Xadjayev | Education & Systems
191 subscribers
158 photos
20 videos
7 files
21 links
Ta’lim loyihalari asoschisi.
Tizim, intizom va o‘sish haqida.
Real biznes ichidan fikrlar.
Download Telegram
Maslahat:

Kasbni qanday tanlash kerak?

Bir oddiy, lekin kuchli qoida bor:
O‘ylab ko‘ring va o‘zingizga savol bering — shu tanlamoqchi bo‘lgan kasbimni hech kim pul bermaganda ham qilgan bo‘lardimmi?

Agar javobingiz “ha” bo‘lsa, tabriklayman — siz ko‘pchilik odamlardan ko‘ra baxtliroq hayot kechirasiz.

Tushunaman — pul yashash uchun zarur, lekin pul baxtlilik darajasini o‘lchamaydi.

Men 2017-yildan beri o‘qituvchilik bilan shug‘ullanaman. Ammo o‘qituvchilik aynan mening yo‘lim ekanini 2020-yilda, karantin davrida tushundim. Ungacha buxgalterlik va davlat ishlarida ham ishlab ko‘rdim.

Karantin boshlanganida uyda o‘tirib, mahallamdagi bolalarga tekinga matematika darslari bera boshladim. Bu menga yoqdi. Keyin online darslarni yo‘lga qo‘ydim va minglab o‘quvchilarga bepul ta’lim berdim.

Shunda bildim — bu mening kasbim, mening yo‘lim.
Men o‘zim kasbimni kechroq topdim.
Siz bu xatoni qilmasligingiz uchun shu postni yozdim.

Agar foydali bo‘lsa, do‘stingiz bilan o‘rtoqlashing.
💯106🔥2❤‍🔥1👏1
Barcha javoblar o'zingda.
Sen kitoblarda yozilganidanda
ko'proq bilimga egasan.
Lekin bularni eslash uchun –
kitob o'qishing,
o'zingni tinglashing
va o'zingga ishonishing kerak.

#Alamiy
15❤‍🔥6👏1
Nimani qilishni bilish hali mahorat emas.
Haqiqiy mahorat — nimani qilmaslikni bilishda.

Qayerga bormaslikni, kimga ishonmaslikni, kim bilan yurmaslikni,
qanday so‘zlarni aytmaslikni bilgan odam — o‘z yo‘lini topadi.

Bularni o‘zingiz uchun aniqlang. Shu narsa hayotingizni yengillashtiradi.
👍75💯3❤‍🔥1
O'zingiz bilan taqqoslashingiz
kerak bo'lgan yagona inson
bu — o'tmishdagi siz.
Undan zo'r bo'lishingiz kerak
bo'lgan yagona inson esa
bu — hozirgi siz.

#Zigmund Freyd
13🔥4❤‍🔥3👍2
Tog‘dek gunohlar bilan huzuringga kelaman, ey Robbim.
Ammo umrimni ummatga ilm va foyda tarqatishga bag‘ishladim.
Shu amal ila Sen meni kechirishingga umid qilaman.

Umrim oxirigacha ilm tarqatishlik g’amida yashashlik nasb qilsin
27❤‍🔥5🙏3🤗1
O’zimga hadya oldim😎

Yaqinda yana sportga qaytaman
👍17🔥6👏31🥰1
O’quv markazlari forumiga keldim🔥
🔥9❤‍🔥3👍3
Keyingi yili speaker sifatida qatnashish nasb qilsin
6🙏5❤‍🔥3👌3
Bugungi kunimiz ham foydali ma’lumotlarga boy bo’lyati
8❤‍🔥3👍1🎉1
Whoop biologik yoshimni 34 yosh deb ko'rsatyapti.

Ichkaridan qariganman....😅
😁12❤‍🔥2👍1🎉1
Xadjayev | Education & Systems
Whoop biologik yoshimni 34 yosh deb ko'rsatyapti. Ichkaridan qariganman....😅
⚠️Bunga sabablar.

1. Doimiy uyqusizlik. Juda kam va juda kech uxlayman.

2. Tartibsiz ovqatlanish. Kamdan-kam holda obet va ujinlarim vaqtida bo'lgan. ba'zan qilmayman ham.

3. Kam harakatlik. Sport bilan shug'ullanishni yana tashlab qoydim.

🔰Uztozni aytganini qil, qilganini qilma deyishadiku. Men qilayotgan xatolarni siz qilmang. Men ham bularni qachondir to'girlayman hozir esa ishlashim kerak......
14❤‍🔥2🔥2👍1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
14🔥2👍1👏1
Yaqinda 5K qoidasi haqida video ko‘rdim. Unda aytilishicha, har bir inson o‘zining kuchli versiyasini yaratishi uchun quyidagi 5 ta ko‘nikmaga e’tibor berishi kerak ekan:

1. Kritika (tanqidiy fikrlash)
Bu salbiylik emas. Bu — har bir narsani hissiyot bilan emas, mantiq bilan tahlil qila olish. Tanqidiy fikrlaydigan inson sovuqqon, mustaqil va barqaror qaror qabul qiladi.

2. Kultura (madaniyat)
Qanday gapirish, qanday bahslashish, qanday munosabatda bo‘lish — bularning barchasi inson darajasini ko‘rsatadi. Madaniyat — kuchning sokin ko‘rinishi.

3. Kreativlik (ijodkorlik)
Kreativlik — san’at emas, muammoni boshqacha yo‘l bilan hal qila olish. Bir yo‘l yopilsa, ikkinchisini topa olish qobiliyati.

4. Kommunikatsiya (muloqot)
Bilim yetarli emas, uni to‘g‘ri yetkazib bera olish muhim. Fikrni aniq ayta olish va tinglay bilish — katta ustunlik.

5. Kolaboratsiya (hamkorlik)
Bugun eng katta natijalar yolg‘iz emas, jamoa bilan qilinadi. Birga ishlay olish — zamonaviy kuch.
👍112❤‍🔥2
Bizga yilning oxiri emas
Yo’lning oxiri muhim…
❤‍🔥11🔥75👍1👌1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
21🎉10🔥4👏3
Shaxsiy rivojlanish uchun.pdf
123.1 KB
Shaxsiy rivojlanish bardavom bo'lishi uchun o'zimga odatlar tracker qilib oldim.

Sizga ham foydali bo'lsin.

Qanday ishlatishni bilmasangiz yozing o'rgataman.
🔥84👍2❤‍🔥1
Faqat bolalargina nima izlab yurganini biladi.....

"Kichkina shahzoda"
❤‍🔥11
Poyga

Oxirgi paytlar o‘zimni poygada yurgandek his qilyapman.
To‘xtasam, kimdir mendan o‘zib ketadigandek.
Ish ko‘paydi. Dam yo‘q. Sport yo‘q.

Bir zum o‘ylab qoldim: balki bu ham kasallikdir —
kimlargadir nimanidir isbotlash kasalligi.

Aslida esa hayot poyga emas.
Ba’zan yutish uchun emas, adashmaslik uchun to‘xtash kerak.

Hozir menga biroz dam kerak.
Yolg‘iz qolib, o‘zim bilan kelishib olish uchun.
💯126👍5👏1😁1
O‘zimni 50 yoshimni qanday tasavvur qilaman, bilasizmi?

Tog‘li, havosi juda toza joy.
Kattagina dala hovli.
Bahor fasli. Bog‘ yam-yashil.

Bog‘ning o‘rtasida o‘tirib, o‘zim sevgan kitobni o‘qiyapman. Yonimda samovar qaynayapti. Shoshilish yo‘q. Shovqin yo‘q. Telefon jim. Maza.

50 yoshimda umuman ishlamoqchi emasman.
Balki yozuvchilik bilan shug‘ullanaraman.
Shahardan, shovqindan uzoqda yashayman.
Do‘stlarni tez-tez chaqirib turaman.
Yoshlikni eslab, kulib, choy ichib o‘tiramiz.

Zo‘r bo‘lsa kerak…

Lekin hozir emas. Hozir ishlashim kerak.

Qiziq-a, inson keyinroq yashash uchun bugungi kunidan kechadi.
Aslida esa bugun qilayotgan mehnatimiz — ertangi sokin hayotning narxi.

Harakatdamiz.....
🔥1810👏42