Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Rai)
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti- Ingliz tili darsi!
O‘zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti, Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi o‘qituvchilari — Voxidova Maxliyo va Xushboqova Sevinch Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi 280-maktab 8-sinf o‘quvchilari uchun “Feelings and Emotions” mavzusida navbatdagi ingliz tili darsi tashkil etildi.
⚡️ Mazkur dars zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interfaol metodlar va ijobiy psixologik muhit asosida tashkil etilib, o‘quvchilar hamda o‘qituvchilar uchun emotsional barqarorlikni ta’minlash, stressdan chiqishga yordam ko‘rsatish va o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qildi.
✅ Bizning rasmiy sahifalarimiz:
📱 Telegram | 📱 Instagram 📱 Youtube | 📱 Facebook
O‘zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti, Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi o‘qituvchilari — Voxidova Maxliyo va Xushboqova Sevinch Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi 280-maktab 8-sinf o‘quvchilari uchun “Feelings and Emotions” mavzusida navbatdagi ingliz tili darsi tashkil etildi.
Dars jarayonida o‘quvchilar:💥 his-tuyg‘ular va emotsiyalar mavzusi bo‘yicha bilimlarini kengaytirdilar;💥 imtihonlarga tayyorgarlik jarayonida stressni yengish bo‘yicha psixologik mashg‘ulotlarda ishtirok etdilar;💥 turli interfaol topshiriqlar orqali stress darajasi va psixologik holatini aniqlash imkoniga ega bo‘ldilar;💥 mashg‘ulotlar davomida motivatsiya va o‘ziga bo‘lgan ishonchni rivojlantirishga qaratilgan faoliyatlarda qatnashdilar;💥 psixologiya va kreativ fikrlash elementlari asosida o‘z fikrlarini erkin ifodalashni mashq qildilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤2
Dissertatsiya ishi ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi
2025-yil 17-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida dissertatsiya ishlari bo‘yicha ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir offline hamda ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi.
Ilmiy seminarda universitet professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislari hamda doktorantlar ishtirok etdilar.
Muhokama davomida Ayaqulova Aziza Ismatulla qizining 10.00.06 — “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “O‘zbek va rus tillarida kardioxirurgiyaga oid terminlarning qiyosiy-tipologik tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi atroflicha muhokama qilindi.
Muhokama yakunida dissertatsiya ishining ilmiy-amaliy ahamiyati e’tirof etilib, uni keyingi bosqichga tavsiya etish bo‘yicha xulosalar berildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍3
Rektor Ilxomjon Tuxtasinov talabalar ijara uylaridagi yashash sharoitlarini o‘rganishda davom etmoqda
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitet rahbariyati vakillari bilan birgalikda ijara uylarida istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlarini joyiga chiqqan holda o‘rganishda davom etmoqda.
Navbatdagi tashrif davomida talabalar yashayotgan xonadonlarning tozaligi, sanitariya holati, isitish tizimlari, jumladan, is gazidan foydalanishdagi xavfsizlik choralari, elektr va gaz jihozlaridan foydalanish holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Xavfsizlik masalalarida mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ymaslik zarurligi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning kundalik turmushi, mavjud muammolari va takliflari tinglandi. Bildirilgan masalalar yuzasidan amaliy tavsiyalar berilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Rektor tashrif yakunida talabalar yashash joylarida tozalik, ozodalik va xavfsizlikni ta’minlash ularning salomatligi va ta’lim jarayoni samaradorligi uchun muhim ekanini qayd etib, bu yo‘nalishdagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilishini bildirdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👍4🔥3
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili Ikkinchi fakulteti (Ismoilova)
16-dekabr kuni
Winter Challenge Day — kulgu, raqobat va ijobiy energiyaga to‘la tarzda bo‘lib o‘tdi
1-oʻrin:
2-oʻrin:
3-oʻrin:
4-oʻrin:
birga bo‘lsak — qish ham iliq!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11🔥3👍1🎉1🤩1