UzReport.news
30.8K subscribers
82.2K photos
7.99K videos
5 files
78.4K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/shavkat-mirziyoyev-ilhom-aliyevni-tugilgan-kuni-bilan-tabrikladi

Lotin|Кирилл
Rossiya yuk kemasi O‘rta yer dengizida halokatga uchradi

Rossiyaning “Ursa Mayor” yuk kemasi O‘rta yer dengizida Ispaniya va Jazoir o‘rtasida cho‘kib ketdi, deb yozadi La Verdad. O'n oltita dengizchidan ikkitasi bedarak yo'qolgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/rossiya-yuk-kemasi-o-rta-yer-dengizida-halokatga-uchradi

Lotin|Кирилл
Davlat xizmatlaridan foydalanish yanada osonlashadi

5 turdagi davlat xizmatlari proaktiv tarzda hamda 6 turdagi davlat xizmatlari kompozit tarzda ko'rsatish yo'lga qo'yilmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/davlat-xizmatlaridan-foydalanish-yanada-osonlashadi

Lotin|Кирилл
Xitoyda mashinasini odamlar ustiga bostirib haydagan shaxs o‘limga hukm qilindi

2024-yilning 19-noyabr kuni Xuan Ven Changde shahrining Dingcheng tumanidagi boshlang‘ich maktabga kiraverishda to‘planib turgan odamlar ustiga mashinasida borib urilgan edi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/xitoyda-mashinasini-odamlar-ustiga-bostirib-haydagan-shaxs-o-limga-hukm-qilindi

Lotin|Кирилл
Raqobat qo‘mitasi “Texnomart”ni jarimaga tortdi

Savdo tarmog‘idagi mobil telefonlarning muddatli to‘lov narxlari boshqa do‘konlardagiga nisbatan yuqoriligi, shuningdek, reklamalardagi “eng” va “eng yaxshi” kabi so‘zlarni tasdiqlovchi dalillar yo‘qligi aniqlandi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/raqobat-qo-mitasi-texnomartni-jarimaga-tortdi

Lotin|Кирилл
2024-yilda Braziliya reali AQSh dollariga nisbatan eng ko‘p qadrsizlangan valyuta bo‘ldi

Bu inqirozning sababi – iqtisodiy noaniqlik, ziddiyatli siyosat va investorlarning ishonchsizligiga bog‘liq, deb yozadi The Economist.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/2024-yilda-braziliya-reali-aqsh-dollariga-nisbatan-eng-ko-p-qadrsizlangan-valyuta-bo-ldi

Lotin|Кирилл
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tataristondagi yong‘inda O‘zbekistonning 5 nafar fuqarosi halok bo‘ldi

Tataristondagi chorva fermasida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 5 nafar o‘zbekistonlik yonib ketdi. Ëng‘in bo‘lgan binodan yana 33 kishi xavfsiz tashqariga chiqib olgan. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi fojiada vafot etganlarning shaxsiga aniqlik kiritilib, vatanga qaytarish masalasi hal qilinayotganini bildirdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/tataristondagi-yong-inda-o-zbekistonning-5-nafar-fuqarosi-halok-bo-ldi

Lotin|Кирилл
Rossiyada migrant bolalarni maktabga qabul qilish uchun rus tilini bilishini tekshirish bo‘yicha sinovlar 2025-yil 1-apreldan boshlanadi

Tekshiruv boshlanishi sanasini Rossiya bosh vazir oʻrinbosari Dmitriy Chernishenko maʼlum qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/rossiyada-migrant-bolalarni-maktabga-qabul-qilish-uchun-rus-tilini-bilishini-tekshirish-bo

Lotin|Кирилл
Advokatlar tomonidan statistik ma'lumotlarni taqdim qilish tartibi belgilandi

Unga ko'ra, faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilmalari tomonidan statistik ma'lumotlar har bir hisobot davri uchun taqdim etiladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/advokatlar-tomonidan-statistik-malumotlarni-taqdim-qilish-tartibi-belgilandi

Lotin|Кирилл
Yaponiyalik olimlar Oyda yashash uchun Lunar Glass NEO loyihasini ishga tushirishdi

Yaponiyaning eng qadimgi milliy universitetlaridan biri bo'lgan Kioto universiteti qoshidagi Kosmosdagi inson faoliyatini o'rganish markazi mutaxassislari va Kajima korporatsiyasi Lunar Glass NEO qo'shma loyihasini ishga tushirishdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/yaponiyalik-olimlar-oyda-yashash-uchun-lunar-glass-neo-loyihasini-ishga-tushirishdi

Lotin|Кирилл
Rossiya Qozog‘istonda 7 mln dollarlik firibgarlik ishida ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosini ekstraditsiya qildi

Gumonlanuvchining sheriklaridan biri sudlangan ayol esa jinoyatni sodir etganidan keyin yashiringan, shu bois u xalqaro qidiruvga berilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/rossiya-qozog-istonda-7-mln-dollarlik-firibgarlik-ishida-ayblanayotgan-o-zbekiston-fuqaros

Lotin|Кирилл
Isroil HAMAS yetakchisi Haniyaning o‘ldirilishiga aloqadorligini tan oldi

Isroil Mudofaa vazirligi rahbari Isroil Kats iyul oyida Tehronda HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning o‘ldirilishiga o‘z mamlakatining aloqadorligi haqida gapirdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/isroil-hamas-yetakchisi-haniyaning-o-ldirilishiga-aloqadorligini-tan-oldi

Lotin|Кирилл
Xitoyda murakkab vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarimiz O'zbekistonga qaytarildi

Pekindagi elchixonamiz diplomatlarining Xitoy tomoni bilan olib borgan muzokaralari natijasida XXRda vaqtincha istiqomat qilishi davomida murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan 11 nafar o'zbekistonlik xotin-qizlar Vatanga qaytarildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/xitoyda-murakkab-vaziyatga-tushib-qolgan-vatandoshlarimiz-ozbekistonga-qaytarildi

Lotin|Кирилл
Dunyoda ilk bor ayol tanasidan tashqarida yetilgan tuxum hujayradan bola tug‘ildi

Fertilo deb nomlangan bu usul EKUning yangi turi hisoblanadi. Bunda 10-14 kun davom etadigan gormonal terapiya talab etilmaydi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/dunyoda-ilk-bor-ayol-tanasidan-tashqarida-yetilgan-tuxum-hujayradan-bola-tug-ildi

Lotin|Кирилл
1-yanvardan ayrim tadbirkorlarga kommunal xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi

2025-yil 1-yanvardan nodavlat umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlari uchun binolarni yangidan qurgan yoki o‘z bino va inshootlarida umumiy o‘rta taʼlim faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlik subyektlariga 5 yil muddatga ushbu taʼlim tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan kommunal xarajatlari 50 foizi qoplab beriladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/1-yanvardan-ayrim-tadbirkorlarga-kommunal-xarajatlarining-50-foizi-qoplab-beriladi

Lotin|Кирилл
Rossiyada WhatsApp ham bloklanishi mumkin

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoq FSB va politsiyaga maʼlumotlar topshirish majburiyati yuklatilgan tashkilotlar reyestriga kiritilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/rossiyada-whatsapp-ham-bloklanishi-mumkin

Lotin|Кирилл
Islom sivilizatsiyasi markazi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

Irgash Daminov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktorining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/islom-sivilizatsiyasi-markazi-direktoriga-o-rinbosar-tayinlandi

Lotin|Кирилл
Grenlandiya bosh vaziri Trampning orolni AQSHga sotish g‘oyasini rad etdi

"Grenlandiya Grenlandiya xalqiga tegishli", dedi mamlakat bosh vaziri Mute Egede Trampning orol ustidan AQSH nazorati zarurligi haqidagi bayonotiga javoban.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/grenlandiya-bosh-vaziri-trampning-orolni-aqshga-sotish-g-oyasini-rad-etdi

Lotin|Кирилл
Ayrim korxonalarga oltindan suvenir tangalar tayyorlash va sotish huquqi berilyapti

Affinaj korxonalariga qimmatbaho metallarni zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar uchun qulay shakl va miqdorlarga keltirgan holda sotish hamda qimmatbaho metallardan suvenir tangalar tayyorlash va realizatsiya qilish huquqini berish nazarda tutilmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/ayrim-korxonalarga-oltindan-suvenir-tangalar-tayyorlash-va-sotish-huquqi-berilyapti

Lotin|Кирилл
Turkiyada zavodda yuz bergan portlashda 12 kishi halok bo‘ldi

Turkiyadagi portlovchi moddalar zavodida yuz bergan portlashda 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya ma’lum qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/turkiyada-zavodda-yuz-bergan-portlashda-12-kishi-halok-bo-ldi

Lotin|Кирилл