O'qsiz, xanjarsiz, qonsiz bir yara,
Hech bir tabib bunga topolmas chora,
Koshki Mahmud kabi ossalar dorga,
Badanimda emas, ruhimda sizi......
Fotih Duman - "Devona"
❤2⚡1🔥1😢1💔1
Juda bunchalik bo'lmasa kerak demang. Bu yerni dunyo deb qo'yibdi, hamma narsa bo'lishi mumkin.......
❤2 2 2 2
Umar amaki bilan quchoqlashib xayrlashar ekanman qulog'imga:
- Rasmning orqasiga ismlarimizni yozing, hopmi?! - dedi. - Umar va uning Fotimasi deb yozing, - deb qo'shib qo'ydi.
Fotih Duman - "Devona"
| Ochlik
"Bolalar qo'llariga ismlarini yozdirishmoqda.
Sababi bomba tashlanganda halok bo'lishsa, yoki yaralanishsa, kimligini bilishsin".
Xabarlardan
Xumayro Halil - "Uzrnoma"
👍2👀2❤1😢1🐳1💔1 1 1 1 1
Yuzingdagi tabassumingni o'g'irlay oladigan odamdan nari turgin, - degan edi bir paytlar bir odam menga. -Bunday odam sendan hamma narsangni o'g'irlab oladi"
"Seni jilmaytirgan odamdan esa hech qachon ayrilma. Bunday odam kerak bo'lsa, o'zining tabassumini ham sen uchun qurbon qila oladi", deb qo'shib qo'ygan edi yana.
Fotih Duman - "Devona"
❤3🆒2❤🔥1🐳1👀1 1 1 1
08.10.1996
Xayrlashayotganimizda Laylo ko'p yig'ladi. Bizdan ajrilish unga juda ham og'irlik qildi. U serblar tomonga, biz boshqa tomonga ketdik. Yig'lay olmayotgandim. Ichim bo'm-bo'sh edi. Na tuyg'um, na qalbim va na ichki a'zolarim qolgandi. Mashinaga o'tirib, qaytib ketdik. Ortiq sovqotmayotgandim. Faqat Laylo o'zi bilan birga olib kelgan fotosuratlar chindan ham uning yonida bo'lganimni tasdiqlardi. Uzoq vaqt jim ketdim va bu orada nimani o'ylaganimni eslay olmayman.
"Onamning
kundaligidan"
Aleksandra Kavelius - "Laylo"
❤2🌚2⚡1👍1🐳1
Bu kitob aybnoma ham, avfnoma ham emas. Bu shunchaki urush dastidan juvonmarg bo'lgan avlod haqidagi, garchi zambarak o'qidan omon qolsa-da, shu urushning qurboniga aylanganlar to'g'risidagi ko'ngil izhoridir.
Muallifdan
Edrix Mariya Remark - "G'arbiy frontda o'zgarish yo'q"
❤3🐳1 1 1 1
Kitob: Yaralangan qush hamon uchmoqda ;
Muallif: Sinan Akyuz;
Nashriyot: Huzur;
Davlat: Turkiya
Asarni muhokama qiladigan bo'lsak, juda ta'sirli tarzda yozilgan. Bosh qahramoni Suada ismli qiz va Toriq ismli yigit. Ularning har ikkalasi ham san'at sohasiga qiziqadi va piano chalishni o'rganadi. Ularga professor Dushanka ismli bir xonim o'qituvchilik qiladi. U juda qo'pol va hissiz ayol edi. Toriq va Suada bir biriga ko'ngil qo'yadi. Dushanka esa Toriqni onasi bo'ladi. Voqealariga ko'chadigan bo'lsak, urush haqida yozilgan. Chetniklar va musulmonlar orasidagi daxshatli din urushi tasvirlanadi. Serblar bosniyaliklarga hujum qiladi, tinchini buzadi. Unda ko'plab kishilar halok bo'ladi. Joylarning bombardimon qilinishi oqibatida begunoh go'daklar dunyoni tark etadi. Suada musulmon va bosniyalik qiz, Toriq esa aksincha chetnik va serb bo'ladi. Ammo u bosniyaliklar uchun harakat qiladi. Xususan, Suadaning oila a'zolari ham vafot etadi. U shaharda xolasi bilan yashaydi va musiqa bilan shug'ullanadi. Urush boshlangan va hali avj pallasiga yetmagan bir paytda u oilasi - ota-onasi, opalari yoniga boradi va o'sha yerda yo'llarning yopilishi sabab qolib ketadi. Ketishidan oldin xolasi u bilan vidolashadi, u avvaldan sezgan bo'ladi. Vaqt o'tib abed mahal Suada qo'shni ayol bilan suhbatlashayotgan bir paytda o'sha ayolning 2 o'g'li anjir daraxti ustiga chiqib anjir terayotgan bo'ladi. Qo'qqisdan bomba kelib tushadi va bu ikki bolakay tanalarini parcha parcha qilib sochib yuboradi. Bu parchalar faqatgina 2 murgak bolakayniki emas daraxt shoxida bo'lgan qushlarniki ham bo'ladi. Onaizor bunga ahamiyat ham bermay bir qopga bolalar va qushlar parchalarini tera boshlaydi. O'sha kuni kechasi Suadaning uyida otasi va onasi, katta opasi bilan pochchasi hamda Suada va o'rtancha opasi bo'ladi. Yarim tunda eshik qoqiladi. Ular hammasi bu ovozdan uygonib ketadi, vahimaga tushadi. Derazadan Suada qaraydi va serblar yetib kelganini aytadi. Pochchasi pistalet ko'tarib chiqadi, ammo uni otib tashlashadi. Opasi erining ahvolini ko'rib ularga yopishadi va ular uni sochidan sudrayotganida onasi ularga qarshilik qiladi. O'sha zahoti uni ham otib o'ldirishadi. Suada va uning otasi hamda ikki opasini asir qilib olib ketishadi. Ularni tom ma'noda o'zlari bilgan musiqaga oynatishadi. Avval qiynoqlar, dopposlash va ruhiy taraflama travmalar bilan azoblashadi, so'ng oddiy buyum kabi sotishadi. Urushda dinning ahamiyati katta bo'lgan.
Maslahat beraman o'qishni 😁

❤3❤🔥1😍1🐳1 1
Asar: Laylo
Muallif: Aleksandra Kavelius
Davlat: Turkiya
Nashriyot: Huzur
Bu asar ham huddi o'sha urush, o'sha jirkanch va tasirli voqealar haqida yozilgan. Nashriyoti ham, davlati ham bir xil. Faqat shaxsi va ta'riflab berishida ozgina farq bor xolos. Xususan, bu asarda Laylo ismli qiz yoshligidagi qiyinchiliklarini tasvirlab bergan. Ota-onasining munosabatlari va turli tushunmovchiliklar haqida bayonot berilgan.

❤2😁2❤🔥1🐳1 1
Asar: Devona
Muallif: Fotih Duman
Davlat:Turkiya
Nashriyot: Nasim kutub
Tarjimon: Avazxon Umar
Asarda turli taqdirlar tasvirlanadi. Asl nomi Ejivet ismli bir devonaga borib taqaladi. U jinni emasdi, shunchaki devona edi. Aqldan ozganlarni jinni deyishadi, ammo oshiq bo'lganlarni devona deb atashadi. Ahmad ismli bir fotograf bola bo'ladi. U yoshligida Alif ismli bir qizga oshiq bo'ladi. Ular unashtiriladi. To'yiga yaqin mashinada sayr qilishyotganida avariya bo'lishadi. O'shanda Alif o'ladi. Shundan keyin Ahmad doim g'amgin tarzda bo'ladi, qaytib hech kimga ko'ngil qo'ymaydi. U turli shaharlarga suratga olish uchun boradi. Bir safar Istambulning bir shahriga boradi. Tongga yaqin yo'lda bir kishini mashinada urib yuborishiga ozgina qoladi. Xayriyatki, hech nima bo'lmaydi. U o'lishiga bir baxya qolgan bo'lishiga qaramay parvo ham qilmay yo'l ustida non uvoqlarini terishda davom etaveradi. U nega odamlar bunaqa qiladi aa ular sabab qushlar halok bo'ladi deb o'ziga o'zi dongillaydi. Ahmad o'sha qishloqda Umar hoji ismli keksa kishiga duch keladi. U bilan choyxorlik qiladi. Umar hoji Ejivet haqida unga aytib beradi. Qaytishyotganda u Umar hoji va uning ayolini suratga oladi. Umar hoji rasmlarning orqasiga Umar va uning Fotimasi deb yozib qo'yishini iltimos qiladi. Ular Ejivetning ham yoniga borishadi va undan sevganining ismini so'rashadi ammo u sevgan odam aytmaydi degandek qilib aytmaydi. Ejivet yil davomida Oysha ismli qizni kutadi. U qiz allaqachon turmush qurgan boladi. Ammo Ejivet uni kutaveradi. 2 yil oldin Istanbulga kasalligi sabab ko'chib ketgan bo'ladi. Ahmad uning sevgilisi Oyshani topishga o'ziga vada beradi. Ammo u allaqachon vafot etgan bo'ladi. U Istanbulga qaytgach 2 oylarcha chamasi o'tib Umar Hojiga xat yuboradi. Xatda o'zining raqami va manzili, shuningdek Istanbulga kelishlari uchun taklif hamda o'sha Umar hoji va uning ayolining surati bo'ladi. Surat orqasidagi yozuvni ko'rib ular juda sevinishadi va Istanbulga borish harakatini qila boshlashadi. Chunki Fotima buni juda xohlaydi. Umri davomida umuman ko'rmagan va armon bo'lishini xohlaydi. Shu bilan birga xo'jayini xohlasa hech nima bo'lmagandek yuraveradi. Xafa bo'lmaydi, kek saqlamaydi, ichiga yutadi.........
O'qish uchun ajoyib tanlov bu asar ham🌚

⚡1🐳1👀1 1 1 1
Asar: Lissabondagi tun
Muallif: Edrix Mariya Remark
Davlat: Germaniya
Asarda ikkinchi jahon urushi davrida natsistlardan qochayotgan qochqinlarning taqdiri tasvirlanadi. Xususan, bu voqealarning barchasi Portugaliyaning Lissabon shahrida 1 kecha ro'y beradi. Bir kishi kemaga Amerikaga chipta va hujjatlarini 1 kecha uning taqdirini eshitishlari evaziga berishni bir qochqinga taklif qiladi. U rozi bo'ladi va suhbat boshlanadi. Bir qahvaxonaga borishadi. Bosh qahramonlar Shvars va uning rafiqasi Yelena bo'ladi. Umuman olganda, asar muhabbat va uning urush sabab oqibatlari haqida hikoya qiladi. Shvars rafiqasi yoniga xatarlarga qaramay boradi. U hayotini katta xavfga qo'yadi. Bunga sabab esa sog'inch bo'ladi. Germaniyaga yashirincha kiradi. Yelena bilan kelishib birga qochishga qaror qilishadi. Ular yashirincha Fransiyaga borishadi. Sadoqat, sevgi aks etgan asosan.
O'qisa bo'ladigan asar albatta.

❤3⚡1❤🔥1🐳1👀1
Asarda Rodion Raskolnikov ismli kambag'al talaba yigitning taqdiri tasvirlanadi. U juda aqlli, lekin qashshoqlikdan va hayotning adolatsizligidan qiynalib yashaydi. Bir kuni u ayrim buyuk insonlar oddiy odamlar uchun qo'yilgan qonunlarni buzishga haqli degan fikrga keladi. Shu fikrini sinab ko'rish uchun pulga o'ch, yomon kampirni o'ldiradi. Ammo voqea u o'ylagandek bo'lmaydi. Jinoyatdan keyin Raskolnikovning vijdoni uni tinch qo'ymaydi. U doimiy qo'rquv, shubha va azob ichida yashay boshlaydi. Odamlardan uzoqlashadi, o'zi bilan o'zi kurashadi. Shu paytda uning hayotida Sonya ismli qiz paydo bo'ladi. Sonya og'ir hayot kechirayotgan bo'lsa ham, mehribonligi va sabr-toqati bilan Raskolnikovga katta ta'sir ko'rsatadi. Asar davomida insonning vijdoni, gunohi, tavbasi va ruhiy azoblari juda chuqur tasvirlangan. Dostoyevskiy jinoyat qilish qanchalik dahshatli ekanini nafaqat qonun oldida, balki insonning o'z vijdoni oldida ham ko'rsatib beradi. O'qish davomida ba'zi joylari og'ir tuyulishi mumkin, ammo voqealar va qahramonlarning ruhiy kechinmalari juda qiziq. Kitob insonni chuqur o'ylashga majbur qiladi va oxirigacha qiziqishni saqlab turadi.
O'qish uchun ajoyib tanlov bu asar ham🌚
O'qish uchun ajoyib tanlov bu asar ham🌚
❤2⚡1❤🔥1🕊1😍1🐳1
Kel ikkimiz qahva ichaylik,
Qahva mendan, manzara sendan.
Dardimizni teng bo'lishaylik,
Yig'lash mendan, kulish sendan.
Kelganingda yolg'iz edim man,
Ketar bo'lsang insof bilan ket.
Manzarangni butun qoldirib,
Yolg'izligim yarmin olib ket.
Ko'ngil asli istamas edi,
Na qahva-yu, na qahvaxona.
Ko'ngil oshiq istardi balki,
Qahva esa balki bahona.
❤3🐳2 2👍1🌚1 1 1