XimFaktor Kimyo || Omadbek Qahramonov
4.89K subscribers
3.6K photos
1.76K videos
1.53K files
786 links
Assalamu aleykum hurmatli obunachilar bu kanal kimyo fani o'qituvchisi Omadbek Qahramonov ga tegishli


Youtube kanalimiz:
https://youtube.com/channel/UC5SxjxD-B6KCXhfEX5A23JA

Attestatsiya natijalarimiz uchun
@Attestatsiya_Omadbek_Natija
Download Telegram
#2019

1. sp3−gibrid orbitallar soni sp2−orbitallar sonidan 16∙NA ga ko’p bo’lgan glutar kislota olish uchun necha gramm siklik birikmani (yuqori harorat va kuchli oksidlovchilar ta’sirida) oksidlash zarur?
A) 168 B) 180 C) 170 D) 140

*

1) HOOC-(CH2)3-COOH da jami 20 ta sp^3 va 12 ta sp^2 orbital mavjud. Demak:
n= 20 -12 = 8 NA ta 16/8= 2 mol
x gr. ------- 2 mol
C5H10 -----> C5H8O4
70 g --------- 1 mol

x= 140


2. sp3−gibrid orbitallar soni sp2−orbitallar sonidan 24∙NA ga ko’p bo’lgan adipin kislota olish uchun necha gramm siklik birikmani (yuqori harorat va kuchli oksidlovchilar ta’sirida) oksidlash zarur?
A) 168 B) 180 C) 170 D) 140

3. sp3−gibrid orbitallar soni sp2−orbitallar sonidan 12∙NA ga ko’p bo’lgan qahrabo kislota olish uchun necha gramm siklik birikmani (yuqori harorat va kuchli oksidlovchilar ta’sirida) oksidlash zarur?
A) 168 B) 180 C) 170 D) 140

4. sp3−gibrid orbitallar soni sp2−orbitallar sonidan 20∙NA ga ko’p bo’lgan glutar kislota olish uchun necha gramm siklik birikmani (yuqori harorat va kuchli oksidlovchilar ta’sirida) oksidlash zarur?
A) 168 B) 210 C) 175 D) 140

4. sp3−gibrid orbitallar soni sp2−orbitallar sonidan 10∙NA ga ko’p bo’lgan qahrabo kislota olish uchun necha gramm siklik birikmani (yuqori harorat va kuchli oksidlovchilar ta’sirida) oksidlash zarur?
A) 168 B) 180 C) 170 D) 140

5. sp3−gibrid orbitallar soni sp2−orbitallar sonidan 24∙NA ga ko’p bo’lgan glutar kislota olish uchun necha gramm siklik birikmani (yuqori harorat va kuchli oksidlovchilar ta’sirida) oksidlash zarur?
A) 168 B) 210 C) 175 D) 140

6. sp3−gibrid orbitallar soni sp2−orbitallar sonidan 30∙NA ga ko’p bo’lgan adipin kislota olish uchun necha gramm siklik birikmani (yuqori harorat va kuchli oksidlovchilar ta’sirida) oksidlash zarur?
A) 168 B) 210 C) 175 D) 140

@Kimyo_Biologiya_Namangan
📌Oqsil, Uglevod, Nuklein kislota biopolimerlar. YOG’LAR esa biomolekula hisoblanadi. Oqsil monomerlari – aminokislotalar. Nuklein kislotalar monomeri – nukleotidlar hisoblanadi. ✅✅

📌Hujayrda tuzilishi, vazifasi va yana bir qancha xususiyatlari bilan farq qiluvchi 2 xil nuklein kislota dezoksiriboza (DNK) va ribonuklein kislota (RNK) uchraydi. ✅✅

📌DNK va RNK nukleotidlardan tuzilgan. Har bir nukleotid azot asosi (Purin asosi - ADENIN, GUANIN: Pirimidin asosi - TIMIN, SITOZIN, URATSIL), monosaxarid (dezoksiriboza, riboza) va fosfat kislota qoldig’idan tashkil topgan.✅✅

📌Dezoksiriboza va Riboza pentozalar guruhiga kiradi. Ularning tarkibida 5 tadan C (uglerod) atomi bo’ladi. Dezoksiriboza tarkibida 1 atom O (kislorod) yetishmasligi bilan ribozadan farq qiladi. ✅✅

📌DNK nechta nukleotiddan iborat bo’lsa, shuncha dezoksiriboza (pentoza) bo’ladi. ✅✅

📌Nukleotidlarning molekulyar massasi shartli ravishda 330 D (Dalton). Orasidagi masofa 0,34 nm yoki 3,4 A (Angstrem) ga teng. ✅✅

📌DNK – 2 ta zanjirli bo’lgani uchun orasida vodorod bog’lari mavjud bo’lib, ular doimo komplementar sherik nukleotidlar A - T orasida 2 ta hamda G - S orasida 3 ta bo’ladi.✅✅

📌DNK ning RNK dan farqli tomoni – molekulyar massasi katta, 2 ta zanjirdan iborat, purin asoslaridan A, G; pirimidin asoslaridan S, T uchraydi. RNK da esa T uchramaydi. ✅✅

📌DNK da Purin va Pirimidin asoslari vodorod bog’lar orqali, Purin asoslari o’zaro yoki Pirimidin asoslari o’zaro – fosfodiefir bog’lar yordamida birikkan. ✅✅

📌DNK da nechta nukleotid bo’lsa fosfodiefir bog’ 2 ta kam bo’ladi. RNK da esa 1 taga kam bo’ladi. ✅✅

📌Vodorod va fosfodiefir bog’lar DNK dagi kimyoviy bog’lar hisoblanadi. ✅✅

📌RNK dan DNK sintezlanishi teskari transkripsiya; DNK ning 1 znjiridan RNK (i-RNK, t-RNK, r-RNK) lar sintezlanish jarayoni transkripsiya – ko’chirib yozish deb ataladi. Bu jarayon ham qat’iy komplementarlik asosida kechadi. ✅✅

📌Hujayradagi eng asosiy assimilatsion jarayonlardan biri oqsil biosintezi hisoblanadi, bu jarayon asosan sitoplazmada, ribosomalarda kechadi. ✅✅

📌Sintezlangan oqsil haqidagi irsiy axborot asosan yadroda, DNK da nukleotidlar ketma-ketligda yozilgan bo’lib, ular asosan dastlab RNK (i-RNK, t-RNK, r-RNK) sintezlab olinadi. i-RNK da 4 xil nukleotid yordamida kodlangan irsiy axborot har nukleotidlar uchligida (triplet) aminokislotalar sinteziga sabab bo’ladi. Har bir aminokislotaning 4 xil nukleotid yordamida 3 ta nukleotid ketma-ketligida ifodalanib kelishiga genetik kod deyiladi. ✅✅

📌Jami kodlar soni 64 ta bo’lib, 20 xil aminokislotalardan ikkitasini kodi 1 tadan. Qolgan 18 tasini kodi 2, 3, 4, 6 tadan bo’lishi mumkin. 5 ta kodonga ega bo’lgan aminokislota uchramaydi.
1. Metionin va triptofan - 1 ta;
2. Fenilalanin, tirozin, gistidin, glitsin, lizin, sistein, serin - 2 ta;
3. Izoleysin - 3 ta;
4. Valin, serin, prolin, treonin, alanin, asparagin - 4 ta;
5. Leysin, glutamin, arginin - 6 ta; 6. Qolgani terminatorlar - 3 ta; ular polipeptid zanjir sintezi tugallanganini bildiradi.

📌Jami 64 ga teng.

📌Har qanday oqsil molekulasi – metionin aminokislotasidan boshlanadi.✅✅

📌1 ta aminokislotani 1 ta kodon (3 ta nukleotid) kodlaydi. 1 ta aminokislotani massasi 120 D (Dalton). Har bir aminokislota o’zaro peptid bog’lar yordamida bog’lanib turadi. Peptid bog’ aminokislota sonidan 1 taga kam bo’ladi ✅✅
☯ Eritma konsentratsiyalari ☯

1. % konsentratsiya - 100 gr eritmada erigan modda miqdorining foizlarda ifodalanishiga aytiladi.

m(eruvchi)
C% = ------------------- •100%
m(eritma)


2.Molyar konsentratsiya- 1 litr eritmadagi erigan modda miqdorining gramm mollarda ifodalanishidir.

m • 1000
Cm = ----------------
M • V

n
Cm = -------
V(l)

C% • p • 10
Cm = -------------------
Mr


Cm1 • V1 = Cm2 • V2


3.Normal konsentratsiya- 1 litr eritmada erigan modda miqdorining ekv.mollarda ifodalanishidir.

m • 1000
Cn = ----------------
Ekv • V

C% • p • 10
Cn = -----------------
Ekv


4. Molyal konsentratsiya- 1 kg erituvchida erigan modda miqdorining gramm mollarda ifodalanishidir.

m(eruvchi) • 1000
Cml = ------------------------------
Mr • m1(erituvchi)


n(eruvchi)
Cml = ------------------------
m1(erituvchi(kg))


5. Titr konsentratsiya- 1 ml eritmada erigan modda miqdorining grammlarda ifodalanishidir.

m(erigan)
T = -----------------
V(eritma)


Cm • Mr
T = -------------
1000

C% • p
T = -----------
10


Cn • Ekv
T = -------------
1000
👍1
Elementning birikmadagi oksidlanish darajasini aniqlashda asosan
quyidagilarga e'tibor berish lozim:

1 Oddiy moddalarning oksidlanish darajasi 0 ga teng
2 Metallar doimo musbat oksidlanish darajasiga ega
3 Ishqoriy metallar va kumush doimo +1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.
4 Ishqoriy-yer metallari doimo +2 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.
Alyuminiy doimo +3 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.
6 Ftor faqat -1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.
Qolgan metalmaslar Ham manfiy, Ham musbat oksidlanish darajasini
namoyon qiladi.
Vodorod metallar bilan hosil qilgan birikmalari metal gidrid (MeHx) larda -1,
qolgan barchа birikmalarida +1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.
Kislorod peroksidlarda - 1, ftor bilan hosil qilgan birikmasida +2, qolgan
birikmalarda esa -2 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.
10 Elementning eng yuqori oksidlanish darajasi davriy sistemadagi joylashgan
guruh raqamiga teng.
(Cu va Au metallari bundan mustasno: Cu +2, Au +3)
11 Elementning eng quyi oksidlanish darajasi 8 dan davriy sistemadagi
joylashgan guruh raqami ayirmasiga teng.
12 Har qanday birikma tarkibidagi elementlarning oksidlanish darajalari yig'indisi
0 ga teng bo'ladi.
DTM-2019

Bogʻ qutbli,molekulasi qutbsiz moddani aniqlang?
A)NH3. B)H2O.
C)SO2. D)SO3

YECHIMI👇👇👇

Biz bog'i qutbli(1), molekulasi qutbsiz(2) moddani topishimiz kk!
Ya'ni, biz topishimiz kerak bo'lgan moddada yuqoridagi ikki shart bajarilishi kerak!

1) Bog' qutbli bo'lishi uchun:
Bog'langan atomlar NEM qiymatlari farqi 0,4<_x<2 oraliqda bo'lishi kerak!


2) Molekula qutbsiz bo'lishi uchun:

1. Markaziy atom bir xil elementlar bilan bir xil turdagi bog'lar yordamida bog'langan bo'lishi kerak!

2. Markaziy atomning tashqi qavatida taqsimlanmay qolgan elektron juft bo'lmasligi kerak!

3. Markaziy atomga ega bo'lmagan ikki atomli molekulalar (N2, O2 va b.) da elektronlar taqsimlanishi bir xil bo'lishi kerak!
Yuqoridagi har uchala shartga ham to'g'ri keluvchi modda molekulasinigina biz qutbsiz molekula deya olamiz.

Demak, javoblardan faqat SO3 to'g'ri keladi:
O=S=O
||
O

To'g'ri javob: D
71. Etan degidrogenlanganda etilen, atsetilen va vodoroddan iborat aralashma olindi. Agar ushbu
aralashmadan vodorod chiqarib yuborilganda, aralashma hajmi 672 ml (n.sh.) massasi esa 0,8 g ni
tashkil etdi. Degidrogenlanish jarayonida ajralgan vodorod hajmini (l n.sh.) aniqlang.
a. 1,12
b. 2,24
c. 3,36
d. 0,896
. 28x
C2H6---->C2H4+H2
/ x \
0.8 672/22400=0.03 mol
\ 26y /
C2H6----->C2H2+2H2
y

x+y=0.03 | 26
28x+26y=0.8

26x+26y=0.78
-
28x+26y=0.8
___________________
2x=0.02 ;x=0.01 y=0.02

0.01---x=0.01 \
C2H6----->C2H4 +H2 0.05
0.02---x=0.04 /
C2H6-----> C2H2+2H2

0.05*22400=112 ml H kerak
76. Teng massada olingan natriy va suv ta’sirlashuvidan 270 g eritma olingan bo‘lsa, ajralgan gaz
massasini (g) aniqlang.
a. 6
b. 12
c. 3
d. 9
Teng massada debdi, shuning uchun 2 alasini ham 46 x oldik.

46x 46x. 2x

2Na+2H2O------>2NaOH +H2

46x+46x-2x=270
90x=270 ; x=3
2x=2*3=6 gr H
101.

518 gr suvda 23 gr natriy metali eritilganda hosil bolgan eritmaning molyal konsentratsiyasini aniqlang?
23 - - x=18-----x=1 mol
2Na+2H2O=2NaOH+H2
46------36--------2

518-18(kirishgan H2O)=500 gr
500gr - - - - - - - 1 mol
1000 gr - - - - - - x= 2 molyalli
ikki eritmani 3:4 massa nisbatda olib aralashtirganda hosil bo'lgan eritmaning zichligi 4gr/ml bo'ldi. xuddi shu eritmalarni 3:2 hajmiy nisbatda olib aralashtirganda hosil bo'lgan eritmaning zichligi 1,36g/ml bo'ldi ikkala eritmalar zichliklari farqini toping.
Azurit – 2CuCO3 . Cu((248)
Achchiqtoshlar – K2SO4 . Fe2(SO4)3 . 24H2O (166)
Na2SO4 . Cr2(SO4)3 . 24H2O (166)
K2SO4 . Cr2(SO4)3 . 24H2O (166)
(NH4)2SO4 .Al2(SO4)3.24H2O (166)
K2SO4 . Al2(SO4)3 . 24H2O (166)
Berlin zangorisi – Fe4[Fe(CN)6]3 (253)
Bertole tuzi – KClO3 (153)
Boksit – Al2O3 . 2H2O (215)
Braunit – Mn2O3 (266)
Bo‘r – CaCO3 (191)
Diopsit – CaMg[Si6O6] (207)
Dolomit – MgCO3 . CaCO3 (191, 234, 257)
Eruvchan shisha – Na2SiO3 + K2SiO3 (204)
Fernikel – NiAs (260)
Flus – SiO2 (248)
Fosforit – Ca3(PO4)2 (183)
Fosgen – COCl2 (196)
Fosterit – Mg2[SiO4] (207)
Freon – CF2Cl2 (147)
Galmey – ZnCO3 (246)
Gaustanit – Mn3O4 (266)
Gips – CaSO4 . 2H2O (156, 165)
Glauber tuzi – Na2SO4 . 10H2O (156, 225)
Na2SO4 . CaSO4 . 10H2O (235)
Ilmenit – FeTiO3 (265)
Javel suvi – KClO + H2O (145)
Potash – K2CO3 (123, 204)
Pretsipitat – CaHPO4 . 2H2O (188)
Qaldiroq gaz – 2H2 + O2 (132)
Qizil temir tosh – Fe2O3 (215, 250)
Qizil qon tuzi – K3[Fe(CN)6] (253)
Qumtuproq – SiO2 (203, 204)
Qo‘ng‘ir temir tosh – Fe2O3 . 3H2O (215)
Fe2O3 . H2O (250)
Qo‘rg‘oshin yaltirog‘I (galenit) – PbS (156, 215)
Rux aldamasi – ZnS (156, 215)
Sariq qoz tuzi – K4[Fe(CN)6] (199)
Sementit – Fe3C (255)
Sfen – CaTiSiO3 (265)
Silvinit - KCl . NaCl (225)
Silvin – KCl (138)
Soda – Na2CO3 (123)
Soda – Na2CO3 . 10H2O (191)
Kainit – KCl . MgSO4 . 6H2O (225)
KCl . MgSO4 . 3H2O (228)
Kaliyli selitra - KNO3 (123)
Kalsit – CaCO3 (234)
Kaolin – Al2O3 . 2SiO2 . 2H2O (204)
Karborund – SiC (194)
Karnallit – KCl . MgCl2 . 6H2O (138-139, 225)
Kaustik (texnik soda, o‘yuvchi natriy) –
NaOH (225)