UzReport.news
31.8K subscribers
80.8K photos
7.91K videos
5 files
76.9K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
Surxondaryoda Malibu va Lacetti ishtirokida o‘lim bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Lacetti mashinasidagi 2 kishi vafot etgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/surxondaryoda-malibu-va-lacetti-ishtirokida-o-lim-bilan-bog-liq-yth-sodir-bo-ldi

Lotin|Кирилл
BMT Isroilni Rafahga hujum qilishdan ogohlantirdi

"Isroilning Rafahga hujumi bundan ham ko'proq tinch aholining jabrlanishi va halok bo'lishini anglatadi", - deyiladi tashkilot bayonotida.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/bmt-isroilni-rafahga-hujum-qilishdan-ogohlantirdi

Lotin|Кирилл
Toshkentda jamoat tartibini nazorat qiluvchi robot sinov rejimida ishlay boshladi

U shahar va qishloq joylarda jinoyatchilikning oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkentda-jamoat-tartibini-nazorat-qiluvchi-robot-sinov-rejimida-ishlay-boshladi

Lotin|Кирилл
“Yo‘l-yo‘l poyjoma kiygan bolakay” asari haqida

Ba'zida ota-onaning farzandi bilan erkin muloqot qilmasligi, uning savollariga javob bermasligi keyinchalik fojia bo‘lishi mumkin. Bu haqda ko‘p asarlar yozilgan. Jumladan “Yo‘l-yo‘l poyjoma kiygan bolakay” asari ham shu mavzuni uqtirishga, undan xulosa chiqarishga chorlaydi. Jurnalist Komiljon Aslonov ushbu asarni o'qishni tavsiya qiladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/analytics/yo-l-yo-l-poyjoma-kiygan-bolakay-asari-haqida

Lotin|Кирилл
Endi davlat granti o‘rinlari eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlar tanlovi asosida belgilanadi

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’lim tizimi bo‘yicha bo‘lgan taqdimotda aytib o‘tildi.

Yangi tartibga ko‘ra, muayyan bir yo‘nalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball to‘plagan abituriyent, tanlagan oliy ta’lim muassasasidan qat’i nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi. Ya’ni, yuqori ball olgan yoshlar o‘qishga kirmay qolmaydi. Yana bir yangilik: endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/endi-davlat-granti-o-rinlari-eng-yuqori-ball-to-plagan-abituriyentlar-tanlovi-asosida-belg

Lotin|Кирилл
Prezident Shavkat Mirziyoyev temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi

Markaziy Osiyoni Janubiy Osiyo bilan bog‘laydigan yangi transport yo‘laklarini yaratishga doir jarayonlar bo‘yicha axborot berildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/prezident-shavkat-mirziyoyev-temir-yo-l-sohasidagi-loyihalar-taqdimoti-bilan-tanishdi

Lotin|Кирилл
Gaitida zo'ravonlardan qochayotgan ayol, Braziliyadagi toshqin oqibatlari, qizaloqni kuldirayotgan Rishi sunak, Muqaddas qabr cherkovi ichida yig'layotgan nasroniylar. Kun suratlari

UzReport tahririyati dunyo bo‘ylab e’tiborga molik voqea-hodisalar vaqtida olingan suratlarni to‘plab boradi. Bu safar ham bir qator qiziqarli suratlar tarixga muhrlangan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/gaitida-zoravonlardan-qochayotgan-ayol-braziliyadagi-toshqin-oqibatlari-qizaloqni-kuldiray

Lotin|Кирилл
6-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

🚫 “G‘alaba bog‘i”ga kirish vaqtinchalik to‘xtatiladi

📝 O‘zbekistonda firibgarlik va tovlamachilik jabrlanuvchisi bo‘lib qolishning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘riladi

💡 Ohangarondagi poligonda chiqindi gazidan muqobil elektr energiya ishlab chiqarish yo'lga qo'yiladi

➡️ O‘zbekiston va Tojikistonning 16 nafar fuqarosi Qozog‘istondan chiqarib yuborildi

🚗 Elektromobillarni zaryadlash stansiyalarini o‘rnatish va tarmoqqa ulash tartib­i soddalashtirildi

🤝 FAO bilan bioxilma-xillikni koʻpaytirish va ekotizimlarni saqlashga qaratilgan kelishuv imzolandi

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/6-may-kuni-o-zbekistonda-sodir-bo-lgan-eng-muhim-voqealar-dayjesti

Lotin|Кирилл
Xorazmda bolalarning yuziga tarsaki tushirgan bog‘cha tarbiyachisi ishdan olindi

Bolalardan birining barmog‘iga igna sanchilgani haqidagi gaplar esa rad etildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/xorazmda-bolalarning-yuziga-tarsaki-tushirgan-bog-cha-tarbiyachisi-ishdan-olindi

Lotin|Кирилл
HAMAS Isroil bilan tinchlik kelishuviga rozi bo‘ldi

Falastinning HAMAS harakati Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Honiya G‘azo sektorida sulh tuzish taklifini qabul qilishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda u Qatar bosh vaziri Muhammad bin Abdulrahmon bin Josim Ol Tani va Misr Bosh razvedka xizmati rahbari Abbos Komil bilan telefon orqali suhbatda ma’lum qildi. Qatar va Misr HAMAS hamda Isroil o'rtasidagi muzokaralarda vositachi bo'lib ishlaydi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/hamas-isroil-bilan-tinchlik-kelishuviga-rozi-bo-ldi

Lotin|Кирилл
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 20 mln so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi

Prezident “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/ikkinchi-jahon-urushi-qatnashchilari-va-nogironlarining-har-biriga-20-mln-so-m-miqdorida-b

Lotin|Кирилл
Kongressmen: Agar Ukraina yutqazsa, AQSh aralashuviga to‘g‘ri keladi

Putin SSSRni qayta tiklashga harakat qilmoqda va NATOga tahdid soladi, deydi Vakillar palatasining Demokratik partiyasi yetakchisi Hakim Jeffris. U Respublikachilar partiyasidagi "Putinni qo‘llab-quvvatlovchi lobbi"ni Kiyevga yordamni kechiktirishda aybladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/kongressmen-agar-ukraina-yutqazsa-aqsh-aralashuviga-to-g-ri-keladi

Lotin|Кирилл
Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi

Jami 11 ta jinoyat ishi bo‘yicha 198 nafar shaxsga nisbatan Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasining oqlov hukmlari chiqarildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/oliy-sud-198-nafar-qatag-on-qurboniga-oqlov-hukmi-chiqardi

Lotin|Кирилл
Toshkent markazida Huawei Experience Store ochildi

6-may kuni Toshkentdagi kompaniya binosida Huawei rasmiy do‘konining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Yangi Huawei Experience Store – bu Huawei ning aqlli qurilmalari va mobil xizmatlarining yaxlit tajribasini taqdim etishga mo‘ljallangan iste’molchilarga yo‘naltirilgan do’kon.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkent-markazida-huawei-experience-store-ochildi

Lotin|Кирилл
Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi

Isroil armiyasi shaharning sharqiy qismidagi aholini evakuatsiya qilishga chaqirganidan bir necha soat o‘tib Rafahga havo hujumlarini boshladi. Bu haqda birinchi bo‘lib AFP o‘zining shahardagi muxbiriga tayanib xabar berdi. Agentlik maʼlumotlariga koʻra, Isroilning zarbalari deyarli toʻxtovsiz yarim soat davom etgan. Biroz vaqtdan so'ng Isroil armiyasi shaharga zarba berganini o'zi ham tasdiqladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/isroil-armiyasi-rafahga-aviazarbalar-berdi

Lotin|Кирилл
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DXX hududlarda hokim va prokuror o‘rinbosarlarini qo‘lga oldi

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qo‘shtepa tumani prokurori o‘rinbosari o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbaridan 2000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/dxx-hududlarda-hokim-va-prokuror-o-rinbosarlarini-qo-lga-oldi

Lotin|Кирилл
Belgiya Yevropa Ittifoqi kengashiga Isroilga qarshi sanksiyalar joriy etishni taklif qildi

Belgiya bosh vaziri Aleksandr De Kruning fikricha, YeI Isroilning Yevropa Ittifoqi bilan assotsiatsiya shartnomasining inson huquqlari bandiga rioya qilmagani sababli sanksiyalar uchun bahona sifatida foydalanishi mumkin.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/belgiya-yevropa-ittifoqi-kengashiga-isroilga-qarshi-sanksiyalar-joriy-etishni-taklif-qildi

Lotin|Кирилл
Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qilgani sababli sinf rahbaridan direktorgacha ishdan olindi

Maktab rahbariyati o‘quvchilarni nazoratsiz qoldirganlikda ayblangan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/sirdaryodagi-maktabda-o-quvchilar-klip-tomosha-qilgani-sababli-sinf-rahbaridan-direktorgac

Lotin|Кирилл
Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari amalga oshmadi

Yevropani parchalash va NATOni zaiflashtirish o‘rniga, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi fonida ularning birligi mustahkamlandi, dedi Shols Latviya, Litva va Estoniya bosh vazirlari bilan uchrashuvda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/germaniya-kansleri-rigada-rossiyaning-hisob-kitoblari-amalga-oshmadi

Lotin|Кирилл