Xadjayev | Education & Systems
190 subscribers
158 photos
20 videos
7 files
21 links
Ta’lim loyihalari asoschisi.
Tizim, intizom va o‘sish haqida.
Real biznes ichidan fikrlar.
Download Telegram
Imtihondan keyin o‘qimasak ham bo‘ladimi?

Imtihongacha mavjud barcha imkoniyatlardan foydalanib dars tayyorlaganingizga va sizga xalal beradigan ortiqcha narsalarni chetga surib qo‘yganingizga umid qilaman. Endi esa, "Milliy sertifikat imtihoni ham tugadi, endi nima qilaman?" degan savol sizni qiynayotgan bo‘lishi tabiiy.

"O‘qishni davom ettirishim kerakmi yoki hammasini chetga surib qo‘yaymi?" — degan ikkilanishda ko‘pchilik qoladi. Ikkinchisini tanlash nafsga yoqimli tuyuladi, lekin aslida birinchisini tanlashimiz kerak. Chunki oson yo‘l bilan haqiqiy muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi.

Agar rivojlanishni xohlasangiz — qiyin yo‘lni tanlang. Ko‘pchilik "Sertifikatga kirib chiqdim, bo‘ldi", deb o‘qishni to‘xtatadi. Ammo hammaga o‘xshab ish qilsangiz — hammadek natijaga erishasiz. Blogimni kuzatadigan o‘quvchilar esa ko‘proq natijani xohlaydi, deb o‘ylayman. Chunki ilmga bo‘lgan qiziqishingiz sizni shu yerga olib keldi.

Endi qanday o‘qishni tavsiya qilaman?

Siz barcha mavzularni tugatgansiz, imtihon oldidan ko‘plab mock testlar yechib, savollarni ishlash bo‘yicha yaxshi darajaga chiqqansiz. Ammo agar atigi bir hafta matematikani unutib qo‘ysangiz, misol yechish tezligingiz sezilarli darajada pasayib ketadi.

Shuning uchun matematikani butunlay tashlab yubormang. Faqatgina variant savollarini yechib, ustozingiz bilan ularni birga tahlil qilishingizni tavsiya qilaman.

Agar natijangiz siz xohlagandek chiqqan bo‘lsa ham, haftasiga uch marta, ikki soatdan matematikaga vaqt ajratish — bekorchi narsalarga sarflagan vaqtdan ancha foydaliroq bo‘ladi.

Agar natijangiz kutilganidan past chiqsa, bu mashg‘ulotlar sizni yana kuchli holatga olib keladi — hatto keyingi imtihonda sertifikat kerak bo‘lmay qoladi.

O‘tgan yili shogirdlarimga ham aynan shunday yondashuvni tavsiya qilgan edim. Sertifikat natijalari "C" darajasida chiqqan bo‘lsa ham, ular variantlarni juda yaxshi yechadigan holatga kelishdi. DTM imtihonida esa men ularga Milliy sertifikatdan foydalanmaslikni maslahat berdim — natijada 30 ta savoldan 25 tadan 28 tagacha to‘g‘ri yechishdi.
👍132❤‍🔥11👏1
Ota-onangizdan oʻrgangan eng katta hayotiy saboq nima boʻladi?
7❤‍🔥2👍1
Qoldirilgan dars nima bo‘ladi?

O‘quvchilarning ajabtovur bir bahonasi bor:
"Dars qoldirdim — demak, uyga vazifa qilmasam ham bo‘ladi."

Ular o‘zlarining ilmli bo‘lishi o‘qituvchiga kerak deb o‘ylashadi. Go‘yoki biz uchun o‘qiyotgandek.

Ba’zilar esa:
"Uyga vazifa qilmadim, chunki mavzuni tushunmadim", — deyishadi.

Tanish holat-a, o‘quvchilar? 😁

Lekin chin dildan natijaga erishmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar uchun bu bahonalar — uyatli.

Sababi bir marta mavzuni tushunmay vazifa qilmagan o‘quvchi, keyingi darslarni ham tushunmay boraveradi. Chunki matematika – zanjirli fan, bir bo‘g‘in uzilsa, keyingilar tushunarsiz bo‘lib qoladi.

Endi keling, agar shu holat sizda sodir bo‘lgan bo‘lsa — nima qilish kerak?

1️⃣ Darsni sababli qoldirdingizmi?

Unda guruhdoshingizdan darsni audio yozib olishni, doskaga yozilganlarni esa rasmga olib berishni so‘rang.
O‘sha materiallar asosida chalg‘imasdan dars qilsangiz — mavzuni tushunasiz, ishonaman.

2️⃣ Mavzuni tushunmaganingiz uchun vazifa qilmadingizmi?

Bu muammoni dars vaqtidayoq hal qiling. Tushunmayapsizmi? So‘rang.
Biz o‘qituvchilar uchun bu – quvonch. Chunki savollar ko‘pligi — o‘sishga ishora.

Savol berishdan uyalasizmi? (Aslida, bu yaxshi emas, ilm izlovchi uyalmaydi.)
Unda mavzuni yaxshi tushungan guruhdoshdan so‘rang. Har bir guruhda shunaqa o‘quvchi bo‘ladi.
Ba’zan o‘quvchining tilidan eshitilgan tushuntirish — sizga ustoznikidan ham yaqqolroq bo‘lishi mumkin.
💯8❤‍🔥53🔥2👍1
Bilim va qiziqish

Oliy ta'lim imtihonlariga qabul boshlanishiga ham oz qoldi. Ustozlik emas, akalik maslahatimni bermoqchiman: bilimingizga qarab emas, qiziqishingizga qarab institut yoki universitet tanlang.

"Ustoz, bilimim qayerga yetadi?" — degan savollarni ko‘p eshitaman. "Nimaga qiziqasan o‘zi?" — deb so‘rasam, ko‘pchilik "bilmayman", deb javob beradi. Eng yomoni — kelajakda kim bo‘lishingizni o‘zingiz ham bilmasligingizdir.

Shuning uchun, o‘qishga topshirish vaqti kelganda, o‘quvchilarimga yo‘nalishlar haqida qo‘limdan kelgancha ma'lumot beraman. Bu kasbni tanlasangiz, qayerda ishlaysiz, kunlik qanday ishlar qilasiz — hammasini tushuntirishga harakat qilaman.

Nima xohlashini bilmaslik menda ham bo‘lgan. Kamina ham sizning yoshingizda nimaga qiziqishini, nimani xohlashini bilmagan. Ustozimdan: "Matematikani o‘qib, O‘zbekistonda qaysi eng yaxshi oliy o‘quv yurtiga topshirsam bo‘ladi?" — deb so‘raganman. Ustozimning tavsiyasi Toshkent Moliya instituti bo‘lgan.

O‘rganishni va o‘rgatishni yaxshi ko‘rishimni, aslida bu mening yo‘lim ekanini moliyani o‘qib bo‘lgandan keyin tushunib yetdim. Menga bu yo‘lni ertaroq topishga yordam bergan odam bo‘lmagan.

Shu sababli sizga bu tavsiyani bermoqchiman:

O‘ylab ko‘ring: Nimaga qiziqasiz? Qaysi ish sizga zavq beradi? Qaysi sohada o‘zingizni baxtliroq his qilasiz?

Bugun xohlagan kasbingiz haqida to‘liq ma'lumot topishingiz mumkin — internetda, ustozlardan, amaliyot orqali.

Sizda “11-sinfman, endi kech. Bilimim qayerga yetsa, o‘sha joyda o‘qiyman. Maslahatingiz 10-sinflarga to‘g‘ri keladi,” — degan fikr bo‘lishi mumkin. Lekin sizda ham hali imkon bor.

Tushkunlikka tushmang. Bir oyda ham natijangizni yaxshilash mumkin. Faqat to‘g‘ri dars qilish va reja asosida harakat kerak.

Agar foydali bo‘lgan bo‘lsa, do‘stingizga ham ulashing.
Izohlarda fikringizni yozib qoldiring.
Qiziqsangiz, siz uchun kunlik dars rejasi tuzib beraman.
❤‍🔥83🔥3👏1👌1
Zo'r bo'lib ol. Keyin yoqtirish, yoqtirmasligingni gaplashamiz.
🔥122🥰2❤‍🔥1
Bayramga uyga (Buxoroga) keldim. Xonamdagi narsalar orasidan shu kalkulyatorni topib oldim.

Abituriyentlik davrimda hech qachon kalkulyatordan foydalanmaganman. Unda bu kalkulyator nimaga xonangda turibdi, deb so‘rashingiz mumkin. To‘g‘risi, bu nimaga qo‘limga tushib qolganini men ham bilmayman 😅

Maktabda o‘qib yurgan vaqtimda (aniq yoshimni va sinfimni eslay olmadim — 15 yil bo‘ldi to'g'ri tushunasiz) matematikadan olimpiadada qatnashgandim. Sezib turganingizdek, 1-o‘rinni olgandim. Yutuq sifatida mana shu kalkulyatorni sovg‘a qilishgandi 😅

"San bola ko‘p aqlli bo‘lib ketma", demoqchi bo‘lishgan shekilli 😁

Qiziq, hozirgi bolalarga olimpiadada yutganlari uchun nima berishayotgan ekan?
😁23👏52👍1🔥1
Assalomu alaykum!

Abituriyentlar uchun maxsus taklif! Bunaqasi hali bo'lmagan.

DTM'ning Matematika imtihoniga 1 oyda tayyorlanib 25+ natijaga erisha olishingiz mumkin.

Men, Dilhayot Xadjayev, 8 yillik tajribaga ega matematika o'qituvchisi, Xadjayev Math o'quv markazi asoschisiman.

Xudo xohlasa 13-iyun soat 20:00 da "1 oyda DTM'ning matematikasiga tayyorlanib 30 tadan 25+ natija olish sirlari" haqida taqdimot o'tkazaman.

💥 Shu kuni taqdimotga qatnashganlar uchun Hech qaysi o'quv dasturi bermagan KURS UCHUN chegirmali narxlar va BONUS'larga ega bo'lish imkonini beraman.

📌 13-iyun sanasini kalendaringizga belgilab qo'ying va kanalni pin qilib qo'ying.

Yangiliklarni kutayorgan bo'lsangiz - 🔥 ni bosing! Tez orada barcha ma'lumotlarni berib o'taman

🖇 Taqdimot kanali: https://t.me/+1ezKgg5ufOE5YWEy
🔥19👍5👏31
Ustoz yaxshi o’tilgan darsdan baxtli bo’ladi☺️
🔥11❤‍🔥5👌3👍1
Master Math DTM kursi o'quvchisidan kurs haqida fikrlari 😊
❤‍🔥5👍52👏1😇1
Xursand bo'ldim 😊

Sizga ham foydali bo'lishi uchun instagram sahifamga ham obuna bo'lib qo'ying

Instagram: https://instagram.com/dilhayot_xadjayev
❤‍🔥9👍63😇1🫡1
O’quv markazimizni yanada rivojlantirish uchun ilm olyapman🔥
15❤‍🔥6🔥5👍4👏1
O’tgan darsni takrorlash bo’yicha 3- o’rinni oldim.🔥
42 ta o’quv markaz rahbarlari ichida
❤‍🔥12🎉9👍7🔥5👏4
🔥Ko'pchilik o'quvchilarga manfaatli bo'lishi uchun "Majburiy Matematika"dan Bepul darslarni boshlayapman.

✔️ Darslar bu yerda bo'ladi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12❤‍🔥1👍1👏1👌1
Biz nega zerikamiz?
Jarayondan zavq olishni bilish — zerikishni ancha kamaytiradi.

Zalga 7 oydan beri qatnashayapman. Bu mening birinchi uzoq muddatli sport bilan shug‘ullanishim. Hatto noto‘g‘ri ovqatlanishdan ham voz kechdim.

"Natijalar zo‘r bo‘lsa kerak?" — deb o‘ylayotgandirsiz.
Afsuski, natijalar o‘ylaganimdek bo‘lmadi.
Lekin bu meni harakatdan to‘xtatgani yo‘q. Aksincha, zalga chiqadigan kunlarimni intiqlik bilan kutadigan bo‘ldim. O‘sha kunlar go‘yoki zavqli ishim bor kabi o‘zimni his qilaman.

Xo‘sh, nega qiziqishim kamaymadi?
Sababi — men sportning ahamiyatini tushunib yetdim.

Endi yuqoridagi obunachimizning savoliga qaytaylik:
Agar siz ham o‘qish muhim ekanligini tushunsangiz, natijalar yaxshi bo‘lmasa ham bu sizni to‘xtatmaydi. Qayta boshlashdan qo‘rqmang — ishoning, siz endi 0 dan boshlamaysiz. Sizda tajriba bor.

Kuzgacha albatta sertifikatni olasiz.
Muvoffaqiyatning kaliti oddiy:
Sabr qilish, xatolardan xulosa chiqarish va harakatdan to‘xtamaslik.
🔥14👏43❤‍🔥1💯1
O’quv markazni tizimlashtirish bo’yicha 3 - darsga ham keldim
🔥73❤‍🔥32
Bugun 1-o’rinni oldim🔥🔥
❤‍🔥18🔥11🎉731
Hammadan oldinda bo'lish uchun shu 4 ta narsa kerak:

1. Jamiyatdagi o'rinlar, obro' e'tibor uchun ishlamaslik

2. Qilayotgan ishingizni to'xtatmaslik

3. Doim rivojlanish

4. O'zingizni boshqalar bilan solishtirmaslik, faqat o'zingizni kechagi kuningiz bilan solishtirishlik
11👍6🔥6💯5❤‍🔥3
Orzularsiz shaxar quriydi.

Dunyoni orzu qiladigan odamlar bezab turadi. Ular mazmun bag'ishlaydi. Faqat orzularing hammaniki kabi bo'lmasligi kerak.

Xo'sh do'stim. Orzuying nima?
13❤‍🔥8🔥3
#iqror

Bugun rasman tan oldim:
dars qilgim kelmayapti!
Umuman, ilmiy maqola o'qigim ham,
hech nimani yozgim ham yo'q.

Dengiz sohilida oyoqyalang yuursang.
Kino ko'rsang, tabiat manzalaridan
bahra olsang...

HECH NIMA QILMASANG!!!
degan nuqtaga yetib keldim.

🏳️

na ilhom,
na xohish,
na ishtiyoq bor.
na laptop
na kitob ochmasam zinhor..

Shovqin yo'q,
g'ubor yo'q
jazirama yo'q
yam-yashil makonga ketsaydim bugun,
Tabiat qo'ynida bir jonzot bo'lib,
tinglasam to'lqinlar sasin uzzu-kun...

#Suvaydo
15❤‍🔥5😢3👍2