Boom Reform
138 subscribers
471 photos
23 videos
12 files
214 links
Sharing everything that I find useful here!
Opportunities for youth: @AYAUzb
Download Telegram
Atrof jim-jit. Go'yo hayot yakunlanib qolgandek.
Mayin yog'ayotgan yomg'ir esa menga taskin berayotganday xuddi.
Men esa savollarga ko'milib afsunman...
Men Seni uchratdim... Va nega Sendan ayrildim?
Balki men bu dunyodagi eng baxtsiz oshiqdirman?!
Balki men Seni baxtli qila olmadim...
Balki daraxtlardan sarg'ayib to'kilayotgan xazon —
Mening ayanchli taqdirimdir...
Endi men
Bu savollar bilan
Abadiy yashasam kerak...


Bugun Asakada ozgina yomgir tomchilab qoldi, mazza qilib otirdim so'rida. Hayolimda esa osha tundagi o'ng'aysiz suxbat, endi o'qitishni boshlagan *o'quvchim*ning sokinligi...
-Xilola, togrisi, kayfiyatim yoq!
=Iye, nimaga? Tinchlikmi?
-Men yomgirni yoqtirmayman...
=Iye, tavba, yomgirni ham yoqtirmaslik mumkin ekanmi? Yomgir tabiatning mojizasiku, men yomgirni juda yaxshi koraman!!! Especially the wonderful smell of earth after rain is the real scent of Mother nature!
-Bilmayman, sizga yomgir yoqar ekan, lekin yomgir yogganda meni kayfiyatim oz-ozidan tushib ketadi! Goyo osmon meni qayguimga sheriklik qilib, koz yosh tokayotgandek tuyiladi.
=Demak yomgir sizda yomon xotiralarni qoldirgan! Qani ayting, qaysi sevganiz bilan tanishgansiz yomgir ostida? Yo yomgir yogayotganda ajralishganmisiz? Yo oilangizda biror muammo bolganmi? Yomgir bu qadar nafratga munosib emas, ishoning!!!


@KhilolakhonKayumova
Soat 7 da yozilgan xabar: Bugun umrimda birinchi martta Namanganga borayabman 🤗🤗🤗 Kecha esa Hindistonning Sharda Universitetini Andijon filialiga kirish va grant yutish imtixonda ishtirok etdim 🤗🤗🤗 Sizga qaysi biri qiziqroq?
anonymous poll

Sharda SUSAT-19 exam💓 – 10
👍👍👍👍👍👍👍 50%

Both🤗🤗🤗 – 7
👍👍👍👍👍 35%

Namongon trip❤ – 3
👍👍 15%

👥 20 people voted so far.
Dam olgani keldim....


#4unganla4undi
#examsoon
Kakoy priyatniy syurpriz...


Kecha ertalab uygonib, xonamdan chiqsam, shu ahvol, singlim va jiyanim meni qorqitmoqchi bolishibdi. Men ularni xursand qilish uchun huddi ozimni qorqgandek tutdim- ular esa chiqib qilgan ishlaridan magrurlandilar, tinmay kuldilar! Ehhee, nimaga bolalar bu qadar begubor ekan-a? Oddiy narsalarda ham kulgili holatlarni korishadi, tabassum qilishadi! Aslida yashashni shu bolakaylardan organishimiz kerak!

@KhilolakhonKayumova
Nimaga AKFA tibbiyot universitetida oqishdan voz kechdim?!

Endi litseyga kirgan paytlarim, 2016-yilda chet elda oqiyman degan orzu meni hecham tark etmasdi. Dadamni qarshiligiga qaramay hadeb hayolimda biror universitetdan 100% grant yutish, faqat #surish edi. IELTS topshirishimga ruxsat berishmagan, lekin shunda ham men umidimni uzmaganman. Oxirgi tanlovlarim orasida Hindistondagi AIIMS tibbiyot instituti, Amity texnologik universiteti va Sharda universitetlari bor edi. Katta oilaviy majlisdan keyin chet elda oqish orzusidan butunlay voz kechishga majbur boldim.
          Ozbekistonda AKFA tibbiyot institutining ochilishini eshitgach, dadam juda xursand boldi va osha yerda oqishimni xohladi. IELTS sertifikatisiz mumkin emas u yerda oqish deb, erkalanib, amallab dadamni shildim. Faqat biologiyani rus tilida oqiyotgan edim, umuman ingliz tiliga etibor bermagandim. AKFA mamuriyati "May oyidan qolsangiz, imtixonga kiritilmaysiz" deganidan song, tezlik bilan 2 hafta keyin boladigan IELTS sertifilatiga registratsiya qildim. 2 hafta ichida ham ingliz tili bilan shugullanmadim, imtixondan 1 kun oldin YouTube da videolar korib, ancha-muncha IELTS strukturasini organib oldim. Natijalarim chiqdi, togrisini aytsam, kutmagan edim! Umuman tayyorlanmay turib ham 7+ olsa bolar ekan, yaxshi bazaga ega bolish juda muhim ekan!
          AKFA universitetiga hujjatlarimni topshirdim va imtixon bolishidan 2 hafta oldin Telegramdan bir xabar keldi: "Ozbekiston boyicha eng qimmat OTMlar 10taligi." Birinchi orinni AKFA tibbiyot instituti $10,000 bilan egallab turgan edi. Narxni korib kozim chiqib ketay dedi, dadamga rahmim keldi. 6 yil $10,000 dan sarflab, begona yurtlarda yurgandan kora ozimizni institutga kirolmay Anjanda 1 yil yurgan yaxshi dedim.

@KhilolakhonKayumova
Sharda Universitetining birinchi imtixoni qalay boldi??
               Deyarli 1 oy oldin Sharda universitetining Andijon viloyatida ochilgan filialiga qabul jarayoni boshlangani haqida eshitib qoldim. Hech ikkilanmay, kerakli hujjatlarni topshirdim. Shu kundan boshlab rosa ulardan xabar kutdim, lekin na email, na SMS keldi. Ozim 2 martta telefon qilib, imtixon sanalarini bilib oldim. Imtixonga 3 kun qolganda ham ulardan darak bolmadi, ozim telefon qildim. Imtixon boladimi degan savolimga quyidagicha javob oldim: "Ha ha, boladi. Soat 8 yo 9 larga keloring osha kuni. Xudo xohlasa qivoramiz!" Sal shubxali bolishiga qaramay, aytilgan sanada saxar turib, imtixonga tayyorlana boshladim, oq koylak, qora yubka deganlaridek... Yolga chiqishdan oldin bir qator telefon qilishga qaror qildim. Ozim telefon qilganimdan keyin, ular menga imtixon soat 10ga otkazilgani haqida aytishdi. Soat 9:10 da "Kech qolyabsan, imtixondan qolib ketasan", degan sokishlarni eshitib uydan kochaga yugurdim. Haydovchilarga ham imtixonim bor ekanini, tezroq yurishlarini tinmay takrorladim. Soat 9:58da imtixon otkazilishi kerak bolgan joyga bordim, korsatilgan xonaga kirdim va faqatgina 9ta oquvchini kordim. Kirib bir opa imtixon soat 11da bolishini aytdilar, internetdan turli *Sample Exam Paper* larni olib, masalalarni yechib otirdik. Soat 11:02da 2ta akalar kelib, imtixonni soat 12 da boshlashimizni aytishdi. Zavtrak ham qilmay shoshilib uydan chiqganman, imtixondan esa umidim uzildi. Hech kim kelmasa kerak deb oylab, uyga otlandim. Darvozadan chiqib ketayotib, meni hujjatlarimni qabul qilgan Vijay Kumar janoblarini kordim va huddi yosh bola onasini korgandek yugurib oldiga bordim, birga binoga qaytdik. Imtixon boshlangunicha ham yarim soat otdi shekilli)))
               Xullas, imtixon boshlandi. Xona katta, issiq, 1ta dona konditsioner ishlayabdi. Oxiri oynalarni ochib tashladik va shabboda yugurdi. Imtixon yaxshi otdi, nazarimda. 75ta savolga 2 soat vaqt berildi. Savollar turli kichik guruhchalarga (sub-group) larga ajratilgan edi. Biznes Administratsiyasi yonalishiga topshirganim uchun bizda birinchi bolib finans va ekonomikaga bogliq savollar boldi. Foizlar, foyda, zarar- ozila chunaslaru, kelajakdagi milliarderlarmiz axir, Inshaallah) Keyin esa mantiqiy, matematik savollar, ingliz tili darajangizni sinaydiganlari va reading uchun textlar ham bor edi.
               Bu faqat birinchi imtixon ekan, yani keyingi oy davomida yana abiturientlar qabul qilinar ekan. Eng qizigi, qabul 5-Sentyabrda yakunlanar ekan! Agar ozingiz xohlagan universitetga qabul qilinmasangiz, menimcha Sharda universitetiga topshirib korganingiz maqul. Menga professorlari yoqdi, sertifikatlarimni, yutuqlarimni korib, ularda ham "Students Union" ochish va unga boshchilik qilish taklifini berdilar. Keyingi yillarda ochiladigan Sharda tibbiyot institutiga kirishim ham mumkin ekani  haqida aytib otdilar.

@KhilolakhonKayumova
My Namangan trip

     Shu yoshgacha Amerika, Xitoy, Rossiya qilib yuribmanu, biror martta Namanganga bormabman deb anchadan beri oylab yurgandim. Ayniqsa eng yaqin dostlarimdan biri, bro im Rahmojonakani Namangandan ekanini bilgach, bir kun shu yerga ham albatta kelaman deb niyyat qilgan edim.
     Kecha oyimni: "Namanganga boramiz" degan gapini eshitdimu, yayrab, quvnab ketdim. Ichimga sigmay xursand boldim, "Wow mom, Ive never been to Namangan before, and it was like a small dream" deb oyimni ham boshini qotirib tashladim.
     Bugun esa soat 7 da Andijondagi avtovokzalda oyim 3 dugonasini kutib olishi va Namanganga ular bilan ketishimizni aytdilar. Soat 6:30 atrofida vahima qila boshladik, u opa vokzalda kutib qolmasin deb shoshilib taksiga chiqdim, qatnaydigan moshinalarga emas! Soat 8da opajonim yetib keldilar va sekin yolga chiqdik, haydovchimizni sal yoshi kattaroq ekanini inobatga olgan holda moshinadagi dim havoni va jim ketishni oddiy hol deb bildim)
     Va nihoyat, Asakadan Andijonga, Andijondan Namanganga, Namangandan (taksist tushirgan joydan) Kosonsoyga yetdik. Gozal bezatilgan dasturxon, ayollarni shirin suhbatlari... Kattalarni ishiga aralashmaylik deb mestniy tengdoshlarim bilan *Koson* degan joyga bordik. Togrisini aytsam, menga unchalik yoqmadi. Qator 10-15 tacha kichik dokonchalar, hammasida bir xil narsalar, asl narxidan sal qimmatroq baxolangan! Yaqinda gruppadoshlarim bilan Fargonadagi *7 buloq*ga borgandik, osha joyda ham shunday dokonchalar bor edi, lekin ancha koproq va narsalari ancha arzonroq edi. Kachelyalar bor deb qizlar quvonishgan edi, faqatgina 2ta lodka bilan yana 1ta Quyoshchali aylanadigan narsa bor ekan.
     1 soat kochada yuribmiz, keyin dachaga qaytdik. Ovqatga ham qaramay, basseynga sakradik. Suv yangiligi uchun juda sovuq ekan, lablarim kokarib, tishlarim bir-biriga tegib qoldi, lekin vaqt otishi bilan organdim va singlim bir turli tryukchalarni qilishga urindik. Kim koproq suv tagida tura olishini kordik, va har doimgidek u golib boldi. Sportsmenka baribir sportsmenkada!!!
     Basseyndan chiqib pastga, soy boyiga tushdik. Soyni suvi basseynnikidanda muzdekroq ekan! Gulim bilan sorida gaplashib yotdik, keyin osha yerda, toxtamay oqayotgan soyni oldida Biologiyamni oqidim, dars qildim!
     Mana, qorin toq, gam yoq (oqishga kirish muammosini aytmaganda), soyni oldida otiribmiz. Anaqqisa imtixonimga ham sanoqli kunlar qoldi))))

Mayli, Xudo qollab oqishga kirib ketarman!

Kelilar, Namanganda oynaymiz! Bir *Tanovvor*ni kuylab beraman, *Omon yor*ni aytamiz! Menga bu yerlar, Namanganning sodda xalqi yoqyabdi)))

@KhilolakhonKayumova
Forwarded from Капитан Каримов (Капитан Каримов) via @like
Faqatgina bizning abituriyentlarimiz 1-avgustdan oldin yangi oyoq kiyim sotib olib, uni poyafzal ustaxonalariga olib borishadi.)))


Только наши абитуриенты покупают новую обувь до 1 августа и отвезут ее в обувную мастерскую.)))))

@Karimoffuz))
​​​​⁉️ Upcoming events in Uzbekistan in 2019 🇺🇿

(Click on the Telegram link below to find the application forms: @joinyouthuz )

I. Asian Youth Conference
- When: September 6-7-8
- Where: Tashkent
- Deadline: August 1, 2019


II. World Youth Conference
- When: September 20-21-22
- Where: Navoi region


III. Union V
- When: September 27-28-29
- Where: Tashkent
- Deadline: August 13, 2019


IV. International Symposium on Sustainable Development Goals 2019
- Where: Tashkent
- When: October 25-26-27, 2019

V. International Sport Summit in Tashkent
- When: October 4-5-6
- Where: Tashkent

VI. Presidential Model United Nations
- When: October 25-26-27
- Where: Tashkent

VII. iLeader Global Youth Forum
- When: December 4-5-6, 2019
- Where: Youth Creative Palace, Tashkent

VIII. Khorezm Youth Summit 2019
- When: August 16-17-18
- Where: Urgench, Khorezm
- Deadline: July 31, 2019



@joinyouthuz

@KhilolakhonKayumova
Sokin qoshiqlarni mazza qilib tinglaysizmi?

Kel songgi bor, kel bagrimga toyib bosay,
Borligingni men xis etay, bir zumga yoningda bolay!
Afsuski, koplab Ozbek oilalarida farzandlarga orzu qilishni orgatmaydilar, aksincha, ularni bor istaklarini sondiradilar. Men bunga kop guvoh bolganman!

Yangi uyimizga endi kochib kelgan paytimiz edi oshanda, ustalardan qolgan narsalarni yigishtirish, yangi olib kelingan otinni boglab, tomga olib chiqishim kerak edi. Issiqda hech bir ishni qilgim kelmay, bruschatkalarni yuvishdan boshlagandim. Ariqdan suv olib kirayotsam chamamda 7-8 yoshli bolakay oldimga kelgan. "Opa, siz rosa ammamga oxsharkansiz. Sizi amma desam maylimi? Endi bu uyda sizlar yashaysizmi? Ismiz nima?" deb biroz tanishganmiz, keyin ozidan-ozi bir voqeani aytib bergan:

"Ozi aslida oyim men va dadamni tashlab, Rossiyaga ketib yuborgan. Dadam nogiron bolgani uchun birga yashashni istamagan, lekin siz dadamdan qorqmang, u juda yaxshi odam. Oyim ketganidan keyin rosa kutganman, lekin qaytib kelmagan, keyin esa dadam yangi oyi olib kelgan. Lekin yangi oyim yaxshi oyi emas, doim meni uradi, ukamni esa erkalatadi."
Bu gaplarni eshitib, yuragim ezilib ketdi. Bolakayga rossa yordam bergim keldi, lekin qanday yordam bera olishimni bilmas edim. U davom etdi:

"Dadam ukam va menga har kuni maktabga borishimiz uchun 2 ming som beradi. Men dadamga yol kiraga pul sarfladim deyman, lekin uyga piyoda qaytaman. Ukamga esa maktabda dars qilib qolaman deb aldab, uni moshinaga otkazib yuboraman. Siz buni dadamga aytib qoymang, xopmi? Men bilasizmi nimaga pul toplayman? Xudo xohlasa katta bola bolsam pulim kop boladi, keyin birinchi bolib oyimni topamiz, keyin esa oyim va dadamni olib, Haj ziyoratiga boraman. Oshanda bir oila bolamiz, mayli, ukamni ham olaman, lekin ikkinchi oyimni tashlab ketsam kerak. Chunki doim meni uradi, Xaromisan deydi. Men u oyimga aytmasdan toplagan pullarimni xonamga, gilam tagiga yashirib qoyardim, lekin endi unday qilmayman. Chunki endi 100 mingdan oshgan edi pulim, oyim bilib qolib, hammasini olib qoydi, dadamga esa bu haqida ayta olmadim. Endi kravatimni tagiga yashiryabman, lekin siz buni oyimga aytmang xopmi? Xudo xohlasa oyim va dadamni, ukamni Hajga oborib kelib, sizni ham olib boraman. Men bilan borasizmi amma?"

Bu payt kozimdan yosh chiqib bolgan edi. "Ukajon, toxtab tur!" deb yugurib uyga kirdim, 5000 som pul olib chiqib, unga uzatdim. Pulga biroz tikilib qoldi va menga u pulni ololmasligini aytdi. "Olaqol ukam, ota onangni Hajga oborasan, puling kop boladi", dedim. Konmadi, bekordan bekor mehnat qilmay pulimni olmasligini aytdi. Yur deb uyimga olib kirdim, otinlarni birga bogladik, u tomga olib chiqdi, men joylashtirdim. Birga mazza qilib tarvuz yedik, keyin osha 5000 somni yana uzatdim! Uyalibgina pulni qolimdan olib, kop bora rahmat aytdi.
"Amma, ozi doim oyimga koylak olib berishni vada qilsam, oyim Sen oldin bitta daftar sotib ol, qolingdan keladigan ishni qil deydilar. Endi shu pulga daftar sotib olsam kerak-a?!"

Ehheee, u kun hecham yodimdan chiqmasa kerak. Haligacha mahallada yursam menga *Amma, qalaysiz?* deb xazillashib, katta bolib qolgani uchun *Opajon* deyishga otgan ushbu ukaxonimni korsam, yuragimdan allanimalarni xis etaman.
Shukronalik, ayanch, kelajakka umid, orzular, bolalik...

Kecha shu bolakay meni kochada korib qolib, toyim bolsa ozi xizmatda bolishini, avtobusga ozi chiqib, ukam yoqligini bildirmasligini, va hech kimga korsatmay yiglashi ham mumkin ekanini aytdi. Ukajonim, sen orzu qilaver, Alloh har narsani korguvchi va bilguvchidir! Ilohim, toyimda ham yiglaysan, ota onangni ham Haj zoyoratiga oborasan. Faqat sen orzu qilishdan toxtama!!!

@KhilolakhonKayumova
Hayrli tun azizlar, shirin tushlar koringlar!
Esla meni sen qilgan xatolar qiynasa agar seni 
Esla meni yuraging sevmasa sevolmasa uni 
Esla meni sog'insang özing voz kechgan tuyg'uni 
Esla meni. Esla...

Esla meni közinga tölganida yosh 
Esla meni, eslagin meni bag'ri tosh 
Esla meni eslashdan bölmasa ham foyda
Izla meni, izla timsolim har bir joyda 

Esla meni yuragingga tölganida alam 
Qalbdagi yaralarga topmasang malxam 
Esla gaplarim esla, unutma hech ham 
Men chunganday chunolmiydi seni hech bir odam.. 

Esla meni tunda kiraman tuwingga 
Yoningda bölaman kelguningcha xuwingga 
Ertalab tong sahar uyg'onganingda birdan 
Xoxlamasangda izlaysan meni undan 

U bergan mexrdan mani mexrim qidirasan 
Lekn topolmaysan buni özing ham blasan 
Negadir yuragingda joy yöq u uchun hamon 
CHUNKI MENMAN YURAGINGNI EGALLAGAN ARMON 
Kosonsoydan esdalik uchun... 22.07.2019❤💓