XimFaktor Kimyo || Omadbek Qahramonov
4.9K subscribers
3.6K photos
1.76K videos
1.53K files
786 links
Assalamu aleykum hurmatli obunachilar bu kanal kimyo fani o'qituvchisi Omadbek Qahramonov ga tegishli


Youtube kanalimiz:
https://youtube.com/channel/UC5SxjxD-B6KCXhfEX5A23JA

Attestatsiya natijalarimiz uchun
@Attestatsiya_Omadbek_Natija
Download Telegram
Ishlab koring foydasi tegadi
Yuqoridagi test kalitlari: 1b 2c 3d 4a 5a 6b 7a 8c 9d 10d 11d 12b 13a 14a 15c 16d 17a
18d 31a. 44d. 57d 70d 83d.
19a. 32_. 45a. 58a. 71d.84d
20_. 33d. 46c. 59b. 72c.85b
21c. 34c. 47d. 60a. 73b. 86b
22_. 35c. 48d. 61b. 74a.87d
23a. 36d. 49d. 62b. 75c.88d
24d. 37d. 50d. 63b. 76b 89a
25b. 38a. 51b. 64c. 77a.90d
26b. 39b. 52d. 65b. 78d.91c
27d. 40_. 53d. 66c. 79d.92b
28d. 41d. 54a. 67_ 80 b.93c
29c. 42d. 55d. 68d. 81b. 94c
30d. 43a. 56d. 69c. 82a.95d

96a. 101d. 106d. 111d 116b
97a. 102d. 107d. 112d.117b
98a. 103a 107c. 113d. 118d
99d. 104a. 109c. 114d.119b
100d. 105a. 110c. 115c.120c

121d
122c
123d
124a
125d
maral
Biologiyadan DTM testlar
jannat qushi
Biologiyadan DTM testlar
tog' qo'yi
Biologiyadan DTM testlar
bizong
Biologiyadan DTM testlar
muflon
Biologiyadan DTM testlar
10 - sinf organik kimyo fanidagi uglerodni oksidlanish darajasi yig'indisini topish mavzusiga qo'shimcha yordam ma'lumot.

Alkanlar CnH2n+2
2n+2= -(O.D)

Sikloalkanlar CnH2n
2n=-(O.D)

Alkenlar CnH2n
2n=-(O.D)

Alkadiyenlar CnH2n-2
2n-2=-(O.D)

Alkinlar CnH2n-2
2n-2=-(O.D)

Arenlar CnH2n-6
2n-6=-(O.D)

Bir atomli spirtlar (to'yingan) CnH2n+2O
2n=-(O.D)

Ikki atomli to'yingan spirtlar CnH2+2O2
2n-2=-(O.D)

Uch atomli to'yingan spirtlar CnH2n+2O3
2n-4=-(O.D)

Aldegidlar CnH2nO
2n=-(O.D)

Ketonlar CnH2nO
2n-2=-(O.D)

To'yingan dikarbon kislotalar CnH2nO2
*n=2,3,4,5 (+(0) O.D.)
*n=6,,,,,,,,(O.D. )
2n-10=-(O.D)

To'yingan monokarbon kislotalar CnH2n-2O4
n=2,,,,,,, 2n-4=-(O.D.)

Bir atomli fenollar CnH2n-6O
2n-8=-(O.D)

Ikki atomli fenollar CnH2n-6O2
2n-10=-(O.D)

Uch atomli fenollar CnH2n-6O3
2n-12=-(O.D)

Oddiy efirlar Cn2nO
2n-2=-(O.D)

Sikloalanollar CnH2nO
2n-2=-(O.D.)

Aminlar CnH2n-3N
2n=-(O.D)

Aromatik aminlar Cn2n-5N
2n-8=-(O.D.)

Izoh: O.D. oksidlanish darajasi yig'indisi.
#Nazariya

📌5-Qism

✔️ATOM TUZILISHI.✔️
Mavzu: ATOM TUZILISH NAZARIYASI📌.

✔️Atom tuzilishi haqidagi dastlabki tushunchalar er.avv. 400 yillarda Demokrit asarlarida uchraydi.

✔️Faqat XVIII asrga kelibgina ingliz olimi J.Dalton atomistik nazariyani yaratadi. Unga ko’ra barcha narsalar atomlardan tuzilgan. Daltonga ko’ra har bir element atomi o’ziga xos o’lcham va massaga ega bo’ladi.

✔️Atomning o’lchami juda kichkina – 10^-10m(1Å) atrofida. Uning absolyut massasi ham juda
ham kichik m.a.b.=1,66∙10^-27kg

✔️1895 yil ingliz olimi Kruks manfiy zaryadlangan nurlarni ochadi va unga katod nurlari deb nom beradi. Yana bir ingliz olimi J.Tomson katod nurlarini magnit maydonidagi harakatini o’rganib, bunday nurlar har qanday moddada mavjudligini asosladi va unga elektron deb nom
beradi.

✔️Amerikalik olim Milliken elektronning massasi va zaryadini aniqlaydi.
qe=1,6∙10^-19Kl
me=9,11∙10^-31kg ya’ni atomning 1/1840 qismiga teng.

✔️1911 yil ingliz olimi Ernest Rezerford atom tuzilishing planetar modelini kashf etadi. Ya’ni u yupqa Au folga olib unga α nurlar oqimini yuboradi. Shunda bu nurlardan barchasi ham to’g’ri o’tib ketavermasdan baz’ilari burilishini, hatto orqaga ham qaytishini kuzatadi.

✔️Planetar modelga ko’ra:
1) Atom markazida musbat zaryadlangan yadro yotadi.
2) Yadro atrofida manfiy zaryadli elektron harakat qiladi.
3) Atom yadrosi o’lchami atomning o’lchamidan ancha kichik.
Ya’ni atom o’lchami 10^-10m bo’lsa, yadroning o’lchami 10^-15m ga teng.

✔️Atom elektroneytral bo’lib, yadro atrofidagi elektronlarning umumiy soni yadroning musbat zaryadiga tengdir. Yadroning musbat zaryadi esa o’z navbatida elementning davriy jadvaldagi tartib raqamiga teng. Buni 1913 yil ingliz fizigi Mozli aniqlagan.

✔️Elektronning massasi juda kichik bo’lganligi uchun atomning asosiy massasi yadroda yig’ilgan. Atom yadrosining musbat zaryadini protonlar tashkil qiladi. Lekin yadroda protonlardan tashqari massaga ega zarrachalar ham bo’lib, ular neytronlar deyiladi. Neytronlarning mavjudligini
1932 yil Chedvik ochgan.

✔️Ta’rif: Atom musbat zaryadli yadro va uning atrofida harakatlanuvchi manfiy zaryadli elektronlardan tuzilgan. Yadro o’z navbatida proton va netronlardan tuzilgan.

✔️Proton va neytronlar soni ayni atomning massasini beradi va nuklonlar deyiladi. Proton, neytron va elektron fundamental zarrachalardir.
@Kimyo_Biologiya_Namangan
1. Temir bo’lakchasi birikmalarida +1 oksidlanish darajasini nomoyon qiladigan noma’lum metall nitrat eritmasiga tushirildi. Metall namunasining massasi 16 g ga ortdi. Olingan temir (II) nitrat eritmasi orqali vodorod sulfid gazi o’tkazildi. Bunda 8,8 g temir (II) sulfid olingan bo’lsa, metallni aniqlang.
A) mis B) kumush C) simob D) oltin

2. Temir bo’lakchasi birikmalarida +2 oksidlanish darajasini nomoyon qiladigan noma’lum metall nitrat eritmasiga tushirildi. Metall namunasining massasi 4 g ga ortdi. Olingan temir (II) nitrat eritmasi orqali vodorod sulfid gazi o’tkazildi. Bunda 44 g temir (II) sulfid olingan bo’lsa, metallni aniqlang.
A) mis B) qalay C) temir D) qo’rg’oshin

3.Marganes bo’lakchasi birikmalarida +2 oksidlanish darajasini nomoyon qiladigan noma’lum metall xlorid eritmasiga tushirildi. Metall namunasining massasi 32 g ga ortdi. Olingan marganes(II)xlorid eritmasi orqali vodorod sulfid gazi o’tkazildi. Bunda 43,5 g marganes (II) sulfid olingan bo’lsa, metallni aniqlang.
A) mis B) qalay C) temir D) qo’rg’oshin


✅ bizning kanal: @Kimyo_Biologiya_Namangan
Ishlanishi
1. 13 g H2SO4∙xSO3 tarkibli oleumni neytrallash uchun 11,2 g NaOH sarflandi. x ni aniqlang.
A) 0,1 B) 0,2 C) 0,3 D) 0,4

2. 21,2 g H2SO4∙xSO3 tarkibli oleumni neytrallash uchun 17,6 g NaOH sarflandi. x ni aniqlang.
A) 0,1 B) 0,2 C) 0,3 D) 0,4

3. H2SO4∙0,1SO3 tarkibli oleumni neytrallash uchun 8,8 g NaOH sarflandi. Boshlang’ich oleum massasini (g) toping.
A) 10,6 B) 15,6 C) 12,4 D) 9,8

4. H2SO4∙0,3SO3 tarkibli oleumni neytrallash uchun 0,52 mol NaOH sarflandi. Boshlang’ich oleum massasini (g) toping.
A) 12,2 B) 24,4 C) 6,1 D) 18,3

5. H2SO4∙0,5SO3 tarkibli 27,6 g oleumni neytrallash uchun 50 g NaOH eritmasi sarflandi.NaOH eritmasining foiz konsentratsiyasini toping.
A) 36 B) 24 C) 40 D) 20

6. H2SO4∙SO3 tarkibli 17,8 g oleumni neytrallash uchun 50 g NaOH eritmasi sarflandi.NaOH eritmasining foiz konsentratsiyasini toping.
A) 12 B) 24 C) 20 D) 16


✅ bizning kanal: @Kimyo_Biologiya_Namangan
Ishlanishi
#Nazariya

📌6-Qism

✔️Mavzu: IZOTOPLAR, IZOBARLAR VA IZOTONLAR📌.

✔️Atom massasini A bilan belgilasak, undagi protonlar soni Z va netronlar soni N o’rtasida
quyidagi bog’liklik bor:
A=Z+N N=A-Z

✔️Ta’rif: Bir elementning yadro zaryadi bir xil, atom massasi har xil bo’lgan atomlar shu elementning izotoplari deyiladi.

✔️Masalan: H massasi A=1, D massasi A=2, T massasi A=3 ga teng yadro zaryadi esa barchasi uchun Z=1

✔️Izotoplar bir-birlari bilan faqat neytronlar soni bilan farq qiladi.
N=0(H), 1(D), 2(T)
Izotoplar aralashmasidan elementning o’rtacha atom massasi kelib chiqadi.

✔️Masala: Cl ikkita 75%(Cl 35) va 25% (Cl 37) izotoplaridan tashkil topgan. Uning o’rtacha atom massasini hisoblang.
Ār(Cl)=Ar1∙𝜔1+Ar2∙𝜔2=
=35∙0,75+37∙0,25=35,5m.a.b.

✔️Ta’rif: Atom massalari bir xil, yadro zaryadlari bilan farq qiluvchi atomlar turiga izobarlar deyiladi.
Masalan, Kaliy Ar=40, va Kalsiy Ar=40

✔️Ta’rif: Neytronlar soni bir xil bo’lgan atomlar turiga izotonlar deyiladi.
Masalan,
Kaliy N=39-19=20
Kalsiy N=40-20=20
@Kimyo_Biologiya_Namangan
🔷️ Ikki suyuqlikning zichliklari nisbati 1:5 bo'lib teng hajmda aralashtirilsa zichlik 7.2gr/mlga teng bo'ldi agar ular teng massada olib aralashtirilsa zichlik qanday bo'ladi

Yechimi:
Teng hajmda deyilgan 100 ml dan olamiz; zichlikni -x

100x+500x
--------------=7.2 x=2.4
200
Teng massada olinsa : 100 gr dan
m 100
V=-------- -------- =41.67
p 2.4
100
V=--------=8.33
2.4×5

m 100+100
p=------ ------------------=4
V 8.33+41.67
Javob:4

@Kimyo_Biologiya_Namangan
■ Davriy sistema va davriy qonun.

XVIII-asr ohirlarida fanda 25 ta element malum bo’lgan,XIX-asrning 1-choraklarida yana 19 ta element kashf qilindi.

1812-yilda Berselius barcha elementlarni metallar va metalmaslarga ajratdi va 1814-yilda 46 ta elementning atom massalari ortib borish tartibida davriy jadval tuzdi.

1817-1829-yillarda Debereyner uchta-uchta elementdan iborat elementlar guruhlarini tuzdi va ularni triadalar deb atasshni taklif etdi.U elementlarni atom massalari ortib borish tartibida joylashtirib triadalar nazariyasini taklif etdi.
M; Li;Na;K Be;Mg;Ca
Xar qaysi triadada o’rtadagi element atom massasi ikki chetdagi elementlarning atom massalar yig’indisini yarmiga teng.O’sha vaqtda bor yo’g’i 7 ta triada tuzishga muaffaq bo’lgan.

1862-1863-yillarda De Shankurtua kimyoviy elementlarning silindr shakldagi jadvalni yaratdi.

1863-yil J.Nyulends elementlarni ekvivalentlarga asoslanib davriy jadvalni tuzdi va oktavalar qonuniga asos soladi.

1866-yilda N.I.Meyer elementlarni atom massalariga asoslanib davriy jadval tuzdi.

1869-yilda D.I.Mendeleyev tabiatning mihim qonuni – kimyoviy elementlarni davriy qonunini tarifladi.

D.I.Mendeleyev davriy qonuni – oddiy moddalar elementlarning xossalari shuningdek elementlar birikmalarning shakl va xossalari elementlarning atom massalari ortib borishiga davriy ravishda bog’liq.

Davriy qonunning hozirgi zamon tarifi-kiyoviy elementlarning xossalari, shuningdek element birikmalarining shakl va xossalari atom yadrolari zaryadining kattaligiga davriy ravishda bog’liqdir.

Mendeleyev davriy sistemani tuzgan vaqtda fanda 63 ta element malum bo’lgan va 29 ta elementga bo’sh joy qoldirgan.

Mendeleyev hayotligidayoq 3 tasi

skandiy(ekabor),galliy(ekaalyuminiy) va germaniy (ekasilitsiy)larni bashoratqilgan.

Eslatma; eka degani bitta yoki birinchi analog degani.

Galliyni 1875-yilda Lekok De Buabodran, Skandiyni

1879-yilda Nilson, Germaniyni

1886-yilda Vinkler kashf etdi va o’z yurti nomini ber.

@Kimyo_Biologiya_Namangan