Boom Reform
138 subscribers
471 photos
23 videos
12 files
214 links
Sharing everything that I find useful here!
Opportunities for youth: @AYAUzb
Download Telegram
Kosonsoydan esdalik uchun... 22.07.2019❤💓
Andijonda ajoyib ajoyib urf-odatlar bor-da shu desangiz! Shu bilan birga ajoyib ajoyib insonlar ham kop...

Qizini uzatgan oila odatda kuyovnikiga 40 kun mazar tashiydilar, lekin boshqa viloyatlik tanishlarim mazar nima ekanini ham bilishmaydi🙈😊 Xullas dostlar, mazar bu qizning oyisi, qizi o'zga oilada qiynalib qolmasligi uchun jonatadigan zavtrak, obed va ujin. Odatda 40 kunlab mazar toshilar edi, lekin xozir Xudoga shukur, 20 kun toshilyabdi ekan. Ajab emas, menga navbat kelganda mazar degan narsa yoq bob ketsa?


18-iyul kuni Gulshoda opamning toyi bolgan edi. Bugun esa unga mazar olib bordim. Baribir kelinlik davrini oz gashti borda! Umuman boyanish nima ekanini bilmaydigan, sport shkola ni bitirgan qiz bir chiroyli kelinga aylanibdi qobdi. Yaltiragan koylaklar, ozgina makiyaj va kelinlikning xarir romoli bilan egilib salom berish- menimcha bu eng gozal manzaralardan biri. Ozbek toylarida kop ishtirok etmaganim va urf-odatlarni, kelinchaklarni vazifalarini hali toliq bilmaganim uchun hammasi juda boshqacha tuyildi menga. Huddi bozordagidek: 3-4 ta xona kelinning kiyimlari va mebellari, korpa toshaklari bilan toldirilgan, hammasi yoyilgan. "Shularni hammasini taxlab, shkafga solib qoying, odamga halal berib turmasin", deb maslahat berganday boldim kelinga, lekin menimcha bu gap opamga uncha yoqmadi shekilli🙈 Nima emish, kelgan mehmonlar uyat dermish. Yangi kelinchak hali toyiga 1 hafta bolmay sepini yigishtirib tashabdi deyisharmish. "Ha opa, ular sizni korgani kelishadiku, koylagingizni nima qilishadi. Qarang qancha joy egallab turibdi, kirishga ham noqulay. Manabu romollarni ham koylaklarni rangiga moslab ilib qoyganizni qarang, hech yo romollari taxlashib yuboraymi?" Bu gaplarimdan keyin ekspeditsiya deyarli tugadi, bedroom ni rosa korgim keldi, qitmirligimdan... Eshikni endi ochsam kelinning qayin opasi qattiq ortimdan gapirdi, "Voy kelin kuyovni yotoqconasiga kirsa yomon boladi!" Uyga qaytguncha shu haqida oylab keldim, togrisi, xozirgacha nima bolarkin degan hayoldaman!

Xulosalar:
1)Kelinni sepi 40 kun yoyma bozor boladi!
2)Har bir kelgan mehmon ularni birma bir kozdan kechiradi. 3)Keyin esa kelinchak choy damlab keladi, kelgan mehmon xoh kuyov bolaning qarindoshlari, xoh kelinning opa singillari bolmasin, kelin ular bilan normalno suhbatlasha olmaydi.
4)Mehmonlarni keti uzilmaydi, endi bir gruppa mehmon kelib 2-etajga chiqsa, yana 1 gruppa mehmon kelib pastdagi mehmonxonada otiradi. Yangi uyga kelib qolgan kelinchak esa idishlarni joylashuvini shunaqangi tez yodlab oladiki, 40 i chiqqandan keyin qaysi piyola qayerda joylashishiniyu, qozonni qopqogini qayerga qanday qoyish kerak ekanini kozini yumib aytib beradi.
5)Kelinning qaynonasi va qaynotasi gururli insonlar bolsa, 3-7 kun ichida mazar qabul qilishni toxtatadilar, agar kelinni ota onasi qoyarga qoymay mazar joataversa, oxiri ariqga 1 martta oqizib yuboradilar.
6)Nimaga kelin kuyovni bedroom iga kirish mumkinmasligini anglolmayabman!
7)Bizni ozbeklarni hech qachon *Orzu-xavas, qoshnilar nima deydi, ular bizni maqtasin, kelinimni sepi tillarda doston bolsin, boy oilaga quda boldik* degan oy-fikrlar, manosiz gaplar tark etmasa kerak.


Mirjalol Qosimov bugun menga qisqa yozing dedi, men esa yana otlab ketdim....

Xullas, toylar kopayorsin, yoshlar baxtli bolorsin. Uvali-juvali bolishsin, bolali-chaqali bolishsin. Hamma orzusiga yetsin, sevishganlar ayrilmasin, ayrilganda ozlarini qiynab chekishmasin. Achchigidan boshqasiga uylanib, tegib ketishmasin! Boshqasiga uylanib, tegib ketishsayam ularam baxtli bolishsin, chiroyli chiroyli bollari bosin, ozidan kopayishorsin. Kelinlar kalta koylak kiymasin, kiyishsa qaynakasini oldida egilmasin. Ertalab uxlab qomasin, uxlab qosa kechirim sorasin. Xudo hammaga insof bersin!


@KhilolakhonKayumova
Ha aytganday, kelinchak menga kichkina sochiqcha va chupa-chups berdi🤗🤗🤗
Boom Reform
Voice message
Bugun opamlar bolalari bilan kelgandilar, jiyancham ketmayman deb yiglab turib oldi. Oyisi va ukasini kuzatgach, uyga qaytdik.

Dasturxonni, oshxonani yigishtirdik. *Ayol*, *Muxtasham yuz yil* va *Saboq* ni kordik. Qoshnini sap sariq qizchasini uyga olib kirib, birga mehmon qildik. Uni uyiga olib chiqdik, qaytgach *Mehmon-mehmon*, *Kelin-kelin*, *Oqituvchi-oqituvchi*, *Duxtir-duxtir* va shu kabi oyinchalardan oynadik. Joy tayyorlab naqd 2 ta ertak aytib berdim (shuni inobatga olish kerakki, men ertak aytmasdim oldin, oilamizda yosh bolalar yoqku, shunichun oylab topishga togri keldi), oshxonaga qaytib ovqatlandik, yana allaqanday serial kordik. Meni xonamga kirib *8-sinf: Odam va uning salomatligi*ni oqidik, endi esa otiribmiz mana qoshiq aytiiib:

*Are you sleeping Botirjon?!*



Ozim uxlab qolsam kerak bu ketishda😅😊
Meni biradim eng eng eng sevimli kitoblarimdan biri, *Sapiens: The history of humankind* kitobining tarjimasi bilan shugullanyabdilar ekan. Bu kitobni oqigan insonlarning hayoti naqadar ozgarib ketishini tasavvur ham qila olmayman, lekin kopchilik ateizm ni yaxshiroq tushunib, imoni butlar esa oz diniga yanada sadoqat bilan qaraydigan boladilar. Odamlar oz kelib chiqishi, insoniyat yaralishi tarixidan ancha xabardor boladilar. Xullas, bu kitobni oqing va menga keyinroq rahmat ayting!!! Bu kitobni qanchalik sevishimni bilmaysizlarda.... Bu bugungi kunning eng yoqimli xabari bolsa kerak)))

Inshaalloh, ozbekcha varianti chiqishi bilan sizlarga tafsilotini beramiz. Nurbek bro (@nurbekalimov) im, savobni tagida qolyabsiz oma!

@KhilolakhonKayumova
Assalomu alaikum wa rahmatullohi wa barokatuhu!

Tong-u kuningiz hayrli otsin!
Allohim barcha orzu-istaklarimizni royobini ortigi bilan beradi! Ketganlarga achinmay, qolganlarni qadrlashni organishimiz zarur!
Forwarded from Jajjining kundaligi | Aziza (Gazetchi qiz)
Ana sizga😅

Assalomu alaykum va rahmatulloh!)
Kuningiz hayrli bo'lsin!)
Barakamiz ochib ketyabdimi???
anonymous poll

😊Ketaman deb ketsa ketar – 12
👍👍👍👍👍👍👍 80%

🙁Content yomonlashdi shekilli... – 3
👍👍 20%

👥 15 people voted so far.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Andijon xalqi *Muzqaymoq Party* ga tayyormidi?
Menimcha televideniye va radio ga elon berilmaganida yaxshiroq bolar edi. Andijon shahridan kelganlarga ku mayli, bizdaqa qishlaqilarchi??? Ishonasizmi, men, singlim, jiyanim va bir dugonam bordik. 1 kishi uchun yol kira 11 000 ga tushdi kechqurunda. Xosh, 44 ming evaziga 4 kg gosht sotib olganimiz maqul emasmidi? Jaxlim chiqdi, nafaqat meni, balki shu yerga kelgan millionlab insonlarning ogizlaridan shirin shirin sozlar chiqayotganini eshitib uyga qaytdik. Shuni orniga uyda salovot aytib otirgan bolganimizda qancha savob olgan bolar edik...


Yaxshilikni izlab, ozimiz bilmagan holda yomonlik qilib qoymaylik azizlar!

@KhilolakhonKayumova
Siz ham mazza qilib yiglaganmisiz? Hech qanday sababsiz- otgan hayotingizni, qilgan gunoh va xatolaringizni, hayotingizga kirgan, undan chiqgan insonlarni, barcha barchasini! Bolalikdagi ilk xotiralarni bir eslang-a?! Oxirgi 10 kunlik ichida shunaqangi mazza qilib yiglayabmanki, ozim ham sababini bilmayman. Kamida 1 soat xonamga kirib ketib, ichkaridan qulflab olib mazza qilib yiglayman. Shunchaki kayfda! Keyin esa kozlarim qizarib ketib, ogriy boshlaydi, kamiga boshim ham qoshiladi. Lekin shunaqangi yeeeengil bolib qolamanki, huddi qushlardek! Ichim bom bosh boladi, shu paytda xohlasam ham hech narsani eslay olmayman- otgan hayotimni, qilgan gunoh va xatolarimni, hayotimga kirgan, undan chiqgan insonlarni, barcha barchasini! Bolalikdagi ilk xotiralarni ham!!!


Jinniginamandaaaa.....

@KhilolakhonKayumova
Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi 
va sallam aytadilar: 

"Kimki ushbu duo (istig'for)ni 
yotog'iga kirgan vaqt uch marotaba o'qisa, dengizning 
ko'piklari qadar, cho'ldagi qum 
zarralari qadar, daraht yaproqlari qadar yoki dunyodagi barcha kunlar qadar ko'p gunoxi bo'lsa xam **Alloh taolo afv etadi". **

Istig'for quyidagicha: 

"Astag'firullohallaziy la ilaha illa huval Hayyal Qoyyuma va atubu ilayh". 

"Tirik va qoim bo'lgan, O'zidan o'zga iloh bo'lmagan Allohga istig'for aytaman, Unga 
tavba qilaman".
(Termiziy Abu Saiddan) 

Shuningdek sevimli Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam uhlashdan avval 
quyidagi duoni o'qir edilar: 

"Allohumma aslamtu nafsiy ilayka va favvaztu amriy ilayka va alja'tu zohriy ilayka rog'batan va roxbatan ilayka la maljaa va la manja minka illa ilayka. Allohumma amantu 
bikittabikal laziy anzalta va nabiyyikallazi arsalta". 

"Allohim! O'zimni senga 
topshirdim,
yuzimni 
Senga qaratdim, ishimni xam 
senga xavola 
qildim. Sening roziligingni 
istayman
va** Sening 
g'azabingdan qo'rqaman.** Sendan boshqa ibodat qiladigan, Sendan boshqa himoya qiladigan iloh yo'qdir. Himoya qilish faqatgina 
Senga hosdir. Allohim, tushirgan kitobingga  ishondim va yuborgan Payg'ambaringga iymon  keltirdim". 

Rasuli Akram sollallohu alayhi va sallam ushbu duo xaqida shunday deganlar: 

"Bir inson shu duoni o'qib, u shu 
kechada o'lsa musulmon xolida jon beradi. Agar sog' qolib tongga yetsa, yaxshiliklarga 
qovushadi". 

(Buhoriy, Muslim, Termiziy, Abu 
Dovud)


@KhilolakhonKayumova
Assalomu alekum aziz dostlar! Boshlangan kun barokatli bolsin, Ozi hayrli qilsin!
Because it is much easier to close your heart out to everyone...

Lonely, but safe!!!


@KhilolakhonKayumova
Ayt
Benom guruhi
Faqat va faqat men uchun yaratilgan kuy!