UzReport.news
30.9K subscribers
82K photos
7.98K videos
5 files
78.1K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlik mustahkamlanadi

Deputatlar tomonidan soliq va tadbirkorlik sohasidagi huquqiy munosabatlarni takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/soliq-to-lashdan-bo-yin-tovlaganlik-uchun-javobgarlik-mustahkamlanadi

Lotin|Кирилл
Donald Tramp: AQSh G‘azo sektorini nazorat ostiga oladi

Tramp AQSh G‘azo sektorini «nazorat qilishini» va unga «egalik qilishini» aytdi. Respublikachi u yerga shaxsan borishga va’da berdi, biroq bu Amerika qo‘shinlarini u yerga o‘tkazishni anglatadimi, degan savolga aniq javob bermadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/donald-tramp-aqsh-g-azo-sektorini-nazorat-ostiga-oladi

Lotin|Кирилл
Bolalarda nogironlikning oldini olishga ko'maklashuvchi tizim yaratiladi

Qarorga ko'ra, 2027-yil 1-iyulgacha kunduzgi parvarish xizmatini yo'lga qo'ygan tadbirkorlarga Markaziy bankning asosiy stavkasida davlat-xususiy sheriklik loyihasi doirasida mebel va jihozlar xaridi uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/bolalarda-nogironlikning-oldini-olishga-komaklashuvchi-tizim-yaratiladi

Lotin|Кирилл
2025-2026-yillar O‘zbekiston-Malayziya sherikligini innovatsion rivojlantirish davri deb e’lon qilinadi

"Perdana Putra" hukumat majmuasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim tor doirada va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdi. Malayziya hukumati O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini faol qo‘llab-quvvatlamoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/2025-2026-yillar-o-zbekiston-malayziya-sherikligini-innovatsion-rivojlantirish-davri-deb-e

Lotin|Кирилл
Spotify tarixda birinchi marta yilni daromad bilan yakunladi

2024 yil davomida striming servis 1,14 mlrd yevroga yaqin daromad ko‘rgan. Uning umumiy foydalanuvchilari soni 675 mln kishiga yetgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/spotify-tarixda-birinchi-marta-yilni-daromad-bilan-yakunladi

Lotin|Кирилл
Xorijga chiqib ketgan pensionerlarga pensiya to‘lash vaqtincha to‘xtatib turiladi

Bunda vaqtincha to‘xtatilgan pensiyani to‘lash pensioner O‘zbekistonga qaytib kelgandan so‘ng qayta tiklanadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/xorijga-chiqib-ketgan-pensionerlarga-pensiya-to-lash-vaqtincha-to-xtatib-turiladi

Lotin|Кирилл
AQShning pochta xizmati Xitoydan kelgan jo'natmalarni qabul qilishni to'xtatdi

Ba'zi taxminlarga ko'ra, bu qadam Xitoyning AQSh tovarlariga joriy etgan bojxona tariflariga javoban qo'llangan bo'lishi mumkin.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/aqshning-pochta-xizmati-xitoydan-kelgan-jonatmalarni-qabul-qilishni-toxtatdi

Lotin|Кирилл
O‘zbekiston Qozog‘istonga 1-oktyabrgacha 16 mlrd kub metr suv jo‘natadi. Bu o‘tgan yilga nisbatan bir mlrd kub metrga ko‘p

O‘zbekiston 2025-yilgi sug‘orish mavsumida “Do‘stlik” kanali orqali suvning barqaror ta’minlanishiga ham yordam berishi qayd etildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-qozog-istonga-1-oktyabrgacha-16-mlrd-kub-metr-suv-jo-natadi-bu-o-tgan-yilga-ni

Lotin|Кирилл
Kongoda mpox’ga chalingan 100 dan ortiq bemor davolash markazlaridan qochib ketdi

Mamlakatda M23 guruhi isyonchilarining hujumi tufayli dori-darmon ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/kongoda-mpox-ga-chalingan-100-dan-ortiq-bemor-davolash-markazlaridan-qochib-ketdi

Lotin|Кирилл
Shavkat Mirziyoyev va Anvar Ibrohim Strategik sheriklik yo‘lida ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzoladi

Qabul qilingan hujjatlar orasida oliy taʼlim, sog‘liqni saqlash, madaniyat sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar, “aqlli” shaharlarni rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi protokol va boshqalar bor.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/shavkat-mirziyoyev-va-anvar-ibrohim-strategik-sheriklik-yo-lida-ikki-tomonlama-hamkorlikni

Lotin|Кирилл
Zelenskiy: Putin bilan muzokaralar stoliga o‘tirishga tayyorman

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy agar aholiga tinchlik olib kelishning yagona sxemasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar stoliga o‘tirish bo‘lsa, bunga tayyorligini aytdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/zelenskiy-putin-bilan-muzokaralar-stoliga-o-tirishga-tayyorman

Lotin|Кирилл
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev Malayziya Islom sanʼati muzeyiga tashrif buyurdi

Muzeyda 10 mingdan ortiq islom sanʼati namunalari saqlanmoqda. O‘zbekiston Prezidenti eksponatlarni ko‘zdan kechirish chog‘ida birgalikda tadqiqotlar o‘tkazish va ko‘rgazmalar tashkil etish, ilmiy va madaniy almashinuvni kengaytirish muhimligini taʼkidladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/shavkat-mirziyoyev-malayziya-islom-san-ati-muzeyiga-tashrif-buyurdi

Lotin|Кирилл
AQSh deportatsiya qilingan migrantlarni Salvadordagi mega qamoqxonaga jo‘natadi

Salvador hukumati Qo‘shma Shtatlar tomonidan deportatsiya qilingan muhojirlarni, shuningdek, zo‘ravonlik jinoyatlari uchun hukm qilingan odamlarni qabul qilishga va ularni mahalliy qamoqxonaga joylashtirishga rozi bo‘ldi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/aqsh-deportatsiya-qilingan-migrantlarni-salvadordagi-mega-qamoqxonaga-jo-natadi

Lotin|Кирилл
"Samarqand noni" ham geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi

"Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida"gi qonunga ko‘ra, tovarni muayyan geografik obyekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikatsiyalovchi belgi geografik ko‘rsatkich deb e’tirof etilib, unda tovarning sifati, nom qozonganligi yoki boshqa xususiyatlari uning geografik jihatdan kelib chiqishiga sezilarli darajada bog‘liq bo‘ladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/samarqand-noni-ham-geografik-ko-rsatkich-sifatida-ro-yxatdan-o-tkazildi

Lotin|Кирилл
O‘zbekiston afg‘on uchuvchilari olib o‘tgan vertolyotlarning bir qismini AQSHga qaytardi

AQSH “Tolibon” hokimiyatga kelgan vaqti afg‘on uchuvchilari tomonidan O‘zbekistonga olib o‘tilgan vertolyotlarning bir qismini qaytardi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekiston-afg-on-uchuvchilari-olib-o-tgan-vertolyotlarning-bir-qismini-aqshga-qaytardi

Lotin|Кирилл
Elektromobillar uchun 45 mln so‘mdan 78 mln so‘mgacha utilizatsiya yig‘imi undiriladi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori 2025-yil 1-maydan kuchga kiradi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/elektromobillar-uchun-45-mln-so-mdan-78-mln-so-mgacha-utilizatsiya-yig-imi-undiriladi

Lotin|Кирилл
O'zbekistonlik tadqiqotchilar Malayziyadagi 100 mingdan ortiq qo'lyozma va nodir nashrlardan elektron foydalanish imkoniga ega bo'ldi

Malayziya tomoni o'zbekistonlik tadqiqotchilarga 100 mingdan ortiq qo'lyozma va nodir nashrlardan elektron foydalanish imkonini beruvchi maxsus sertifikat taqdim etdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/culture/ozbekistonlik-tadqiqotchilar-malayziyadagi-100-mingdan-ortiq-qolyozma-va-nodir-nashrlardan

Lotin|Кирилл
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Ukrainaga keldi

Bu uning 2024 yil iyul oyida tashqi siyosat vaziri etib tayinlangandan keyingi ukrain poytaxtiga ikkinchi safari. Devid Lammi Ukrainaga yana 55 million funt sterling (68,7 million dollar) ajratilishini e'lon qilishi kutilmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/buyuk-britaniya-tashqi-ishlar-vaziri-ukrainaga-yetib-keldi

Lotin|Кирилл
Surxondaryoda Malayziya kompaniyasi bilan hamkorlikda qishloq xo‘jaligi sohasi va baliqchilik tarmog‘i rivojlantiriladi

Mazkur hamkorlikning birinchi bosqichida kompaniya tomonidan Surxondaryoda qishloq xo‘jaligi va baliqchilik tarmoqlarini ilmiy yondashuvlar asosida rivojlantirish loyihasiga 10 mln dollarlik investitsiya kiritishga kelishib olindi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/surxondaryoda-malayziya-kompaniyasi-bilan-hamkorlikda-qishloq-xo-jaligi-sohasi-va-baliqchi

Lotin|Кирилл
Moldova Yevropa Ittifoqidan 310 mln yevro oladi

Ushbu mablag‘larning 250 mln yevrosi Moldovaning o‘zini, qolgan 60 mln yevro esa Dnestrbo‘yini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/moldova-yevropa-ittifoqidan-310-mln-yevro-oladi

Lotin|Кирилл