ONA TILI VA ADABIYOT
3.85K subscribers
820 photos
9 videos
735 files
166 links
Bilimdonlikning sir-u asrori g'ayrat hamda matonat bilan o'qish va o'rganishdir.

Orzular mavjud, maqsad oliy, marra esa juda yaqin.👩‍🎓👩‍🎓👩‍🎓
Download Telegram
#Badiiy_adabiyot

1."Kichkina mitti,xon xo'jani yiqitdi"-degan oʻzbek maqoli qaysi asarda uchraydi?
🛑"Kecha va kunduz"

2."Chorasiz dard yoʻq"/"Ishqdan boshqa hamma dardning chorasi bor"kabi ibratomoz fikrlar qaysi asarda uchraydi?
🛑"Kecha va kunduz"

3."Ertaning g'amini eshak yeydi'' ushbu parcha qaysi asardan olingan?
🛑"Kecha va kunduz"

4."Fatonatlik ey yaxshilar sarvari,
Basharmusen yo maloyik,yo pari,
Jafo qilsang,koʻp oshiqning daftari,
Ne gunohim,menga tanho aylading,-"Ushbu parcha qaysi asardan olingan va kimga tegishli?
🛑"Kecha va kunduz"-Muqimiy

5."Kechasi tashqariga bir qarich qor tushdi. Derazalarning oynaklari panjara gulchin singari g‘alati-g‘alati naqshlar bilan bezandilar. Jips yopilmaydigan eshiklarning ikki qanoti orasidan sovuq qorning zaharli izg‘irini kirib, uylarning tokchalarini aylanmoqqa, uning sovuq «huv-huv»lari shift oralaridan eshitilmoqqa boshladi. Qaldirg‘ochning tashlandiq uyasidan chigirtkaniki singari ingichka hushtak ovozi chiqardi: izg‘irin berkinib olib, sho‘xlik qilayotganga o‘xshaydi!"Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
🛑"Kecha va kunduz"


❇️Mavlon Burxanov
Manzilimiz:@Uztilim😉
#Adabiyot
#Badiiy asar
Pirimqul Qodirov " Yulduzli tunlar"

1. Boburning oldiga qopda 10 tacha kallani olib kelib oyog'i ostiga tashlagan, oxir-oqibatda o'zi ham shunday holga tushgan obraz kim?
Javob:Ahmad Tanbal

2. Boburni o'limdan saqlash uchun opasi Xonzodabegim kimga turmushga chiqadi?
Javob: Shayboniyxonga

3. Kim "Shayboniynoma" degan asar yozadi?
Javob: Muhammad Solih

4. Bubur Samarqandni Shayboniyxonga boy berganda Hirot taxtida kim o'tirar edi?
Javob: Husayn Boyqaro

5. Boburning navkarlaridan biri Tohirning rafiqasining ismi nima?
Javob: Robiya


Mavlon Burxanov


Manzilimiz:@Uztilim
Hurmatli 🇸🇱Boʻlajak talabalar🇸🇱 kanali admini!!!
Bizning kanaldan maʼlumot olganingizda mualliflik huquqini saqlashingizni soʻraymiz!
#Adabiyot

!!!___ DIQQAT!___!!!

🔥TUSHGAN SAVOL

1. ‘‘Yulduzli tunlar‘‘ asarida Samarqand egallab olinganidan so‘ng kim Boburdan
biz bu odamlarni boqish uchun kelganmizmi, deb so'raydi?
Shunda Bobur: "Boqgani kelmaganmiz, lekin talagani ham kelmaganmiz,‘‘--deydi.
Ahmad Tanbal

Sizga yangiliklar ulashishda davom etamiz.
Bizdan uzoqlashmang!

Mavlon Burxanov @Uztilim
@Uztilim
#Adabiyot

Diqqat qiling!

Tushgan savollar

1. Quyidagi qaysi asarda Qosim cho‘loq obrazi qatnashgan?
Oybek, "Fonarchi ota‘‘ hikoyasi

2. Nodiraning ‘‘Doda keldim...‘‘ deb boshlanuvchi g‘azali haqidagi quyidagi qaysi ma‘lumot n o t o‘ g‘ r i ?
G‘azalda Shayx Sanon, Sulaymon kabi so‘zlar orqali talmeh san‘atining yorqin namunalarini uchratamiz.

3. ‘‘Hajvi ahli rasta‘‘ asarining muallifini aniqlang.
Zavqiy

🌟Savollarning barchasini diqqat bilan o‘qishni unutmang!

Mavlon Burxanov @Uztilim
Manzilimiz: @Uztilim
#Adabiyot

_Tushgan savollar_____

1. Qaysi ijodkor ‘‘Adolat yaxshi‘‘ nomli muxammas yozgan?
Maxtumquli

2. Furqat haqidagi quyidagi qaysi hukm n o t o‘ g‘ r i ?
Dastlabki asari Istambulda chop etilgan <<Munozara>> kitobi edi.

3. ‘‘Mani jondan o‘sondirdi...‘‘ deb boshlanuvchi g‘azal yozgan ijodkor kim?
Fuzuliy

Mavlon Burxanov @Uztilim

Manzil: @Uztilim
#Adabiyot

🔥Tushgan savol

‘‘Sendek menga bir yori jafokor topilmas,
Mendek senga bir zori vafodor topilmas.‘‘
Bobur qalamiga mansub ushbu bayt haqidagi to‘g‘ri hukmlarni toping.
1) baytda tazod san‘ati bor
2) tarse bor
3) tardi aks bor
4) baytda ‘‘s‘‘ harfi raviy bo‘lib kelgan
5) ushbu baytda yoyiq radifdan foydalanilgan
A. 1, 2, 3, 4
B. 2, 4
C. 1, 2, 3
D. 1, 5

💥Kuzatishda davom eting!

Mavlon Burxanov @Uztilim

@Uztilim
#Adabiyot
#Badiiy adabiyot
Pirimqul Qodirov " Yulduzli tunlar"

1. Ushbu romanda Navoiyning yoniga 15 yoshida kelib, uning saxovatlaridan bahramand bo'lib, shoir bolgan obraz kim edi?
Javob: Zayniddin Vosifiy

2. Shayboniyxonga turmushga chiqish uchun Samarqand eshiklarini ochib bergan personaj kim?
Javob: Zuhra begim

3. Bobur Hirotga borganda Navoiyning qaysi shogirdi bilan u qurgan binolarni aylanadi?
Javob: Xondamir

4. Baddiuzzamonning eshik og'asi kim edi?
Javob: Zunnun Arg'un

5. Bobur bilan barcha janglarda qatnashgan, keyin esa Boburning roziligi bilan Hisorga ketgan, keyinchalik Boburning xizmatiga qaytgan sarkarda kim edi?
Javob: Qosimbek


Mavlon Burxanov


Manzilimiz:@Uztilim
Diqqat bugun tushgan savollar!!!
#Adabiyot
#tushgan

1.Boburning opasiga sovchi qoʻyib rad javobini qilgan, Samarqandga aholini boqish uchun keldikmi degan kim?
Ahmad Tanbal

2.14 yoshida onasidan urish eshitib va ozgina pul ishlab kelish maqsadida uyidan chiqib ketgan bola qaysi asarda
Shum bola

3.Furqat hayoti va ijodi haqidagi toʻgʻri hukmni toping.
Bir yilga yetmay "Haftiyak" va "Chor kitobni oʻqib tugatadi.

4.Fasli navbahor oʻldi gʻazali kimniki?
Furqat

5."Bu koʻngildir bu ko'ngil gʻazali haqidagi toʻgʻri hukm?
besh soʻzdan iborat radif qoʻllangan

6."Yomonlik qilgani uchun xalq uning qo'lini kesib yaxshi qiladi" mazmunidagi bayt qaysi asarda?
Hayrat ul-abror

✴️Mavlon Burxanov @Uztilim

Biz siz uchun mehnat qilamiz!!!

Manzilimiz:@Uztilim
#tushgan

1.Baʼzilar yengillik qilaman deb oʻziga ogʻirlik qilib qo'yadi. Ushbu fikr qaysi masal haqida?
🔵Ustiga tuz ortilgan eshak.

Mavlon Burxanov@Uztilim uchun

Bizning manzil:@Uztilim📝
#Badiiy asar

Amir Tеmur sarbadоrlardan kimni o‘sha paytdagi hukmdоr Amir Husayn qatlidan оmоn saqlab qоladi?
🔵Mavlоnоzоdani

Mavlon Burxonov@Uztilim

Manzilimiz:@Uztilim🗓
#Adabiyot

Muharram opa qaysi yozuvchining turmush o‘rtog‘i?
🔵G‘. G‘ulomning

Mavlon Burxanov@Uztilim

Manzilimiz:@Uztilim
Bizdan uzoqlashmang😉
#Adabiyot
Bugungi savollardan namuna.
1.Insonlardagi eng yuksak va chirkin xususiyatlarni o'zida mujassam etgan ibratnoma asarni aniqlang.
J:Ezop masallari.

Mavlon Burxanov.

Manzilimiz:@Uztilim
#Mustaqil o'qish uchun.
"Sohibqiron" dramasida xotinini kaltaklagani uchun 40 kun zindonga tashlangan obraz qaysi ?
J:Mironshoh mirzo.

Mavlon Burxanov.

Manzilimiz:@Uztilim
#Adabiyot
Bilib qo'ygan yaxshi!!!😉

Asarlarda qo'llangan maqollar.

1. Xon g'azabi- Xudo g'azabi- Kuntug'mish

2. Bir tovuqqa ham don,ham suv kerak- Mening o'g'rigina bolam.

3. Olatog'o'noq olg'ir bo'lsa ham, qarchig'aydek bo'lolmas-. Qutlug' qon.

4. Ena o'ltirishingga qarab chena- Advokatlik osonmi.

Mavlon Burxanov.

Manzilimiz:@Uztilim
#Foydali
Talablarga binoan.
Laff va nashr san'ati haqida.
Laff va nashr san'ati-- yig'ish va yoyish san'ati hisoblanib birinchi misrada kelgan so'zni ikkinchi misrada o'sha so'zga oid boshqa so'z yoki shu predmet bilan bajariladigan harakat orqali izohlash.

So'ng qo'lga olib zalvorli gurzi,
Bir-birin savadi bir-birin ezdi.
Bu yerda gurzi so'zini ezdi so'zi izohlagan.

Qilich-u, nayza-yu,gurzisu bilan,
Kesdi-yu, sanchdi-yu,yanchdi beomon.
Izoh:Qilich-kesadi, nayza-sanchadi,gurzi-yanchadi.

Mavlon Burxanov.

Manzilimiz:@Uztilim😉
#Adabiyot

🔥 Tushgan savol!!!

‘‘ Bir kun onasi tushda Ibrohim alayhissalomni ko‘rdi va u : Yaratgan duolaringni ijobat qildi, o‘g‘lingni ko‘zi ochildi...‘‘ dedi.
Ushbu parchada kim haqida ma‘lumot berilgan?

Imom al-Buxoriy


Mavlon Burxanov @Uztilim📨

@Uztilim
#Adabiyot

Tushgan savol_______

<<Alpinbiy bobosidan qolgan o‘n to‘rt botmon brinchdan bo‘lgan parli yoyi bor edi. Ana shunda yoyni qo‘liga ushlab tortdi.>>
Ushbu parcha qaysi dostondan
olingan?
‘‘Alpomish‘‘

🔥Kutilgan vaqt soat sayin yaqinlashib bormoqda....⌛️
Barchaga Omad!

Mavlon Burxanov @Uztilim
@Uztilim