Boom Reform
138 subscribers
471 photos
23 videos
12 files
214 links
Sharing everything that I find useful here!
Opportunities for youth: @AYAUzb
Download Telegram
​​​​⁉️ Upcoming events in Uzbekistan in 2019 🇺🇿

(Click on the Telegram link below to find the application forms: @joinyouthuz )

I. Asian Youth Conference
- When: September 6-7-8
- Where: Tashkent
- Deadline: August 1, 2019


II. World Youth Conference
- When: September 20-21-22
- Where: Navoi region


III. Union V
- When: September 27-28-29
- Where: Tashkent
- Deadline: August 13, 2019


IV. International Symposium on Sustainable Development Goals 2019
- Where: Tashkent
- When: October 25-26-27, 2019

V. International Sport Summit in Tashkent
- When: October 4-5-6
- Where: Tashkent

VI. Presidential Model United Nations
- When: October 25-26-27
- Where: Tashkent

VII. iLeader Global Youth Forum
- When: December 4-5-6, 2019
- Where: Youth Creative Palace, Tashkent

VIII. Khorezm Youth Summit 2019
- When: August 16-17-18
- Where: Urgench, Khorezm
- Deadline: July 31, 2019



@joinyouthuz

@KhilolakhonKayumova
Sokin qoshiqlarni mazza qilib tinglaysizmi?

Kel songgi bor, kel bagrimga toyib bosay,
Borligingni men xis etay, bir zumga yoningda bolay!
Afsuski, koplab Ozbek oilalarida farzandlarga orzu qilishni orgatmaydilar, aksincha, ularni bor istaklarini sondiradilar. Men bunga kop guvoh bolganman!

Yangi uyimizga endi kochib kelgan paytimiz edi oshanda, ustalardan qolgan narsalarni yigishtirish, yangi olib kelingan otinni boglab, tomga olib chiqishim kerak edi. Issiqda hech bir ishni qilgim kelmay, bruschatkalarni yuvishdan boshlagandim. Ariqdan suv olib kirayotsam chamamda 7-8 yoshli bolakay oldimga kelgan. "Opa, siz rosa ammamga oxsharkansiz. Sizi amma desam maylimi? Endi bu uyda sizlar yashaysizmi? Ismiz nima?" deb biroz tanishganmiz, keyin ozidan-ozi bir voqeani aytib bergan:

"Ozi aslida oyim men va dadamni tashlab, Rossiyaga ketib yuborgan. Dadam nogiron bolgani uchun birga yashashni istamagan, lekin siz dadamdan qorqmang, u juda yaxshi odam. Oyim ketganidan keyin rosa kutganman, lekin qaytib kelmagan, keyin esa dadam yangi oyi olib kelgan. Lekin yangi oyim yaxshi oyi emas, doim meni uradi, ukamni esa erkalatadi."
Bu gaplarni eshitib, yuragim ezilib ketdi. Bolakayga rossa yordam bergim keldi, lekin qanday yordam bera olishimni bilmas edim. U davom etdi:

"Dadam ukam va menga har kuni maktabga borishimiz uchun 2 ming som beradi. Men dadamga yol kiraga pul sarfladim deyman, lekin uyga piyoda qaytaman. Ukamga esa maktabda dars qilib qolaman deb aldab, uni moshinaga otkazib yuboraman. Siz buni dadamga aytib qoymang, xopmi? Men bilasizmi nimaga pul toplayman? Xudo xohlasa katta bola bolsam pulim kop boladi, keyin birinchi bolib oyimni topamiz, keyin esa oyim va dadamni olib, Haj ziyoratiga boraman. Oshanda bir oila bolamiz, mayli, ukamni ham olaman, lekin ikkinchi oyimni tashlab ketsam kerak. Chunki doim meni uradi, Xaromisan deydi. Men u oyimga aytmasdan toplagan pullarimni xonamga, gilam tagiga yashirib qoyardim, lekin endi unday qilmayman. Chunki endi 100 mingdan oshgan edi pulim, oyim bilib qolib, hammasini olib qoydi, dadamga esa bu haqida ayta olmadim. Endi kravatimni tagiga yashiryabman, lekin siz buni oyimga aytmang xopmi? Xudo xohlasa oyim va dadamni, ukamni Hajga oborib kelib, sizni ham olib boraman. Men bilan borasizmi amma?"

Bu payt kozimdan yosh chiqib bolgan edi. "Ukajon, toxtab tur!" deb yugurib uyga kirdim, 5000 som pul olib chiqib, unga uzatdim. Pulga biroz tikilib qoldi va menga u pulni ololmasligini aytdi. "Olaqol ukam, ota onangni Hajga oborasan, puling kop boladi", dedim. Konmadi, bekordan bekor mehnat qilmay pulimni olmasligini aytdi. Yur deb uyimga olib kirdim, otinlarni birga bogladik, u tomga olib chiqdi, men joylashtirdim. Birga mazza qilib tarvuz yedik, keyin osha 5000 somni yana uzatdim! Uyalibgina pulni qolimdan olib, kop bora rahmat aytdi.
"Amma, ozi doim oyimga koylak olib berishni vada qilsam, oyim Sen oldin bitta daftar sotib ol, qolingdan keladigan ishni qil deydilar. Endi shu pulga daftar sotib olsam kerak-a?!"

Ehheee, u kun hecham yodimdan chiqmasa kerak. Haligacha mahallada yursam menga *Amma, qalaysiz?* deb xazillashib, katta bolib qolgani uchun *Opajon* deyishga otgan ushbu ukaxonimni korsam, yuragimdan allanimalarni xis etaman.
Shukronalik, ayanch, kelajakka umid, orzular, bolalik...

Kecha shu bolakay meni kochada korib qolib, toyim bolsa ozi xizmatda bolishini, avtobusga ozi chiqib, ukam yoqligini bildirmasligini, va hech kimga korsatmay yiglashi ham mumkin ekanini aytdi. Ukajonim, sen orzu qilaver, Alloh har narsani korguvchi va bilguvchidir! Ilohim, toyimda ham yiglaysan, ota onangni ham Haj zoyoratiga oborasan. Faqat sen orzu qilishdan toxtama!!!

@KhilolakhonKayumova
Hayrli tun azizlar, shirin tushlar koringlar!
Esla meni sen qilgan xatolar qiynasa agar seni 
Esla meni yuraging sevmasa sevolmasa uni 
Esla meni sog'insang özing voz kechgan tuyg'uni 
Esla meni. Esla...

Esla meni közinga tölganida yosh 
Esla meni, eslagin meni bag'ri tosh 
Esla meni eslashdan bölmasa ham foyda
Izla meni, izla timsolim har bir joyda 

Esla meni yuragingga tölganida alam 
Qalbdagi yaralarga topmasang malxam 
Esla gaplarim esla, unutma hech ham 
Men chunganday chunolmiydi seni hech bir odam.. 

Esla meni tunda kiraman tuwingga 
Yoningda bölaman kelguningcha xuwingga 
Ertalab tong sahar uyg'onganingda birdan 
Xoxlamasangda izlaysan meni undan 

U bergan mexrdan mani mexrim qidirasan 
Lekn topolmaysan buni özing ham blasan 
Negadir yuragingda joy yöq u uchun hamon 
CHUNKI MENMAN YURAGINGNI EGALLAGAN ARMON 
Kosonsoydan esdalik uchun... 22.07.2019❤💓
Andijonda ajoyib ajoyib urf-odatlar bor-da shu desangiz! Shu bilan birga ajoyib ajoyib insonlar ham kop...

Qizini uzatgan oila odatda kuyovnikiga 40 kun mazar tashiydilar, lekin boshqa viloyatlik tanishlarim mazar nima ekanini ham bilishmaydi🙈😊 Xullas dostlar, mazar bu qizning oyisi, qizi o'zga oilada qiynalib qolmasligi uchun jonatadigan zavtrak, obed va ujin. Odatda 40 kunlab mazar toshilar edi, lekin xozir Xudoga shukur, 20 kun toshilyabdi ekan. Ajab emas, menga navbat kelganda mazar degan narsa yoq bob ketsa?


18-iyul kuni Gulshoda opamning toyi bolgan edi. Bugun esa unga mazar olib bordim. Baribir kelinlik davrini oz gashti borda! Umuman boyanish nima ekanini bilmaydigan, sport shkola ni bitirgan qiz bir chiroyli kelinga aylanibdi qobdi. Yaltiragan koylaklar, ozgina makiyaj va kelinlikning xarir romoli bilan egilib salom berish- menimcha bu eng gozal manzaralardan biri. Ozbek toylarida kop ishtirok etmaganim va urf-odatlarni, kelinchaklarni vazifalarini hali toliq bilmaganim uchun hammasi juda boshqacha tuyildi menga. Huddi bozordagidek: 3-4 ta xona kelinning kiyimlari va mebellari, korpa toshaklari bilan toldirilgan, hammasi yoyilgan. "Shularni hammasini taxlab, shkafga solib qoying, odamga halal berib turmasin", deb maslahat berganday boldim kelinga, lekin menimcha bu gap opamga uncha yoqmadi shekilli🙈 Nima emish, kelgan mehmonlar uyat dermish. Yangi kelinchak hali toyiga 1 hafta bolmay sepini yigishtirib tashabdi deyisharmish. "Ha opa, ular sizni korgani kelishadiku, koylagingizni nima qilishadi. Qarang qancha joy egallab turibdi, kirishga ham noqulay. Manabu romollarni ham koylaklarni rangiga moslab ilib qoyganizni qarang, hech yo romollari taxlashib yuboraymi?" Bu gaplarimdan keyin ekspeditsiya deyarli tugadi, bedroom ni rosa korgim keldi, qitmirligimdan... Eshikni endi ochsam kelinning qayin opasi qattiq ortimdan gapirdi, "Voy kelin kuyovni yotoqconasiga kirsa yomon boladi!" Uyga qaytguncha shu haqida oylab keldim, togrisi, xozirgacha nima bolarkin degan hayoldaman!

Xulosalar:
1)Kelinni sepi 40 kun yoyma bozor boladi!
2)Har bir kelgan mehmon ularni birma bir kozdan kechiradi. 3)Keyin esa kelinchak choy damlab keladi, kelgan mehmon xoh kuyov bolaning qarindoshlari, xoh kelinning opa singillari bolmasin, kelin ular bilan normalno suhbatlasha olmaydi.
4)Mehmonlarni keti uzilmaydi, endi bir gruppa mehmon kelib 2-etajga chiqsa, yana 1 gruppa mehmon kelib pastdagi mehmonxonada otiradi. Yangi uyga kelib qolgan kelinchak esa idishlarni joylashuvini shunaqangi tez yodlab oladiki, 40 i chiqqandan keyin qaysi piyola qayerda joylashishiniyu, qozonni qopqogini qayerga qanday qoyish kerak ekanini kozini yumib aytib beradi.
5)Kelinning qaynonasi va qaynotasi gururli insonlar bolsa, 3-7 kun ichida mazar qabul qilishni toxtatadilar, agar kelinni ota onasi qoyarga qoymay mazar joataversa, oxiri ariqga 1 martta oqizib yuboradilar.
6)Nimaga kelin kuyovni bedroom iga kirish mumkinmasligini anglolmayabman!
7)Bizni ozbeklarni hech qachon *Orzu-xavas, qoshnilar nima deydi, ular bizni maqtasin, kelinimni sepi tillarda doston bolsin, boy oilaga quda boldik* degan oy-fikrlar, manosiz gaplar tark etmasa kerak.


Mirjalol Qosimov bugun menga qisqa yozing dedi, men esa yana otlab ketdim....

Xullas, toylar kopayorsin, yoshlar baxtli bolorsin. Uvali-juvali bolishsin, bolali-chaqali bolishsin. Hamma orzusiga yetsin, sevishganlar ayrilmasin, ayrilganda ozlarini qiynab chekishmasin. Achchigidan boshqasiga uylanib, tegib ketishmasin! Boshqasiga uylanib, tegib ketishsayam ularam baxtli bolishsin, chiroyli chiroyli bollari bosin, ozidan kopayishorsin. Kelinlar kalta koylak kiymasin, kiyishsa qaynakasini oldida egilmasin. Ertalab uxlab qomasin, uxlab qosa kechirim sorasin. Xudo hammaga insof bersin!


@KhilolakhonKayumova
Ha aytganday, kelinchak menga kichkina sochiqcha va chupa-chups berdi🤗🤗🤗
Boom Reform
Voice message
Bugun opamlar bolalari bilan kelgandilar, jiyancham ketmayman deb yiglab turib oldi. Oyisi va ukasini kuzatgach, uyga qaytdik.

Dasturxonni, oshxonani yigishtirdik. *Ayol*, *Muxtasham yuz yil* va *Saboq* ni kordik. Qoshnini sap sariq qizchasini uyga olib kirib, birga mehmon qildik. Uni uyiga olib chiqdik, qaytgach *Mehmon-mehmon*, *Kelin-kelin*, *Oqituvchi-oqituvchi*, *Duxtir-duxtir* va shu kabi oyinchalardan oynadik. Joy tayyorlab naqd 2 ta ertak aytib berdim (shuni inobatga olish kerakki, men ertak aytmasdim oldin, oilamizda yosh bolalar yoqku, shunichun oylab topishga togri keldi), oshxonaga qaytib ovqatlandik, yana allaqanday serial kordik. Meni xonamga kirib *8-sinf: Odam va uning salomatligi*ni oqidik, endi esa otiribmiz mana qoshiq aytiiib:

*Are you sleeping Botirjon?!*



Ozim uxlab qolsam kerak bu ketishda😅😊
Meni biradim eng eng eng sevimli kitoblarimdan biri, *Sapiens: The history of humankind* kitobining tarjimasi bilan shugullanyabdilar ekan. Bu kitobni oqigan insonlarning hayoti naqadar ozgarib ketishini tasavvur ham qila olmayman, lekin kopchilik ateizm ni yaxshiroq tushunib, imoni butlar esa oz diniga yanada sadoqat bilan qaraydigan boladilar. Odamlar oz kelib chiqishi, insoniyat yaralishi tarixidan ancha xabardor boladilar. Xullas, bu kitobni oqing va menga keyinroq rahmat ayting!!! Bu kitobni qanchalik sevishimni bilmaysizlarda.... Bu bugungi kunning eng yoqimli xabari bolsa kerak)))

Inshaalloh, ozbekcha varianti chiqishi bilan sizlarga tafsilotini beramiz. Nurbek bro (@nurbekalimov) im, savobni tagida qolyabsiz oma!

@KhilolakhonKayumova
Assalomu alaikum wa rahmatullohi wa barokatuhu!

Tong-u kuningiz hayrli otsin!