Study zone
13 subscribers
44 photos
10 videos
Download Telegram
Asar: Laylo
Muallif: Aleksandra Kavelius
Davlat: Turkiya
Nashriyot: Huzur

Bu asar ham huddi o'sha urush, o'sha jirkanch va tasirli voqealar haqida yozilgan. Nashriyoti ham, davlati ham bir xil. Faqat shaxsi va ta'riflab berishida ozgina farq bor xolos. Xususan, bu asarda Laylo ismli qiz yoshligidagi qiyinchiliklarini tasvirlab bergan. Ota-onasining munosabatlari va turli tushunmovchiliklar haqida bayonot berilgan.
❀2😁2❀‍πŸ”₯1🐳11
Asar: Devona
Muallif: Fotih Duman
Davlat:Turkiya
Nashriyot: Nasim kutub
Tarjimon: Avazxon Umar

Asarda turli taqdirlar tasvirlanadi. Asl nomi Ejivet ismli bir devonaga borib taqaladi. U jinni emasdi, shunchaki devona edi. Aqldan ozganlarni jinni deyishadi, ammo oshiq bo'lganlarni devona deb atashadi. Ahmad ismli bir fotograf bola bo'ladi. U yoshligida Alif ismli bir qizga oshiq bo'ladi. Ular unashtiriladi. To'yiga yaqin mashinada sayr qilishyotganida avariya bo'lishadi. O'shanda Alif o'ladi. Shundan keyin Ahmad doim g'amgin tarzda bo'ladi, qaytib hech kimga ko'ngil qo'ymaydi. U turli shaharlarga suratga olish uchun boradi. Bir safar Istambulning bir shahriga boradi. Tongga yaqin yo'lda bir kishini mashinada urib yuborishiga ozgina qoladi. Xayriyatki, hech nima bo'lmaydi. U o'lishiga bir baxya qolgan bo'lishiga qaramay parvo ham qilmay yo'l ustida non uvoqlarini terishda davom etaveradi. U nega odamlar bunaqa qiladi aa ular sabab qushlar halok bo'ladi deb o'ziga o'zi dongillaydi. Ahmad o'sha qishloqda Umar hoji ismli keksa kishiga duch keladi. U bilan choyxorlik qiladi. Umar hoji Ejivet haqida unga aytib beradi. Qaytishyotganda u Umar hoji va uning ayolini suratga oladi. Umar hoji rasmlarning orqasiga Umar va uning Fotimasi deb yozib qo'yishini iltimos qiladi. Ular Ejivetning ham yoniga borishadi va undan sevganining ismini so'rashadi ammo u sevgan odam aytmaydi degandek qilib aytmaydi. Ejivet yil davomida Oysha ismli qizni kutadi. U qiz allaqachon turmush qurgan boladi. Ammo Ejivet uni kutaveradi. 2 yil oldin Istanbulga kasalligi sabab ko'chib ketgan bo'ladi. Ahmad uning sevgilisi Oyshani topishga o'ziga vada beradi. Ammo u allaqachon vafot etgan bo'ladi. U Istanbulga qaytgach 2 oylarcha chamasi o'tib Umar Hojiga xat yuboradi. Xatda o'zining raqami va manzili, shuningdek Istanbulga kelishlari uchun taklif hamda o'sha Umar hoji va uning ayolining surati bo'ladi. Surat orqasidagi yozuvni ko'rib ular juda sevinishadi va Istanbulga borish harakatini qila boshlashadi. Chunki Fotima buni juda xohlaydi. Umri davomida umuman ko'rmagan va armon bo'lishini xohlaydi. Shu bilan birga xo'jayini xohlasa hech nima bo'lmagandek yuraveradi. Xafa bo'lmaydi, kek saqlamaydi, ichiga yutadi.........

O'qish uchun ajoyib tanlov bu asar ham🌚
⚑1🐳1πŸ‘€1111
Asar: Lissabondagi tun
Muallif: Edrix Mariya Remark
Davlat: Germaniya

Asarda ikkinchi jahon urushi davrida natsistlardan qochayotgan qochqinlarning taqdiri tasvirlanadi. Xususan, bu voqealarning barchasi Portugaliyaning Lissabon shahrida 1 kecha ro'y beradi. Bir kishi kemaga Amerikaga chipta va hujjatlarini 1 kecha uning taqdirini eshitishlari evaziga berishni bir qochqinga taklif qiladi. U rozi bo'ladi va suhbat boshlanadi. Bir qahvaxonaga borishadi. Bosh qahramonlar Shvars va uning rafiqasi Yelena bo'ladi. Umuman olganda, asar muhabbat va uning urush sabab oqibatlari haqida hikoya qiladi. Shvars rafiqasi yoniga xatarlarga qaramay boradi. U hayotini katta xavfga qo'yadi. Bunga sabab esa sog'inch bo'ladi. Germaniyaga yashirincha kiradi. Yelena bilan kelishib birga qochishga qaror qilishadi. Ular yashirincha Fransiyaga borishadi. Sadoqat, sevgi aks etgan asosan.

O'qisa bo'ladigan asar albatta.
❀3⚑1❀‍πŸ”₯1🐳1πŸ‘€1
Asarda Rodion Raskolnikov ismli kambag'al talaba yigitning taqdiri tasvirlanadi. U juda aqlli, lekin qashshoqlikdan va hayotning adolatsizligidan qiynalib yashaydi. Bir kuni u ayrim buyuk insonlar oddiy odamlar uchun qo'yilgan qonunlarni buzishga haqli degan fikrga keladi. Shu fikrini sinab ko'rish uchun pulga o'ch, yomon kampirni o'ldiradi. Ammo voqea u o'ylagandek bo'lmaydi. Jinoyatdan keyin Raskolnikovning vijdoni uni tinch qo'ymaydi. U doimiy qo'rquv, shubha va azob ichida yashay boshlaydi. Odamlardan uzoqlashadi, o'zi bilan o'zi kurashadi. Shu paytda uning hayotida Sonya ismli qiz paydo bo'ladi. Sonya og'ir hayot kechirayotgan bo'lsa ham, mehribonligi va sabr-toqati bilan Raskolnikovga katta ta'sir ko'rsatadi. Asar davomida insonning vijdoni, gunohi, tavbasi va ruhiy azoblari juda chuqur tasvirlangan. Dostoyevskiy jinoyat qilish qanchalik dahshatli ekanini nafaqat qonun oldida, balki insonning o'z vijdoni oldida ham ko'rsatib beradi. O'qish davomida ba'zi joylari og'ir tuyulishi mumkin, ammo voqealar va qahramonlarning ruhiy kechinmalari juda qiziq. Kitob insonni chuqur o'ylashga majbur qiladi va oxirigacha qiziqishni saqlab turadi.

O'qish uchun ajoyib tanlov bu asar ham🌚
❀2⚑1❀‍πŸ”₯1πŸ•Š1😍1🐳1
Kel ikkimiz qahva ichaylik,
Qahva mendan, manzara sendan.
Dardimizni teng bo'lishaylik,
Yig'lash mendan, kulish sendan.

Kelganingda yolg'iz edim man,
Ketar bo'lsang insof bilan ket.
Manzarangni butun qoldirib,
Yolg'izligim yarmin olib ket.

Ko'ngil asli istamas edi,
Na qahva-yu, na qahvaxona.
Ko'ngil oshiq istardi balki,
Qahva esa balki bahona.
❀3🐳22πŸ‘1🌚111
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❀2πŸ”₯1😁1🐳1πŸ—Ώ1πŸ†’1
КакиС красивыС Ρ†Π²Π΅Ρ‚Ρ‹ πŸ« πŸ’«
❀2πŸ‘1πŸ”₯1πŸ₯°1🐳111
Study time at midnight🌚
❀2⚑1❀‍πŸ”₯1πŸ‘1😁1🐳1🌚1πŸ’―1πŸ‘€1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ₯°3❀1πŸ‘1πŸ”₯1😁1🐳1🌚1πŸ‘€11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❀2⚑1πŸ‘1😁1🐳1🌚1πŸ—Ώ11
Asar:"G'arbiy frontda o'zgarish yo'q"
Muallif: "Edrix Mariya Remark"
❀2πŸ‘1πŸ”₯1πŸ•Š1🌚111
Asar urushning shovqinli janglaridan koβ€˜ra, inson qalbidagi yaralarni tasvirlaydi. Roman bosh qahramoni Paul Boymer va uning tengdosh do'stlari, sinfdoshlari haqida hikoya qiladi. Ular maktab partasidan turib, vatan uchun xizmat qilish orzusi bilan frontga yoβ€˜l olishadi. Ammo urush ularni qahramonga emas, mudhish haqiqat bilan yuzma-yuz kelgan, yoshligini yoβ€˜qotgan insonlarga aylantiradi.
Xandaqlarda kechgan kunlar, tinimsiz portlashlar, ochlik va oβ€˜lim soyasi ostida Paul va uning doβ€˜stlari har kuni yashash uchun kurashadilar. Birin-ketin yaqin doβ€˜stlarini yoβ€˜qotgan Paul urush insondan nafaqat hayotni, balki orzularni, quvonchni va kelajakka boβ€˜lgan ishonchni ham tortib olishini tushunadi.
Asarda Kat, Albert, Myuller va boshqa askarlar obrazlari orqali doβ€˜stlik, sadoqat va insoniylikning eng ogβ€˜ir sinovlari koβ€˜rsatiladi. Ayniqsa, Katning oβ€˜limi Paul uchun urushning eng ogβ€˜ir zarbalaridan biri boβ€˜ladi.
Bu roman urush maydonidagi gβ€˜alabalar haqida emas, balki urush qurboniga aylangan butun bir avlod haqida hikoya qiladi.

Umuman olganda o'qisa afsuslanmaydigan asarlardan biriπŸ’«
⚑2❀2πŸ”₯1😁1🌚111
πŸ’”
πŸ’”2⚑1❀1😒1πŸ‘€1πŸ—Ώ1πŸ†’1
01:46πŸ˜‚
🀣3😁1🌚1πŸ—Ώ11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ”₯2❀1πŸ‘1😁1🐳1πŸ’―1πŸ‘€1111
πŸŒšπŸ’«
πŸ₯°2😁2🌚2❀‍πŸ”₯1❀1πŸ‘1🐳1111
πŸ’«
❀3πŸ”₯3⚑1πŸ‘1🐳111
πŸŒšπŸ’«
❀3❀‍πŸ”₯3πŸ‘1πŸ”₯1😁1😍1🐳1🌚1πŸ‘€1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❀2❀‍πŸ”₯1πŸ‘1😁1🐳1🌚1πŸ‘€1111
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌚2❀‍πŸ”₯1❀1😁1🐳1πŸ’―11111