiganlarni top. Ular doimo "men ko'prog'ini qila olaman" deb qilgan ishlaridan norozi bo'lishadi, lekin isyon qilishmaydi.

Va nihoyat, jamoa nima uchun yashashini so'ra. Faqat o'zi uchunmi, yoki kattaroq bir narsa uchunmi? Jamiyatni ham o'ylaydimi? Qanday qadriyati bor?

Bularning hammasini topding deylik.

Bitta savol qoladi: o'zing shunga loyiqmisan? Chunki kuchli jamoa kuchli odamni qidiradi.

Agar tayyor bo'lsang — yoz. Balki yo'limiz birdir.
10🔥5👍3❤‍🔥2
#Shogirdga

O'z sohangda top (eng zo'ri) mutaxassis bo'lishdan boshqa narsani o'ylama. Kerak bo'lsang, seni izlab topishadi.
O'qi, izlan, taslim bo'lma...

Quruq motivatsiya berish niyatim yo'q. Lekin hayotning achchiq haqiqati shundaki, o'rtamiyona, ishining unchalik ustasi bo'lmaganlar shunchaki taqdirdan omad kelishini kutib o'tirishadi.

Sen shu omadni o'zing yaratasan.
❤‍🔥85🔥5👍2🎉2
Tadbirkor bo’lishga hayot majbur qildi.

Lekin qalbim she'riyat bilan tirik…
🔥12❤‍🔥42💯2👍1