Asar urushning shovqinli janglaridan ko‘ra, inson qalbidagi yaralarni tasvirlaydi. Roman bosh qahramoni Paul Boymer va uning tengdosh do'stlari, sinfdoshlari haqida hikoya qiladi. Ular maktab partasidan turib, vatan uchun xizmat qilish orzusi bilan frontga yo‘l olishadi. Ammo urush ularni qahramonga emas, mudhish haqiqat bilan yuzma-yuz kelgan, yoshligini yo‘qotgan insonlarga aylantiradi.
Xandaqlarda kechgan kunlar, tinimsiz portlashlar, ochlik va o‘lim soyasi ostida Paul va uning do‘stlari har kuni yashash uchun kurashadilar. Birin-ketin yaqin do‘stlarini yo‘qotgan Paul urush insondan nafaqat hayotni, balki orzularni, quvonchni va kelajakka bo‘lgan ishonchni ham tortib olishini tushunadi.
Asarda Kat, Albert, Myuller va boshqa askarlar obrazlari orqali do‘stlik, sadoqat va insoniylikning eng og‘ir sinovlari ko‘rsatiladi. Ayniqsa, Katning o‘limi Paul uchun urushning eng og‘ir zarbalaridan biri bo‘ladi.
Bu roman urush maydonidagi g‘alabalar haqida emas, balki urush qurboniga aylangan butun bir avlod haqida hikoya qiladi.
Umuman olganda o'qisa afsuslanmaydigan asarlardan biri💫

⚡2❤2🔥1😁1🌚1 1 1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤2❤🔥1👏1😁1🐳1🌚1👀1 1 1 1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Самое прекрасное место — библиотека, а самое прекрасное время — с книгой. 🤍📚