Zamonga ishonib, kerib ko‘ksimiz,
Kecha haqiqatni izladik ishda.
Bugun-chi zax yerga berib ko‘ksimiz,
Ish izlab yuribmiz oddiy kalishda...
©️ Vafo Mo‘min
She’r o‘zim haqimda emas! 😁
@VafoMumin
Kecha haqiqatni izladik ishda.
Bugun-chi zax yerga berib ko‘ksimiz,
Ish izlab yuribmiz oddiy kalishda...
©️ Vafo Mo‘min
She’r o‘zim haqimda emas! 😁
@VafoMumin
👍128😁38😢7🫡5🤣2❤1
Menga ko‘pchilik roliklarimizda badiiy tilda gaplashilishi odamlarga yoqmasligini aytishadi. To‘g‘ri, biz Toshkent yoki Buxoro shevasida ham tayyorlasak bo‘ladi. Lekin, bizning maqsadimiz, o‘zbek badiiy tilining mavqeini tiklash. Garchi bu so‘zlashish uslubi roliklarimiz ommalashishiga to‘sqinlik qilsa ham, o‘z prinsipimizdan voz kechmaymiz.
Shuningdek, har bir so‘zning imlosiga alohida e’tibor qaratamiz. Taassuflar bo‘lsinki, bugun ommalashgan blogerlar faoliyatida ham sheva bilan imloviy xatolar ko‘p uchrab turadi.
Hech qachon maqsad bir tomonlama bo‘lmasligi kerak. Agar xalq tafakkurini ko‘tarishga bel bog‘ladingmi, shevaga ham, imloga ham e’tibor qarat!

👍207👏16❤12💯9
Ona tarafdan Abdushukur bobomiz Shofirkonning Jilvon cho‘llarida bir ovloq yerni obod qilib, uzumzor qilibdilar. O‘tgan-ketganlar bemalol uzumlardan tanovvul qilar, bobomiz esa ortgan qismini oilalariga ishlatar ekanlar.
Bu qanday odamgarchilikning ko‘rinishi bo‘ldi ekan!?
Bugun o‘zbeklar deganda ko‘z oldimizga tekin ovqat, kiyim-kechak uchun bir-birining go‘shtini yeyayotgan olamon ko‘z oldimizda gavdalanadi. Lekin aslida bizning ota-bobolarimiz mana shunday himmatli bo‘lishgan.
Bugun biz tanish-bilish qilib ish bitirishni, pora berishni, ishini chala qilishni, dabdabaning ortidan quvishni o‘zbekchilik deb ataymiz. Aslida haqiqiy o‘zbekchilik Abdushukur bobomizdek saxiylik emasmi!?
Urush yillarida "Toshkent — non shahri" deyishar edi. Bugunchi!? "Tekin ovqat uchun bir-birining sochini yuladigan shahar" deymizmi!?
Ba’zida millatimiz haqida o‘ylab o‘yga tolib qolaman. Xuddi biz parokanda bo‘layotgandaymiz...

👍84😢41💯19❤2
Avvallari toʻylar hovlida boʻlganida boshlanishdan avval elektroset, mahallakom va uchastkavoyga buxcha qilib olib borishar edi. Mobodo, kimningdir yodidan koʻtarilib qolsa, yo chiroq oʻchib qolar edi, yo uchastkavoy toʻyni toʻxtatishni aytib kelar edi.
Ta’magirlik shu daraja bizning qon-qonimizgacha kirib borgan. Qizigʻi, ta’magirlikka uchragan odam bunga qarshi chiqishni xohlamaydi. Chunki uning oʻzi ham ertaga shunaqa qilishini biladi.
Hatto, odamlarimiz shu darajaga yetishganki, xizmatimda qonunni talab qilsam, nimadir ta’ma qilyapti, deb o‘ylashardi. Biznikilarga qonun ustuvorligi tushunchasi begona. Qancha qonunni ko‘p talab qilsangiz, shuncha ko‘zlariga balodek ko‘rinaverasiz...
Xullas, gapirsa, gap ko‘p. Turib-turib, yuragim to‘lib ketdi-da...

👍117💯29😢11👏9🫡8❤3🥴3
Baxt
Har sahar Vatan deb tashlasang qadam,
So‘ngra uyga qaytsang, mehrdan yona.
Bundan ortiq nima xohlaydi odam,
Bundan ortiq baxting bormikan yana?!
Mayli, har kun yema yog‘li palovni,
Mayli, sal kechroq min temir ulovni,
Rizqin tunamasang, axir, birovni,
Bundan ortiq baxting bormikan yana?!
Pulga sotilmasang, yurtni sotmasang,
Nafsingga o‘ralib, chohda yotmasang,
O‘zgalar ortidan g‘iybat otmasang,
Bundan ortiq baxting bormikan yana?!
Sololmasang hamki dang‘illama uy,
Yaxshilik qasriga tamal toshi qo‘y,
Yurt uchun, xalq uchun, inson uchun kuy,
Bundan ortiq baxting bormikan yana?!
✍️ Vafo Mo‘min

👏55👍29❤7😢4
Halovat
Havolar isishni boshlashi bilan,
Ko‘zlarim gunohga bota boshlaydi.
Ko‘rinsa nogahon sutdek oq badan,
Hirslarim hatalak ota boshlaydi.
Ko‘kraklar to‘lg‘onib to‘lqin misoli,
Nigohim o‘ziga torta boshlaydi.
Xayolda janonlar buzuq visoli,
Gunohlar tobora orta boshlaydi.
Quyosh ham tikkaga borgani sayin,
Kiyimlar bandini yecha boshlaydi.
Shaytonning keyingi nishoni tayin -
G‘attol nafs iymondan kecha boshlaydi.
Kiyim yengil bo‘lib borgan zamona,
Pinhon joylarini ocha boshlaydi.
Qaramasam, ko‘zlar darddan to‘lg‘ona,
Qarasam, qalb zahrin socha boshlaydi.
Asli ayollarga suyagim yo‘qroq,
Kamchiliklar yana osha boshlaydi.
Qomatlar namoyon bo‘lgan bilanoq,
Aql maskanidan shosha boshlaydi.
Yo Rabb, bu qandayin sinoving bo‘lar,
Bad xayol ichimni qopa boshlaydi.
Ey Quyosh, Yer yuzin isitmasang gar,
Iymonim halovat topa boshlaydi.
✍️ Vafo Mo‘min
@VafoMumin
Havolar isishni boshlashi bilan,
Ko‘zlarim gunohga bota boshlaydi.
Ko‘rinsa nogahon sutdek oq badan,
Hirslarim hatalak ota boshlaydi.
Ko‘kraklar to‘lg‘onib to‘lqin misoli,
Nigohim o‘ziga torta boshlaydi.
Xayolda janonlar buzuq visoli,
Gunohlar tobora orta boshlaydi.
Quyosh ham tikkaga borgani sayin,
Kiyimlar bandini yecha boshlaydi.
Shaytonning keyingi nishoni tayin -
G‘attol nafs iymondan kecha boshlaydi.
Kiyim yengil bo‘lib borgan zamona,
Pinhon joylarini ocha boshlaydi.
Qaramasam, ko‘zlar darddan to‘lg‘ona,
Qarasam, qalb zahrin socha boshlaydi.
Asli ayollarga suyagim yo‘qroq,
Kamchiliklar yana osha boshlaydi.
Qomatlar namoyon bo‘lgan bilanoq,
Aql maskanidan shosha boshlaydi.
Yo Rabb, bu qandayin sinoving bo‘lar,
Bad xayol ichimni qopa boshlaydi.
Ey Quyosh, Yer yuzin isitmasang gar,
Iymonim halovat topa boshlaydi.
✍️ Vafo Mo‘min
@VafoMumin
👍100😢18😁8❤6💯4🤬1
• Ortimda qolgan 30 yil...
• Bu 30 yilni qanday o‘tkazdim?
• O‘tgan davr mobaynida Alloh uchun yetarli shukrona keltira oldimmi?
• Tarozimizda qaysi amallarni ko‘proq bosa oldim?
• Xullas, savollar ko‘p. Bularga umrimizning oxirigacha javob izlab o‘tamiz, insha Alloh!
• Alhamdulillah, Yaratgan meni o‘zgacha taqdir bilan siyladi.
• Taqdirki, harbiy liboslarda shahdam qadamlar bilan o‘tgan...
• Taqdirki, ijodkor qalbi bilan yonib yashagan...
• Taqdirki, muhabbat azoblaridan o‘tda toblangan...
• Taqdirki, xalqning dardi bilan alamlarga to‘lgan...
• Kelgusida qanday hayot bizni kutayotgani bizga qorong‘u.
• Asosiysi, Alloh jamoliga bo‘lgan muhabbatimizga putur yetmasin!
• Xullas, rahmatli Hojjiboy qiziq aytganlaridek, o‘zimni o‘zim tug‘ilgan kunim bilan tabriklayman!

👍103👏21😢5❤3💯3
15 iyun — Xalqaro otalar kuni
Uyimning quyoshi,
Umrimning bardoshi.
Otajon, siz borki,
Tiniqdir baxt toshi.
Azoblar chekinar,
Armonlar to‘kilar.
Sizni ko‘rsa yurak,
Quvonchga cho‘milar.
To‘g‘ri so‘z zabonim,
Mehribon osmonim.
Umrimning mazmuni –
Sizsiz, Otajonim.
Bemorim, bedorim,
Beg‘ubor bahorim.
Duongiz tufayli
Xayrli nahorim.
Oqilim, donomsiz,
Borlig‘im, dunyomsiz.
Qalbim cho‘llariga
Jon ato daryomsiz.
Sizsiz kunim kunmas,
Hech nega qalb ko‘nmas.
Hatto, bog‘larimda
Biror gul ham unmas.
Dardlarimga darmon,
Armonlarimga armon.
Mo‘minning baxtiga
Doim bo‘ling omon.
✍️ Vafo Mo‘min
@VafoMumin
Uyimning quyoshi,
Umrimning bardoshi.
Otajon, siz borki,
Tiniqdir baxt toshi.
Azoblar chekinar,
Armonlar to‘kilar.
Sizni ko‘rsa yurak,
Quvonchga cho‘milar.
To‘g‘ri so‘z zabonim,
Mehribon osmonim.
Umrimning mazmuni –
Sizsiz, Otajonim.
Bemorim, bedorim,
Beg‘ubor bahorim.
Duongiz tufayli
Xayrli nahorim.
Oqilim, donomsiz,
Borlig‘im, dunyomsiz.
Qalbim cho‘llariga
Jon ato daryomsiz.
Sizsiz kunim kunmas,
Hech nega qalb ko‘nmas.
Hatto, bog‘larimda
Biror gul ham unmas.
Dardlarimga darmon,
Armonlarimga armon.
Mo‘minning baxtiga
Doim bo‘ling omon.
✍️ Vafo Mo‘min
@VafoMumin
👍34🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
• Otabek akani hurmat qilaman.
• Hayoti zo‘r ketayotgan bir paytda hammasini tashlab noldan boshqa hayot qurishga kuch topa olgan.
• Ayni shu akaning hayoti menga motivatsiya bergan. Xizmat pillapoyasida shahdam qadamlar bilan ketayotganimda ko‘ngil istaganidek noldan hayot qurish tanlovi oson bo‘lgani yo‘q.
• Xullas, akaning mana bu gapi yoqdi.
• Bundan bir necha yillar avval tug‘ilgan kunimda nari borsa o‘ntacha kishi tabriklar edi. Bugun esa yuzlab insonlarning tabriklarini qabul qilib oldim.
• Buni faxr uchun aytmayapman. Aksincha, Allohga hamd aytmoqchimanki, kimlardir uchun bizni aziz qilibdi.
• Alloh sevgan bandalarini sevdirar ekan. Alloh sevgisidagi insonlar qatorida bo‘lish bizga ham nasib etsin!
• Xulosa o‘rnida shuni aytmoqchimanki, hech qachon hayotingizni noldan boshlashga qo‘rqmang. Ko‘nglingiz xohlamang ishni qilishdan qo‘rqing! Chunki biror kuni bu sizni xarob qiladi...

💯57👍24👏14❤5
• Bundan 15 yillar ilgari masjidda jamoat deyarli yo‘q edi. Besh mahal namoz o‘qiydiganlarga esa vahhobiydek qarashar edi.
• Mana davrlar o‘tdi. Jamoalar ham to‘lib qoldi. Besh mahal namoz o‘qiydiganlar ham talaygina. Hech kim namoz o‘qib vahhobiy bo‘lib ketmadi.
• Ko‘zlarni quvontiradigan holat shundaki, bir paytlari ichib yurganlar bugun namozlarda qoyim turibdi.
• Namozxonlar safi kengayaversin!
• Amin!

❤127👍65👏14💯11
• Hech qachon o‘zingizdan qanoatlanmang!
• Qachonki o‘zingizdan qanoatlanishni boshlar ekansiz, rivojlanishdan qola boshlaysiz.
• Katta sivilizatsiyalarning tanazzuli ham ayni shu nuqtada boshlangan.
• Inson butun umr o‘zini tanqid qilib, ishlaridan ko‘ngli to‘lmay yashashi kerak.
• Bugungi kuningiz kechadigan yaxshi bo‘lmasa, demak siz yutkazyapsiz.

👍63❤7
Yoz fasli, yor vasli, do‘stlarning suhbati...
• Vaqt beshavqat ekanligini vaqt o‘tib anglar ekansan...
• Kechagina sen bilan chug‘urlashib yurgan do‘stlaring bugun oyni to‘sadigan erkak bo‘lganida ancha yo‘lni bosib o‘tganingni his qilar ekansan...
• Bolalik xotiralarimizning eng shirin kunlarini o‘zida jamlagan maktabni tamomlaganimizga ham 15 yil bo‘libdi.
• Bu orada ikki sinfdoshimizni tuproqqa berib ulgurdik...
• Ha, o‘lim yosh tanlamas ekan...
Sinfdoshlarning qadriga yeting! Chunki ular sizning eng shirin damlaringizdan nishona...
• Vaqti kelib, sinfdoshlardan-da zo‘r do‘st topishingiz mumkin, lekin bolalikni boshqa topa olmaysiz...
P.S.: Qoringa e’tibor bermaymiz :)

👍27😢25😁16
Ko‘chani changitib yurdik sen bilan,
Yaxshi-yomon kunni ko‘rdik sen bilan,
Ba’zan uzoqlashib turdik sen bilan,
Do‘stlarni unutib qo‘yma, eski do‘st.
Bolalik kunlari endi xotira,
Niyat ezgu edi, yurak – bokira,
Yig‘lasak ham, ortga qaytmaydi sira,
Do‘stlarni unutib qo‘yma, eski do‘st.
Garchi bugun sen-la yo‘limiz o‘zga,
Fikrlar o‘zgayu, dilimiz o‘zga,
So‘zimiz qovushmas – tilimiz o‘zga,
Do‘stlarni unutib qo‘yma, eski do‘st.
Hol-ahvol so‘rarmiz sovuq, qalbaki,
Tildagi so‘z boshqa, boshqa qalbdagi,
Erta bir-birimiz topmasmiz, balki,
Do‘stlarni unutib qo‘yma, eski do‘st.
Quchog‘ingni ochib, uylarimga kel,
Yaxshi kunlarimga, to‘ylarimga kel,
Zeriksam, yonimga, o‘ylarimga kel,
Do‘stlarni unutib qo‘yma, eski do‘st.
Vafo Mo‘min, sen bir otashin baxshi,
Oqibat — yurakning eng go‘zal naqshi,
Ne qilsa ham, do‘stning eskisi yaxshi,
Do‘stlarni unutib qo‘yma, eski do‘st.
✍️ Vafo Mo‘min
@VafoMumin
Yaxshi-yomon kunni ko‘rdik sen bilan,
Ba’zan uzoqlashib turdik sen bilan,
Do‘stlarni unutib qo‘yma, eski do‘st.
Bolalik kunlari endi xotira,
Niyat ezgu edi, yurak – bokira,
Yig‘lasak ham, ortga qaytmaydi sira,
Do‘stlarni unutib qo‘yma, eski do‘st.
Garchi bugun sen-la yo‘limiz o‘zga,
Fikrlar o‘zgayu, dilimiz o‘zga,
So‘zimiz qovushmas – tilimiz o‘zga,
Do‘stlarni unutib qo‘yma, eski do‘st.
Hol-ahvol so‘rarmiz sovuq, qalbaki,
Tildagi so‘z boshqa, boshqa qalbdagi,
Erta bir-birimiz topmasmiz, balki,
Do‘stlarni unutib qo‘yma, eski do‘st.
Quchog‘ingni ochib, uylarimga kel,
Yaxshi kunlarimga, to‘ylarimga kel,
Zeriksam, yonimga, o‘ylarimga kel,
Do‘stlarni unutib qo‘yma, eski do‘st.
Vafo Mo‘min, sen bir otashin baxshi,
Oqibat — yurakning eng go‘zal naqshi,
Ne qilsa ham, do‘stning eskisi yaxshi,
Do‘stlarni unutib qo‘yma, eski do‘st.
✍️ Vafo Mo‘min
@VafoMumin
👍62
Faqat latta erkak ruxsat oladi
Choyxona borishga xotindan izn.
Haqiqiy erkak-chi o‘zi biladi,
Choyxonaga borish mumkinmasligin.
✍️ Vafo Mo‘min
@VafoMumin
Choyxona borishga xotindan izn.
Haqiqiy erkak-chi o‘zi biladi,
Choyxonaga borish mumkinmasligin.
✍️ Vafo Mo‘min
@VafoMumin
😁156🤣115👍32🥴5💯1
Angela xolamlar ichardi pivo,
Cho‘chqaning go‘shtini yer edi, hatto.
Va lekin hech bitta nemis haqqiga,
Xiyonat qilmadi, yemadi aslo...
Biznikilar esa ichishmas aroq,
Harom go‘shtga, hatto, nazar solishmas.
Qolgan barchasini yeyishar biroq,
Birovning haqqidan xazar qilishmas...
✍️ Vafo Mo‘min
@VafoMumin
Cho‘chqaning go‘shtini yer edi, hatto.
Va lekin hech bitta nemis haqqiga,
Xiyonat qilmadi, yemadi aslo...
Biznikilar esa ichishmas aroq,
Harom go‘shtga, hatto, nazar solishmas.
Qolgan barchasini yeyishar biroq,
Birovning haqqidan xazar qilishmas...
✍️ Vafo Mo‘min
@VafoMumin
💯103👍52😢21👏6❤2👎2🥴2😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"BT"dan mayorgacha...
• Bundan 12 yil avval ilk bora forma kiyganimni hali hamon eslayman.
• O‘shanda endigina 18 yoshni qoralagan g‘o‘r yigitcha edim...
• Bu formani kiyar ekanman, bolalikni ortda qoldirganimni, sho‘xlik va erkaliklar endi menga begonaligini anglab yetdim...
• Yelkamda "BT" (bojxona tinglovchisi) harflari turar edi.
• Vaqtlar o‘tib, bu harflar yulduzchalarga, yulduzchalar ko‘payib, yaxlit bitta katta yulduzga aylandi.
• To‘g‘ri, men formani yechdim. Lekin harbiylik butun umr qalbimda qolib ketdi.
• Men uchun forma shunchaki qaysi organga mansublikni anglatadigan libos emas, hayotimning bir bo‘lagiga aylangan edi...
• Bir paytlari yelkamda turgan mayor unvoni mening yuragimgacha ko‘chib kirgan edi...
• Men bugun rasman harbiy bo‘lmasam ham, qalban harbiyman!

👍64🫡25😢6🥴2❤1
"Nishondagi gaplar" kanalimda mana bu postni e’lon qilgan edim. Ayni bizning jamiyatga taalluqli bo‘lgani uchun Sizlarga ham ilindim:
@VafoMumin
Baxtli bo‘lishni o‘zingdan boshla...
Bir kuni donishmand odam sayr qilib yurib, yo‘lida bir odamni uchratib qolibdi.
U og‘ir va mashaqqatli mehnatdan charchagan, holdan toygan ekan.
Shunda donishmand:
— O‘zingni buncha qiynamasang, — debdi.
— Ha, to‘g‘ri, ishim va mehnatim og‘ir. Ammo men bolalarim va nevaralarim baxtli bo‘lishi uchun harakat qilayapman. Otam shunday qilgan, otamning otasi ham shunday qilgan, otamning otasining otasi ham og‘ir mehnat qilgan.
— Yaxshi, ammo aytchi, sanaganlaringdan kimdir baxtli bo‘lganmi?
— Yo‘q, kelajakda farzandalarimiz baxtli bo‘ladi, nasib...
— Hamma gap shunda. Sen o‘zing baxtli bo‘lmasang, farzandlaring ham uning nimaligini bilmay o‘tib ketadi. Baxtli bo‘lishni o‘zingdan boshla, shu sening farzandlaringga eng katta sovg‘ang bo‘ladi, — degan ekan....
@VafoMumin
👍74👏6❤2
Ustozim zahiradagi podpolkovnik Nurbek aka Salomov Sport vazirligi matbuot kotibi etib tayinlanibdilar.
Bu kunga yetishishimizda Nurbek akaning hissalari katta boʻldi. Oliy harbiy bojxona institutida xizmat qilib yurganimizdan boshlab, xolis maslahatlarini ayamadilar. Hatto, olis Qoraqalpogʻistonda xizmat qilgan kezlarimizda ham qoʻllab turdilar. Yaxshi inson, yaxshi kadr.
Ustozimizning kelgusidagi faoliyatlariga omad tilayman!
Harbiylarga xos oʻz sharafimizni izhor etamiz! 🫡

👍40🫡35👏6❤2👎1
• Dunyoda shunday narsalar bo‘ladiki, ularning narxi bo‘lmaydi. Bebaho deb shularga aytishadi.
• Ko‘rib turganingiz mana bu velosiped ham men uchun shunday bebaho buyumlardan biri.
• Kechagiday esimda. 2006-yilda 60 ming so‘mga akam olib bergan edi.
• Shundan keyin to dorulfununga kirganimcha shu velosiped beminnatgina xizmatimni qildi. Necha chaqirimlab yo‘llarni bosib o‘tib, repetitorga borishimga ko‘makchi bo‘ldi.
• Bu velosipeddan keyin turfa ulovlarni mindim. Lekin hech biri bu qadar qadrli emas. Men uchun hamma ulovning narxi bo‘lishi mumkin, lekin bu velosipedniki emas.
• Qiyinchilik kuningizda ko‘tarilishingizga hissa qo‘shgan hech kimni va hech nimani unutmang!

👍112🫡17👏8❤7💯2😢1