#Deputat_mahallada
O‘zXDP yoshlarni doimo qo‘llab-quvvatlaydi
Xalq deputatlari Olot tuman Kengashidagi deputatimiz N.Ne’matova hamda tuman “Nuroniy” jamg‘armasi hamkorligida ulkan xayrli tashabbus amalga oshirildi.
Ular Buxoro viloyati Olot tumanining 35 ta mahallasidan yig‘ilgan 453 nafar ehtiyojmand oila farzandlariga o‘quv qurollari, dars tayyorlash vositalari, sport anjomlari hamda rag‘batlantiruvchi sovg‘alar ulashdi...
Facebook | Youtube | Instagram | X

👏38👍17❤13🎉9🔥7
Forwarded from Munozara maydoni
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Munozara_klubi
❗️ Inklyuziv ta’lim bilan qamrab olish imkoniyatimiz yetarli darajada emas!
👆 | Klub sessiyasini YouTube kanalimizda to‘liq ko‘rishingiz mumkin.
Telegram | YouTube | Facebook | Instagram

❓ Nogironligi bo‘lgan bolalarni ta’lim muassasalarida o‘qitish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarni qiynayotgan asosiy muammo nimada?
👆 | Klub sessiyasini YouTube kanalimizda to‘liq ko‘rishingiz mumkin.
Telegram | YouTube | Facebook | Instagram
👍38👏21❤15🔥13🎉10
Xotin-qizlar murojaatlari o‘rganildi
O‘zbekiston XDP Qarshi tuman kengashi, tumanning Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda Ijtimoiy xizmatlar markazi bilan hamkorlikda hududdagi «Bog‘obod», «Kat», «Taxtapul» va «G‘ubdin» mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi xotin-qizlar murojaatlari o‘rganildi.
O‘rganishlarda yuqoridagi mahallalardan jami 37 nafar ayollarning muammolari tinglandi. Ulardan 13 tasi ijtimoiy yordam, 6 tasi subsidiya asosida tikuv mashinasi olish, 4 tasi uy-joy ta’miri, 7 tasi oilaviy kelishmovchilik, 7 tasi tibbiyot hamda boshqa masalalarda murojaat qilishdi.
Mas’ullar jami murojaatlarning 20 ga yaqiniga o‘sha yerning o‘zida ijobiy hal qilib berishgan bo‘lsa, qolganlari bo‘yicha ham yechim topish uchun hamkorlikda harakat qilishga kelishib olishdi.

👏29👍13❤11🎉9🔥3
#Munosabat
❗️ Fuqarolarning hayot xavfsizligiga befarq qarab bo‘lmaydi
Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi Farobiy ko‘chasida issiq suv quvuri yorilib ketishi oqibatida noxush hodisa ro‘y bergani haqidagi videoli xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi, turli fikr-mulohazalarga sabab bo‘ldi.
👆 Jamoat xavfsizligi, fuqarolar hayoti va mol-mulki daxlsizligiga bepisandlarcha berilgan kompaniya izohi jiddiy xavotir va qat’iy savollarni o‘rtaga chiqardi.
⁉️ Izohdan kelib chiqadiki, kompaniya istagan vaqtda istagan hududda fuqarolar xavfsizligini himoyalash choralarini ko‘rmasdan sinov o‘tkazishi mumkinmi?
❗️ Mas’uliyatsizlarcha o‘tkaziladigan bunday sinovlar inson o‘limiga olib kelishi mumkinligi, bugungi hodisada baxtli tasodif tufayligina hech bir fuqaroga jiddiy ziyon yetmaganini tushunish qiyin bo‘lmasa kerak.
Agar kompaniya quvurlarning mustahkamligini tekshiruvchi sinovlar o‘tkazayotgan bo‘lsa, quvurning yorilib ketishi ehtimolini ham albatta o‘rganib chiqqan bo‘lishi kerak. Unda nega kompaniya fuqarolarning xavfsizligiga tahdid soladigan sinovlar o‘tkazayotganda bu haqda mahalliy jamoatchilikni, Favqulodda vaziyatlar vazirligini ogohlantirmagan?
Og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan sinovlar xo‘jasizlarcha o‘tkazilmasligi shart. Sinov o‘tkazishning tartib va me’yorlariga qat’iy amal qilinishi, bunday tartiblar yo‘q bo‘lsa, zudlik bilan ishlab chiqilishi zarur.
👆 Shu nuqtai nazardan ro‘y bergan ko‘ngilsiz hodisa bo‘yicha Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Energetika vazirligi hamda Bosh prokuratura o‘z munosabatini, huquqiy xulosasini berishi kerak, deb hisoblaymiz.
👆 Favqulodda vaziyatlar vazirligi 3 nafar fuqaro yengil tan jarohati olgani va ularga voqea joyida tibbiyot xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgani haqida xabar berdi. Bu hodisadan ziyon ko‘rgan har bir fuqaroga qonunchilik muvofiq tartibda yordam ko‘rsatilishi, zararlar o‘rni qoplab berilishi zarurligini bildiramiz.
Bunday ko‘ngilsiz va kutilmagan hodisalar keng jamoatchilikda xavotir uyg‘otadi, ijtimoiy kayfiyatga salbiy ta’sir ko‘rsatib, kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga nisbatan ishonchsizlik kayfiyatiga olib kelishi mumkin.
Mutasaddi vazirlik-idoralardan vaziyatni nazoratga olishini so‘rab qolamiz.

Toshkent shahridagi issiqlik ta’minoti tizimiga javobgar bo‘lgan Veolia Energy Tashkent kompaniyasi izohiga ko‘ra, isitish mavsumiga tayyorgarlik doirasida belgilangan jadvalga muvofiq Olmazor tumanidagi Farobiy va Shifokorlar ko‘chalari kesishmasida joylashgan issiqlik tarmog‘i uchastkasida mexanik mustahkamlik sinovlari o‘tkazilayotgan paytda quvurda yorilish yuz bergan. Shuningdek, xabarda jabrlanganlar yo‘qligi, fuqarolar, tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zarar qoplanishi aytilgan.
👆 Jamoat xavfsizligi, fuqarolar hayoti va mol-mulki daxlsizligiga bepisandlarcha berilgan kompaniya izohi jiddiy xavotir va qat’iy savollarni o‘rtaga chiqardi.
⁉️ Izohdan kelib chiqadiki, kompaniya istagan vaqtda istagan hududda fuqarolar xavfsizligini himoyalash choralarini ko‘rmasdan sinov o‘tkazishi mumkinmi?
❗️ Mas’uliyatsizlarcha o‘tkaziladigan bunday sinovlar inson o‘limiga olib kelishi mumkinligi, bugungi hodisada baxtli tasodif tufayligina hech bir fuqaroga jiddiy ziyon yetmaganini tushunish qiyin bo‘lmasa kerak.
Agar kompaniya quvurlarning mustahkamligini tekshiruvchi sinovlar o‘tkazayotgan bo‘lsa, quvurning yorilib ketishi ehtimolini ham albatta o‘rganib chiqqan bo‘lishi kerak. Unda nega kompaniya fuqarolarning xavfsizligiga tahdid soladigan sinovlar o‘tkazayotganda bu haqda mahalliy jamoatchilikni, Favqulodda vaziyatlar vazirligini ogohlantirmagan?
Og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan sinovlar xo‘jasizlarcha o‘tkazilmasligi shart. Sinov o‘tkazishning tartib va me’yorlariga qat’iy amal qilinishi, bunday tartiblar yo‘q bo‘lsa, zudlik bilan ishlab chiqilishi zarur.
👆 Shu nuqtai nazardan ro‘y bergan ko‘ngilsiz hodisa bo‘yicha Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Energetika vazirligi hamda Bosh prokuratura o‘z munosabatini, huquqiy xulosasini berishi kerak, deb hisoblaymiz.
👆 Favqulodda vaziyatlar vazirligi 3 nafar fuqaro yengil tan jarohati olgani va ularga voqea joyida tibbiyot xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgani haqida xabar berdi. Bu hodisadan ziyon ko‘rgan har bir fuqaroga qonunchilik muvofiq tartibda yordam ko‘rsatilishi, zararlar o‘rni qoplab berilishi zarurligini bildiramiz.
Bunday ko‘ngilsiz va kutilmagan hodisalar keng jamoatchilikda xavotir uyg‘otadi, ijtimoiy kayfiyatga salbiy ta’sir ko‘rsatib, kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga nisbatan ishonchsizlik kayfiyatiga olib kelishi mumkin.
Mutasaddi vazirlik-idoralardan vaziyatni nazoratga olishini so‘rab qolamiz.
Facebook | Youtube | Instagram | X
👏37🔥13❤12👍11🎉10
Forwarded from Munozara maydoni
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Munozara_klubi
❗️ Aksariyat ish beruvchilar tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish o‘rni zaxiralanmayapti
👆 | Klub sessiyasini YouTube kanalimizda to‘liq ko‘rishingiz mumkin.
Telegram | YouTube | Facebook | Instagram
❗️ Aksariyat ish beruvchilar tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish o‘rni zaxiralanmayapti
❓ Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilishda asosiy muammo nimada?
❓ Ish beruvchilar ularning ishni eplab ketishiga shubha qiladimi yoki malakaviy tajribasi borasida ikkilanish bormi?
👆 | Klub sessiyasini YouTube kanalimizda to‘liq ko‘rishingiz mumkin.
Telegram | YouTube | Facebook | Instagram
👏30👍17🎉11🔥10❤9
#Suhbat
#Deputat_mahallada
Mahalliy Kengashlar minbarida deputatlarimiz o‘z fikrini erkin bildirmoqda
Andijon mamlakatimizda aholi eng zich joylashgan viloyat hisoblanadi. So‘nggi vaqtlarda viloyatda katta o‘zgarishlar va yangilanishlar bo‘y ko‘rsatyapti, hududlar kundan-kunga rivojlanib boryapti. Aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy himoyasiga alohida e’tibor qaratilyapti.
🔹 Anglaganingizdek, mahalliy Kengashlar uchun ajratilgan sahifamizning bu galgi mehmoni O‘zXDP Andijon viloyat kengashi raisi Muqaddasxon Sultonova bo‘ldi...

Bugun viloyatda partiyamizning 101 nafar deputati bor. Shundan 15 nafari xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati bo‘lsa, 86 nafari tuman va shahar Kengashlaridagi vakillarimizdir. A’zolarimiz soni 83 ming nafardan ortiq, boshlang‘ich partiya tashkilotlari 1085 tani tashkil etadi. Viloyatdagi bugungi o‘zgarish va yangilanishlarda ularning hissasi borligi quvonarli, albatta.
🔹 Anglaganingizdek, mahalliy Kengashlar uchun ajratilgan sahifamizning bu galgi mehmoni O‘zXDP Andijon viloyat kengashi raisi Muqaddasxon Sultonova bo‘ldi...
Facebook | Youtube | Instagram | X
👏33❤12👍8🎉7🔥5
#Deputat_mahallada
Deputatlik guruhi faoliyati sarhisob qilindi
O‘zbekiston XDP Toshkent viloyati kengashi tomonidan partiyaning mahalliy Kengashdagi deputatlik guruhining yarim yillik faoliyati sarhisobi bo‘yicha konferensiya o‘tkazildi. Unda partiya guruhi yarim yillik faoliyati davomida 73 ta masala partiya guruhlariga, 46 ta masala doimiy komissiya yig‘ilishiga va 13 ta masala sessiya kun tartibiga olib chiqilgani aytildi.
Shuningdek, hududlardagi mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan 87 ta deputatlik so‘rovi yuborilib, shundan 41 tasi ijobiy hal etilgan. Partiyaning saylovoldi dasturida ilgari surilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqib, “Deputat mahallada”, “Salomatlik aksiyasi”, “Mahallada ijtimoiy xizmat”, “Ijtimoiy himoyadan – ijtimoiy faollik sari” kabi loyihalar doirasida 98 nafar yoshlarni ishga joylashishiga ko‘mak berilgan. Bundan tashqari 78 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga zarur amaliy yordam ko‘rsatilgan...

👏35❤15👍8🎉7🔥5
#Parlament_muhokamasi
#Yalpi_majlis
Har bir me’yorda inson manfaati ustuvor
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyati joriy hafta ham qizg‘in muhokamalar bilan boshlandi. Dastlab siyosiy partiyalar fraksiyalarida ko‘rib chiqilgan qonun loyihalari bo‘yicha keskin bahs-munozaralar bo‘ldi. O‘z navbatida Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zolari ham qonun tashabbuskorlariga qat’iy pozitsiyalarini bildirdi. Tortishuvlar, e’tirozlar asnosida qayta ko‘rib chiqilishi zarur bo‘lgan masalalar belgilandi. Ayrim takliflar ko‘pchilikning qarshiligi bilan rad etildi.
Dushanba kuni partiyamiz fraksiyasi a’zolari an’anaviy tarzda tanish xonada jam bo‘ldi. Rejaga ko‘ra, 10 ga yaqin qonun loyihalari birinchi va ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Ta’kidlaganimizdek, ba’zi masalalar bahs-munozaralarga boy kechgan bo‘lsa, ayrimlarining «taqdiri» oson hal etildi...

👍23❤13👏13🎉6🔥4
#Parlament_muhokamasi
#Yalpi_majlis
Qonun loyihasi fraksiyalardan o‘tmadi
Fraksiya yig‘ilishida dastlab yoqilg‘i-energetika sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda muhokama qilindi.
❗️ Qonun loyihasi bilan O‘zenergoinspeksiyaning ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirish vakolati aniq belgilanmoqda. Ichki ishlar organlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlariga esa yoritish uchun elektr energiyasidan behuda, xo‘jasizlarcha foydalanish huquqbuzarligi uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish vakolatini berish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, elektr energiyasi, gaz va suv tarmoqlariga qonunga xilof ravishda ulanib, ularni o‘g‘irlaganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.
⁉️ Fraksiya a’zolari belgilangan sanksiyani o‘zgartirish qonunning samaradorligiga qay darajada ta’sir qiladi, degan savol bilan murojaat qildi. Huquqbuzarliklarning oldini olish emas, maqsad jamg‘arma mablag‘larini ko‘paytirishdir, degan shubhalar ham yo‘q emasligi qayd etildi.
❌ Izohlar, berilgan javoblar deputatlarni qoniqtirmadi. Fraksiya a’zolari jazolarni emas, profilaktik mexanizmlarni, huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish choralarni kuchaytirish zarurligi yuzasidan munosabat bildirdi. Bir qancha savollarning javobi ochiq qolgani sababli mazkur loyiha palata majlisiga kiritilmadi...

👆 Ushbu qonun loyihasida belgilanayotgan ba’zi me’yorlar fraksiya a’zolarining qizg‘in muhokamasiga sabab bo‘ldi. Xususan, deputat Qizilgul Qosimova ayrim jarimalarni oshirish bilan bog‘liq normaga e’tiroz bildirdi. Ta’kidlandiki, mazkur masalada qonunga taklif etilayotgan o‘zgartirish muammoning yechimi bo‘lolmaydi va mexanizm ishlamaydi. Shu bilan birga, undirilgan jarimalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat budjetiga tushmasligi ham e’tirozlarni keltirib chiqaradi. Deputatga ko‘ra, jarimalar miqdori oshirilmasdan, o‘z holicha qoldirilishi haqiqatga yaqinroq bo‘ladi.
⁉️ Fraksiya a’zolari belgilangan sanksiyani o‘zgartirish qonunning samaradorligiga qay darajada ta’sir qiladi, degan savol bilan murojaat qildi. Huquqbuzarliklarning oldini olish emas, maqsad jamg‘arma mablag‘larini ko‘paytirishdir, degan shubhalar ham yo‘q emasligi qayd etildi.
❗️ Tashabbuskorlarga ko‘ra, bir qator tajribalarda jarimalar miqdorining oshirilishi huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qilgan. Chunki bugungi statistika yoqilg‘i-energetika sohasida huquqbuzarlikka moyillik ortganini ko‘rsatadi. Masalan, ayrim hollarda yuridik shaxslar atayin o‘zining tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirib, huquqbuzarlik sodir etish holatlari kuzatilmoqda. Shu va boshqa sabablardan kelib chiqib, kompleks javobgarlikni qo‘llash amaliyotini tatbiq etish zarur. Maqsad odamlarni jazolash emas, aksincha, javobgarlikni kuchaytirish orqali ularni qing‘ir ishlardan qaytarish ekaniga urg‘u berildi.
❌ Izohlar, berilgan javoblar deputatlarni qoniqtirmadi. Fraksiya a’zolari jazolarni emas, profilaktik mexanizmlarni, huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish choralarni kuchaytirish zarurligi yuzasidan munosabat bildirdi. Bir qancha savollarning javobi ochiq qolgani sababli mazkur loyiha palata majlisiga kiritilmadi...
Facebook | Youtube | Instagram | X
👏14❤11👍6🔥2🎉2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga mening hissam
O‘zbekiston XDP Qashqadaryo viloyat va Kasbi tuman kengashlari tashabbusi bilan “Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga mening hissam” shiori ostidagi “Ijtimoiy tashabbuslar kuni” aksiyasi tashkil etildi...
Facebook | Youtube | Instagram | X
O‘zbekiston XDP Qashqadaryo viloyat va Kasbi tuman kengashlari tashabbusi bilan “Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga mening hissam” shiori ostidagi “Ijtimoiy tashabbuslar kuni” aksiyasi tashkil etildi...
Facebook | Youtube | Instagram | X
❤17👍8👏6🎉4🔥3
Forwarded from Munozara maydoni
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Munozara_klubi
❗️ Maqsadimiz “to‘siqsiz” hududni ta’minlab berish!
❓ Buni amalga oshirish real hayotga qanchalik yaqin?
👆 | Klub sessiyasini YouTube kanalimizda to‘liq ko‘rishingiz mumkin.
Telegram | YouTube | Facebook | Instagram
❗️ Maqsadimiz “to‘siqsiz” hududni ta’minlab berish!
O‘zXDP Saylovoldi dasturida nogironligi bo‘lgan shaxslarning parlament va mahalliy kengash deputatligiga saylanishi va davlat xizmatlariga qabul qilinishi uchun qo‘shimcha kvota belgilanishi nazarda tutilgan edi.
❓ Buni amalga oshirish real hayotga qanchalik yaqin?
👆 | Klub sessiyasini YouTube kanalimizda to‘liq ko‘rishingiz mumkin.
Telegram | YouTube | Facebook | Instagram
👍21❤13👏4🎉4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dayjest
#XDP_haftaligi
🗓 Yakunlanayotgan haftada Xalq demokratik partiyasi va uning Oliy Majlis Qonunchilik partiyasidagi fraksiyasi faoliyatiga oid eng muhim xabarlar
Facebook | Youtube | Instagram | X
#XDP_haftaligi
🗓 Yakunlanayotgan haftada Xalq demokratik partiyasi va uning Oliy Majlis Qonunchilik partiyasidagi fraksiyasi faoliyatiga oid eng muhim xabarlar
Facebook | Youtube | Instagram | X
👍17❤13🎉6👏3
#Parlament_muhokamasi
#Yalpi_majlis
Avtomobil yo‘llarini rejalashtirish zarurati
Joriy hafta avvalida muhokamaga kiritilgan qonun loyihalari orasida ushbu masalalarni qamrab olgan tashabbus ham o‘rin olgan edi. Ya’ni, tashabbuskorlar amaldagi «Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida»gi qonun bugungi kunga kelib, mavjud muammolarni to‘liq hajmda huquqiy tomondan tartibga solish imkonini bermaydi, degan fikrni ilgari surmoqda. Shu nuqtai nazardan yangi tahrirdagi qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqildi.
✅ Bundan tashqari, qonun loyihasiga kommunikatsiya tarmoqlarini qurishda yo‘llarning avvalgi holatini tiklash xarajatlarini qoplash sharti belgilanmoqda. Yo‘llarda katta hajmli hamda og‘ir vaznli transport vositalarining harakatlanishi tartibga solinishi, ajratilgan va yo‘l bo‘yi mintaqalarida xizmat ko‘rsatish obyektlarini joylashtirishga oid talablar ham qamrab olingan.
Qayd etilishicha, yo‘l sohasiga investitsiyalarni, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish pullik yo‘llarni loyihalash, qurish, rekonstruksiya hamda ekspluatatsiya qilish va ulardan foydalanish uchun ajratiladigan budjet mablag‘larini (xarajatlarini) sezilarli darajada kamaytiradi.
Shu va boshqa bir qator jihatlarni inobatga olgan holda, hamda yo‘l infratuzilmasida davlat boshqaruvini takomillashtirish maqsadida avtomobil yo‘llari sohasini tartibga soluvchi qonunchilikni yangilash taklifi dolzarb ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi...

Qonun loyihasi bilan «avtomobil yo‘llarini rejalashtirish» mexanizmi joriy etilib, yo‘l infratuzilmasini aholi va iqtisodiyotning o‘sib borayotgan ehtiyojlariga mos ravishda rivojlantirish nazarda tutilmoqda. Yo‘llarni loyihalashtirishda aholi fikri va atrof-muhitga ta’sirini inobatga olish hamda piyodalar uchun to‘siqsiz muhitni yaratish bo‘yicha qat’iy talablar o‘rnatilmoqda.
✅ Bundan tashqari, qonun loyihasiga kommunikatsiya tarmoqlarini qurishda yo‘llarning avvalgi holatini tiklash xarajatlarini qoplash sharti belgilanmoqda. Yo‘llarda katta hajmli hamda og‘ir vaznli transport vositalarining harakatlanishi tartibga solinishi, ajratilgan va yo‘l bo‘yi mintaqalarida xizmat ko‘rsatish obyektlarini joylashtirishga oid talablar ham qamrab olingan.
❗️ Aytish kerakki, amaldagi qonunchilik bilan davlat-xususiy sheriklik asosida yo‘l infratuzilmasiga investitsiyalarni jalb qilish, pullik asosda muqobil avtomobil tarmog‘ini yaratish, yo‘l sohasidagi axborot tizimlari bilan integratsiya masalalarini tartibga solish kabi jihatlar ham ko‘rsatib o‘tilmagan. Umuman olganda, pullik avtomobil yo‘llarini joriy etishning qonunchilik bazasi mavjud emas.
Qayd etilishicha, yo‘l sohasiga investitsiyalarni, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish pullik yo‘llarni loyihalash, qurish, rekonstruksiya hamda ekspluatatsiya qilish va ulardan foydalanish uchun ajratiladigan budjet mablag‘larini (xarajatlarini) sezilarli darajada kamaytiradi.
Shu va boshqa bir qator jihatlarni inobatga olgan holda, hamda yo‘l infratuzilmasida davlat boshqaruvini takomillashtirish maqsadida avtomobil yo‘llari sohasini tartibga soluvchi qonunchilikni yangilash taklifi dolzarb ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi...
Facebook | Youtube | Instagram | X
❤12👍6👏4
Forwarded from Munozara maydoni
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Munozara_klubi
❗️ Liftlarga ham talab belgilangan!
👆 | Klub sessiyasini YouTube kanalimizda to‘liq ko‘rishingiz mumkin.
Telegram | YouTube | Facebook | Instagram
❗️ Liftlarga ham talab belgilangan!
Yo‘lak va o‘tish joylari qulay bo‘lishi kerak. Unda aravacha ham yurib o‘tishi, aylanib olishiga imkon bo‘lishi kerak.
Liftlarning o‘lchami tez tibbiy yordam aravalari harakati uchun ham mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.

❤13👏4👍2🔥1🎉1