Transport nazorati inspeksiyasi
1.42K subscribers
6.73K photos
746 videos
8 files
2.53K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi

Veb sayt: https://gov.uztn.uz
Murojaat uchun:
E-mail: devon@uztn.uz
Korrupsiya holatlari bo`yicha:
71-202-03-02 (515)
Telegram bot: @anticorruption_uztn_bot
Download Telegram
#Ashıq_sáwbet

Isbilermenler menen ushırasıw

Ózbekstan Respublikası Transport ministrligi janındaǵı Transport qadaǵalaw inspekciyası baslıǵı orınbasarı A.Usmanov Nókis qalasında isbilermenler menen ushırastı.

Ushırasıwǵa Qaraqalpaqstan Respublikası Transport ministri  B.Seytmuratov, Avtomobil transportında qadaǵalaw basqarması baslıǵı Sh. Tosheev, Transport qadaǵalaw inspekciyası Avtomobil hám suw transportında qadaǵalaw Qaraqalpaqstan Respublikası aymaqlıq bólimi baslıǵı M.Aniyozov hám Qaraqalpaqstan Respublikasıda jolawshı tasıw xızmeti menen shuǵıllanıwshı isbilermenler qatnastı.

Ushırasıw dawamında  isbilermenler  ózlerin qızıqtırıp atırǵan hám olardı qıynap kiyatırǵan máseleler boyınsha sorawlar menen múrájat etti. Sorawlarǵa juwapker basshılar tárepinen hár tárepleme juwaplar berildi.
————————-
#Ochiq_muloqot

Ishbilarmonlar bilan uchrashuv

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Usmanov Nukus shahrida tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vaziri B.Seytmuratov, Avtomobil transportida nazorat boshqarmasi boshlig‘i Sh. Tosheev, Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi boshlig‘i M.Aniyozov va Qoraqalpog‘iston Respublikasida yo‘lovchi tashish xizmati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirayotgan va qiynayotgan masalalar bo‘yicha savollar bilan murojaat qildi. Savollarga mutasaddi rahbarlar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

#yangiliklar
🌐 gov.uztn.uz|✈️Тelegram|📎Facebook| 🎞YouTubе
Hurmatli yuk va yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar!

Bugungi kunda mamlakatimizda 4 mingga yaqin tadbirkorlar yuk va yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Afsuski, ayrim tashuvchilar tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan litsenziya talab va shartlarini qo‘pol ravishda buzish holatlari kuzatilmoqda.

Litsenziya talablari va shartlarining qoʻpol tarzda buzilishi natijasida Transport nazorati inspeksiyasining taqdimnomalari asosida 2026-yilning dastlabki choragida Transport vazirligi hamda hududiy transport boshqarmalari tomonidan 10 dan ortiq tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlarining litsenziyasi sud organlari tomonidan bekor qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan litsenziyasi bekor qilingan tadbirkorlik subyektlariga bir yil davomida qaytadan litsenziya berilmaydi va mazkur talab tadbirkorlik subyektining muassisi yoki benefitsiar mulkdori tomonidan tashkil etiladigan yangi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Уважаемые предприниматели, осуществляющие деятельность по перевозке грузов и пассажиров!

На сегодняшний день в нашей стране около 4 тысяч предпринимателей занимаются деятельностью по перевозке грузов и пассажиров.

К сожалению, со стороны отдельных перевозчиков наблюдаются случаи грубого нарушения лицензионных требований и условий, установленных законодательством.

Вследствие грубого нарушения лицензионных требований и условий, на основании представлений Инспекции по контролю в сфере транспорта, в первом квартале 2026 года судебными органами были аннулированы лицензии более 10 субъектов предпринимательства, занимающихся перевозочной деятельностью.

Согласно Закону Республики Узбекистан "О лицензировании, разрешительных и уведомительных процедурах" субъектам предпринимательства, чьи лицензии были аннулированы, в течение одного года лицензия повторно не выдается, и данное требование также применяется к новым субъектам предпринимательства, учреждаемым основателем или бенефициарным собственником данного субъекта предпринимательства.
Ko‘p yillik xizmat e’tirof etildi

Transport nazorati inspeksiyasining Avtomobil transportida nazorat Xorazm viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i Adilbek Sadirbekovning boshqa ishga o‘tayotgani munosabati bilan samimiy xayrlashuv tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Hamkasblar tomonidan uning ko‘p yillik samarali mehnati, sohani rivojlantirishdagi salmoqli hissasi hamda jamoadagi yuksak obro‘-e’tibori alohida e’tirof etildi. A. Sadirbekov o‘z faoliyati davomida mas’uliyat, fidoyilik va yuksak professionalizm namunasini namoyon etib, jamoa hurmatiga sazovor bo‘ldi.

Shu munosabat bilan unga milliy an’analarimizga xos tarzda to‘n kiygizilib, samimiy tilaklar bildirildi. Hamkasblar uning kelgusi faoliyatida ulkan yutuqlar, zafarlar va muvaffaqiyatlar tilab qolishdi.

Adilbek Sadirbekov endilikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari lavozimida mehnat faoliyatini davom ettiradi.

#yangiliklar
🌐 gov.uztn.uz|✈️Тelegram|📎Facebook| 🎞YouTubе
“Toshkent MTU” filialiga qarashli temir yo‘l kesishmalarida bahorgi ko‘rik boshlandi

30-aprelga qadar davom etadigan mazkur ko‘rik Transport nazorati inspeksiyasining Temir yo‘l transportida nazorat Toshkent hududiy bo‘limi, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hamda Avtomobil yo‘llari qo`mitasining hududiy boshqarmalari mutaxassislari, shuningdek, yo‘l, signallashtirish va aloqa hamda elektr ta’minoti korxonalari rahbarlari, ishtirokida o‘tkazilmoqda.

Ko‘rikdan ko‘zlangan asosiy maqsad temir yo‘l kesishmalarida harakat xavfsizligini ta’minlash, mavjud texnik vositalarning soz holatini tekshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda favqulodda holatlarning oldini olishdan iborat.

Ko‘rikning dastlabki kunida Toshkent shahri va uning atrofidagi 20 ga yaqin temir yo‘l kesishmasi ko‘zdan kechirildi. Jarayonda kesishmalardagi ogohlantiruvchi belgilar, shlagbaumlar, yoritish tizimlari, yo‘l qoplamasi holati hamda ko‘rinish masofasi batafsil o‘rganildi.

#yangiliklar
🌐 gov.uztn.uz|✈️Тelegram|📎Facebook| 🎞YouTubе