Xadjayev | Education & Systems
190 subscribers
158 photos
20 videos
7 files
21 links
Ta’lim loyihalari asoschisi.
Tizim, intizom va o‘sish haqida.
Real biznes ichidan fikrlar.
Download Telegram
Whoop biologik yoshimni 34 yosh deb ko'rsatyapti.

Ichkaridan qariganman....😅
😁12❤‍🔥2👍1🎉1
Xadjayev | Education & Systems
Whoop biologik yoshimni 34 yosh deb ko'rsatyapti. Ichkaridan qariganman....😅
⚠️Bunga sabablar.

1. Doimiy uyqusizlik. Juda kam va juda kech uxlayman.

2. Tartibsiz ovqatlanish. Kamdan-kam holda obet va ujinlarim vaqtida bo'lgan. ba'zan qilmayman ham.

3. Kam harakatlik. Sport bilan shug'ullanishni yana tashlab qoydim.

🔰Uztozni aytganini qil, qilganini qilma deyishadiku. Men qilayotgan xatolarni siz qilmang. Men ham bularni qachondir to'girlayman hozir esa ishlashim kerak......
14❤‍🔥2🔥2👍1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
14🔥2👍1👏1
Yaqinda 5K qoidasi haqida video ko‘rdim. Unda aytilishicha, har bir inson o‘zining kuchli versiyasini yaratishi uchun quyidagi 5 ta ko‘nikmaga e’tibor berishi kerak ekan:

1. Kritika (tanqidiy fikrlash)
Bu salbiylik emas. Bu — har bir narsani hissiyot bilan emas, mantiq bilan tahlil qila olish. Tanqidiy fikrlaydigan inson sovuqqon, mustaqil va barqaror qaror qabul qiladi.

2. Kultura (madaniyat)
Qanday gapirish, qanday bahslashish, qanday munosabatda bo‘lish — bularning barchasi inson darajasini ko‘rsatadi. Madaniyat — kuchning sokin ko‘rinishi.

3. Kreativlik (ijodkorlik)
Kreativlik — san’at emas, muammoni boshqacha yo‘l bilan hal qila olish. Bir yo‘l yopilsa, ikkinchisini topa olish qobiliyati.

4. Kommunikatsiya (muloqot)
Bilim yetarli emas, uni to‘g‘ri yetkazib bera olish muhim. Fikrni aniq ayta olish va tinglay bilish — katta ustunlik.

5. Kolaboratsiya (hamkorlik)
Bugun eng katta natijalar yolg‘iz emas, jamoa bilan qilinadi. Birga ishlay olish — zamonaviy kuch.
👍112❤‍🔥2
Bizga yilning oxiri emas
Yo’lning oxiri muhim…
❤‍🔥11🔥75👍1👌1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
21🎉10🔥4👏3
Shaxsiy rivojlanish uchun.pdf
123.1 KB
Shaxsiy rivojlanish bardavom bo'lishi uchun o'zimga odatlar tracker qilib oldim.

Sizga ham foydali bo'lsin.

Qanday ishlatishni bilmasangiz yozing o'rgataman.
🔥84👍2❤‍🔥1
Faqat bolalargina nima izlab yurganini biladi.....

"Kichkina shahzoda"
❤‍🔥11
Poyga

Oxirgi paytlar o‘zimni poygada yurgandek his qilyapman.
To‘xtasam, kimdir mendan o‘zib ketadigandek.
Ish ko‘paydi. Dam yo‘q. Sport yo‘q.

Bir zum o‘ylab qoldim: balki bu ham kasallikdir —
kimlargadir nimanidir isbotlash kasalligi.

Aslida esa hayot poyga emas.
Ba’zan yutish uchun emas, adashmaslik uchun to‘xtash kerak.

Hozir menga biroz dam kerak.
Yolg‘iz qolib, o‘zim bilan kelishib olish uchun.
💯126👍5👏1😁1
O‘zimni 50 yoshimni qanday tasavvur qilaman, bilasizmi?

Tog‘li, havosi juda toza joy.
Kattagina dala hovli.
Bahor fasli. Bog‘ yam-yashil.

Bog‘ning o‘rtasida o‘tirib, o‘zim sevgan kitobni o‘qiyapman. Yonimda samovar qaynayapti. Shoshilish yo‘q. Shovqin yo‘q. Telefon jim. Maza.

50 yoshimda umuman ishlamoqchi emasman.
Balki yozuvchilik bilan shug‘ullanaraman.
Shahardan, shovqindan uzoqda yashayman.
Do‘stlarni tez-tez chaqirib turaman.
Yoshlikni eslab, kulib, choy ichib o‘tiramiz.

Zo‘r bo‘lsa kerak…

Lekin hozir emas. Hozir ishlashim kerak.

Qiziq-a, inson keyinroq yashash uchun bugungi kunidan kechadi.
Aslida esa bugun qilayotgan mehnatimiz — ertangi sokin hayotning narxi.

Harakatdamiz.....
🔥1810👏42
Channel name was changed to «Xadjayev | Education & Systems»
Rejaga amal qiling. Kayfiyatga emas.

Kayfiyat o‘zgaradi.
Reja o‘zgarmasligi kerak.

“Kechirasiz, kayfiyat yo‘q edi” — bu bahona.

Tez boyish degan narsa yo‘q.
Muvaffaqiyat faqat hard work’dan keladi.

Intizom > kayfiyat.
18👍3🔥1
Intervyu(suhbat)dan qanday muvaffaqiyatli o‘tish mumkin?

Ishga qabul qilish jarayonidagi suhbatda sizning bilimingiz ham, shaxsiyatingiz ham tekshiriladi.

Ko‘pchilik ish beruvchilar — shu jumladan men ham — nomzodning soft skill’lariga alohida e’tibor beraman.

Halollik, rostgo‘ylik, samimiylik va sodiqlik — insondagi eng muhim fazilatlardir.

Bilimi o‘rtacha bo‘lishi mumkin. Ammo yuqoridagi sifatlar kuchli bo‘lsa, bunday insonni albatta ishga qabul qilish mumkin.

Men doim bir fikrni takrorlayman:
Ishni o‘rgatish mumkin. Lekin insonni halol, rostgo‘y va sodiq qilish qiyin.

Bu gap bilan “kasbda mutaxassis bo‘lish shart emas” demoqchi emasman. Aksincha — bugungi kunda soft skill ham, hard skill ham kuchli bo‘lgan xodimlar eng qadrlanadi.

Shuning uchun yoshlarga maslahat:
Kasbingizda zo‘r bo‘ling.
Odobingiz, muomalangiz va insoniyligingiz ham go‘zal bo‘lsin.

Shunda intervyudan o‘tish ham, jamoada qadrlanish ham osonlashadi.
8🔥3👌3❤‍🔥2
Nega insonni qilayotgan ishidan ko'ngli to'lmaydi.

Oxirgi paytlar bir narsani sezdim.
Natija bor. Harakat bor. O‘sish ham bor.
Lekin ichkarida baribir “BU KAM” degan hissiyot paydo bo‘ladi.

Tizim qurayotgan odam sifatida shuni tushundim:

1️⃣ O‘sish tezligi natijadan tezroq bo'ladi

Inson o‘sadi. Fikri kengayadi. Talabi oshadi.
Lekin qilayotgan ish o‘sha darajada tez rivojlanmasa — ichida “bu kam” degan hissiyot paydo bo‘ladi.

2️⃣ Taqqoslash Sezilmaydigan bosim beradi

Atrofga qaraymiz. Kimdir tezroq yuribdi, kimdir ko‘proq topyapti, kimdir ko‘proq mashhur.

3️⃣ Doimiy poyga rejimi

Dam yo‘q. Nafas yo‘q. Faqat ishlash.
Bunday paytda miyaga “yutuq” ham oddiy ko‘rinadi.

4️⃣ Ichki isbotlash sindromi

Kimlargadir nimanidir isbotlash.
“O‘zimni ko‘rsatishim kerak” degan bosim.

Hozir men ham shu bosqichdaman.

Va bir narsani tushundim:
Bu hissiyot yomon emas.
Bu — keyingi bosqichga chiqish vaqti kelganining belgisi bo‘lishi mumkin.

Lekin bitta shart bor:
To‘xtab, o‘ylab, o‘zing bilan rost gaplashmasang — bu hissiyot charchoqqa aylanadi.

Savol:
Sizda ham shunday davr bo‘lganmi?
Bu charchoqmi yoki o‘sish bosqichimi?
🔥8❤‍🔥65
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥99👍3👏2👌1
Shu kungacha 8 ta loyiha ichida ishladim va asos soldim.

Ba’zilarini yopishga majbur bo‘ldim.
Ba’zilarini esa o‘zim ham kutmagandek o‘sdi.

Eng katta saboq nima bo‘lganini bilasizmi?

Agar qiziqsangiz, har birini alohida keys sifatida ochib beraman.
118🔥4❤‍🔥1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
8❤‍🔥6👍2🔥1
Qayerga qarab ketayotganingiz muhim.

Oldin maqsad qo‘yish haqida ko‘p eshitardim. Hurmat qilgan blogerlarim doim shu mavzuni ko‘targan. Lekin rostini aytsam, ich-ichimdan his qilmaganman.

Keyin tushundim.

Tasavvur qiling, yo‘lga chiqdingiz. Kartada manzilingiz belgilangan. Qancha km qolgani aniq. Qancha vaqtda yetib borishingiz ham ko‘rinib turibdi.

Yo‘l yomon bo‘lishi mumkin. Tuman tushadi. Qor yog‘adi. Yomg‘ir yog‘adi.

Lekin siz to‘xtamaysiz.

Chunki qayerga ketayotganingizni bilasiz.

Maqsad ham shunaqa ekan.

Maqsad qo‘ygan odamni qiyinchilik qo‘rqita olmaydi. Chunki u og‘riq vaqtinchalikligini, manzil esa aniq ekanini biladi.

Shogirdlarimga doim aytaman:

Hayotingizni tartibga solmoqchi bo‘lsangiz — maqsadingizni aniq yozing. Rejangizni tuzing.

Shunda motivatsiya kerak bo‘lmaydi.

Sizning manzilingiz aniqmi?
3 yildan keyin qayerda bo‘lishingizni bilasizmi?
8👍5❤‍🔥2
Forwarded from nodir takhirov
• Bugun ustoz bilan ko'rishdik, Allah ilmlarini ziyoda qilsin ancha foydali suhbat bo'ldi)

Ustozdan hali o'rganadigan narsalarimiz juda ko'p...

1 soatdan oshiq bo'lgan suhbatni o'zida juda katta insightlar, bilimlar oldik.
9👍3
“Charchadim” deyish — ko‘pincha ish ko‘pligidan emas, atrofdagi odamlar sababli bo‘ladi.

Doim shikoyat qiladigan, energiyani so‘rib oladigan muhit odamni holdan toydiradi.

Shuning uchun atrofingizni ishga sho‘ng‘iydigan, harakat qiladigan insonlar bilan to‘ldiring.

Yuqumlilik faqat kasallikda bo‘lmaydi.
Mehnatkashlik ham yuqumli.


Shu sababli aytishadi:
3 ta millioner bilan birga o‘tirsang — to‘rtinchisi sen bo‘lasan.

Hozir o‘ylab ko‘ring:
Siz kimlar bilan birgasiz?
10❤‍🔥4👍1😭1
Nihoyat oldim

Foydali bilimlar bilan bo’lishaman…
❤‍🔥10👍32🎉2