Вафо Мўмин
35.1K subscribers
263 photos
1.41K videos
1 file
1.99K links
Парда ортидаги ҳақиқатлар...

Бизнес: @UZB_sovgalar

Шахсият: https://t.me/VafoMumin/849

Донат: https://tirikchilik.uz/vafomumin

Ижтимоий тармоқлардаги саҳифалар:
https://taplink.cc/vafomumin

Алоқа: @VafoMumin_murojaatbot

Реклама: @PR_ADS_Manager
Download Telegram
𝐵𝑢𝑛𝑑𝑎𝑛 5 𝑦𝑖𝑙 𝑚𝑢𝑞𝑎𝑑𝑑𝑎𝑚 "𝑁𝑖𝑠ℎ𝑜𝑛𝑑𝑎𝑔𝑖 𝑔𝑎𝑝𝑙𝑎𝑟" 𝑙𝑜𝑦𝑖ℎ𝑎𝑠𝑖𝑛𝑖 𝑏𝑜𝑠ℎ𝑙𝑎𝑔𝑎𝑛𝑖𝑚𝑑𝑎 𝑢 𝑜𝑦𝑑𝑎𝑛 𝑏𝑢 𝑜𝑦𝑔𝑎 𝑚𝑎𝑜𝑠ℎ𝑔𝑎 𝑘𝑢𝑛 𝑘𝑒𝑐ℎ𝑖𝑟𝑎𝑑𝑖𝑔𝑎𝑛 𝑜𝑑𝑑𝑖𝑦𝑔𝑖𝑛𝑎 𝑘𝑎𝑝𝑖𝑡𝑎𝑛 𝑒𝑑𝑖𝑚. 𝑂𝑟𝑡𝑔𝑎𝑛 𝑝𝑢𝑙𝑖𝑚𝑛𝑖 𝑙𝑜𝑦𝑖ℎ𝑎 𝑟𝑖𝑣𝑜𝑗𝑖𝑔𝑎 𝑡𝑖𝑘𝑎𝑟 𝑒𝑑𝑖𝑚. 𝐿𝑜𝑦𝑖ℎ𝑎 𝑎𝑠𝑜𝑠𝑎𝑛 𝑥𝑎𝑟𝑎𝑗𝑎𝑡𝑑𝑎 𝑡𝑢𝑟𝑔𝑎𝑛𝑖 𝑢𝑐ℎ𝑢𝑛 𝑠𝑜𝑡𝑖𝑠ℎ𝑔𝑎 𝑞𝑎𝑟𝑜𝑟 𝑞𝑖𝑙𝑑𝑖𝑚. 𝑂‘𝑠ℎ𝑎 𝑝𝑎𝑦𝑡 ℎ𝑒𝑐ℎ 𝑏𝑜‘𝑙𝑚𝑎𝑠𝑎 10 𝑚𝑙𝑛 𝑠𝑜‘𝑚𝑔𝑎 𝑠𝑜𝑡𝑖𝑠ℎ𝑔𝑎 𝑡𝑎𝑦𝑜𝑟 𝑒𝑑𝑖𝑚. 𝐵𝑖𝑟𝑜𝑞, 𝑏𝑖𝑟 𝑑𝑜‘𝑠𝑡𝑖𝑚𝑛𝑖𝑛𝑔 𝑡𝑎𝑣𝑠𝑖𝑦𝑎𝑠𝑖 𝑏𝑖𝑙𝑎𝑛 𝑙𝑜𝑦𝑖ℎ𝑎𝑛𝑖 𝑦𝑎𝑛𝑎 𝑘𝑜‘𝑡𝑎𝑟𝑖𝑠ℎ𝑔𝑎 𝑞𝑎𝑟𝑜𝑟 𝑞𝑖𝑙𝑑𝑖𝑚.

𝑂𝑙𝑡𝑖 𝑜𝑦𝑑𝑎𝑛 𝑘𝑒𝑦𝑖𝑛 𝑙𝑜𝑦𝑖ℎ𝑎 𝑠𝑒𝑘𝑖𝑛-𝑠𝑒𝑘𝑖𝑛 𝑑𝑎𝑟𝑜𝑚𝑎𝑑𝑔𝑎 𝑘𝑖𝑟𝑎 𝑏𝑜𝑠ℎ𝑙𝑎𝑑𝑖. 𝐵𝑢𝑔𝑢𝑛𝑔𝑖 𝑘𝑢𝑛𝑑𝑎 𝑒𝑠𝑎 𝑢𝑠ℎ𝑏𝑢 𝑙𝑜𝑦𝑖ℎ𝑎𝑛𝑖 100 𝑚𝑖𝑛𝑔 𝐴𝑄𝑆𝐻 𝑑𝑜𝑙𝑙𝑎𝑟𝑖𝑔𝑎 ℎ𝑎𝑚 𝑠𝑜𝑡𝑚𝑎𝑦𝑚𝑎𝑛. 𝐵𝑖𝑟𝑖𝑛𝑐ℎ𝑖𝑑𝑎𝑛, 𝑙𝑜𝑦𝑖ℎ𝑎𝑛𝑖𝑛𝑔 ℎ𝑎𝑟 𝑜𝑦𝑙𝑖𝑘 𝑑𝑎𝑟𝑜𝑚𝑎𝑑𝑖 𝑦𝑎𝑥𝑠ℎ𝑖𝑔𝑖𝑛𝑎. 𝐼𝑘𝑘𝑖𝑛𝑐ℎ𝑖𝑑𝑎𝑛, 𝑢𝑠ℎ𝑏𝑢 𝑙𝑜𝑦𝑖ℎ𝑎 𝑚𝑎𝑓𝑘𝑢𝑟𝑎𝑣𝑖𝑦 𝑝𝑙𝑎𝑡𝑓𝑜𝑟𝑚𝑎 𝑑𝑎𝑟𝑎𝑗𝑎𝑠𝑖𝑔𝑎 𝑦𝑒𝑡𝑔𝑎𝑛.

𝐵𝑢 𝑏𝑖𝑙𝑎𝑛 𝑚𝑎𝑠ℎ𝑎𝑞𝑞𝑎𝑡𝑙𝑎𝑟𝑔𝑎 𝑡𝑒𝑧𝑑𝑎 𝑡𝑎𝑠𝑙𝑖𝑚 𝑏𝑜‘𝑙𝑚𝑎𝑠𝑙𝑖𝑘 𝑘𝑒𝑟𝑎𝑘𝑙𝑖𝑔𝑖𝑛𝑖 𝑎𝑦𝑡𝑚𝑜𝑞𝑐ℎ𝑖𝑚𝑎𝑛. 𝐻𝑒𝑐ℎ 𝑞𝑎𝑐ℎ𝑜𝑛 𝑡𝑒𝑧 𝑛𝑎𝑡𝑖𝑗𝑎𝑛𝑖 𝑘𝑢𝑡𝑚𝑎𝑛𝑔. 𝐾𝑖𝑚𝑑𝑎𝑑𝑖𝑟 𝑡𝑒𝑧, 𝑘𝑖𝑚𝑑𝑎𝑑𝑖𝑟 𝑠𝑒𝑘𝑖𝑛 𝑛𝑎𝑡𝑖𝑗𝑎 𝑏𝑜‘𝑙𝑎𝑑𝑖. 𝐴𝑠𝑜𝑠𝑖𝑦𝑠𝑖, 𝑠𝑖𝑧 𝑚𝑎𝑞𝑠𝑎𝑑 𝑠𝑎𝑟𝑖 𝑖𝑛𝑡𝑖𝑙𝑖𝑠ℎ𝑑𝑎𝑛 𝑡𝑜‘𝑥𝑡𝑎𝑚𝑎𝑛𝑔!

𝑆𝑖𝑧 ℎ𝑎𝑚 𝑖𝑗𝑡𝑖𝑚𝑜𝑖𝑦 𝑡𝑎𝑟𝑚𝑜𝑞𝑙𝑎𝑟𝑑𝑎 𝑚𝑜‘𝑚𝑎𝑦𝑔𝑖𝑛𝑎 𝑑𝑎𝑟𝑜𝑚𝑎𝑑 𝑡𝑜𝑝𝑖𝑠ℎ𝑛𝑖 𝑥𝑜ℎ𝑙𝑎𝑠𝑎𝑛𝑔𝑖𝑧, 𝑠𝑎ℎ𝑖𝑓𝑎𝑚𝑛𝑖 𝑘𝑢𝑧𝑎𝑡𝑖𝑏 𝑏𝑜𝑟𝑖𝑛𝑔! 𝑆𝑎𝑙𝑘𝑎𝑚 10 𝑦𝑖𝑙𝑙𝑖𝑘 𝑡𝑎𝑗𝑟𝑖𝑏𝑎𝑙𝑎𝑟𝑖𝑚𝑛𝑖 𝑜‘𝑟𝑡𝑜𝑞𝑙𝑎𝑠ℎ𝑖𝑏 𝑏𝑜𝑟𝑎𝑚𝑎𝑛.

@VafoMumin
👍183👏2210🥰2👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
𝑅𝐼𝑆𝐾=𝑅𝐼𝐶𝐻

𝑇𝑎𝑣𝑎𝑘𝑘𝑎𝑙 𝑞𝑖𝑙𝑚𝑎𝑔𝑎𝑛 𝑏𝑜𝑦 𝑏𝑜‘𝑙𝑎 𝑜𝑙𝑚𝑎𝑦𝑑𝑖!

𝐾𝑖𝑚𝑑𝑖𝑟 3-4 𝑦𝑖𝑙 𝑡𝑎𝑣𝑎𝑘𝑘𝑎𝑙 𝑞𝑖𝑙𝑖𝑠ℎ𝑑𝑎𝑛 𝑞𝑜‘𝑟𝑞𝑖𝑏, 𝑏𝑢𝑡𝑢𝑛 𝑢𝑚𝑟 𝑜‘𝑧𝑖 𝑥𝑜ℎ𝑙𝑎𝑚𝑎𝑔𝑎𝑛 𝑖𝑠ℎ𝑑𝑎 𝑖𝑠ℎ𝑙𝑎𝑏 𝑜‘𝑡𝑎𝑑𝑖. 𝐾𝑖𝑚𝑑𝑖𝑟 𝑒𝑠𝑎 𝑎𝑘𝑠𝑖𝑛𝑐ℎ𝑎!

𝐴𝑠𝑜𝑠𝑖𝑦𝑠𝑖, 𝑜‘𝑧𝑖𝑛𝑔𝑖𝑧𝑔𝑎 𝑏𝑜‘𝑙𝑔𝑎𝑛 𝑖𝑠ℎ𝑜𝑛𝑐ℎ𝑛𝑖 𝑦𝑜‘𝑞𝑜𝑡𝑚𝑎𝑛𝑔! 𝑆𝑖𝑧 𝑠ℎ𝑢𝑛𝑐ℎ𝑎𝑘𝑖 𝑝𝑒𝑛𝑠𝑖𝑦𝑎 𝑢𝑐ℎ𝑢𝑛 𝑖𝑠ℎ𝑙𝑎𝑏 𝑠𝑜𝑐ℎ𝑖𝑛𝑔𝑖𝑧𝑛𝑖 𝑜𝑞𝑎𝑟𝑖𝑡𝑖𝑟𝑖𝑠ℎ𝑔𝑎 𝑦𝑎𝑟𝑎𝑙𝑚𝑎𝑔𝑎𝑛𝑠𝑖𝑧!

@VafoMumin
👍84💯24👏6👎1
Baxtli yashamoqchi bo‘lsangiz, quyidagi qoidalarga amal qiling:
• birovlarning gapiga parvo qilmang;
• birovning qalbiga ozor bermang;
• o‘zingizga bog‘liq bo‘lmagan masalalarni o‘ylab, g‘am yemang;
• hasad qilmang;
• harakatdan to‘xtamang;
• har qanday vaziyatga ruhan tayyor turing...

Bu ro‘yxatni hali uzoq davom ettirish mumkin. Biroq umumiylari bilan kifoyalandik.

@VafoMumin
👍100💯26👏101
Bir kuni ustozim darsda to‘liq va chala ma’lumot olib keladigan ikki ishchi haqidagi rivoyatni aytib berdi. Bilmaganlar uchun qisqacha eslataman.

Bir boy otaning ikki ishchisi bor ekan. Ikkalasiga ham bir xil hajmdagi ish berar, lekin biriga ko‘p, biriga kam maosh to‘lar ekan. Kam maosh oladigan bir kuni boy otadan nimaga sherigiga undan ko‘p maosh berishini so‘radi. Xullas, boyota ikkalasiga bir xil topshiriq beradi. Ko‘p maosh oladigan xodim to‘liq ma’lumot olib kelsa, kam maosh oladigan faqat so‘ralgan ma’lumotni olib kelibdi.


Ushbu rivoyatdan keyin ustozimiz "Siz kim bo‘lishlaringiz kerak?" deb savol berganda, ishonasizmi, hamma ko‘p maosh oladigan xodim, deb javob qildi Shunda ustozimiz "Yo‘q! Sizlar boy ota bo‘lishlaringiz kerak!" dedi.

Haqiqatda bizning orzularimiz falaj qilingan edi. Biz zo‘r xodim bo‘lish haqida o‘ylar edik, lekin zo‘r boy ota bo‘lishni hech xayol qilmas ekanmiz...

Zoir Mirzayevning mana bu videosini ko‘rib, shu esimga tushib ketdi...

Xo‘sh, siz kim bo‘lmoqchisiz...

@VafoMumin
👍73💯17😁42
FAXRIY BALO

Bobolar dunyoni solib larzaga,
Jasorati qilsa barchani hayron.
Ularni "Bobom!" deb maqtanmoq nega,
O‘rnini bosuvchi bo‘lmasa o‘g‘lon!

Ilm-ma’rifatda evrilish qilib,
Ahli ilmlar ham olganida tan,
Chirigan ong bilan ko‘ksingni kerib,
"Beruniy bobom!" deb nima qilarsan?!

Buxoriy deganda vujudi qalqib,
Qo‘llaringni o‘psa dunyo daf’atan,
Berolmasang bitta hadisni aytib,
Qanday naf sendayin buxorolikdan!?

Faxriy balo bilan bo‘lib qolma mast,
O‘zingcha yulduzlar bag‘rida kezib.
Chin avlod "Bobom!" deb, ko‘ksini kermas,
Chin avlod ularga bo‘lar munosib!!!

©️ Vafo Mo‘min

@VafoMumin
👍140😢1211💯5
Bir kuni tunda uyqung qochib ketib, uyg‘onasan. Xayolingga allanechuk olislab borayotgan bolalik xotiralari keladi. Miyangning qaysidir burchagida chang bosib yotgan chizgilar beixtiyor ko‘zingga yosh olib keladi.

O‘rningdan turib, eski fotoalbomni titkilay boshlaysan va undan g‘aribgina lavhalarni topasan. Mana shu g‘aribgina lavhalar hozirgi hashamat hayotingdan qadrliroq bo‘ladi. Chunki unda beg‘uborlik mujassamdir. Sen shundagina beg‘uborlikning qadrini anglab yetasan.

Suratlaring orasidan erta xazon bo‘lgan do‘stingni ham ko‘rib qolasan va umrning naqadar bevafoligini, odamning odamga naqadar g‘animatligini anglab yetasan.

Hammadan yashirib yurgan birinchi muhabbatingning g‘ijimlangan suratiga boqib, usiz ham yashay olishing mumkinligini tushunib yetasan. Zero, qachonlardir sen usiz hayotni tasavvur qila olmas eding.

Ha, bolalik xotiralari ana shunday alamli va ana shunday lazzatli.

Mana, hozir ham mayin yog‘ib turgan bahor yomg‘irini eshitib turibmanu, ko‘zlarimdan qaynoq xotiralar ko‘z yoshi quyilmoqda. Aslida, dunyo shunday o‘tkinchiligi bilan shirin bo‘lsa kerak. Zero, biz uchun boqiylikning qadri qolmagan bo‘lar edi.

(2020 y.)

@VafoMumin
👍716😢6🥰3😁2
Osh uchun beminnat turdim saharlab,
Bajo qildim, qorin ne qilsa talab,
Yashadim qalbimni nafsdan zaharlab,
Lekin namoz uchun turolmadim men,
Iymonim aytganin qilolmadim men.

Yurakdan hidoyat to‘nini yechib,
Tonggacha bazmda cho‘chqadek ichib,
Zinoga qo‘l urdim, hayodan kechib,
Lekin namoz uchun turolmadim men,
Kechalarda bedor bo‘lolmadim men.

Yo‘ldan uchraganni solib qo‘ynimga,
Pora ilinjida qadam qo‘ydim-da,
Beadad gunohni oldim bo‘ynimga,
Lekin namoz uchun turolmadim men,
Bir kungina ro‘za tutolmadim men.

Iymonga chorlasa kimdir nogahon,
Sha’niga yog‘dirdim ming bitta bo‘hton ,
"Xudo ko‘ngilda" deb ovundim har on,
Lekin namoz uchun turolmadim men,
Iymon ko‘chasiga kirolmadim men.

Laganbardor bo‘lib bitta johilga,
Nomin ulug‘ladim, ne kelsa tilga,
Darz ketib qoldi-ku oxir ko‘ngilga,
Lekin namoz uchun turolmadim men,
Yaratganga sano aytolmadim men.

Kun kelar, kor qilmas mansab, davlatim,
Qabul qilinmaydi pora-xizmatim,
Najot bo‘lar desam, amal-himmatim,
Lekin namoz uchun turolmadim men,
Miskinga sahovat qilolmadim men.

✍️ Vafo Mo‘min

@VafoMumin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍68😢3711👏7💯6
9 iyun — Xalqaro do‘stlar kuni!

Birodarlar, bugun diydor ko‘rishaylik!


Yaratganning har bir kuni bizga bayram,
Tong saharda bomdod uchun turishaylik.
Farishtalar bunda qilar ekan sayram,
Birodarlar, bugun diydor ko‘rishaylik!

Mehr ko‘zda, sehr so‘zda degani rost,
Dunyo ishi uzoqlatib qo‘ydi biroz,
Oqibat ham qilar bizdan ko‘p e’tiroz,
Birodarlar, bugun diydor ko‘rishaylik!

Davramizda sharob emas, Zamzam bo‘lsin,
Gʻiybat emas, hadis sharif hamdam bo‘lsin,
Yaratganning buyuk vasli malham bo‘sin,
Birodarlar, bugun diydor ko‘rishaylik!

Mehr nuri erta qurib qolmasidan,
Yurakda ishq unsiz urib tolmasidan,
Yaratganim omonatin olmasindan...
Birodarlar, bugun diydor ko‘rishaylik!

Bizdan keyin farzandimiz o‘rnak olsin,
Birodarlik qadri nima, anglab bilsin,
Qiyomatli do‘st tutinsin, bir tan bo‘lsin,
Birodarlar, bugun diydor ko‘rishaylik!

©️ Vafo Mo‘min

@VafoMumin
👍44😢31
Begona odamning shaxsiysiga yozish odoblarini o‘rgatmasam bo‘lmadi.

Begona birorta odamga yozmoqchi bo‘lsangiz, salom bilan fikringizni boshlab, aniq maqsadga o‘ting. Hammasi bitta xabarda bo‘lsin.

Masalan: "Assalomu alaykum. Sizga falon masalada murojaatim bor".

Farosatsizlik belgilari:
— salom berib, alik olishini kutib turish;
— alik olganidan keyin yana hol-ahvol so‘rab o‘tirish;
— umumiy bir mazmundagi fikrni bo‘lib-bo‘lib yuborish.

Buni kimgadir aqlli ko‘rinish uchun yozmayapman. Shaxsiyimga juda ko‘plab murojaatlar bo‘ladi. Ba’zilari orasida yuqorida sanaganim kabi farosatsizlik belgilari kuzatiladi. Bundan keyin xafa bo‘lsa ham, shu farosatsizlikka qo‘l uradiganlarga ushbu postimni tashlab beraman!

@VafoMumin
👍103😁16👎2🗿21
• Bilasizmi nima odamga alam qilib ketadi?
• Kechalari bilan uxlamasdan, kitob o‘qib g‘oya axtarasan. Uni ming mashaqqatda tasvirga olasan va u ming muhokamada montaj qilinadi.
• Xullas, hammasiga professional yondashishga harakat qilasan!
• Biroq, yoniga ikkita fohishani olib, faxshni targ‘ib qilganlarning videolari million martalab ko‘riladi. Millat fojeasi aks ettirilgan roliklar esa 100 barobar kam...
• Yo‘q, bu bilan kimgadir hasad qilayotganim yo‘q.
• Bu maydonga kirishimizdаn maqsad millat tafakkuri rivojlanishida ozgina bo‘lsa ham o‘z hissamizni qo‘shish.
• Olib chiqayotgan mavzularimiz millatning eng azobli nuqtalari bo‘lishiga qaramasdan, keng ommaga tarqalib ketmasligini ham yaxshi bilamiz. Chunki jamiyatimiz saviyasizlikka mukkasidan ketgan.
Nima bo‘lganda ham jamoamiz bilan ortga qaytmaymiz!
• Hech bo‘lmasa, rivoyatlarda zikr etilgan chumolidek Alloh oldida tarafimizning isboti uchun harakatda bo‘lamiz!
Siz-chi?! Siz qaysi tarafdasiz!?

@VafoMumin
👍204💯40🫡13👏7😢21
Zamonga ishonib, kerib ko‘ksimiz,
Kecha haqiqatni izladik ishda.
Bugun-chi zax yerga berib ko‘ksimiz,
Ish izlab yuribmiz oddiy kalishda...

©️ Vafo Mo‘min

She’r o‘zim haqimda emas! 😁

@VafoMumin
👍128😁38😢7🫡5🤣21
Menga ko‘pchilik roliklarimizda badiiy tilda gaplashilishi odamlarga yoqmasligini aytishadi. To‘g‘ri, biz Toshkent yoki Buxoro shevasida ham tayyorlasak bo‘ladi. Lekin, bizning maqsadimiz, o‘zbek badiiy tilining mavqeini tiklash. Garchi bu so‘zlashish uslubi roliklarimiz ommalashishiga to‘sqinlik qilsa ham, o‘z prinsipimizdan voz kechmaymiz.

Shuningdek, har bir so‘zning imlosiga alohida e’tibor qaratamiz. Taassuflar bo‘lsinki, bugun ommalashgan blogerlar faoliyatida ham sheva bilan imloviy xatolar ko‘p uchrab turadi.

Hech qachon maqsad bir tomonlama bo‘lmasligi kerak. Agar xalq tafakkurini ko‘tarishga bel bog‘ladingmi, shevaga ham, imloga ham e’tibor qarat!

@VafoMumin
👍207👏1612💯9
Ona tarafdan Abdushukur bobomiz Shofirkonning Jilvon cho‘llarida bir ovloq yerni obod qilib, uzumzor qilibdilar. O‘tgan-ketganlar bemalol uzumlardan tanovvul qilar, bobomiz esa ortgan qismini oilalariga ishlatar ekanlar.

Bu qanday odamgarchilikning ko‘rinishi bo‘ldi ekan!?

Bugun o‘zbeklar deganda ko‘z oldimizga tekin ovqat, kiyim-kechak uchun bir-birining go‘shtini yeyayotgan olamon ko‘z oldimizda gavdalanadi. Lekin aslida bizning ota-bobolarimiz mana shunday himmatli bo‘lishgan.

Bugun biz tanish-bilish qilib ish bitirishni, pora berishni, ishini chala qilishni, dabdabaning ortidan quvishni o‘zbekchilik deb ataymiz. Aslida haqiqiy o‘zbekchilik Abdushukur bobomizdek saxiylik emasmi!?

Urush yillarida "Toshkent — non shahri" deyishar edi. Bugunchi!? "Tekin ovqat uchun bir-birining sochini yuladigan shahar" deymizmi!?

Ba’zida millatimiz haqida o‘ylab o‘yga tolib qolaman. Xuddi biz parokanda bo‘layotgandaymiz...

@VafoMumin
👍84😢41💯192
Avvallari toʻylar hovlida boʻlganida boshlanishdan avval elektroset, mahallakom va uchastkavoyga buxcha qilib olib borishar edi. Mobodo, kimningdir yodidan koʻtarilib qolsa, yo chiroq oʻchib qolar edi, yo uchastkavoy toʻyni toʻxtatishni aytib kelar edi.

Ta’magirlik shu daraja bizning qon-qonimizgacha kirib borgan. Qizigʻi, ta’magirlikka uchragan odam bunga qarshi chiqishni xohlamaydi. Chunki uning oʻzi ham ertaga shunaqa qilishini biladi.

Hatto, odamlarimiz shu darajaga yetishganki, xizmatimda qonunni talab qilsam, nimadir ta’ma qilyapti, deb o‘ylashardi. Biznikilarga qonun ustuvorligi tushunchasi begona. Qancha qonunni ko‘p talab qilsangiz, shuncha ko‘zlariga balodek ko‘rinaverasiz...

Xullas, gapirsa, gap ko‘p. Turib-turib, yuragim to‘lib ketdi-da...

@VafoMumin
👍117💯29😢11👏9🫡83🥴3
Baxt

Har sahar Vatan deb tashlasang qadam,
So‘ngra uyga qaytsang, mehrdan yona.
Bundan ortiq nima xohlaydi odam,
Bundan ortiq baxting bormikan yana?!

Mayli, har kun yema yog‘li palovni,
Mayli, sal kechroq min temir ulovni,
Rizqin tunamasang, axir, birovni,
Bundan ortiq baxting bormikan yana?!

Pulga sotilmasang, yurtni sotmasang,
Nafsingga o‘ralib, chohda yotmasang,
O‘zgalar ortidan g‘iybat otmasang,
Bundan ortiq baxting bormikan yana?!

Sololmasang hamki dang‘illama uy,
Yaxshilik qasriga tamal toshi qo‘y,
Yurt uchun, xalq uchun, inson uchun kuy,
Bundan ortiq baxting bormikan yana?!

✍️ Vafo Mo‘min

@VafoMumin
👏55👍297😢4
Halovat

Havolar isishni boshlashi bilan,
Ko‘zlarim gunohga bota boshlaydi.
Ko‘rinsa nogahon sutdek oq badan,
Hirslarim hatalak ota boshlaydi.

Ko‘kraklar to‘lg‘onib to‘lqin misoli,
Nigohim o‘ziga torta boshlaydi.
Xayolda janonlar buzuq visoli,
Gunohlar tobora orta boshlaydi.

Quyosh ham tikkaga borgani sayin,
Kiyimlar bandini yecha boshlaydi.
Shaytonning keyingi nishoni tayin -
G‘attol nafs iymondan kecha boshlaydi.

Kiyim yengil bo‘lib borgan zamona,
Pinhon joylarini ocha boshlaydi.
Qaramasam, ko‘zlar darddan to‘lg‘ona,
Qarasam, qalb zahrin socha boshlaydi.

Asli ayollarga suyagim yo‘qroq,
Kamchiliklar yana osha boshlaydi.
Qomatlar namoyon bo‘lgan bilanoq,
Aql maskanidan shosha boshlaydi.

Yo Rabb, bu qandayin sinoving bo‘lar,
Bad xayol ichimni qopa boshlaydi.
Ey Quyosh, Yer yuzin isitmasang gar,
Iymonim halovat topa boshlaydi.

✍️ Vafo Mo‘min

@VafoMumin
👍100😢18😁86💯4🤬1
Ortimda qolgan 30 yil...
• Bu 30 yilni qanday o‘tkazdim?
• O‘tgan davr mobaynida Alloh uchun yetarli shukrona keltira oldimmi?
• Tarozimizda qaysi amallarni ko‘proq bosa oldim?
• Xullas, savollar ko‘p. Bularga umrimizning oxirigacha javob izlab o‘tamiz, insha Alloh!
• Alhamdulillah, Yaratgan meni o‘zgacha taqdir bilan siyladi.
• Taqdirki, harbiy liboslarda shahdam qadamlar bilan o‘tgan...
• Taqdirki, ijodkor qalbi bilan yonib yashagan...
• Taqdirki, muhabbat azoblaridan o‘tda toblangan...
• Taqdirki, xalqning dardi bilan alamlarga to‘lgan...
• Kelgusida qanday hayot bizni kutayotgani bizga qorong‘u.
• Asosiysi, Alloh jamoliga bo‘lgan muhabbatimizga putur yetmasin!
• Xullas, rahmatli Hojjiboy qiziq aytganlaridek, o‘zimni o‘zim tug‘ilgan kunim bilan tabriklayman!

@VafoMumin
👍103👏21😢53💯3
15 iyun — Xalqaro otalar kuni

Uyimning quyoshi,
Umrimning bardoshi.
Otajon, siz borki,
Tiniqdir baxt toshi.

Azoblar chekinar,
Armonlar to‘kilar.
Sizni ko‘rsa yurak,
Quvonchga cho‘milar.

To‘g‘ri so‘z zabonim,
Mehribon osmonim.
Umrimning mazmuni –
Sizsiz, Otajonim.

Bemorim, bedorim,
Beg‘ubor bahorim.
Duongiz tufayli
Xayrli nahorim.

Oqilim, donomsiz,
Borlig‘im, dunyomsiz.
Qalbim cho‘llariga
Jon ato daryomsiz.

Sizsiz kunim kunmas,
Hech nega qalb ko‘nmas.
Hatto, bog‘larimda
Biror gul ham unmas.

Dardlarimga darmon,
Armonlarimga armon.
Mo‘minning baxtiga
Doim bo‘ling omon.

✍️ Vafo Mo‘min

@VafoMumin
👍34🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
• Otabek akani hurmat qilaman.
• Hayoti zo‘r ketayotgan bir paytda hammasini tashlab noldan boshqa hayot qurishga kuch topa olgan.
• Ayni shu akaning hayoti menga motivatsiya bergan. Xizmat pillapoyasida shahdam qadamlar bilan ketayotganimda ko‘ngil istaganidek noldan hayot qurish tanlovi oson bo‘lgani yo‘q.
• Xullas, akaning mana bu gapi yoqdi.
• Bundan bir necha yillar avval tug‘ilgan kunimda nari borsa o‘ntacha kishi tabriklar edi. Bugun esa yuzlab insonlarning tabriklarini qabul qilib oldim.
• Buni faxr uchun aytmayapman. Aksincha, Allohga hamd aytmoqchimanki, kimlardir uchun bizni aziz qilibdi.
• Alloh sevgan bandalarini sevdirar ekan. Alloh sevgisidagi insonlar qatorida bo‘lish bizga ham nasib etsin!
• Xulosa o‘rnida shuni aytmoqchimanki, hech qachon hayotingizni noldan boshlashga qo‘rqmang. Ko‘nglingiz xohlamang ishni qilishdan qo‘rqing! Chunki biror kuni bu sizni xarob qiladi...

@VafoMumin
💯57👍24👏145
Ассалому алайкум!

Қурбон ҳайитингиз муборак бўлсин!

┄┅অঠই
🇺🇿 ইঠঅ┅┄
Ибрат излаганга — ибратдир дунё
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍229
• Bundan 15 yillar ilgari masjidda jamoat deyarli yo‘q edi. Besh mahal namoz o‘qiydiganlarga esa vahhobiydek qarashar edi.
• Mana davrlar o‘tdi. Jamoalar ham to‘lib qoldi. Besh mahal namoz o‘qiydiganlar ham talaygina. Hech kim namoz o‘qib vahhobiy bo‘lib ketmadi.
• Ko‘zlarni quvontiradigan holat shundaki, bir paytlari ichib yurganlar bugun namozlarda qoyim turibdi.
• Namozxonlar safi kengayaversin!
• Amin!

@VafoMumin
127👍65👏14💯11