Xadjayev | Education & Systems
191 subscribers
158 photos
20 videos
7 files
21 links
Ta’lim loyihalari asoschisi.
Tizim, intizom va o‘sish haqida.
Real biznes ichidan fikrlar.
Download Telegram
Kursdan juda katta foyda oldik.
16👍7❤‍🔥6💯3🫡1
"Bilmayapti" deb o'rgatishdan va "bilmayman" deb so'rashdan charchamaylik.
10💯9❤‍🔥7👍2
Ustozlik yo‘lida unutilmas 3 qoida

Ustoziga shogird bo‘lib qolib, keyinchalik ustoz bo‘lishni orzu qilayotganlarga 3 ta kichik, ammo juda muhim qoida:

1️⃣ Ustozingizga havas qilmasangiz, unga ergashmang.
Sababi vaqt o‘tishi bilan ustozingizning xarakteri, gaplari va dunyoqarashi sizda ham namoyon bo‘la boshlaydi. Siz o‘sha insonga havas qilmas ekansiz, ergashishdan ma’no yo‘q.

2️⃣ Shogirdlikdan ustozlik darajasiga chiqish – sinovli yo‘l.
O‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor: mas’uliyat, vaqt, odamlar bilan ishlash, sabr… Tayyormisiz?

3️⃣ Ustoz bo‘lish — o‘rganishni to‘xtatish emas.
Sizdan ham kuchli ustozlar bo‘ladi, ulardan ham saboq olishni davom ettiring. Chunki haqiqiy ustoz — umr bo‘yi o‘rganuvchi insondir.


Xulosa: Balki ustozlik yo‘lida kamroq daromad qilarsiz, lekin agar moddiy ehtiyojlarni ilm tarqatishdan ustun qo‘ysangiz, ustozlik siz uchun emas. Tezroq daromad beradigan boshqa kasbni tanlaganingiz ma’qul.
🔥9👍43❤‍🔥11
Tez borishni xohlasangiz — yolg‘iz boring.
Uzoqqa borishni xohlasangiz — jamoa bilan boring.


Men shu kungacha ko‘plab o‘quv markazlarini boshqardim. Ba’zilarida katta natijaga erishdik, ba’zilarida esa muvaffaqiyatsizlik bo‘ldi.

Shu jarayonda o‘zimni ham, boshqalarni ham kuzatdim:
🔹 Qaysi markazlar kuchayib ketdi?
🔹 Nega men ayrim paytlarda orqada qoldim?
🔹 Qaysi xatolar qayta-qayta takrorlanadi?

Hozir ham tahlil qilishni davom ettiryapman.

Inson xatolari tahlil qilish orqali oldingi o’zidan yaxshiroq bo’ladi.
👌9💯3
Agar bu mavzu siz uchun qiziq bo‘lsa, keyingi postda batafsil natijalarimni yozaman:
• Qaysi omillar o‘sishga eng ko‘p ta’sir qiladi
• Qanday xatolar eng ko‘p kuchni yo‘qotadi
• O‘zim uchun qilgan xulosalar va keyingi 30 kunlik rejalarim

📊 Qiziq bo‘lsa, kommentda yoki reaksiyada bildirishingiz mumkin.
124👌4👏2
Do’stim kuzni yomon ko’raman

Juda ta’sirli she’r bir eshitib ko’ring.
😢8❤‍🔥32
O’zim chizdim😁
🔥28👏105👍2😁2
Kech bo’lganda kutubxonaga keldim

Qanaqa kitob oldim tahmin qilingchi
🔥10❤‍🔥65👍4
Tasodifga aldanganlar

Kitob tanlashda mahoratim borda😁
🔥16❤‍🔥7👍64🎉1
"Tasodifga aldanganlar"

Hali o'qib tugatishga ulgurmadim. Lekin kitob omad va muofaqqiyat haqida qarashlarimni o'zgarita oldi.

KItobdan olgan asosiy xulosalarimni manfaatli bo'lishi uchun 3 ta post qilmoqchiman.

ertaga birinchi post chiqadi kuting albatta foydali bo'ladi.
❤‍🔥12👍54🫡2
Xadjayev | Education & Systems
"Tasodifga aldanganlar" Hali o'qib tugatishga ulgurmadim. Lekin kitob omad va muofaqqiyat haqida qarashlarimni o'zgarita oldi. KItobdan olgan asosiy xulosalarimni manfaatli bo'lishi uchun 3 ta post qilmoqchiman. ertaga birinchi post chiqadi kuting albatta…
1-xulosa

"Albatta, omad va g‘alaba oldindan tayyorgarlik ko‘rganlarga kulib boqadi!" – muallif ham bunga qo‘shiladi. Lekin u shuni ta’kidlaydiki: barcha millioner yoki milliarderlardan hammasi aqlli bo‘lgani uchun boy bo‘lmagan. Ba’zilarida shunchaki tasodif tufayli hayot ularga tuhfa qilib, omad yo‘liga olib chiqqan holatlar bor.

"Agar omadli bo‘lishni istasangiz, millionerlarning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganing va ular kabi bo‘ling!" – degan gaplarni esa Taleb hiyla-nayrang deb biladi. Chunki muallifning fikricha, siz ularning ayni yo‘lidan yursangiz ham boyib ketish ehtimolingiz juda past.

Talebning asosiy maqsadi – sizni tasodifga aldanib qolishingizdan ogohlantirish. Unga ko‘ra, birdaniga boy bo‘lib ketish haqidagi orzular asossiz.

"Asta-sekinlik bilan erishilgan muvaffaqiyat insonning mehnati va qobiliyatlaridan dalolat beradi. Hovliqish bilan kelgan muvaffaqiyat esa nosog‘lom og‘ishlarning natijasidir."

Nassim Taleb.

Kitobning 3 ta 1 qismini o'qib bo'ldim. Shu haqida qisqa xulosa yozdim.Men oldin duch kelmgan fikrlarning ko'pligi kitobga qiziqtirib qoydi.

Muallifning bir savoli bilan tugatmoqchiman va sizning fikringiz menga qiziq.

Odamlarning omadli ekanini ularning boyliklari va erishgan natijlariga ko'ra belgilash to'g'ri bo'larmikan?
4❤‍🔥3👏3🔥1💯1
Darslarni sog‘indim...
O‘quv markazimizni sog‘indim.
Sinf xonamni sog‘indim.
O‘quvchilarimni sog‘indim.
Jamoamni sog‘indim.

Imkonim bo‘lsa, ertagayoq darsni boshlagan bo‘lardim.
Afsuski, hozir Buxorodaman — davolanyapman.

Duoingizda eslab tursangiz, men uchun eng katta dalda shu.
❤‍🔥215👍2
📚 Ilm ustozni yaxshi ko‘rgan, uni chin dildan hurmat qilgan inson qalbiga singadi.

😊
Shogirdlar — ustozingizni hurmat qiling.

😊 Ustozlar — shogirdlaringiz hurmatiga loyiq bo‘ling.
14❤‍🔥5
📌 “Ko‘p o‘rganish — yaxshi. Lekin o‘rganganingni tahlil qila bilish — undan ham muhim.”

Men doim yangi narsalarni o‘rganishga qiziqaman. Lekin oxirgi paytlarda tushundimki, bilimni chuqurlashtirish uchun vaqtida pauza olib, o‘rganganlarini yozib chiqish va tahlil qilish kerak.

Shu sabab, men o‘zim uchun kichik “wallpaper” yasadim. Balki sizga ham foydali bo‘lar.

Siz ham o‘rganganlaringizni qayta ko‘rib chiqqanmisiz?
8❤‍🔥3👍3🔥2
Agar to’g’ri bajarilsa odomzod qilishi mumkin bo’lgan eng yaxshi ish bu o’qituvchilikdir.

Charli Munger
17❤‍🔥3👍3
Faqat o‘zingni o‘ylama.

Shaxsiy rivojlan— tinmay o‘zing ustida ishlagin.
Lekin buning maqsadi — boshqalarga ko‘proq foyda keltirish bo‘lsin.

Atrofingdagilar senga qarab o‘zgarsin, senga qarab o‘rnak olsin.
Maqsading ilm tarqatish bo‘lsin, chunki o‘rgangan ilm senga kelib to‘xtab qolmasligi kerak.
10🔥7❤‍🔥5💯4
"Harvard Business School" da bir haftalik o‘qish narxi taxminan 15 000 dollar ekan.
Lekin menimcha, “qimmat” degan tushuncha ilmga nisbatan ishlatilmaydi.
Ilmga kiritilgan har qanday sarmoya — eng ishonchli sarmoyadir.

Bir haftaligiga bo‘lsa ham, u yerning muhitini, dars jarayonlarini ko‘rib, o‘sha joyda o‘qishni maqsad qilib qo‘ydim.
Qachon nasib qilishini bilmayman,
ammo unga yetgunimcha hali ko‘p narsa o‘rganishim kerakligini ancha yaxshi bilaman.
❤‍🔥11👍5🔥41
O'tgan hayotimdagi hech
narsadan pushaymon emasman.
Illo,
odamlarning gap-so'zlaridan qo'rqib,
o'zim istagandek yashay olmagan
kunlarimdan qattiq afsuslanaman
.

Najib Mahfuz
(ning umri oxiridagi so'zlaridan...)
❤‍🔥97🔥1
Sen yonmasang, men yonmasam, bu zulmatni kim yoritadi?
❤‍🔥10💯4🔥3😁32
Maslahat:

Kasbni qanday tanlash kerak?

Bir oddiy, lekin kuchli qoida bor:
O‘ylab ko‘ring va o‘zingizga savol bering — shu tanlamoqchi bo‘lgan kasbimni hech kim pul bermaganda ham qilgan bo‘lardimmi?

Agar javobingiz “ha” bo‘lsa, tabriklayman — siz ko‘pchilik odamlardan ko‘ra baxtliroq hayot kechirasiz.

Tushunaman — pul yashash uchun zarur, lekin pul baxtlilik darajasini o‘lchamaydi.

Men 2017-yildan beri o‘qituvchilik bilan shug‘ullanaman. Ammo o‘qituvchilik aynan mening yo‘lim ekanini 2020-yilda, karantin davrida tushundim. Ungacha buxgalterlik va davlat ishlarida ham ishlab ko‘rdim.

Karantin boshlanganida uyda o‘tirib, mahallamdagi bolalarga tekinga matematika darslari bera boshladim. Bu menga yoqdi. Keyin online darslarni yo‘lga qo‘ydim va minglab o‘quvchilarga bepul ta’lim berdim.

Shunda bildim — bu mening kasbim, mening yo‘lim.
Men o‘zim kasbimni kechroq topdim.
Siz bu xatoni qilmasligingiz uchun shu postni yozdim.

Agar foydali bo‘lsa, do‘stingiz bilan o‘rtoqlashing.
💯106🔥2❤‍🔥1👏1